This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol doimiy e'tiborni talab qiladigan nozik xilqatdir. Siz juftingizni har doim quvnoq kayfiyatda ko'rishni istaysiz. Shuning uchun o'zingiz ham doimo tabassum bilan gapiring.
Ayol shunday yaratilganki, u kuniga sizdan o'rtacha ikki baravar ko'p so'z aytadi. Shuning uchun ishdan uyga kayfiyatsiz qaytganingizda uni ham birozgina tushunishga harakat qiling.
Uni tinglab turing.
Juftingiz sizni tushunishini istasangiz, siz ham uni tinglashni o'rganing.
Siz faqat o'zingiz baxtli bo'lish uchun emas, balki rafiqangizni ham baxtli qilish uchun turmush qurdingiz. Ozgina mehr va e'tibor bering, bu uning sizga bo'lgan hurmati hamda muhabbatini oshiradi.
Shuni unutmang, er kishi ayolning eng ishonchli vakilidirlar. Ularni asrang.
#tarjima #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

O‘zingizdan bezdirmang
Farzandingiz qilgan xatosini sizdan yashirishi emas, aksincha, sizdan maslahat olishi va birgalikda yechim izlashi lozim. Shuning uchun ham farzandingizning qilgan xatosini takror-takror aytaverib, yuziga solavermang. O‘zingizdan bezdirmang.
Izoh so‘rang. Agar farzandingiz ovqatni yerga to‘kib yuborsa, yiqilib ust-boshini kir qilib kelsa, oshxonada biror idishni sindirib qo‘ysa, “Bu nima qilganing?!” deya o‘dag‘aylab ketmang. Undan nega bunday qilganining sababini, qilgan ishi uchun izoh so‘rang. Aslida nima bo‘lganini aytib berishiga imkon bering. Yo‘qsa, bola keyinchalik “Baribir menga ishonishmaydi” deya qilmagan ishlari uchun ham sukut saqlayveradi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Farzand tarbiyasiga oid kitoblar juda ko‘p, lekin hammasini ham o‘qishga vaqt bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun sizga G'iyosiddin Yusuf blogidagi farzand tarbiyasiga oid ko‘rsatma va maslahatlar asqatadi deb o‘ylaymiz.
👉 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni qurol qilib olmang
Turmush oʻrtogʻi bilan kelisha olmay, oxirgi yechim sifatida ajrimni oʻylayapsiz.
Ajrashay desangiz oʻrtada farzand bor. Bunday vaziyatda qanday qaror qilish kerak.
Yuqoridagi lavha orqali toʻliq bilib oling.
#ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush oʻrtogʻi bilan kelisha olmay, oxirgi yechim sifatida ajrimni oʻylayapsiz.
Ajrashay desangiz oʻrtada farzand bor. Bunday vaziyatda qanday qaror qilish kerak.
Yuqoridagi lavha orqali toʻliq bilib oling.
#ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko'pchilikda jufti bilan nima haqida gaplashishni bilmaslik muammosi bor. Bu qiziqishlar, dunyoqarash va tushunchaning turlicha ekanidan va oraning uzoqlashuvidan kelib chiqadi.
Siz juftingiz bilan ilmiy suhbat qilishingiz shart emas. Shunchaki latifa aytib bo'lsa ham suhbatlashish mumkin. Buning uchun ishtiyoq, unga talpinish bo'lishi kerak.
Avvalo orqdagi gina-kudurat, adovatlarni ketkazing. Tushunmovchiliklarni bartaraf qiling, xatolarni kechiring, hammasini ochiq gaplashib oling.
#tavsiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Siz juftingiz bilan ilmiy suhbat qilishingiz shart emas. Shunchaki latifa aytib bo'lsa ham suhbatlashish mumkin. Buning uchun ishtiyoq, unga talpinish bo'lishi kerak.
Avvalo orqdagi gina-kudurat, adovatlarni ketkazing. Tushunmovchiliklarni bartaraf qiling, xatolarni kechiring, hammasini ochiq gaplashib oling.
#tavsiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
307-savol: Oila iqtisodi
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Zavjim kiyim olsam ham narxini onalariga aytib turadilar. Bu esa qaynonamning meni yomon ko‘rishiga sabab bo‘lmoqda. Ularning “boshqa kelinlarim bunaqa emasdi” degan gaplarini eshitib qoldim.
Savollarim:
1. Erimning hamma narsani onalariga aytishlari to‘g‘rimi?
2. O‘zim ishlab topgan pulga erim yoki qaynonam aralashishi mumkinmi?
Maslahatlaringizni kutaman! Rahmat!
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh.
1. To'g'ri emas.
2. Mumkin emas, lekin buni yaxshilikcha tushuntirishga harakat qilish kerak. Bo'lmasa, oilada tinchlik bo'lmaydi.
#Muammo
Yanada ko'proq savol-javoblar

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabassumingiz – bir olam
quvonch
Farzandingizga ko‘proq tabassum hadya qiling. Har doim u sizga qaraganida yuzingizda tabassum bo‘lsin.
Sizning tabassumingiz unga bir olam quvonch beradi. “Onam meni yaxshi ko‘radi”, “Otam meni yaxshi ko‘radi” degan xayol refleks tarzida miyaga boradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Shuning uchun farzandingizga g‘azab nigohi bilan qaramaslikka harakat qiling.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
quvonch
Farzandingizga ko‘proq tabassum hadya qiling. Har doim u sizga qaraganida yuzingizda tabassum bo‘lsin.
Sizning tabassumingiz unga bir olam quvonch beradi. “Onam meni yaxshi ko‘radi”, “Otam meni yaxshi ko‘radi” degan xayol refleks tarzida miyaga boradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Shuning uchun farzandingizga g‘azab nigohi bilan qaramaslikka harakat qiling.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Bolani janjalni e’tiborsiz qoldirishga o’rgatish
Bolalarga janjallashish shart emasligini tushuntirishimiz kerak. Ular har doim tanlovga ega: mojaroga kirishish, bahslashish yoki uni e’tiborsiz qoldirib, chetga chiqib ketish. Ayniqsa, bu yoshi kattaroq bolalar uchun osonroq bo‘ladi, chunki ular o‘zini boshqarishga ko‘proq qodir. Ammo kichik yoshdagi bolalar ham bunga asta-sekin o‘rgana oladi.
Janjalni e’tiborsiz qoldirish nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham oson emas. Aynan shu sababli oila ichida jiddiy mojarolar va qattiq tortishuvlar yuz beradi. Ko‘pincha kattalar o‘z vaqtida to‘xtay olmaydi, vaziyat keskinlashayotganini va ayni damda munosabatlarni aniqlashtirishning foydasiz ekanligini his qilmaydi.
Har birimizda shunday imkoniyat bor: bahslashishni to‘xtatib, tinchlanib, hozircha munosabatlarni aniqlashtirishdan voz kechish. Ba’zida bir-birimizni eshitmay, faqat o‘z fikrimizni aytishni xohlaymiz. Ammo shuni tushunish kerakki, ziddiyatdan chetga chiqish qobiliyati juda muhim ko‘nikma bo‘lib, uni bolalikdan o‘rgatish lozim.
Bolaga doim shunday deya eslatib turish kerak: “Agar uning o‘zini tutishi yoqmasa, chetga chiqib ket. Boshqa xonaga o‘t, mojaroga qo‘shilma. Agar u seni urgan bo‘lsa, qaytib javob bermasdan, chetga chiqib ket. Hamma tinchlanib olsin".
Biroq bu masalalarni bolalar bilan bevosita janjal paytida emas, tinch va xotirjam holatda muhokama qilish lozim. O‘shanda ular sizni yaxshiroq tushunadi va eshitadi.
Shuningdek, sodir bo‘lgan vaziyatni o‘yin tarzida qayta tahlil qilish mumkin. Masalan:
— Sen nima deding? U nima qildi? Bu yerda yana nimalar qilish mumkin edi? O‘yinchoqni tortishish o‘rniga chetga chiqib ketish mumkinmi? Yoki boshqa o‘yinchoq olish haqida o‘ylash mumkinmi?
Vaziyatni tahlil qilib, bolaga boshqa yo‘lni ko‘rsatish orqali unga turli xatti-harakat variantlarini tushuntirish mumkin. Albatta, bola hammasini bir martada o‘rganib ololmaydi. Ammo bu mavzuga qayta-qayta murojaat qilib, misollar keltirib tushuntirsangiz, unga juda muhim ko‘nikma berasiz.
Bola tushunadi: u har doim tanlovga ega — janjalda ishtirok etish yoki undan chetga chiqib ketish. Har qanday tortishuvda to‘xtash va ishtirok etmaslik imkoniyati bor. Bu esa o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham qulayroq bo‘ladi.
Agar bolani kichik yoshdan janjalni e’tiborsiz qoldirishga va mojaroga qo‘shilmaslikka o‘rgatsangiz, unga ulkan sovg‘a qilgan bo‘lasiz. Shu sababli, avvalo, kattalar o‘zlari ham bu masalada o‘rnak bo‘lishni unutmang.
#tarbiya #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Yildan yilga kelinlarning tilida "jon", "jonim" degan so‘zlar ko‘paymoqda
Xonadonning kattalariga murojaat qilinganda «jon» deb qo‘shish paydo bo‘lgandi, keyinchalik erning xotin urug‘lariga «jon» qo‘shildi, ayollar ayollarga mulozamat qilishi chetdan go‘zaldek ko‘rinadi...
endi esa....
Erini aka-ukalarini «akajon», tog‘alarini «tog‘ajon»,«amakijon», «pochchajon»iyam qo‘shildi...
Kelinlarning eriga g‘alatimasmi, rashk degani o‘lib qoldimi?
Xotiniga nomahram bo‘lgan, ulardan iloji boricha muloqat qilmaslik kerak bo‘lgan erkaklarga «jon»deb murojaat qilsa, o‘ziga e’tibor qaratayotgandek bo‘lmaydimi?
Erini akalariga «akajon»,«akajon» deb mulozamat qilishi kimga yoqayotganikan ko‘proq?!
Nargiza Qurbonova
#Ayollar

Oilam yaxshi yashasin deb yuribman-da
Oilaning masʼulyati erkakning zimmasida. Ammo baʼzi oʻrinlarda pul topaman deb oilani unutib qoʻyishadi.
Pul topib, roʻzgʻorni joyiga qoʻysam hammasi yaxshi boʻladi deb oʻylashadi. Hammasi yaxshi, ammo ota va er sifatidagi boshqa asosiy masʼulyatlaringizni yodingizdan chiqarmang, hurmatli erkaklar.
#erkaklar

Munosabatlar niholga o'xshaydi!
Unga doimiy parvarish, e'tibor zarur. Agar niholga vaqtida suv berib, tirgak qo'yib, keraksiz shoxlarini kesib parvarish qilmas ekansiz, yo qurib qoladi, yoki undan manfaatlana olmaysiz.
Munosabatlar ham shunga o'xshaydi. Juftingiz bilan doimiy harakatda bo'lishingiz kerak. Buning uchun ilm o'rganish, munosabatlarga qayg'urish uchun vaqt ajratishdan qochmang.
#Ayollar #erkaklar

Bir haftada bir!
Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf
Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men seni qadrlashni istayman
Men seni o‘zgartirishni emas, balki g‘amxo'rlik qilishni istayman. Seni sevishni, ammo erkinligingni cheklamaslikni xohlayman. Seni jiddiy qabul qilishni, lekin hech narsaga majburlamaslikni istayman. Senga yaqinlashishni, ammo o‘zimni tiqishtirmaslikni xohlayman. Senga nimadir hadya qilishni, buning evaziga hech narsa kutmaslikni istayman. Seni yo‘qotishdan qo‘rqmagan holda xayrlashishni xohlayman. O‘z his-tuyg‘ularim haqida gapirishni, ammo ularning mas’uliyatini senga yuklamaslikni istayman. Bilganlarimni bo‘lishishni, ammo seni nimagadir undamaslikni xohlayman. Sening aynan o‘zingdek bo‘lganing uchun quvonishni istayman!
Agar sen ham mana shunday tuyg‘ular bilan menga yaqinlashsang, biz bir-birimizni to'ldirishimiz mumkin.
Jubron Xalil,
“Men seni qadrlashni istayman”