Telegram Web Link
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
​​Nima uchun nikoh toʻyi qilish erkakka yuklatilgan?

Avvalo, erkakka erkak boʻlganligi uchun nikoh toʻyi qilish yuklatilgan. Zotan, yangi qurilgan oila uning nomidagi oila boʻladi. Mazkur oilaning boshligʻi aynan erkak boʻladi. Xotini qilib bergan toʻy erkakka sharaf emas, or-nomus boʻladi.

Ikkinchidan, bir qiz ota-onadan tugʻilib, ularning tarbiyasini koʻrib, endi voyaga yetganda ularni va boshqa oila aʼzolarini tashlab, boshqa tarafga yolgʻiz oʻzi borib, yangi oilaga aʼzo boʻlishga rozi boʻlishining oʻzi kuyov va uning oilasi uchun sharafdir. Bu bilan, kuyov va uning oilasining jamiyatdagi obroʻsi oshadi. Bunga esa, aynan kelin sababchi boʻladi. Shuning uchun ham kuyov taraf kelinning sharafiga toʻy beradi.

Qiz tarafdan toʻy qilishni talab qilish, sep talab qilish, uyni asbob-anjom bilan toʻldirishni talab qilish va boshqa barcha talablar shariatga, muruvvatga, insoniylikka va oʻzbekchilikka mutlaqo ziddir. Bu talablarning barchasi isrofdir, Alloh taolo esa isrofchilarni sevmas. Isrofchilar esa shaytonlarning birodaridir!

📚Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Isrof"  kitobidan #Iqtibos

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayolning qalbiga qanday yo'l topish mumkin?

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkaklar, ayolingiz dasturxon boshidan arazlab turib ketsa, uni qaytaring, axir dasturxonni yig‘ishtirish kerak.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔖 Kitоb sоtib оlishda quyidagi kabi niyat qilish kerak:

🎁 Undan fоyda оlishni niyat qiling. Shunchaki chirоyi uchun, javоnni bezab turishi uchun оlmang.

🎁 Vaqtni yaxshilikda o‘tkazishni niyat qiling.

🎁 Ilmni yod оlish va uni tarqatishni niyat qiling.

🎁 Kitоb o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lib, mish-mishlar, behuda xatti-harakatlardan uzоq bo‘lishni niyat qiling.

🎁 Kitоbni o‘qib turish uchun so‘ragan оdamga berishni niyat qiling.

🔖 Albatta, bunda оlganda asrab-avaylab qaytarib beradigan kishilarga beriladi.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Jaholat va bilimsizlikning yagona qoʻrquvi bu AYOLdir. Chunki ayol ilm olsa, bolalariga ham oʻrgatadi!"

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Barcha muammo va oilaviy masalalarni oʻzi hal qiladigan erli ayol turmush qurgan hisoblanmaydi!

#tarjima #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yarim e'tiboringga rozi bo'la olmayman: yo menga e'tibor qil, yoki band bo'lgan ishing bilan mashg'ul bo'laver!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatli va bir vaqtning oʻzida keng dunyoqarashli insonlarni koʻrganda tarbiya sababi bilan qiziqaman. Ularning ortida koʻpincha bolasi taʼlimiga fokus bergan ota-ona, ayniqsa, ona turgan boʻladi. Bu odatda pul masalasi ham emas, shunchaki kimdir bolani yetaklab, uni taʼlimga undagan, oʻqitgan va ota-onalik burchini aʼlo bajargan.

Nima uchun keng fikrli inson bilan, ayniqsa, koʻp oʻqigan ayol bilan turmush qurish kerak degan savol berilganda bolangiz kelajagi haqida oʻylayvering.

Firuz Allayev

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilada e'tiborsizlik kelib chiqishining sabablaridan biri.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Ayolim bilan munosabatlarni yaxshilash uchun ko'proq nimaga e'tibor beray?
— E'tibor bering.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bugun ayolimga sovg'a qilish uchun o'zimga kerakli kitobni xarid qildim.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Bugunning mazlum bolasi ertaning katta zolimidir, Onalar!"

Habiba Hamdam

#eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ijodiy fikrlashlari uchun kuch ulashing 🗓️

😊 Jilmaymoq! Farzandingiz bilan hazillashish unga ijtimoiy muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Ota-onalar farzandlari bilan hazillashganlarida va ular bilan birga o‘ynaganlarida farzandlari ijodiy fikrlash va stressni yengish uchun o‘zlarida kuch topadi.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Men kim mexanik ekanini bilmayman, lekin aniq bilamanki, mashinaning egasi ayol kishi.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu narsalarga tayyor bo'lgan yigit oila qurishga ma'naviy jihatdan tayyor bo'ladi!

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Telefondagi o‘yinlar 🖥

🔫 Hozirda kompyuter yoki telefonlarda otishma, odam o‘ldirish, insonlarga azob berayotgani tas­vir­langan o‘yinlar juda ko‘p. Bolalar esa buni maroq bilan o‘ynashadi. Odamlarni o‘ldirib xursand bo‘ladi, chunki o‘yinda g‘olib bo‘lishi kerak.

😡 Hamma narsa shu yerdan boshlanadi.
Endi u uchun bu kabi odatlar oddiy holga aylani­shi, bu kabi voqealarni hech qanday hayratlarsiz qabul qilishni boshlaydi. Diydasi qattiqlashib boradi, mehr-shafqat tushunchasi astalik bilan so‘na boshlaydi. Rahm qilish tuyg‘usi yo‘qolib boradi.

📌 Keyin «Bolamda negadir achinish hissi yo‘q» deb savol berishni boshlaysiz.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 22:54:31
Back to Top
HTML Embed Code: