Telegram Web Link
Juftlikda bo‘lish doimiy oyna bilan yashashga o‘xshaydi, sizning asl tabiatingiz juftingiz bilan muomalangizda aks etadi.

Er-xotinlik munosabati boshqa hech qaysi munosabatga o‘xshamaydi. Ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi, aka-ukalar va opa-singillar, do‘stlar yoki hamkasblar bilan bo‘lgan munosabatga solishtirib bo‘lmaydi. Na ota-onangiz va na do‘stingiz sizni juftingizchalik yaxshi bilmaydi. Juftingizga ko‘ringan jihatlar boshqa hech kimga ko‘rinmaydi.

Tabiatimizning eng nozik va eng qorong‘u tomonlari juftlikda namoyon bo‘ladi. Juftlikda yashamagan odam hali kashf etilmagan hudud yoki hali o‘zlashtirilmagan qo‘riq yer deb o‘ylayman.

Inson ruhan ulg‘aygan sari juftini qanday bo‘lsa shundayicha qabul qilishni va uni o‘zgartirishga chiranmaslikni o‘rganadi. Haligi hazil gap bor-ku, "telefonimdan qoniqmay hadeb almashtiraveribman keyin bilsam gap o‘zimda ekan" deydi.

Dunyoda hech bir inson mukammal emas. Eng solih erda ham qandaydir yoqimsiz taraflar bo‘lishi mumkin, eng soliha ayolda ham yetarlicha ayblar topiladi. Chunki hammamiz insonmiz. Inson borki xatokor, hech kim nuqsonlardan xoli va ma’sum emas.

Oila sevgining o‘zi bilangina barpo bo‘lmaydi, balki kechirimlilik va bag‘rikenglik bilan saqlanib turadi. Har qanday baxtli ko‘ringan oilada har qanday lahzada ajrashib ketishga sabab topiladi, faqat sabr va murosa bilan turmush davom etadi. Sabr, xatolardan ko‘z yumish va o‘zaro tushunish bo‘lmagan oila uzoqqa borolmaydi.

Hammamiz o‘zaro kechirimli va bag‘rikeng bo‘lishga muhtojmiz. Jahl va g‘azab onlarida tilni tiyish bizni ko‘p muammolardan saqlaydi. Alloh ahvolimizni isloh qilsin, barchamizga tavfiq va hidoyat bersin.

Iroda Ahmed

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizga rahmat aytish, maqtash, yaxshiliklarini e'tirof etishga e'tiborli bo'ling. Har kun bularni qiling. Shirin so'zlar bilan hayotingizni shirin qiling.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Millat qutqariladi, qachonki ularning qadri oshsa...

Ushbu videoni millatning isloh boʻlishiga sababchi boʻladiganlarga yuborib qoʻying.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📌 Munosabatlarni nima buzadi?

👀 Pashshadan fil yasash

Hech kim mukammal emas. Ko'p janjallar gap-so'z u yoqda tursin, hatto e'tiboringizga ham arzimaydigan mayda-chuydalar tufayli sodir bo'ladi.

• U axlatni tashlashni unutdimi — sayr qiling va birga tashlang.
• U piyolani sindirdimi — bu hamma bilan sodir bo'lishi mumkin, birgalikda yangisini oling.
• U ovqatning tuzi kam solibdimi — ovqatingizga tuz solib ichsangiz kifoya...

#Muammo #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum.
Unshatirilganimizga 6 oy bo'lyabdi, ma'lum bir sabablarga ko'ra to'y keyinroq bo'ladigan bo'ldi. U yigitni hamma yaxshi deb maqtaydi. Sovchi orqali ko'rishganimizdan keyin darrov fotihalab qo'yishdi. Men o'qishim sababli boshqa viloyatda yashayman. Ota-onamga shu inson manzur bo'lgani uchun rozi bo'ldim. Bo'lajak turmush o'rtog'im men bilan umuman qiziqmaydi, xabar ham olmaydi. Agar u kishi dindan xabardor bo'lganida, namoz o'qiganlarida men buni to'g'ri qabul qilardim. Hech bo'lmasa kimdur orqali men bilan qiziqshi, xabar olishi kerak-ku? To'g'risi, yuragim ezilib ketyapdi kimga turmushga chiqyapman, menda ko'ngli bormi-yo'qmi  tushunmayapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Xabar olmaganidan ham ko'ra dindor bo'lmagan kishiga turmushga chiqayotganingiz musibat, siz yaxshisi shu haqida o'ylang.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dildan gaplashmasangiz, go‘zal joylarga piyoda bormasangiz, birga kino ko‘rmasangiz, shunchaki janjallashib, uyda telefon kavlab o‘tirsangiz, oila qurgandan nima foyda?!

#Oila_qurish #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishdan kelgan jufti halolingizni siz qanday kutib olasiz?

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar logikasi

Agar ayol kishiga "Ba'zi gaplarni hech kimga aytib bo'lmaydi" desangiz, "Nima gap?" deb so'raydi.

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Singlimni yaqinda oʻzining kursdoshiga unashtirdik. Ular shu yil bitirishdi. Bir-birlarida koʻngli borligi sabab yigitning hali qoʻlida ishi boʻlmasa ham ota-onam qarshilik qilmadi. Ota-onasi sovchilikka kelishganda yaqinda katta oʻgʻllarini uylantirishgani toʻyni biroz choʻzishlari mumkinligini aytishgandi (yaʼni sharoit yuzasidan). Ammo dadam bunga rozi boʻlmadilar. Endi kelinga qilinadigan narsalarda kam-koʻst koʻp uchrayapti. Bu holatda yigit ham u yer-bu yerda ishlab toʻyi, mebeli, kelinning kiyim-kechagi uchun harakat qilishi kerak emasmi? Davlat ishiga joylashgunga qadar olma pish ogʻzimga tush deb yotish qanchalik toʻgʻri?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu vaziyatda ixchamroq qilib, xarajatni kamroq qilib to'yni o'tkazib olinglar. Qolgan kam-ko'stlar to'ydan keyin qilinaveradi.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men sizga dunyoda to'kis hayotni va'da qilolmayman, lekin abadiy hayotda — jannatda birga bo'lishimiz uchun bor imkonim bilan harakat qilaman.

#Muhabbat #oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iffatingiz va hayoyingizni sunʼiy eʼtiborga almashmang!

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolingizga bir quchoq gul berib, bir quchoqlab qo'yishingiz ancha energiya beradi, munosabatlarni yaxshilaydi!

Undan keyin telefonni bir chetga olib qo'yib, suhbatlashib o'tirsangiz bormi, dunyodagi eng yaxshi turmush o'rtoqsiz-da!

Fikrimga qo'shilganlar munosabat bildiramiz. 🔥

#Erkaklar

✍️ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalamu alaykum, Ustoz.
Sizga Allohning nuri yogilsin. Sizga yozishim zarur deb bilganim uchin yozyapman.

Ustoz men yoqtirgan yigit bir nechta sabablar bilan boshqa qizga uylanib ketipti. Men uni bilmasdan, tg dan yozib qoyuvdim u menga uylanganini aytmastan yana 1 oycha yozib yurdi. Keyn bilib qoldim.

Ohirgi gapi tagdir bosa birga bolamiz, tagdir bosama qancha harakat qiganimiz bilan baribir foydasi yoq dedilar.

Ustoz men uni uylangan bolsa ham yana kutkim kelyapdi, idealimdagi turmish ortoq pozitsiyalarini yana osha yigitga ozgartirib olib uni kutishni hohlayapman.

Meni holatimni qanday baholaysiz va qanday yechim bera olasiz?

Javobingiz men uchin muhim.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Gaplashib/sevishib yurganingiz va yana yozganiz katta xato. Takrorlamang. Kutmang.

#Oia_qurish
Sevgan insoningizga yozganda uning uchun qulay alifboda/tilda/shevada yozishingiz ham muhabbatdandir!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kim eriga muhabbatini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, uni uyda ko‘rsatsin.
Eriga minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lsa, uyida bildirsin.
Hazillashmoqchi, o‘ynashmoqchi bo‘lsa... uyida, uyining ichida qilsin.

Eri uchun taom pishirmoqchi bo‘lsa, uyi bor, uyida pishirsin.
Itoatkorligini ham uyida ko‘rsatsin.

Instagram – ijtimoiy tarmoq, hurmatli opa-singillar.
Unda shaxsiy hayotingizni ommalashtirish, sizga yarashmaydi.
Nazarning yaxshisi bo‘lgani kabi yomoni ham bor.
Sizning go‘zal hayotingiz kimnidir noshkurlikka, yana kimnidir hasadgo‘ylikka undab qo‘yishi mumkin.

Umuman olganda, iffatni saqlash — shart bo‘lgan hayot dasturi.
Har bir muslima avval shu dasturni o‘qib, o‘rganib olishi kerak.
Shunda muammolar ancha kamayadi.

Farohun

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zingiz istagandek qiz topish uchun nima qilish kerak?

#Oia_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar, otangizni qadrlang. U sizning siz ekaningiz uchun yaxshi ko'radigan yagona erkakdir!

#Ayollar #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Savol-javoblar | Oila
#Savol: Assalomu alaykum. Mening yoshim 28 da. Uyimdagilarga necha marotabalab aytyapman uylanishni xohlayotganimni. Videolar bilan tushuntirmoqchi boʻlyapman, ayni shu uylanmaganim sabab xohlamasdan gunohlar qilib qoʻyayapman. Bir chiroyli javob bersangiz, men uyimdagilarga oʻqittirsam, iltimos, oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Nima sababdan uylantirmayotganlarini biling va shu sababni bartaraf etishga harakat qiling. Ularga uylanmoqchi ekaningizni, bo'lmasa, gunohlar sodir qilib qo'yayotganingizni ochiq ayting. Endi yosh bola emassiz, bu haqida gaplashsangiz, xijolatli joyi yo'q.

O'zingiz uylanishga har jihatdan tayyor bo'lishingiz ham muhim. Shunda kechiktirishlariga asos bo'lmaydi.

Ota-onalarga: kamchiqim qilib bo'lsa ham oila qurish yoshiga yetgan farzandlaringizni uylab qo'ying. Ularni mashaqqatda, gunohlar qilib hayot kechirishiga jim qarab turmang. O'zingizning yoningizda juftingiz bor, yoshlik yillaringizni unutdingizmi?!

Erkak kishi oilada rahbarlikni qo'lga olib harakat qilsin. Har holda erkak bo'ydoqlik mashaqqatini chekkan, u kunlarni unutmagandir!

Farzandingiz oila qurishga tayyor bo'lmasa, tezda biroz bo'lsa ham tayyorlash kerak: moddiy va ma'naviy tomondan. Keyin uylantirish kerak. Qolganini sekin eplab ketadi. 28 yoshli bola so'qqabosh yurmasin...

#Oia_qurish
Umumiy sevimli mashg'ulotlaringiz bo'lishi bir-biringizga yaqinlashtiradi.

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldin ushbu ilmni albatta oʻrganing

Koʻpchilikka foydali boʻlishi uchun videoni yaqinlaringizga ham ulashing.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/27 13:19:18
Back to Top
HTML Embed Code: