Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sovchilar surishtirganda qanday javob qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har kun yangi tongni qarshi olar ekansiz, uch muhim narsa yodingizda bo'lsin:

— o'tmishingizda nimaiki bo'lgan bo'lsa, yaxshilikka;
— bugungi kuningiz uchun boriga shukr qiling;
— kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi, inshaalloh!

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2 yoshli qizchaga tarbiya berish qiyinmi?

#Savol: Assalomu alaykum, salomatmisiz, ustoz? 2 yoshli qizchamni doʻqlab uxlatadigan, urishib tashlaydigan ayolni ona deb bo'ladimi? Farzandi uchun asablarini jilovlay olmagan odamni inson deb bo'ladimi? Farzandini kelajagi uchun uni urushmay, ayb ish qilsa kamsitmay, tushuntirib, muomala qilib tarbiyalash shunchalik qiyinmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu yozganingiz savoldan ko'ra alam bilan hasrat qilishga o'xshabdi. Sizni tushunaman va tavsiyam shuki, siz ham farzandingiz tarbiyasi-parvarishida ko'proq ishtirok eting, ayolingizning asabini davolating, birgalikda farzand tarbiyasiga doir kurslarda, kitoblar o'qinglar.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kun ob-havo yoki qaysidir sana sababli yaxshi bo'lib qolmaydi, balki sevimli insonlaringizning mehr-e'tibori bilan yaxshi o'tadi!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollarning bu ishidan soʻng rizqqa baraka kiradi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🩵 Munosabatlardagi muammolarni qanday hal qilish kerak?

🩵 Juftingizga butkul yopishib olmang, hayotingizda o'z sevimli mashg'ulotlaringizga joy qoldiring.

🩵 Barcha qiyinchiliklar bizga o'sish uchun berilganligini anglang. "Nega men bilan bunday bo'lyapti?!", "Qaysi gunohim uchun?!" deb oh-u nola qilishning o'rniga kuchingizni muammoni hal qilishga yo'naltiring.

🩵 Juftingiz bilan samimiy suhbatlashing. Noroziligingizni sukut bilan bildirmoqchi bo'lmang. Shubha-gumonlaringiz, o'ylaringiz haqida kechiktirmay gaplashib oling.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum, maslahatingiz kerak edi.
10 oylik o‘g‘lim bor, kitobga muhabbatli bo‘lishini xohlayman. Atayin oldida kitob o‘qiyman. Men bilan kitob talashadi, lekin kitobga qiziqishdan ko‘ra ko‘proq yeb ko‘rishga, yirtishga qiziqyapti. Hali kitob berishga ertamikin, deb o‘ylayapman. Nima qilay?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozirgi vaqtda unga ko'proq kitob o'qib bering. Kitobga qiziqishga erta hali, albatta. Bu yoshda bola hamma narsani og'ziga solishga harakat qiladi. U narsalar bilan shu tariqa "tanishadi".

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Insonni his qilish nafaqat kerakli vaqtda yordamga kelish, balki zarur bo'lganda yolg'iz qoldira bilishni ham anglatadi.

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat oshqozondan emas, ostonadan boshlanadimi?

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingiz siz uchun keraksiz sovg'ani berganda qanday yo'l tutish kerak?

Avvalo, bu holat yuzaga kelmasligiga harakat qiling: unga ehtiyojlaringiz, qiziqishlaringiz haqida ochiq ayting.

Ikkinchidan, bunday vaqtda sovg'aning biror ijobiy tomonini topishga harakat qiling. Buning uchun unga minnatdorchilik bildirib, xursandchilik bilan qabul aylang.

Aslo unga sovg'asi ahamiyatsiz, keraksiz ekanini yoki tanlovda adashganini aytmang. Bu bilan uning keyingi gal sovg'a berish ishtiyoqini o'ldirasiz.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Savolimni qisqa qilaman. Yoshim 19 da. Bir qizda koʻnglim bor. U hali maktabda oʻqiydi, 11-sinfga oʻtdi. U bilan muloqotim yoʻq. U bilan bir mahallada turaman. Unga uylanish niyatim bor. Lekin bir muammo mavjud. U qiz bilan muloqot qilmasligim sabab boshqa yigit bilan munosabat qilmasligi uchun u bilan muloqotga kirishishim toʻgʻrimi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Noto'g'ri. Hozir o'qib-o'rganadigan, rivojlanadigan vaqtingiz. Boshqa narsalarga chalg'imang. Sovchi qo'yish imkoningiz bo'lganda sovchi qo'yasiz.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Iymonlisini tanlaymi?

#Savol: Men iymonli, islomdan xabari bor turmush oʻrtoq tanlash tarafdoriman. Ammo ota-onam taqvodor boʻlmasa ham topish-tutishi yaxshi boʻlgan insonga turmushga berishmoqchi. Iymonlisini xohlashimni aytsam, meni eshitishmaydi. Bunday holatda qanday yoʻl tutsam boʻladi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Siz to'g'ri aytyapsiz. Gapingizda qat'iy turing, bundan boshqasiga rozi bo'lmang. Agar ikkalangizga ham ma'qul nomzod chiqsa, nur ustiga nur. Siz ota-onangizga nega bunday tanlov qilayotganingizni anglatishingiz kerak. Yaxshi gap bilan samimiy suhbatlashishga harakat qiling. So'zi o'tadigan yaqinlaringizning yordamidan foydalaning. O'zi oson qilsin!

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men uning nafaqat qo'lining rasmini, hatto soyasining rasmini ham qizg'anaman!

#Rashk

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🧕 — Azizim, men yangi telefon olishni istayman.
🧔‍♂️ — Nega? Axir telefoning yaxshi ishlayapti-ku.
🧕 — Kamerasi kuchlirog'idan olaman, sizni yanada yaxshiroq suratga tushirish uchun!
🧔‍♂️ — Yaxshi, lekin eng yaxshi kadrlar ko'zlaringda muhrlanishini unutma!

#Romantika

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Azizlar, biz yana savollarni qabul qila boshladik!

Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Javobni @Yechimhubbuna telegram kanalidan olasiz.

Eslatma!

• savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin;
• uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi;
• javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas;
• shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol ota-onasinikiga bormoqchi, kimdan ruxsat soʻrashi kerak?

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar erkak kishi tinimsiz noliydigan bo'lsa, unda ayollarga xos xarakter shakllangan ekan. Bunga sabab otasiz (otasidan yiroqda), nuqul ayollar suhbatiga quloq solib o'sgani sabab bo'lishi mumkin.

#Erkaklar #psixologiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uchrashuvdagi vaʼdaning bajarilishini qanday bilsa boʻladi?

#Savol: Assalomu alaykum. Uchrashuvga chiqqan qizga uylanish maqsadida kuyov bola qiz aytgan shartlarni barchasiga xoʻp desa-yu, toʻydan keyin uni bajarish yoki bajarmasligini qanday bilsa boʻladi. Nima deb oʻylaysiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Uchrashuvning o'zida uning va'daboz ekani yoki vafodor ekanini aniq bilib bo'lmaydi, albatta. Ba'zi odamlar hatto qasam ichib, so'ng gapidan tonadi. Shuning uchun uni surishtirish orqali bilishga harakat qilish kerak — va'dabozmi, vafodormi. Shu bilan birga, bajarish qiyin narsalarga va'da olish kerakmas. O'zingiz ham va'dasiga turishiga shubha qilyapsiz. Juda muhim masalalarda va'dalashishga hojat bo'lsa, mayli.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nafaqat yuragimda, balki xayolimning bir chetida ham sendan o'zgasiga zig'ircha joy yo'q!

#izhor

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefonni tekshirish rashkmi yoki shubha? 🤔

Ayol kishi erini yaxshi koʻradi, yaxshi koʻrgani uchun rashk ham qiladi.

Ammo erkak kishi uni yaxshi koʻrgan ayolini yoqtiradi, erkakning har bir ishini surishtiradigan ayolni emas.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/28 20:55:17
Back to Top
HTML Embed Code: