Telegram Web Link
Live stream finished (53 minutes)
​​Sog'lom yaqinlik qanday bo'ladi?

Juftimga u menga sadoqatni kafolatlagani uchun emas, oramizdagi hurmat va muhabbat yuzasidan ishonaman. Unga erkinlik berga holda ishonishni tanlayman.

Juftim mendan yomonroq va ahmoqroq emasligiga ishonchim komil, shuning uchun u mening ko'rsatmalarim va nazoratimga muhtoj emas.

Biz ham birgalikda, ham alohida vaqt o'tkaza olamiz. Umumiy va bir-biriga o'xshamagan qiziqishlarimiz bor.

Juftim bilan muhim qarorlarni uning ruxsatini olishim kerakligi uchun emas, balki uning fikrlari men uchun muhimligi sababli muhokama qilaman.

Uning qaysidir harakatlari meni xafa qilsa, unga bu haqida aytaman.

Juftimdan barcha kutilmalarimga mos bo'lishini kutmayman va talab qilmayman.

Hamma taraflama o'xshashimiz, bir xil fikrlab, bir xil harakat qilishimizni baxtimizning asosi qilib olmayman.

Juftimning hislarini hurmat qilaman, ularni qadrsizlantirmayman va undan ham shuni kutaman.

Ikkimiz kelishib olgan barcha qoidalarga, chegaralarga amal qilaman va undan ham shuni kutaman.

Munosabatlarimiz qachondir tugashi mumkinligini tan olaman va qabul qilaman, bu meni qayg'uga solsa ham hayot bu bilan tugab qolmasligini bilaman.

Ikkimiz ham vaqt o'tib o'zgarib borishimizni tan olaman.

O'z hislarim va harakatlarim uchun faqatgina o'zim javobgarman.

Muhabbatimiz men uchun nihoyatda qadrli, ammo u hayotimning bir qismi, xolos.

Raxshona Muzaffar

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol muhabbat manbayidir, uning muhabbati u yoqtirgan oʻrinlarda joʻsh uradi

Ayrim erkaklar ayol boylikni sevadi, kelishgan koʻrinishni yoqtiradi deb oʻylaydi va shunga koʻra ayolning muhabbatini qozonish uchun  puldor koʻrinishga, oʻktam qomatli boʻlishga urinadi.

Ammo aslida  ayol uchun eng maʼqul erkak suyansa boʻladigan erkakdir.

Ayol oʻzi suyana oladigan erkakning boshqa barcha kamchililaridan koʻz yuma oladi, agar suyana olmasa, u erkakning barcha fazilatlari u uchun  begona boʻlib koʻrinadi.

Aksar koʻngil sovishlar suyana olmaslikdan kelib chiqadi.

Shunday ekan, avvalo, ayolingizga suyanchiq boʻling, ana shunda siz unda haqiqiy muhabbatning jilosini koʻrasiz.

Mahbubiy

#Ayollar #erkaklar #Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Psixolog onadan tavsiyalar

Bolalar meni nimaga o'rgatdi?

❤️ Ushoqlar va legolarni bosmasdan yurib o'tishga😅 bo'lmasa, umrim tozalash va yig'ish bilan o'tarkan;

❤️ Yuvilmagan idishlarni rakovinada qoldirish mumkinligiga. Ba'zan bundan ham muhimroq ishlar bo'larkan. (Hozir bu muammo yo'q, idishlarni mashina yuvadi😀);

❤️ Rejalarni soniyada o'zgartirishga/keyinchalik, umuman reja tuzmaslikka;

❤️ Qo'l izlari chaplab tashlangan oyna va jihozlarni oldidan befarq o'tib ketishga😅;

❤️ Keyin esa tozalab artgan oynalarimni orqamdan nam salfetka bilan boshqatdan chaplab chiqsa ham e'tibor bermaslikka;

❤️ Ba'zi narsalarni umuman kutilmagan joylardan topib olsam hayron qolmaslikka: oyoq kiyimlarni yotoqning tagidan, qoshiqlarni manejdan, o'yinchoqlar idish-tovoqlarni ichidan chiqib kelishiga;

❤️ Va umuman hamma joydan o'yinchoqlar chiqib kelishiga: yuvinish xonasida ham o'yinchoq, sochiqlar taxlangan tortmada ham o'yinchoq, oyoq kiyimni ichida ham o'yinchoq, muzlatkichda ham o'yinchoq;

❤️ Rasm chizib tashlangan devorlar tufayli asabiylashmaslikka;

❤️ Xohlagan ishni oxirigacha tugatmay qo'yish mumkin ekan, mutloq har qanday ishni😄;

❤️ Orqa fonda multfilm, baqir-chaqir bilan kitob o'qishga, dars qilishga;

❤️ Shirinlik, konfet, shokoladlarni tezroq yeb olishga😅;

❤️ O'zim va bolalarni kiyimidagi dog'larga xotirjam qarashga;

❤️ Ishlatilgan, lekin vaqtida balandroqqa olib qo'yilmagan pomada, krem, kosmetikalar bilan osongina xayrlashishga;

❤️ Oddiy narsalarga ham xursand bo'lishga, sabrli bo'lishga, bir necha yil ketma-ket uyquga to'ymasdan ham yashash mumkinligiga, usting kir, qo'llaring shira bo'lsa ham quchoqlashish mumkinligiga;

❤️ Kiyimlarni dazmol urmasdan ham kiyish mumkinligiga);

❤️ Uyulib yotgan kiyimlarni pastga uloqtirib, mazza qilib uxlashga; 😄

❤️ Endi hayotim avvalgidek bo'lmasligi va bu aslida eng katta baxt ekanligiga. 🥰

Raxshona Muzaffar

#Tabassum
Erkaklar, ayolingiz biror muhim ishga bel bog'laganda uni rag'batlantirib, qo'llab-quvvatlab, iloji bo'lsa, yordam berib turing. Bu o'z ustida ishlash bo'lishi mumkin yoki jamiyat uchun foydali bir ishdir, balki qaysidir ilmni o'rganayotgandir.

Siz uni maqtab, doim u bilan ekaningizni, unga ishonishingizni ayting. Bu uning uchun juda katta dalda, turtki bo'ladi. Albatta, imkon qadar amaliy jihatdan ham yordam bering.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birinchi raqamli muxlisi bo‘ling 🤍

💡 Farzandingizga his-tuyg‘ularini ochiq aytishni o‘rgating:
u o‘z his-tuyg‘ulari bilan kurashishni va uni to‘g‘ri ko‘rsatishni o‘rgansin.

💡 Uning birinchi raqamli muxlisi bo‘ling:
ba’zida xijolat bo‘lsa ham, uni doim kuzatib turadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odami borligini his qilsin.

💡 Birgalikda kitob o‘qing:
bolalar kitobni se­vishni ota-onalarining tizzalarida o‘tir­gan­lari­da o‘rganadilar. Farzandingizni kitob o‘qishini xoh­lasangiz, o‘zingiz ham u bilan birga kitob qah­ramoniga aylaning.

💡 Undan oldingi ko‘p odamlar buyuk ishlarga erish­ganligini ayting:
unga buyuk yozuvchilar, olimlar, sahobalar hayoti, ular qanday yashab, qanday mu­vaffaqiyatlarga erishganliklari haqida gapirib bering.

💡 Unga o‘rnak bo‘ling:
kichkina bolangizga har ku­ni qanday halol va aqlli inson ekanligingizni ko‘rsating. Unga o‘rnak bo‘la oladigan darajada ko­mil inson bo‘ling.

💡 Farzandingizga odobli bo‘lishni o‘rgating:
unga «iltimos» va «rahmat» deyishni, odamlarga yordam berishni, xushmuomala bo‘lishni o‘rgating.

📔 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Halovat tushunish demakdir. Dunyo tashvishlari yelkasida bo'lgan erkak kimning tushunishini kutadi? G'amlarini onasidan yashirgan erkak kimdan taskin istaydi? Qizining oldida qaddi g'oz turishi kerak bo'lgan erkak kimning tizzasiga bosh qo'yib yotgisi keladi? O'g'illariga mard, jasur, shijoatli kishi sifatida o'rnak bo'ladigan erkak ham ba'zida bir turtki, dalda, tasalliga muhtoj bo'ladi, uni kimdan kutadi?

Bu barcha savollarning javobi bittadir — ayol! Jufti halol! Ha, o'zi zaif bo'lsa-da, erini qo'llab-quvvatlaydigan, dalda bo'ladigan, halovat bo'ladigan kishi bu xonadonlarimizdagi ayolimizdir!

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishda aqlga ergashish kerakmi yoki yurakka?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Onda-sonda boʻlsa ham, bir-biringizga sovgʻa berib turing. Maqsad qimmatbaho hadyalar berish emas, balki oʻzaro hurmatni ifodalash, oilada paydo boʻladigan zerikish, ichikish kabi tuygʻularni ketkazishdir. Ayol kishi erining psixologiyasini bilishi ham juda muhim unsur. Chunki erkak kishi hurmat va eʼtiborga muhtoj. Qolaversa, birov uni shijoatlantirib turishini istaydi. Darvoqe, ayol kishi esa himoya, eʼtibor va eridan maqtov eshitishga muhtoj boʻlib yashaydi.  

Yusuf Xattor Muhammad

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hech bir sababsiz juftingizga sevishingizni aytib turing.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol iffatining komilligi  shundaki, u erining hayosi va hijobi xususida qaygʻurishi va qattiq eʼtiboridan gʻazablanmaydi, jahli chiqmaydi.
Albatta, erkak boshqa erkakning nazarini biluvchiroqdir!

Shayx Ahmad Toyyib

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (54 minutes)
💡Qanday qilib farzandingizga uy vazifalarini mustaqil bajarishni oʻrgatasiz?

Farzandlarning darslarini qildirish ota-onalarning eng katta muammolaridan biridir. Bolalar ham, ota-onalarning oʻzlari ham “Darsingni qil” degan gap­dan charchashgan. Bu gapni aytish ota-onalarni qanchalik jonlariga tekkan boʻlsa, farzandlar ham bu buyruqdan shunchalik bezib ketishgan. Bu vaziyatni qanday hal qilish mumkin? Quyida bunga bir necha misollar keltirib oʻtamiz.

Dadam menga biror marta ham qattiq gapirib “Darsingni tayyorla” demaganlar. Lekin harakatlarimni kuzatib: “Sendan yaxshi shifokor chiqishi mumkin”, der edilar. Chunki men bolalik chogʻlarimdanoq qoʻgʻirchoqlarimga oʻzimcha dorilar berar, ukol qilar, dugonalarim bilan ham doim “doktor-doktor” oʻynar edim.
Hozir ham uyda kimning boshi ogʻrisa, koʻngli behuzur boʻlsa dori qutidan darrov dori olib tutqazaman. Ukalarimning isitmasi chiqsa termometr qoʻyib isitmasini oʻlchayman. “Tez yordam” chaqiraqolaylik, deya hammani shoshirib yuboraman. Oyim gohida “Oʻzimning doktor qizimdan aylanay”, deya erkalab qoʻyadilar. Dadam esa doktor boʻlish uchun, albatta, yaxshilab oʻqish kerakligini, ayniqsa, biologiya, ximiya fanlarini puxta oʻzlashtirishimni taʼkidlaydilar. Shu sababdan boʻlsa kerak, hech kim aytmasa-da, darslarimni vaqtida tayyorlayman.
Yuqori sinfga oʻtkanimiz sayin fanlar murakkab­lashib borayotgani sabab qoʻshimcha darslarga qatnashni dadamdan iltimos qildim. Ular rozi boʻldilar. Kelasi haftadan qoʻshimcha darslarga boraman. Dadam va oyim mendan juda xursandlar.

📚 Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining
"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar odatda gulni yaxshi ko'radi, lekin ilm yo'lidagilarga ko'proq kitob sevimli bo'lishi mumkin. Yana boshqa toifa ayol boshqa narsani yoqtiradi. Shuning uchun ayolingizning qiziqishidan kelib chiqqan holda uning uchun eng sevimli hadyalarni ulashib turing. Imkoniyatingizga ko'ra ikki hadya orasi bir haftadan oshmasa, yanada yaxshi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ummu Fotih yozyapti:

"O'g'lim 3 yosh. Birga ko'chaga yurgani chiqib turamiz. Ba'zida uydagi axlatlarni birga to'kishga boramiz. Qo'limda 3 paket axlat. O'g'lim menga ham bering, ko'taraman deydi. Eng yengilini bersam, yo'q menga og'irini bering deb turib oladi. Axlat tashlaydigan joyga yaqinlashsak, meni do'kon oldida qoldirib, siz kelmang, shu yerda turing, birinchi buni tashlab kelaman, keyin kelib, qo'lingizdagini ham olaman dedi. 2 paketni olib tashlagani ketdi. Bir tomonga qiyshayib ko'tarib ketyapti. Qo'limda yana 1 paket qoldi. Kelib uni ham olib tashlab keldi. Yonimizdan bir ayol bolasi bilan o'tib qoldi. Bir menga qaraydi, bir o'g'limga. O'zi to'ka oladimi deb so'rayapti. Bu ayolni nazdida xuddi men o'g'limga ish buyurayotgandek ko'rindim. 😂  "Ha, o'zi meni shu yerda qoldirdi, kelmang o'zim to'kaman deyapti" dedim. Ayol hayron qolib boshini qimirlatib qo'ydi.

Farzandlarimiz bizga yordam berishga oshiqqanda ruxsat berishimiz kerak deb o'ylayman.  Ularni shashtini qaytarsak, erinchoq, ishyoqmas bo'lib qolaveradi".

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sensizlik mening quvvatimni olib qo'ydi.

#Hijron

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir yigit uylanmoqchi, lekin ota-onasi qarshi — nima qilish kerak?

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat bu uni soatlab eshitib malollanmaslik, unga soatlab gapirib charchamaslik, u haqida soatlab gapirib gap tugamasligidir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/05 18:51:15
Back to Top
HTML Embed Code: