Telegram Web Link
Ayol — gul kabi nozik va go‘zal

Ayol – g‘amxo‘r va e’tiborli erkak qo‘lida butun husni bilan ochiladigan guldir. Yodingizda bo‘lsin, azizlarim, sizlarning barchangiz, istisnosiz, go‘zalsiz!

#Ayollar #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligimda yaxshi kiyinmaganman, yaxshi yemaganman, yaxshi o'yinchoq o'ynamaganman deb bolangizga hamma narsani muhayyo qilib qo'yishingiz qanchalik to'g'ri?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sen yoqtirgan ishni qilishim uchun u ishni yoqtirishim shart emas, seni yoqtirishim kifoya!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O’qish va turmush haqida qaror

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Men talabaman, 3 yildan beri dadam kontraktimni to‘lab o‘qitadi. O‘zim ishlamayman, qolgan chiqimlarimga ham dadamdan olaman. Ularni qiynab qo‘yayotgandekman. Ishlashimga ruxsat bermaydi, lekin o‘zim xijolat bo‘lyapman.

Ko‘p joylardan sovchilar keldi. Deyarli hammasi “o‘qitamiz, kontraktini to‘laymiz” deb aytishdi. Ulardan biriga ortiqcha uyimdagilarni qiynamaslik uchun rozilik bersam bo‘ladimi yoki o‘zimga ma’qul nomzod kelmaguncha shu holatda o‘qishimni davom ettiraveraymi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Munosib nomzodga rozilik bering.

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
👨🏻‍🦱: O‘sha qisqa romanda to‘g‘ri aytgan ekan: "Erkak tug‘ildi. Aybdor bo‘ldi. O‘ldi".

🧕🏻: O‘zi aybdor!

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldin qachon surishtirish kerak?

Baʼzan yigitlar xayrli ishni tezroq boʻlgani yaxshi deya surishtirmasdan darrov sovchi yuborib qoʻyishadi.

Oʻzi oldin sovchi yuborish kerakmi yoki surishtirish kerakmi?

Oila qurish istagidagi doʻstlaringizga yuborib qoʻysangiz, foydali boʻladi.

#oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar
Oila mustahkamligi

Oiladagi tinchlik va totuvlik, oila mustahkamligi ko'p jihatdan erkaklarga bog‘liq. Shuning uchun quyida ularga ba'zi maslahatlar beramiz:

1. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.
Qaror qabul qilishda oila a'zolaringizni bilan maslahatlashishingiz mumkin, lekin oxirgi so‘z sizniki bo‘lishi kerak.

2. Mehr-e'tibor va hurmatni unutmang. Oddiy e’tibor va samimiy so‘zlar oilangizni baxtli qiladi.

3. Ish va oila orasida muvozanatni saqlang. Farzandlaringiz va ayolingiz bilan o‘tkazilgan vaqt eng shirin damlardir.

4. Sabrli bo‘ling. Har qanday muammoni o'zaro gaplashib, samimiy muloqot va tushunish orqali hal qilishga harakat qiling.

5. Namuna bo‘ling. Farzandlaringiz, ayolingiz sizdan o‘rnak olishadi, shuning uchun har bir xatti-harakatingizga e'tiborli bo'ling.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkak kishi ayolidan uzr so’ramaydi! Chunki uzr so’rashga majbur bo’ladigan ishni qila olmaydi. 😁

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
⚡️Odamlar ko'pincha o'zlarining taxminlaridan xulosa chiqaradilar. To'g'ridan-to'g'ri so'rashni o'rganing va shundan keyingina xulosa chiqaring.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sevgining ta'rifi

Sevgi — bu kimdir bilan yilning to‘rt faslini birga boshdan kechirishni istash. Bahorda yomg‘irdan qochib, gullagan lila ostida panoh topish, yozda mevalar yig‘ib, daryoda cho‘milish. Kuzda birga murabbo qaynatish va sovuqdan himoyalanish uchun derazalarni yopish. Qishda esa birgalikda shamollashni yengib o‘tish va uzoq kechalarni o‘tkazishda bir-biriga yordam berish…

Rey Bredberi

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Erkaklar ayoliga nafaqa berishi kerak. Ko‘p erkaklar nafaqa bermaydi, ayollari hatto nafaqa olishi mumkinligini ham bilmaydi....»mi?

Erkakning ahliga o‘z gardanidagi farz nafaqasidan ortiqcha qilgan xarajatlari: oziq-ovqati, kiyim kechagi, sovg‘a-salomi, uy anjomlari nafaqa o‘rnidadir. Erlar xotininig shuncha xizmatiga bir-ikki so‘m bermaydi ham deganlar diqqatiga:
Er topganiga uy quradi;
Bolalarini kiydiradi;
Bolalarini o‘qitadi;
Oila a’zolaridan birortasi kasal bo‘lsa, davolatadi;
Uyiga olib kelganini hisob-kitob qilib, xotinidan hisobot so‘rayverib xunob qilmaydi;
Bulardan ham orttirsa, bolasiga to‘y qiladi;
Farzandlariga uy-joy quradi;

Endi tashvishlardan xalos bo‘lsa, qarib bo‘lgan bo‘ladi! Hali o‘rtada ro‘zg‘or qilaman deb qancha mashaqqatlar, diqqatchiliklar chekishi bor.

Shular nafaqa emasmi?!
Shular oila uchun harakat emasmi?!
Shular himmat emasmi?!

(Ro‘zg‘or qilish erning majburiyati, lekin mayonez va ketchup ham olib kelishi majburiyati emas. Pista-bodom, banan, ananas ham...)

Erning o‘zi bir kosa ovqatga to‘yadi, bir kosa ovqat pulini esa yarim kunda topa oladi. Lekin u yil-o‘n ikki oy tong sahardan tun qorong‘usigacha shu oilasi uchun tinmay ishlaydi...

(Xotin ham bekor o‘tirmaydi, buni juda yaxshi bilamiz.)

Ikrom Sharif

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
281-savol: Oiladagi ziddiyatlarga yechim

Assalomu alaykum.

Turmush qurganimga 4 yil bo‘ldi, 2 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im oilada yagona o‘g‘il, 2 ta singlisi bor. Kelin bo‘lganimdan keyin singillar turmushga chiqib ketishdi.

Qaynonam shu yillar davomida meni umuman surishtirmadi. “Qizlar uzatilgach, vaziyat yaxshilanar”, deb o‘ylagan edim. Aksincha, qizlarni uzatib, qaynonamning o‘zlariga ishonchlari yanada ortdi. Oilada qaynotamning ham, turmush o‘rtog‘imning ham so‘zi o‘tmaydi. Bu holat farzandlarimning tarbiyasiga ham salbiy ta’sir qilmoqda.

Qizlik uyimga qaytib kelganman. Ajrim eng to‘g‘ri yechim deb o‘ylayapman. Turmush o‘rtog‘im “Men yagona o‘g‘ilman, ota-onamni tashlab chiqib ketolmayman”, deb ikkilanib qolgan.

Nima maslahat berasiz? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutay?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmush o'rtog'ingiz alohida chiqib ham ota-onasiga yaxshilik qilaverishi mumkin.

#muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
"Televizor insoniyat baxtsizligining asosiy sabablaridan bo‘lishiga qaramay, uyning to‘ridan joy egallab olgan. Tag‘in har bir xonadonda birdan ortiq televizor bor. Er xotin, bolalar alohida-alohida xonalarda, boshqa-boshqa telekanallarda, har xil dasturlarni muk tushib tomosha qiladi.
Go‘yoki dunyoga vaqt o‘tkazish uchun keldig-u, televizor shu ehtiyojni qondiryapti. Yaqinlarimiz bilan vaqt o‘tkazmaganimizni ulardan ayrilganimizda anglab yetamiz. Lekin unda kech bo‘lgan bo‘ladi".

Sema Marashlining "Sevmoq shunchalar go‘zal bo‘lsa..." kitobidan #Iqtibos

👉 @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​​​Erkaklar, bunga amal qiling!

Juftingiz go‘zal bo‘lib, xushbo‘y hid taratib yurishini istaysiz, u ham buni istaydi.

Poklikka alohida ahamiyat bering. Xususan, nopok tuklarni tozalashga erinmang. Soch-soqolingiz tartibli, ust-boshingiz toza bo‘lsin.

Uzrsiz sabab bilan tik turib bavl qilmang.

So‘kinish, qo‘pol so‘z aytishdan tiyiling.

Kashandalikdan saqlaning. Kashandaning xotini erkak hidini bilmay o‘tib ketadi.

Mabodo ayolingizni urib qolsangiz ham achitib urmang. Yuziga urmang. Eng afzali mutlaqo urmang.

Ro‘zg‘or xarajatlariga ayol kishi mas’ul emas, bunga uni sira majburlamang. Noiloj holda iltimos qilishingiz yoki u o‘z xohishi bilan ishlasa, boshqa gap. Shunda ham o‘ziga mos, noshar’iy holat bo‘lmaydigan ishda ishlasin.

Nomahram ayollar bilan zaruratsiz gaplashmang, qo‘l berib ko‘rishmang.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilam farovon bo'lsin desangiz...

💎 Har bir erkak yoki ayol borki, eng avvalo o'z oilasining tinchligi va farovonligini o'ylaydi. Oilada o'zaro muhabbat bo'lishini istaydi.

Muhabbat esa shartlarga ko’nmaydi, unga faqat fidoyilik kerak. O'zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish uning asosiy talablaridandir.

❗️ Ammo sevgan insonning fidoyiligidan xudbinlik ila o'z manfaatlari yo'lida foydalanmaslik kerak.

#Muhabbat

Yanada ko‘proq videolar
Sizni sizligingiz uchun sevganni qadrlang

Bu dunyoda odamlarning sizni chin dildan, hech qanday shart-sharoitlarsiz sevishga tayyor bo‘lishi juda kam uchraydi.

Bu sevgi na erishgan yutuqlaringizga, na tashqi ko‘rinishingizga, na boyligingizga yoki tanish-bilishlaringizga bog‘liq bo‘ladi.

Bu sevgi shunchaki sizning o‘zingizni, barcha kamchiliklaringiz, xatolaringiz va o‘ziga xosliklaringiz bilan sevishga asoslanadi.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​
Seni tushunadigan ayolni uchratish juda qo‘rqinchli. Buning oxiri odatda nikoh bilan tugaydi.

Oskar Uayld

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Tobeinlar sayyidi deb nom olgan Sayyid ibn Musayyib rahimahullohning ayoli "Biz ayollar erlarimizga xuddi sizlar amir-xalifalaringizga xitob qilgandek xitob qilardik" deydi. Ya’ni hurmat bilan, ovoz ko‘tarmay.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/01/12 11:46:41
Back to Top
HTML Embed Code: