Azizlar, bizda haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz bor edi. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazib qo'yaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Kim meni qo'llab-quvvatlasa, 9860 1606 0549 3933 ga qodir bo'lgancha o'tkazsin. O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf

Uch hayotiy tavsiya
🔹 Sevgi – bu faqat his-tuyg'u emas, balki mas'uliyat va mehnat ham. Sog'lom munosabat ikkala tomon bir-birini tushunish, hurmat qilish va qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. Bunda o'zaro ishonch, samimiyat va ochiq muloqot muhim o'rin tutadi.
🔹 O'tmishni unutmang – undan saboq oling, xatolarni tahlil qiling. Bu tajribalar sizni bugun to'g'ri qarorlar qabul qilishga yo'naltiradi. Bugungi kunni mazmunli o'tkazing, har bir daqiqaning qadriga yeting. Shu bilan birga, kelajakni ham rejalashtirishni unutmang: bilim oling, tajriba to'plang, moliyaviy jihatdan o'zingizni himoya qiling. O'tmish, bugun va kelajak – bular bir zanjirning halqalari. Birini e'tiborsiz qoldirsangiz, hayotingiz mukammal bo'lmaydi.
🔹 O'zgartirib bo'lmaydigan narsalarni qabul qilishni, o'zgartirish mumkin bo'lgan narsalarni yaxshilashni o'rganing. Hayot qiyinchiliklardan iborat bo'lishi mumkin, lekin har qanday vaziyatda ham yechim topish, undan saboq olish va olg'a qadam tashlash imkoni bor.
Qo'shimcha muhim eslatma:
Har bir inson o'z yo'liga ega. Birovlarning "to'g'ri yashash haqidagi" maslahatlarini eshiting, lekin oxirgi qarorni o'zingiz qabul qiling. Chunki har bir odamning hayot tajribasi, imkoniyatlari va maqsadlari o'ziga xosdir.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim bilan tarbiyaning qanday farqi bor?
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar qon bosimi keskin pasayib ketsa, quyidagilarni qilish lozim:
1. Shoshmang, sog'lom odamda ham ba'zida qon bosimi keskin o'zgarib turishi mumkin.
2. Agar qon bosimi 60/30 dan 70/40 ga tushib ketsa yoki undan ham past bo'lsa, darhol "Tez yordam"ni chaqiring.
3. "Tez yordam" kelgunicha:
- Agar bemor hushidan ketgan bo'lsa, uni yonboshiga aylantirish kerak. Yo'qsa, tili orqa tomonga siljishi va nafas yo'lini to'sib qo'yishi mumkin. Bemor yonbosh holatda bo'lishi kerak, shunda yutilgan suyuqlik va tupuk tashqariga oqib chiqishi ta'minlanadi.
- Agar bemor hushida bo'lsa, unga kuchli shirin choy, tuzlangan bodring, pishloq yeyishni tavsiya qiling — bu tezda qon bosimini oshiradi.
4. Bular birinchi yordam uchun tavsiyalardir, albatta, tez yordam chaqirishingiz kerak.
#Salomatlik

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hatto nikohni e'lon qilish sunnat! Biz buni qilaman deb haddan oshib nikohni qanchalar qiyinlashtirib yuboryapmiz!
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
157-savol: Ijtimoiy tarmoqdan juft izlash yaxshimi?
Assalomu alaykum.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali juft izlash ommalashmoqda, yaʼni baʼzi kanallarda anketa chiqarish orqali, shu holatga fikringiz qanday? Javob uchun rahmat!
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Biroz kengbag'irlik qiladigan bo'lsak, anketa berish emas, anketa berganlar orasidan surishtirib, ko'rishib ko'rib, an'anaviy oila qurish tartibida davom etsa, buni qiz topishning zamonaviy usuli deb qarash mumkin.
Ammo fikrimni so'rabsiz, fikrimcha, anketa berishni qabul qila olmayman. Bu sharafli kishilarga munosib ish emas degan shaxsiy qarashdaman.
Albatta, bu gaplar o'z qarashim, fatvo emas. Zotan, siz ham fikrimni so'ragansiz.
#Oila_qurish

Oilaviy totuvlik uchun
Oilaviy totuvlik uchun bir yaxshi gap o'qib qoldim: «Tinch bo'laman, baxtli bo'laman desangiz, pashshadan fil emas, fildan pashsha yasang». Yaxshi gap ekan! Ya’ni oradagi muammo va kelishmovchiliklarni kattartirib yubormang, qaytaga, katta kelishmovchiliklarni kichraytiring.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Oilaviy totuvlik uchun bir yaxshi gap o'qib qoldim: «Tinch bo'laman, baxtli bo'laman desangiz, pashshadan fil emas, fildan pashsha yasang». Yaxshi gap ekan! Ya’ni oradagi muammo va kelishmovchiliklarni kattartirib yubormang, qaytaga, katta kelishmovchiliklarni kichraytiring.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Charli Chaplin o‘zidan 36 yosh kichik Una O'Nilga uylanishga qaror qilganida unga:
– Men sendan yashashni o‘rganishim, sen esa mendan o‘lishni o‘rganishing uchun menga turmushga chiq, – deb taklif bildiradi.
– Yo‘q, Charli, men sendan ulg‘ayishni o‘rganishim, senga esa qanday qilib oxirigacha navqiron bo‘lib qolishni o‘rgatish uchun turmushga chiqaman! – deb javob beradi.
Bu juftlik sakkiz farzand – uch o‘g‘il (Kristofer, Yujin, Maykl), besh qiz (Jeraldina, Jozefina, Joana, Viktoriya) ko‘rishdi va Charli 88 yoshida vafot etgunga qadar birga yashashdi. Oxirgi farzandi tug‘ilganida aktyor 73 yoshda edi.
Uch marta oila qurib, baxtini topa olmagan Chaplin 54 yoshida to‘rtinchi marotabasida 18 yoshli Una bilan hayotini bog‘laganda ancha gap-so‘z ham bo‘lgan.
Ba’zida o‘rtadagi yosh tafovuti ham baxtli hayotni ta’minlashi mumkin ekan.
Mahmud Mahkam

133-savol: Bir yosh katta qizni yaxshi ko‘raman
Assalomu alaykum ustoz, men ancha vaqtdan beri o'zimdan bir yosh katta qizni yaxshi ko'rib kelaman. Qiz Islom universitetida o'qigan, taqvoli, ilmli. Yosh muammosini o'ylab uni unutishga harakat qilyapman, lekin unuta olmayapman.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Bir yosh katta bo'lishi muammo emas, tegsa, uylanavering.
#Oila_qurish
Yana ko'proq savol-javoblar
Assalomu alaykum ustoz, men ancha vaqtdan beri o'zimdan bir yosh katta qizni yaxshi ko'rib kelaman. Qiz Islom universitetida o'qigan, taqvoli, ilmli. Yosh muammosini o'ylab uni unutishga harakat qilyapman, lekin unuta olmayapman.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Bir yosh katta bo'lishi muammo emas, tegsa, uylanavering.
#Oila_qurish
Yana ko'proq savol-javoblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onasini koʻrib qizini olish kerakmi?
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevmoq — bu asramoq
Sevmoq — bu hech qachon og'ritmaslik: na g'azabda, na xafagarchilikda, na jazavada.
Sevmoq — bu kimningdir qalbini nafaqat tashqi dunyodan, balki o'zingdan ham — o'z g'azabingdan, yomon kayfiyatingdan va jahlingdan asrashdir. Bu xuddi senga dunyodagi eng qimmatli narsani ishonib topshirishganday va sen uning sadoqatli qo'riqchisi bo'lishga ont ichganingday, chunki faqat sen uni asrab avaylay olasan.
Sevmoq — bu asramoq...
Alina Yermolaeva
#Muhabbat #tarjima

240-savol: Sarpoga qilingan mebellar erimga hadya edimi?
Asslomu alaykum. Bir muammoga oydinlik kiritsangiz iltimos. Biz turmush qurganimizga 3 yil boʻlyapti. Kelin boʻlib tushgan uydan yangi olgan uyimizga koʻchganimizga 9 oy boʻldi. Lekin hali jihozlarimiz yoʻq. Kelin boʻlganimda ota-onam yotoqxona mebeli, shkaf qilgandi sarpoga oʻsha mebellarni va kiyim kechaklarimni olib keltiring desam erim bahonalar qilyapti, yangi ham olmayaptilar. U narsalarga ehtiyojim bor "Olib kelaman,... Menga hadya qilingan oʻzim xohlagan payt olib kelaman. Olib kelishga harakat qilsam dadam men bilan urishadi ishlaringni bitirgin undan koʻra deb" deganday boʻlyaptilar Savolim sarpoga qilingan mebellar erimga hadya edimi? Ularning bu ishlari qanchalik toʻgʻri?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Sarpongizga qilingan bo'lsa, eringizga hadya emas. Qiz tomon kuyovga mebel qilib berishga majbur emas, ular bu narsani to'lov sifatida sizlardan qabul qilgan ko'rinadi.
Oila tinchligi uchun turmush o'rtog'ingizni tushunib, sabr qilib turing. Imkon qilib boshqa olib berishiga erishing. Buni yaxshilikcha amalga oshirishga harakat qiling. Lekin hadeb bu haqida gapirib bezdirib yubormang.
#Muammo