Telegram Web Link
Iliq munosabatlar juftingizning yaqinlarini hurmat qilishingizni talab qiladi!

Bu faqat ayollar uchun tegishli emas, erkaklar ham ayolining yaqinlariga yaxshi munosabatda bo'lishi kerak. Agar er yoki xotin juftining yaqinlari bilan yaxshi munosabatda bo'lmaydigan bo'lsa, bu oraga sovuqchlik soladi.

Ayollar ham qaynonamning xizmatini qilishga majbur emasman demasin, erining hurmati yuzasidan, roziligini istab qaynonaning xizmatini qiladi. Qaysi er onasini behurmat qilgan xotindan rozi bo'ladi?

Yoki erkaklar ham shunday qizni tarbiyalab, parvarishlab, unga bergani uchun qaynonasidan hamisha minnatdor bo'lib, unga yaxshi muomalada bo'lishi kerak.

Eslatma: erning yaqinlari bo'lgan aka-ukalariga kelin mahram hisoblanmaydi. Ularga yaxshi muomala, yaxshilik qiladi, lekin oradagi chegaraga rioya qilishi lozim.

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalomu alaykum, ustoz. Yoshim 22 da. Bir qizim bor. Oilaviy nizolar sababli ajrim yoqasidaman, toʻgʻrirogʻi ajrimdan boshqa yechim ham yoq, 3 taloq tushgan. Savolim shuki: shu oy qizim yoshiga toʻldi va gapirish harakatida baʼzi soʻzlarni aytyapti ham deyarli. Mendan kichik ukamni shu seni dadang deb ukamga yonaltirishyapti. Yani qizim ukamni dada deyishi toʻgʻri boʻladimi yoki aytmasa yaxshimi ?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Mutlaqo noto'g'ri! Unday demasin. Hali turmushga chiqsangiz, o'sha insonni "dada" deydi. Aqlini taniganda bor gap aytiladi.

#tarbiya
"Asal oyi emas asal hayot" kitobi haqida

Bu kitobni ayol va erkaklar qayta-qayta o’qishini tavsiya qilaman. Har kimning vazifasi go’zal tarzda yoritib berilgan ekan. Nima qilsak yahshi-yu nima qilsak yomon. Qaysi gapni so’zlasak ayolga yoqadi, qaysi gapni so’zlasak ayolga yoqmaydi. Har bir joyiga alohida e'tibor berilib, go’zal tarzda yozilgan.

Buni faqat o’qib, bunga amal qilib go’zal, totuv hayot kechirish kerak. Ilm bizni baxt tomon yetaklaydi!

Alloh rozi bo’lsin mehnatizga, o’zi qiyrot
Aqiyrot ajrlar bersin. Bu kitob 5000 ta nusxada emas, million-million nusxada chiqishini niyat qilib qolamiz. Barcha oilalar baxtli, totuv yashashligini tilab qolaman. 

Ali Abdurahmanov

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar

#Kitob #taqriz
Qorong'ulikdan qo'rqar edim, kecha svetga qilayotgan to'lovlarimni ko'rib qo'rquvlarim aridi.

#Tabassum #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurish arafasidagi yigitlarning muammosi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Onalar har tong baxtga boqish bilan kunni qarshi oladilar, garchi uyqudan to'ymagan bo'lsalar ham.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Orangizdagi masofa uzoqlashib borayotganini his qilsangiz, ko'prik qurishingiz kerak. Ya'ni munosabatlaringizga yangilik kiriting.

Zerikarli, hissiz hayotdan chetlaning. Birga o'tkazgan baxtli kunlaringizni eslang. Uni nima ko'proq xursand qilishini eslashga harakat qiling.

Anchadan beri unutilgan an'analarni qayta tiklashga harakat qiling. Iliq munosabatlar muddati o'tib qoladigan mahsulotlar kabi emas, siz hamisha ularni yaxshi holatda saqlay olasiz. Faqat buning  uchun harakat qilishingiz kerak!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nomunosib kishilarni qalbdan chiqarib tashlash kiyimni najosatdan poklashdan muhimroqdir.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Odamlar har doim ko'proq narsani xohlashadi:

🌼 Sizning qiyin ishingiz — har bir ishsizning orzusi;                      

🌼 Sizning yaramas bolangiz — har bir farzandsiz odamning orzusi;                      

🌼 Sizning kichkina uyingiz — har bir uysiz odamning orzusi;                      

🌼 Sizning kichik jamg'armangiz — har bir qarzdorning orzusi...

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SABRLI BO‘LING ❤️

Muhtarama ayollar, eringiz ishdan qaytyapman deb qo‘ng‘iroq qildimi, unga hadeb qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilavermang. “Kelyapsizmi, qachon kelasiz?” degan gaplar erkak kishiga umuman yoqmaydi. Sabrli bo‘ling, eringizni uyga eson-omon qaytib olishi uchun duo qilib turing. Yoki o‘zingiz bir marta qo‘ng‘iroq qilsangiz yetadi (agar ogohlantirmasa).

Hurmatli erkaklar, siz ham uyga qachon qaytishingizni aniqroq ayting. Malikangiz xavotirlanadi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvga chiqqaningizda suhbat to'xtab qolsa...

Ikki begona kishining ilk suhbatida bu tabiiy hol, albatta. Siz har bir daqiqani so'zlar bilan to'ldirishga harakat qilmang. Axir o'ylab olish uchun ham vaqt kerak.

Yoki qarshingizdagi kishi gapirmaganidan noqulay holga tushmang. Undan ko'ra, siz ham so'rashingiz mumkin bo'lgan gaplar bo'lsa, o'zingiz suhbatni davom ettiring.

Aslida, bir necha daqiqa davom etadigan bu uchrashuvda so'rash mumkin bo'lgan ko'p savollar borki, ularni so'rasangiz, soat ham yetmasligi mumkin!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzi gaplar bir marta aytiladi va bir umrga yetadi

#erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 21:30:44
Back to Top
HTML Embed Code: