Telegram Web Link
Hozir baxt nimanidir topishda emas, balki bor narsangizni yo'qotmaslikda bo'lgan paytdir...

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz har bir harakatingiz tarbiya boʻladi

Oilaviy munosabatlarda er va xotin alohida har bir masalani gaplashib olishi kerak.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er-xotin munosabatlarida o'zini jinniga solish telbalikdan emas, donishmandlikdan nishonadir.

#qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yoz o'tib bormoqda va biz sayohatlar hamda pikniklarni yana keyingi yilga qoldiramiz. Endi konkida uchish uchun tayyorgarlik ko'rish vaqti keldi, lekin unga ham yetib borishimiz dargumon.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum. Ayolim hech pardoz qilmaydi men uchun. Unga pardoz qil men uchun desam, koʻnglini ogʻritgan boʻlmaymanmi? Yaʼni tabiiy goʻzalligini inkor qilayotganday boʻlmaymanmi? Qil, desam qilgim kelmaydi deydi.

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. To'g'ridan to'g'ri "pardoz qil" desangiz, ko'ngliga og'ir botishi mumkin. Shuning uchun turli ishora vositalaridan foydalaning. Masalan, pardoz vositalari olish uchun pul berish, shu mavzudagi postlarni ulashish, shu haqida yozilgan kitoblar hadya qilish ("Asal oyi emas, asal hayot"da aytganmiz) mumkin yoki kurslarda o'qitish kerak.

Ayol buni "menga yoqmaydi" degan gap bilan rad qilishi noto'g'ri, buni qilishi kerakligi haqida o'zida tushuncha, farosat bo'lishi kerak. Men doim ayollarga eringizga u bir ayoldan nima olishni istasa, shuni bering deb kelaman. Albatta, erkak bir xil ayoldan zerikishi, ba'zan uni pardozli holda, ba'zan uzun, ba'zan kalta kiyingan va boshqa holatlarda ko'rishni istashi mumkin.

#Ayollar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mo'minlarning onalari haqida savol-javoblar" kitobi faqat ayollar uchunmi?

#kitob

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Bekorchi" ayollar

Farzandlarining tarbiyasi, turmush o'rtog'ining parvarishini o'ylagan hech bir ayol havas uchun ko'chaga chiqib ishlamaydi. Yo moddiy ehtiyoj, yo ishning unga bo'lgan ehtiyoji sababli ishlaydi odatda. Ularni malomat qilmaymiz, munosib joyda, yaxshi holatda ishlashayotgan bo'lsa, bo'ldi.

Uyda o'tirgan ayollar tashqaridan qaraganda ishsizdek ko'rinadi – unday emas. Ular farzand tarbiyasi, ro'zg'or ishlari-yu turmush o'rtog'ining parvarishi bilan band bo'lishadi. Uzr-ku ya, ular ishchidan ko'ra yuqori maqomda deb bilaman: ular beka, uyning bekasi! Albatta, kimningdir qo'lida ishlagandan ko'ra bekalik yuqori maqomdir.

Ikki toifa ayollarni ham hurmat qilamiz. Takror aytamanki, ehtiyoj bo'lmasa, ayol ishlamaydi. Ishlaydigan ayollarni kamsitishdan tamoman yiroqman. Yana aytamanki, onaning bekorchisi bo'lmaydi! Barcha ayollar ishlaydilar!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jahl otiga mingan ayol bilan soʻz talashish boʻron koʻtarilgan paytda gazeta oʻqishga oʻxshaydi.

Anis Mansur

#qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📰 Hamiyatli bo‘laylik!

Do‘stimiz uyimizga mehmon bo‘lib kelsa, ayolimiz unga ko‘rinmasligi kerak. Afsuski, ba’zi xonadonlarda ayol erining do‘sti bilan «Mullaka, yaxshi keldingizmi? Uy ichilar, farzand­lar omonmi? Ularni ham birga olib kelmabsiz-da?!» degan ma’noda ko‘rishish holati yuz beradi.

Yoki er jonivorning o‘zi: «Bu kelining bo‘ladi. Tanish, onasi, bu og‘aynim – Falonchi», – deganga o‘xshash tanishtiruvlar kuzatilib turadi.

Ikkala tanishish, gaplashish holatiga ham mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Chunki biz hamiyatli, rashkli erkaklarmiz!
 
📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mendan konsultatsiya olgan bir yigit aytdiki, oila qurganlariga bir hafta bo'lganda ayoli ajrashishni so'ragan. Chunki...

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​ Men senga doim bir narsani aytganman: "O‘zingni ehtiyot qil!" Balki oddiygina ko‘ringan bu gap zamiridagi ma'noni anglamagandirsan... Men o‘zingni ehtiyot qilsang, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Chunki o‘zingni ehtiyot qilsang, diningni ehtiyot qilasan, sha'ningni ehtiyot qilasan, aqlingni ehtiyot qilasan, joningni va molingni ehtiyot qilasan...

O‘zingni ehtiyot qil!...

#Muhabbat #izhor

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar o'yinchoqlar sochilgan, devorlarga kapalaklar chizilgan, siz har kuni kir yuvadigan bo'lsangiz, demak, uyingizda baxt yashaydi!

#farzand #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men seni topgandan so'ng sog'inch hissini tuya boshladim...

#sog'inch

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun tuxum bozorda arzon-u restoranda qimmat?

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat bel og‘rig‘iga o‘xshaydi. Rentgen nurlarida ko‘rinmaydi, ammo borligini bilasan!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Avvaliga u sizni qanday bo'lsangiz, shunday yaxshi ko'radi, biroz vaqt o'tgach, u sizga qanday gapirishni, nima kiyishni, nima ovqat yeyishni va qanday post qo'yishni o'rgatadi. 😁

#Tabassum #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERKAK BAXTI

1. Erga hamfikr xotin;
2. Esli farzandlar;
3. Sodiq birodarlar;
4. Yaxshi qo‘shnilar;
5. Rizqini o‘z yurtida topishi.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib

🤎 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Munosabatlarni yaxshilash uchun nima qilish kerak?

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 23:18:46
Back to Top
HTML Embed Code: