Telegram Web Link
Bolaning shaxsini emas, uning xatti-harakatlarini baholang 🤔

Sizning farzandingiz tug'ma qobiliyatli, muvaffaqiyatli, lekin u noto'g'ri ish qilishi yoki biror narsani xato bajarishi mumkin. Shuning uchun unga "Sen uyatsizsan", "Sen ahmoqsan", "Qo'lingdan bir ish kelmaydi", "Sendan hech narsa chiqmaydi" kabi haqoratli so'zlarni ishlatmang.

Ularning o'rniga quyidagi iboralarni ishlating: "Sen noto'g'ri ish qilding", "Sen masalani oxirigacha o'ylab ko'rmading", "Sen faqat bu safar yutqazding, oldinda yana ko'p musobaqalar bor", "Sen ... ni o'rgansang, ko'p narsalarga erishasan". Shunday qilib siz bolaning o'zini emas, balki uning xatti-harakatlarini baholaysiz, bu esa juda muhim farq qiladi.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldan yoshlar uchrashganda bir-biriga ma'qul bo'lsa-yu, ammo kattalar norozi bo'lsa, nima qilish kerak?

#oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar
📌 BOLALAR TARBIYASIDA QOIDALAR MUHIMMI?

Bolalarimiz hayotida tartib va qoidalar juda kerak. Ayrim ota-onalar "Qoidalar bolani siqib qo'yadi" deb o'ylashadi. Aslida esa unday emas. 👇

Bolalar o'zlari qoidalarni xohlaydi va kutadi. Chunki:
- Hayoti tushunarli bo'ladi;
- O'zlarini xavfsiz sezishadi;
- Kerakli ekanliklarini his qilishadi.

Bilasizmi, ular juda aqlli! Ota-onaning "mumkin emas" yoki "yo'q" degani ortida mehr va g'amxo'rlik borligini ichdan tushunishadi. 💫

Qiziq joyi shundaki, bolalar qoidalarga qarshi emaslar. Ular faqat noto'g'ri yo'l bilan qo'yilgan qoidalarga qarshi chiqishadi.

Demak, bola tarbiyasida qoidalar bo'lishi shart. Faqat ularga to'g'ri va mehrli yo'l bilan tushuntirishimiz kerak. 💝

Ta'kid: qoidalar qattiq emas, balki:
- Bolaning yoshiga mos;
- Tushunarli;
- Izohli;
- Doimiy bo'lishi kerak​​​​​​​​​​​​​​​​.

#tarbiya

​​​​​​​​​​​​​​​​ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸Juft tanlayotganingizda farzandingiz qanday bo'lishini ham tanlayotgan bo'lasiz.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
247-savol: Yolg'on aralashtirib oila qurish niyatim yo'q

Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Universitetda tahsil olaman, 4-kurs talabasiman. Hali turmush qurmaganman. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan uchrashganda (faqat o‘zlariga) kasalligim haqida aytishim kerak deb o‘ylayman. Biroq onamlar “agar bu haqida aytsang, senga hech kim uylanmaydi” deb uchrashuvda kasalligim haqida aytishimga yo‘l qo‘ymaydilar.

Bundan bir necha yil oldin bosh miyyamda kista aniqlangan, shundan buyon muntazam davolanib kelaman. Operatsiyaga hojat yo‘q, bu kista ta’siridan faqatgina ko‘zoynakdan foydalanadigan bo‘lganman.
Alhamdulillah, aqliy va jismoniy mehnatimga jiddiy salbiy ta’sir qilmaydi, sog‘ligim yaxshi, lekin vaqti-vaqti bilan o‘zimni zo‘riqtirib qo‘yganimda menda qattiq bosh og‘rig‘i va holsizlik bo‘ladi. Ba’zida ilm olishda davom etib, umuman turmush qurmaslik haqida xayollar paydo bo‘ladi.

Bunday holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Men yolg‘on aralashtirib yoki u kishi bilishi kerak bo‘lgan masala haqida aytmasdan, uni berkitib oila qurish niyatim yo‘q.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Oila quring, faqat bemorligingiz haqida ayting. O'zingiz aytganingizdek, uncha jiddiy emas ekan, rozi bo'lishadi, inshaalloh.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin ham muhabbat boʻlsin

Erkaklar tabiatidan kelib chiqqan holda ahli ayoliga koʻp dil izhori qilishmaydi.

Aslida, dil izhori qilish kerakmi, aytmasangiz ham oʻzi bilmaydimi?

Foydali tavsiyalar bilan video orqali batafsil tanishing.

#Erkaklar #Muhabbat #izhor

Yanada ko‘proq videolar
– Seni tushunaman, lekin…
– Bo‘ldi, bas. Tushunsang, “lekin”ga hojat qolmas edi…

#Shunchaki

​​​​​​​​​​​​​​​ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilani boqish uchun harakat qilish erkakning vazifasi. Ana shu harakatning natijasiga qanoat qilish esa ayolning vazifasi.

Fayzuddin Mumin

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘zi ozod tug‘ilgan edik. Ammo keyin uylanib qo‘ydik.

Mubashshir Ahmad

#tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolaringizni eshikdan tashqariga qoldirib keling

Ishingiz siz kutganday boʻlmagandir, qarzingiz bordir va balki hech kim ayta olmaydigan muammolar ichidadirsiz.

Hurmatli erkaklar, shunday holatingizda ham ayolingiz va farzandlaringizga har qanday holatingizda ham chiroyli muomalada boʻlishga intiling.

#erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizga gul beradimi, bermaydimi, asosiysi, turmush o'rtog'ingiz yaxshi inson bo'lsa bo'ldi! Yaxshi odam esa gul beradi! )

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
248-savol: Bir qizni yoqtiraman, ammo hozir uylanolmayman

Assalomu alaykum! Shu yil oxirida 20 yoshga to'laman. 2 yarim yil oldin bir qizni yoqtirib qolgandim, mendan bir yosh kichkina. U qiz erga tegib ketishidan xavotirdaman.

Hozir o'zim ham uylanolmayman sharoitni to‘g‘irlashim, moliyaviy jihatdan ancha o'sib olishim kerak.

U qiz o'ziga to'q oiladan. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Uylanay desam sharoit yaxshimas, sharoit qilaman desam, u qiz erga tegib ketsa-chi deb xavotirdaman. Iltimos maslahat bering! Rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozir unashtirib qo'yishning imkoni bo'lsa, unashtirib qo'ying, bo'lmasa, bu haqida o'ylamang, taqdir bo'lsa, imkoningiz bo'lganda shunga uylanasiz, bo'lmasa, boshqaga.

Yanada ko'proq savol-javoblar
Eringiz uchun ayolsiz

💐Muhtarama ayol, farzandni deb erdan ajrab qolmang! Ya’ni bola ko'rish, uni parvarishlash, emizish kabi holatlarda o'zingizni ham unutib qo'ymang. Bunda sog'lig'ingiz, qomatingizga ahamiyat bering. Shuningdek, bola bilan bo'lib, er e’tibordan qolmasin. Uni sevib, ardoqlashda kamchilikka yo'l qo'ymang. Xos xizmatga ham dadil bo'ling. Muhtaram ota, siz ham bola parvarishida ayollarga ko'maklashing.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan avval boshqacha edi

Baʼzan oila qurilgandan keyin kelin boʻlmish oʻzgarib qolishi mumkin.

Nima uchun oʻzgarib qolishi va qanday yechim qilish mumkinligini yuqoridagi lavha orqali bilib olasiz.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dono ota-onalar tutadigan yo'l

Bu ko'rsatmalar bolaga ruhiy zo'ravonlik qilinishidan saqlashga yordam berishi mumkin, chunki ota-onalar doim ham o'z tarbiyasining noto'g'ri ekanini va salbiy oqibatlarga olib kelishini anglab yetavermasliklari mumkin.

1️⃣ Bolangizni eng yaxshisi qilishga urinmang. Barcha odamlar bir xil emas. Har bir odam ma'lum qobiliyat va imkoniyatlarga ega.

2️⃣ Bolangizni boshqa bolalar bilan solishtirmang, agar u ba'zi sinfdoshlaridan ortda qolsa, uni koyimang.

3️⃣ Bolangizning xatolarini hech qanday shartsiz qabul qilishga tayyor bo'ling. Hamma xato qiladi, faqat, muhimi, xatolardan saboq olish.

4️⃣ Bolangiz bilan ochiq muloqotda bo'ling, uni eshiting va boshqa fikrlarni ham e'tiborga oling. Tushunishga harakat qiling.

5️⃣ Bolangizga qo'ygan talab va cheklovlarni aniq va tushunarli qilib belgilang. Bunday qoidalar uning uchun xavfsizlik va xotirjamlik beradi.

Bu o'git-nasihatlar ota-onalarga bolalarini to'g'ri tarbiyalashda yordam beradi. Yodda tuting, har bir bola o'ziga xos va yagona!​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi asosiy qoidalardan biri kim haq yoki nohaq ekaniga ko'ra yashash emas, bir-birining kichik kamchiliklariga ko‘z yumib, kattalarini ishloh qilishga ko‘maklashgan holda birgalikda halovatli oila kechirish bo‘lishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Borligingni his qilish — baxt!

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanmagan yigitlar yaxshilab eshiting

Uylanmoqchiman, ammo oilani taʼminotini qanday qilaman degan oʻylovlar sizda bormi?

Unda yuqoridagi lavha orqali siz uchun 3 ta alohida tavsiya berildi. Tavsiyalarga rioya qilgan holda tezroq uylaning. )

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/20 04:46:07
Back to Top
HTML Embed Code: