Farzand tarbiyasi mas’uliyati
Ota-onalar, farzandingizga qanday tarbiya berishingiz nafaqat uning hayotiga, balki kelajakda kim bo‘lib yetishishiga, oilasiga, farzandlariga va butun jamiyatga ta’sir qiladi.
Farzand tarbiyasi yengil qabul qilinadigan ish emas.
Farzandingizni qanday tarbiyalayotganingiz haqida jiddiy o‘ylang. Bu yo‘lda bor kuchingizni, aqlingizni va mehringizni sarflang.
Sizning harakatlaringiz ko‘plab odamlarga nafi tegishi yoki ziyon yetkazishi mumkin.
Ota-onalar, farzand tarbiyasini mas’uliyat bilan qabul qiling!
Ummu Xolid
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaning maqsadi bo‘lsin
Farzandingizning har bir qadamini nazorat qilib, soatlab nasihat qilavermang. U uchun hamma narsani qilishga urinavermang. Mayli, xato qilsin, qilgan xatosini o‘zi to‘g‘rilasin. Hayotda qoqilmasdan yurishni o‘rganib bo‘lmaydi. Uni ko‘proq mustaqil qaror qabul qilishiga qo‘yib bering. O‘ziga tegishli masalalarda o‘zi qaror qabul qilishni, buning uchun javobgar bo‘lishni va mas’uliyatni his qilishni o‘rganishi kerak.
Farzandingizga nima uchun ilm o‘rganishi kerakligini tushuntiring. Bu uning uchun muhimligini anglasin. Bolaning bilim olishdan maqsadi bo‘lishi kerak. Shunda maktabga majburlab jo‘natishingizga hojat qolmaydi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Bolani tarbiya qilmasa ham boʻladimi?
Farzandingizning tarbiyasini yaxshilayman deb kitoblar oʻqiysiz, kurslarda qatnashasiz.
Baribir oxiri sizning amalingizdan oʻrnak oladi.
#tarbiya
Yanada koʻproq videolar

Xafa bo‘lishni qanday unutish mumkin?
💔 Bizni xafa qilgan insonni kechirish har doim ham oson emas. Ammo tushunish kerakki, kechirish avvalo o‘zimiz uchun juda muhimdir.
〰️ Qabul qilish
Kechirishning birinchi qadamida xafagarchilikni anglash muhim. Voqea haqida o‘ylab ko‘ring va uni qabul qiling. (Ha, bu meni ranjitdi va og‘ritdi).
〰️ Savol berish
O‘zingizga savol bering: nima uchun xafa bo‘ldim? Bunga nima sabab bo‘ldi?
Asosiy muammoni anglaganingizda yechim topish osonroq bo‘ladi.
〰️ Suhbatlashish
Xafagarchilikni unutishda eng muhim qadam — bu ranjitgan inson bilan suhbatlashishdir. Bu oson emas, lekin his-tuyg‘ularingizni unga yetkazsangiz, yengillik tortasiz. Shunchaki gaplashish orqali muammoni hal qilish mumkin.
#Muammo

Noan’anaviy qarorni oila bilan muhokama qilish
Assalomu alaykum. Men 21 yoshdaman, 4-kurs talabasi va uch yildan beri o‘zim ishlab, mustaqil yashayapman. Kelajak uchun buyuk rejalarim bor va maqsadli, e’tiqodli juft topishni niyat qilganman. Shu kabi insonni uchratdim ham, lekin u turmushdan ajragan va bir qizchasi bor.
U juda soliha, qoriya bo'lmaguncha turmush qurish niyatida emas, sovchilarni rad etmoqda. Men esa unga ko‘ngil qo‘yib, qizchasini ham yaxshi ko‘rib qoldim. Agar uylansam, unga otalik qilishga tayyorman.
Muammo shundaki, bu qarorni uyimdagilarga qanday tushuntirishni bilmayapman. O‘zbekchilik odatlari, odamlar gap-so‘zi sababli ular rozilik bildirmasliklari mumkin. Men esa bu ishning nafaqat hayotiy, balki savobli ekanini tushuntirishni istayman.
Sizdan shu masalada qanday yo‘l tutishni maslahat berishingizni so‘rayman. Oldindan rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Qaroringiz qat'iy bo'lsa, istixora qiling va uydagilaringizga bor gapni ayting. Gapni uylanish mavzusidan ochib, munosib kelin sifatlarini aytasiz, siz shunday sifatli kishini uchratganingiz, lekin u turmush ko'rganini aytasiz. Bu mavzuda quyidagi videoni ham tavsiya qilaman.
#oila_qurish

Bola – ota-ona qo‘lidagi omonat. Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli. Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, saodatli bo‘ladi. Ota-onasi hamda odob, ta’lim-tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik bo‘ldi. Agar yomonlikka undalsa, halok bo‘ladi.
Imom Gʻazzoliy
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Imom Gʻazzoliy
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!
Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf

Munosabatlardagi inqirozni yengib o‘tish yo‘llari
1️⃣ Kichik nizolar sabab munosabatlarni buzib qo‘ymang.
2️⃣ Kuchli sevgida muammolar ham katta bo'lishini unutmang.
3️⃣ Tortishuvlarda faqat hozirgi masalani muhokama qiling, o‘tmishni eslatmang.
4️⃣ Suhbatdoshingizning gapini bo‘lmay, uning fikrini diqqat bilan tinglang.
5️⃣ Bir-biringizni hurmat qiling va murosaga intiling.
#Ayollar #erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Ayollar #erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM