Telegram Web Link
#Savol: Assalomu alaykum. Bir yigit sovchi qo'ygan edi, ko'rishib ko'rishimiz kerak bo'ldi, undan oldin men istixora o'qib, keyin chiqdim. Menda hammasi yaxshi edi, ijobiy javob deb qabul qildim. Oradan 1 oy o'tdi 2 marta uchrashdik, lekin u bola onamga istixora o'qigandim 2 marta tushimda birga bo'lmaganimizni ko'rdim debdi, lekin manga ayta olmayabdi ekan. Nima qilishim kerak endi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bo'ldi, u yigit bilan gaplashmang, aloqani uzing. Onangizga aytgani yetarli bo'ladi.

"Menda yaxshi edi-ku" desangiz, balki u siz uchun xayrli bo'lsa-da, siz u uchun xayrli emasdirsiz, shuning uchun shunday bo'lgandir. Endi undan ham yaxshisi uchrashiga tilakdoshman.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KO‘NGILDA QOLING...

Dunyoga keldingiz bir bor, qadrdon,
Shunchaki yaxshilik qilishdan tolmang.
Birovga yetkazmang ozor hech qachon,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Kimningdir dilini og‘ritib qo‘yib,
Afsusda yonmang so‘ng bag‘ringiz o‘yib.
Axir kim mehrga qolibdi to‘yib,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Ketmoq uchun keldik, qolmoqqa emas,
Bermoqqa ulguring olmoqqa emas.
Hech kim bu dunyoga qaytadan kelmas,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Birovning xatosin sanab, axtarib,
Ustiga mag‘zava qo‘ymang ag‘darib.
Ko‘ngil guldek nozik, yetimdek g‘arib,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Axir kim adashmas kim qilmas xato,
Umringizni g‘iybat qilmasin ado.
Sadaqa deyishar tabassum hatto,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Kimni ko‘taribdi ko‘klarga nolish,
Eng og‘ir jazodir ko‘ngildan qolish.
Go‘zal taqdir erur qalbdan joy olish,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Dilobar O‘rolova

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum. Bir qiz bilan ahd-u paymon qilgandik, qizning ota-onasi menga berishni xohlamadi. Keyin u qiz bilan yomon ish qildik. Endi qiz xohlamay qoldi. Men qanday yo'l tutay? 2 marta unashtirilib, fotihasi shu ish sababli buzildi. Lekin menga hali ham rozi boʻlmayapti. Nima qilsam togʻri boʻladi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur ustoz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yomon ishni qilishdan oldin o'ylaganingizda edi! Bermasa, uylanmay qo'yish kerak edi shunda! Endi ota-onasiga qilgan ishlarizni aytib, uzr so'rab, pushaymonligingizni bildirib, oila qurishingizga izn berishlarini so'rang. Qizga ham vaziyatni tushuntiring. Ochig'ini aytganda, siz bilan yotib, boshqa bilan yashab ketishi qiyin — qaysi oriyatli yigit buni qabul qilardi?! Endi hammasiga siz aybdor hisoblanasiz va malomatlarga chidab, uylanishga bor imkoniz bilan harakat qiling. Shunda ham berishmasa, tegmasa, orani ochiq qilasiz, boshqa chora yo'q!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Psixolog Rozaliya Gabdulxakova yozadi:

Saboq

Oʻgʻlim tugʻilishi hayotimni oʻzgartirib yuborgan edi. Butun qalbim faxr bilan toʻla, mening farzandim hammadan oʻzgacha ekaniga ishonchim komil edi. Chaqaloqligidan ishtonini hoʻllamasligi, 1 yoshligida gapirishni, 2 yoshligidan oʻqishni boshlashini kutgandim. Internetda qobiliyatli bolalarni koʻrib havasim kelardi. Hamma mening farzandimni maqtashini, havas qilishini xohlardim.

Oʻgʻlim 1 yoshga toʻlib oʻtsa ham ishtonini hoʻllar, shuncha harakat qilsam ham harflarni eslab qololmas, ustiga ustak hatto yaxshi gapirolmasdi ham. Har bir hoʻl ishton yuragimni ezar, dunyo koʻzimga qorongʻi koʻrinardi.

Har kuni soatlab harflarni oʻrgatardim, tuvakda hojatini chiqargunicha oʻtirishga majbur qilardim.

Kunlardan bir kun tushimda oʻgʻlim koʻchaga yugurib chiqib ketdi, koʻchada mashina uni bosib ketdi va u olamdan oʻtdi. Qalbim ogʻrigʻiga chiday olmasdim, koʻz yoshlarim tinmasdi. Alloh yozgan taqdirni qabul qilaman deb oʻzimni qoʻlga olishga harakat qilardim. Qalbimdagi ogʻriq kuchidan tanam ham ogʻrib uygʻonib ketdi. Oʻgʻilcham oldimda uxlab yotardi.

Tushim meni tarbiyaladi, noshukrlik qilayotganimni tushunishimga yordam berdi. Ishtonini hoʻllasa ham, yaxshi gapira olmasa ham bolajonim oldimda ekani baxtim ekanini tushundim. Odamlar unga qoyil qolmasa ham, 4 yoshida oʻqishni qoyillatmasa ham uni sogʻlomligi va borligi hayotim mazmuni ekanini tushundim. Mayli u daho boʻlmasin, indigo boʻlmasin, baxtli va sokin hayotini iymoni bilan yashab oʻtsa bas.

Bu tushni koʻrganimga koʻp yillar boʻlgan boʻlsa ham sabogʻi doim yodimda. Doim bolalarim bilan qandaydir qiyinchilikka duch kelsam, ular hayotimda yoʻq boʻlib qolsa nima boʻladi degan xayol keladi. Muammoga boshqa tarafdan qarab, Allohga hamd aytib har kunlik hayotimizni davom etaman...

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hubbuna
Video message
Oila ilmi - eng muhimi.

💌 Juftingiz bilan har kuni shirin suhbatlar qilishni, sizni doim qo'llab-quvvatlashini his qilishni, doim bir-biringizga tomon talpinib yashashni birgina siz emas, ayolingiz yoki eringiz ham xohlaydi.

🌹 Oila borasida menga konsultatsiya so'rab kelgan insonlarga yoki oila bo'yicha darslarimda ham doim ta'kidlab kelaman - romantika, gullar bilan kutib olish, juftingizni sevgisini his qilib yashash faqat kinolarda emas.
Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Alloh taolo tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Barchamizga ikki dunyo saodatini bersin!

Oilalarimiz tinch-totuv, farovon bo‘lsin!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Meni tushunish juda qiyin bo‘lganda tushun. Chunki o‘sha paytda sening tushunishingga juda muhtoj bo‘laman.

Jamoliddin Muhammadjon

@hubbuna
Janjal yuzaga kelganda agar xato erkakdan o‘tgan bo‘lsa, demak, erkak aybdor. Agar ayol xato qilgan bo‘lsa, erkak uni tushunishi kerak edi. Demak, erkak aybdor.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Turmush o’rtog’im meni sevib turmush qurganlar. To’yimizga 6 oy bo’ldi, homiladorman. Lekin kun sayin erimning menga bo’lgan munosabati, etiboru boshqacha…. Judayam siqilib ketganimda ham ko’ngillari og’rimaydi etibor bermaydilar.. doim ichlarida saqlaydilar. Yuzaga chiqarmasalar men ham bu narsani his qila olmayman. Savolim shuki er xotiniga sevishini aytmasa etibor qilmasa mehr ko’rsatmasa yig’laganida yonida suyanchiq bo’lmasa shunda ham er xotinni sevadi deganimi? Shunda ayol qanday yo’l tutsin?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shunda ham sevadi deyish mumkin yoki yo'qligini u insonning tushunchasini bilganda aytish mumkin. Ya'ni u bu narsaga o'rganmagan bo'lsa, erkak kishi o'zini shunday tutishi kerak deb o'ylasa, demak, shunda ham sevadi. Lekin bu to'g'ri tushuncha emas, uni bu qobiqdan chiqarish kerak. Buning uchun siz ko'proq mehr-e'tibor, dil izhorlari bilan o'rnak bo'ling.

Ikkinchidan, hozirgi holatingizda munosabatlar o'zgarib qolishi bir tomondan tushunish mumkin bo'lgan holat. Bu o'tkinchi narsa. Hali farzandingizni qo'lga olganizda sekin hammasi yana iziga tushadi. Siz oila qurgan vaqtlaringizdagi munosabatingizni saqlab qolishga harakat qiling.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jismni yo'qotishdan cho'chimaslik qalbida yo'qolishga olib borib qo'ymasin!

Ya'ni ba'zi oilalarda 2-3 ta farzandli bo'lgandan keyin endi qayerga ham borar edi deya ayolga o'ylamay muomala qilinishi kuzatiladi. Bu er bo'lsa ham, qaynona bo'lsa ham ayolni yo'qotishdan cho'chimay qo'yganidan unga zulm qilishga o'tishadi. To'g'ri, bu vaziyatda ayol ajrashib keta olmasligi mumkin, ammo zulm qilgandan ko'ngli qolib ketadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir ayol ilm o'rganish uchun safarga chiqmoqchi, lekin turmush o'rtog'i unga hamrohlik qila olmaydi. Shuning uchun bunga ruxsat bermayapti. Ayolning ota-onasi o'qishing kerak deyapti, o'zi ham o'qishni xohlaydi. Shu vaziyatda ayol eriga itoat qilishi kerakmi yoki ota-onasigami?

#Muhokama

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Turmush o‘rtog‘imga bir gap aytib bo‘lmaydi bir pastda opalariga solishtiradi meni, shu tomondan ko'p urishamiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Unday qilmasin, urishmasdan bu sizga og'ir botishini ayting. Umuman, hech bir insonni taqqoslash yaxshi emas.
Juftingiz bilan orangizni yaxshilash, u bilan suhbatlashishga mavzu topish uchun uning qiziqishlari bilan qiziqing. U nima haqida gapirganda ko'zlari quvnab ketadi? Kimlar bilan xushchaqchaq holda gaplashadi — ularning qanday sifatlari bor?

Erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham vazifa bu. Baxtli bo'lay, farovon, halovatli oila kechiray desangiz, bularni bajaring.

#Mashq

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"O'xshamas senga olamda hech bir go'zal yuzi,
O'xshamas sening oddiy so'zingga hech kimning so'zi!"

#Muhabbat #izhor #bayt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💫 Oila borasidagi bilimlarimni insonlarga ulashganimda ularning hayoti yaxshi tomonga o'zgarayotganidan xabardor bo'lish menga ajoyib hissiyot beradi.

❤️‍🩹 Darz ketgan munosabatlarni tiklab, o'rnini yana muhabbat bilan to'ldirishga sababchi bo'layotganimga shukr qilaman.

🔸 Ilm orqali oilaviy muammolariga yechim topib, oralaridagi muhabbatni ziyoda qilish uchun harakat qilayotgan juftliklarga yordam berish bu mening asosiy maqsadlarimdan biri.

*Yuqoridagi rasmlarda shunday insonlardan ba'zilarining fikrlarini keltirib o'tdim.
Siz "ayolim uchun ishladim" deysiz, ammo ayolingiz siz uchun, sizning farzandlaringiz, ota-onangiz, uka-singillaringiz uchun uy ishlarini qilishini, kelishingizga taomingizni hozirlab, kiyimlaringizni yuvishini, nonushtangizni tayyorlab, yana kelguningizgacha yo‘lingizga intizor bo‘lib kutishini, duoyi joningizni qilib, yana sizning minnatlaringizni eshitsa-da, "miq" etmay jilmayishini ham bilasizmi!?

Salim Ayyubiy

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Live stream scheduled for
Live stream started
2024/11/05 23:00:33
Back to Top
HTML Embed Code: