Telegram Web Link
🧕 — Azizim, bugun sizga syurprizim bor!
🧔‍♂️ — Qanday syurpriz ekan?
🧕 — Bugun umuman xato qilmayman, sizni xafa qilmayman.
🧔‍♂️ — Shuning uchun jim o'tirgan ekansan-da!

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
FARZANDLARINGIZ BILAN BOG‘LIQ MUHIM BESHTA HIMOYA QOBIG‘I

• Hech kimga farzandlaringiz haqida uning yonida, salbiy (критика) tanqid qilishiga ruxsat bermang.

• O‘qituvchilar hammani yonida farzandingiz haqida sizga ma’lumot bermasligini so‘rang. Alohida ma’lumot oling.

• Ko‘cha-ko'yda begonalar farzandingizga tegib erkalashiga ruxsat bermang!

• Hech qachon farzandlaringizni “Amaki, xola urushib beradi” deb qo‘rqitmang.

• Farzandlaringiz haqida boshqalarga gapirib bermang, xossatan, muhim mavzu bo‘lsa.

Psk. R.Şimşek

Shu yuqoridagi beshta narsani sizga qilinganini tasavvur qiling..
Yosh bola bo‘lsa, hamma narsa mumkinmi?

Ruvayha tarjimasi

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandimning sogʻligi muhim emasmi?

#Savol: Assalomu alaykum, hozir qiyin vaziyatdaman, erim urganligi sababli oyimning uyidaman. Bir nafar qiz farzandim bor, oʻzim institut talabasiman, 4-kursni bitiryapman. Bolamni mazasi boʻlmay doktorga olib boring deganim uchun erim urdilar. Uydagilari ozroq kamsuqum oila, kamroq xarajat boʻlsin deydi qaynotam, shunga nima qilishimni bilmayapman, maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmush o'rtog'ingiz bilan aloqa o'rnatib, uyga qaytishga, yarashishga harakat qiling. Albatta, uning urishi, bolasining sog'lig'iga bee'tibor bo'lishi juda noto'g'ri, lekin shuning uchun ajrashib ketmang. Yaxshi gap bilan ko'nglini topib, bu narsalarni tushuntirishga harakat qilish kerak.

Birgalikda oilaga doir ilmlarni o'rganishga, yaxshi oilalar bilan bordi-keldi qilishga harakat qilinglar.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nomus faqat ayollar uchun kerak bo'lganda Yusuf alayhissalom qochmas edilar!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otaning qadrini ota boʻlgandan keyin bilmaslik uchun nima qilish kerak?

Hozir ota-onangiz yonidadirsiz. Har doim sizga yaxshilikni ilinganlaringiz ozgina sizga tanbeh berishsa, xafa boʻlasizmi?

Yuqoridagi hayotiy ibratli voqeadan oʻzingiz uchun xulosa chiqaring, tadabbur qiling va ulashing.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dam olish kunini qanday o'tkazishni oldindan rejalashtirib oling. Shunda u mazmunli o'tish ehtimoli oshadi. Masalan, biror joyga oilaviy sayrga chiqish, istirohat bog'iga borish yoki qarindoshlar ziyoratiga borish mumkin. Juftingiz bilan hammasini aniq qilib kelishib oling.

#tavsiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Mani yoshim 21 da. Unashtirilganimga 1 yarim yil boʻldi. Lekin hali ham toʻy bo'lmagani uchun o'rtada ortiqcha gaplar koʻpaymoqda. Asosan mening oilamda.To'y qilish masalasida quda tomon har doim bir sabab keltirishyapti. Balki mani kelin qilish niyatlari yoʻq degan xayol ham ötyapti onamdan, mendan ham. Munosabatlar buzilmoqda. Xijolatlik boʻlsa ham soʻrashga qaror qildim. Nima maslahat berasiz. Bu borada qanday yoʻl tutsak ekan bilmay qoldim?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Quda tomon bilan ochiq gaplashib olish kerak. Iloji bo'lsa, erkak kishi erkak kishi bilan gaplashsin. "Unashtiruvni bunday uzoq qilib yurish yaxshi emas, uchta narsani kechiktirmanglar deb nikoh ham aytilgan", deb ularning maqsad-muddaosini bilish kerak. Agar moddiy imkoni bo'lmasa, kichikroq to'y qilinglar. Agar fikridan qaytgan bo'lsa, uni aytsin. Ochiq, samimiy suhbatlashib bir qarorga kelish kerak.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sahroda suvga muhtoj bo'lgandek senga mushtoqman!

#izhor

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ijtimoiy tarmoqlar "Vaqtimni oladi" emas, ularga "Vaqtimni tekinga bervoraman" desak, toʻgʻri boʻladi...

Aziza Ismoil qizi

#Eslatma

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandli bo'lish bilan ayolning eriga bo'lgan e'tibori kamida 50 % ga kamayadi. Bu albatta erkak kishiga malol kelishi mumkin — garchi ayoli o'zining bolasiga qarayotgan bo'lsa ham. Bola sababli ayoli bilan bemalol suhbatlashib o'tira olmaydi, bir joyga xotirjam chiqa olmaydi, hatto tungi rejalarga ham bola ta'sir o'tkazadi.

Buning oldini olish uchun nima qilish videoda aytilgan.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolga eridan ko‘ra yaxshiroq do‘st yo‘q. Dushmanlik uchun ham ayni gap.

Eringizga do‘st bo‘lib, eringizni o‘zingizga do‘st bilib hayotingizni jannatga aylantiring. Yoki teskarisini qilib, eringizga qo‘shib o‘zingizning ham hayotingizni jahannamga aylantiring.

Jamoliddin Muhammadjon

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Yaxshimisiz? Yoshim 23 da, hali o'zimga va oilamga mos munosib turmush o'rtoq (yigit) uchratmadim. O'zimni juda yolg'iz his qilyapman. Meni tushunadigan odamga muhtojdekman. Uyimdagilar bilan fikrlashimiz ham boshqacha. Chalg'ishga harakat qilyabman, bo'lmayabdi. Nima qilsam bo'ladi qalbim taskin topishi uchun?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Dunyoqarashi o'zingizga yaqin bo'lgan biri bilan tezroq oila qurishingiz kerak. Talablaringizni biroz qisqartiring: diyonatli, dunyoqarashi siznikiga yaqin bo'lgan, ko'rinishi va iqtisodiy holati o'rtacha bo'lgan yigitdan sovchi kelsa, turmushga chiqavering. Shuningdek, munosib nomzod bo'lsa, o'zingiz biror vakilingizni aralashtirsangiz bo'ladi.

Oila qurguncha yaxshi qizlar bilan do'st-dugona bo'lishga, ko'proq hamsuhbat bo'lishga harakat qiling — onlayn bo'lsa ham. Yaqinlaringiz bilan chiqa olsangiz, safarga chiqing. Ko'proq kitob o'qing. Xususan, kitoblar va kurslar orqali oilaga tayyorlaning. Qalb taskinini uxroviy narsalardan izlang.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sog'inchni zindonband etinglar, meni qiynab yubordi!

#sog'inch

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy doʻst haqiqiyligini isbotlashi shart emas

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollarni tushunish qiyin deydilar, vaholanki ular ochiq kitobga o'xshaydi: xitoy tilida, kvant fizikasi haqida yozilgan kitob!

Lekin ochiq! 😁

#Tabassum #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birga ovqatlanish muhim!

Ma'lumki, ta'limotlarimizda yolg'iz emas, ko'pchilik bo'lib ovqatlanish tavsiya qilingan. Psixologlarning aytishicha, birga ovqatlanish insonlar orasidagi o'zaro aloqalarni yaxshilash uchun eng yaxshi fursat hisoblanadi. Shuning uchun juftingiz bilan birga ovqatlanishga harakat qiling.

#Ayollar #erkaklar #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalom alaykum. Mening oilamni buzishdi. Hozir ota uyimdaman, akam meniyam, qizimniyam kaltaklash darajasigacha boryapti. Ketsin deb onamga aytyapti, akam hali uylanmagan ham, men qayerga ketishni qayerda yashashni bilmayapman. Nima qilsam bo'ladi? Bitta qizim bor.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom.

1. Oilangizni qayta tiklash imkoni bo'lsa, tiklang.

2. Buning imkoni bo'lmasa, akangizga biroz sabr qilib turishini yotig'i bilan tushuntiring. Odamiylik, diyonat tushunchalarini eslating. Turmushi bo'lmagan qizga yaxshi qaragan otaga ulug' mukofotlar va'da qilingan, aka otaning o'rinbosaridir. Ota-onangiz va boshqa kattalar nasihat qilsin. Zarur bo'lsa, qattiqroq gapirib, tiyib olishsin.

3. Tezroq turmushga chiqing. Albatta, bu gal oila buzilib ketmaydigan qilib juft tanlang, shoshilganda yana xatoga yo'l qo'ymang.

4. Agar akangiz insoniyligini yo'qotgan bo'lib, sizlarga sabr qilmay, yomon muomalasini qilaveradigan bo'lsa, turmushga chiqquningizga ham chidamasa, unda ish topib, ijaraga uy olib chiqib turish eng oxirgi chorangiz bo'ladi. Aks holda turmushga chiqquningizcha undan zulm ko'rib yashaysiz.

Ogohlantirish: oilalilar, ajrashishdan oldin keyingi hayotingizni ham o'ylang. Akalar, otalar turmushi buzilgan qizlarga himmatli bo'ling va ularni uzatishga harakat qiling. Buning uchun o'zingiz og'iz solsangiz ham bo'ladi — hazrati Umar kabi.

#muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob xarid qilishda nimalarga e'tibor qilish kerak?

1⃣ Mavzusi qiziqishlaringizga mos keladimi? Shu mavzudagi kitobni o'qishga ehtiyojingiz bormi? Shularga qarang.

2⃣ Muallifi bu mavzuda kitob yozishga qay darajada haqli ekaniga qarang. Shu mavzuda mutaxassis kishi bo'lsa, yaxshi. Lekin mutaxassis kishilarning mavzuga oid kitobi biroz qimmatroq bo'lishi mumkin. Muallif haqidagi ma'lumotni kitobning o'zidan yoki internetdan izlab ko'ring.

3⃣ Kitob bilan umumiy tanishib chiqing. Mundarija, so'zboshini o'qib, ora-oradan o'qish bilan kitobning mazmuni va maqsadi bilan tanishing. Ma'qul bo'lsa, xarid qiling.

4⃣ Kitob haqidagi taqrizlarni o'qing. Bunday ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn kitob xarid qilish mumkin bo'lgan saytlarda juda ko'p. Shuningdek, yaqinlaringiz, tanish-bilishlaringizning kitob haqidagi fikrini so'rashingiz ham mumkin. Ayniqsa, kitobxo'r, ashaddiy kitobxonlar har bir kitob haqida ma'lumotga ega bo'ladi.

5⃣ Kitobning sifatiga qarang. Ba'zi kitoblarni xarid qilib, uygacha o'qib ketasiz, afsuski, yo'ldayoq kitob yirtila boshlaydi. Shuning uchun kitobning muqovasi, qog'ozi, tikilgan yoki kleylangan ekani, shriftlarining o'lchamiyu sahifalanishi kabi mayda tafsilotlariga ham ahamiyat qilib xarid qilsangiz, o'qishingiz oson bo'ladi.

6⃣ Tarjima kitoblarning tarjimasiga e'tibor qiling. Afsuski, oxirgi vaqtlarda ba'zi tojirlar kitobni google.translate'ga tarjima qildirib, muallif va kitobning nomidan boshqa hech qanday ma'lumot qo'ymagan holda nashr qilib yuboryapti. Kitob o'qishga yaroqsiz holda. Nomiga qiziqib xarid qilasiz, o'qisangiz tushunmaysiz. Shunday kitoblardan biri "Oqila ayol qoidalari" nomli kitobdir. Bir pulga qimmat kitob!

7⃣ Agar ashaddiy kitobxon bo'lsangiz, kitobning tahriri va imlosiga ham e'tibor qiling. Ba'zi kitoblarda imloviy xatolar juda ko'p, ba'zilari yaxshi tahrirlanmagan — gaplari tushunarsiz holda ham nashr qilinadi. Bu, albatta, kitobxonga zavq bermaydi.

Shu o'rinda qo'shimcha ma'lumot:

Bu yerda men haqimda ma'lumot;

Bu yerda kitoblarim haqida ma'lumot;

Bu yerda kitoblarimga taqrizlar;

Bu yerda kitoblarimdan iqtiboslar;

O'zim muharrir va musahhihman — kitoblarimda bu bo'yicha muammo bo'lmaydi, inshaalloh.

G'iyosiddin Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi yigitlar qimmatbaho mashinada qizning oldiga borish bilan uni rozi qilaman deb o'ylaydi. Siz hozirgi qizlarni kim deb o'ylayapsiz?! Borish bilan emas, mashinani berish bilan rozi qilarsiz, balki!..

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Men bir qiz bilan telegramda ishqiy munosabatda boʻldim. U qizda bir kasallik bor edi, his tuygʻularga berilib bunga koʻz yumdim. Keyin qizga bu ishimiz notoʻgʻri toʻydan oldingi munosabatlar harom deb tushuntirdim va vaqti soati yetganda oʻzim sovchi qoʻyaman dedim. Endi u qizga uylanish niyatim yoʻq, lekin u qiz aniq bilamanki, hamon meni kutyapti, balki kelayotgan sovchilarni ham men sabab qaytaryotgandir. Men esa ochiqchasiga uylanmayman deb aytolmayapman. Nima qilsam boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kimdir orqali uylanmasligingizni yetkazib qo'ysangiz bo'ladi. Endi bunday munosabatlarda bo'lmang.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/28 06:04:56
Back to Top
HTML Embed Code: