Telegram Web Link
Sizga gul beradimi, bermaydimi, asosiysi, turmush o'rtog'ingiz yaxshi inson bo'lsa bo'ldi! Yaxshi odam esa gul beradi! )

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
248-savol: Bir qizni yoqtiraman, ammo hozir uylanolmayman

Assalomu alaykum! Shu yil oxirida 20 yoshga to'laman. 2 yarim yil oldin bir qizni yoqtirib qolgandim, mendan bir yosh kichkina. U qiz erga tegib ketishidan xavotirdaman.

Hozir o'zim ham uylanolmayman sharoitni to‘g‘irlashim, moliyaviy jihatdan ancha o'sib olishim kerak.

U qiz o'ziga to'q oiladan. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Uylanay desam sharoit yaxshimas, sharoit qilaman desam, u qiz erga tegib ketsa-chi deb xavotirdaman. Iltimos maslahat bering! Rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozir unashtirib qo'yishning imkoni bo'lsa, unashtirib qo'ying, bo'lmasa, bu haqida o'ylamang, taqdir bo'lsa, imkoningiz bo'lganda shunga uylanasiz, bo'lmasa, boshqaga.

Yanada ko'proq savol-javoblar
Eringiz uchun ayolsiz

💐Muhtarama ayol, farzandni deb erdan ajrab qolmang! Ya’ni bola ko'rish, uni parvarishlash, emizish kabi holatlarda o'zingizni ham unutib qo'ymang. Bunda sog'lig'ingiz, qomatingizga ahamiyat bering. Shuningdek, bola bilan bo'lib, er e’tibordan qolmasin. Uni sevib, ardoqlashda kamchilikka yo'l qo'ymang. Xos xizmatga ham dadil bo'ling. Muhtaram ota, siz ham bola parvarishida ayollarga ko'maklashing.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan avval boshqacha edi

Baʼzan oila qurilgandan keyin kelin boʻlmish oʻzgarib qolishi mumkin.

Nima uchun oʻzgarib qolishi va qanday yechim qilish mumkinligini yuqoridagi lavha orqali bilib olasiz.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dono ota-onalar tutadigan yo'l

Bu ko'rsatmalar bolaga ruhiy zo'ravonlik qilinishidan saqlashga yordam berishi mumkin, chunki ota-onalar doim ham o'z tarbiyasining noto'g'ri ekanini va salbiy oqibatlarga olib kelishini anglab yetavermasliklari mumkin.

1️⃣ Bolangizni eng yaxshisi qilishga urinmang. Barcha odamlar bir xil emas. Har bir odam ma'lum qobiliyat va imkoniyatlarga ega.

2️⃣ Bolangizni boshqa bolalar bilan solishtirmang, agar u ba'zi sinfdoshlaridan ortda qolsa, uni koyimang.

3️⃣ Bolangizning xatolarini hech qanday shartsiz qabul qilishga tayyor bo'ling. Hamma xato qiladi, faqat, muhimi, xatolardan saboq olish.

4️⃣ Bolangiz bilan ochiq muloqotda bo'ling, uni eshiting va boshqa fikrlarni ham e'tiborga oling. Tushunishga harakat qiling.

5️⃣ Bolangizga qo'ygan talab va cheklovlarni aniq va tushunarli qilib belgilang. Bunday qoidalar uning uchun xavfsizlik va xotirjamlik beradi.

Bu o'git-nasihatlar ota-onalarga bolalarini to'g'ri tarbiyalashda yordam beradi. Yodda tuting, har bir bola o'ziga xos va yagona!​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi asosiy qoidalardan biri kim haq yoki nohaq ekaniga ko'ra yashash emas, bir-birining kichik kamchiliklariga ko‘z yumib, kattalarini ishloh qilishga ko‘maklashgan holda birgalikda halovatli oila kechirish bo‘lishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Borligingni his qilish — baxt!

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanmagan yigitlar yaxshilab eshiting

Uylanmoqchiman, ammo oilani taʼminotini qanday qilaman degan oʻylovlar sizda bormi?

Unda yuqoridagi lavha orqali siz uchun 3 ta alohida tavsiya berildi. Tavsiyalarga rioya qilgan holda tezroq uylaning. )

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat faqat "Sevaman" deb qo'l ushlashib yurishdan iborat emas. Sevgan kishi yaxshi-yomon kuningizda yoningizda turib, sizni tushunib, halovat bo'la oladigan kishidir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
252-savol: Ota-onamni qanday ko‘ndirish mumkin?

Assalomu alaykum. Bir taqvoli bola menga sovchi qo‘ydi va u menga yoqadi. Iloji boricha halol bo‘lishi uchun uydagilarni ko‘ndirishga harakat qilyapmiz. Ammo u boshqa viloyatdanligi tufayli onam rozi emaslar. Otam esa seni ishlatmoqchi emas, uyga qo‘yib qo‘ymoqchi deb o‘ylayaptilar. Lekin u bola haqiqatdan Allohni taniydigan bola, ammo otasi yo‘q, o‘zi gaplashadi uydagilarim bilan. Menga boyligi va mansabi emas, taqvosi kerak insondan. Qanday qilib ularni ko‘ndirsak bo‘ladi? Iltimos, shu muammo qiynayapti, javob bersangiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ota-onangiz bilan gaplashib, nima muammo bo'lsa, shunga yechim berishga harakat qilsin. Masofa haqida videoda aytdik.

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand injiqligi sabablari

🪟 Ko'pchilik ota-onalar farzandining o'zini tutishidagi o'zgarishlarga atrofdagi odamlarni ayblashadi. Ammo ulardan oldin o’zlarining ham munosabatlarini ko’rib chiqishlari kerak.

Ota-ona doimo farzandi bilan kattalardek suhbat qurmog'i, do'st bo'lmog'i zarur. Bola hech ikkilanishsiz ota-onaga ishonishi, har qanday muammo yoki qarorni ular bilan bemalol muhokama qila olishi zarur.

📌 Ana shunda “ichimdagini top” qabilidagi injiqlik, qaysarlikka hojat qolmaydi. Hatto ota-onaning o’zaro munosabatlari bolaning injiqligiga sabab bo’lishi mumkin.

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
Oila qurishdan oldin kim bilan oila qurish mumkin, kim bilan oila qurish mumkin emasligini bilib olish lozim. Ba'zilar amma-xola, amaki-tog'aning farzandiga uylanish mumkinmi yo'qmi deb so'rab qoladi.

Uylanish mumkin, lekin uzoqroq qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan kishilarning oila qurishi afzaldir. Agar kuyov (kelin) bo'lmish har jihatdan munosib bo'lib, lekin amma-xola kabi yaqin qarindoshning farzandi bo'lsa, tavakkal qilib oila qurish ixtiyoringiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
135-savol: Qanday yo‘l tutay?

Assalomu alaykum. Xo‘jayinim chetda.  Qaynona oyijonimlar ham. Hozir ikkita yonma-yon uyda qaynota, qaynsinglim, qaynim yashaymiz. Uyimiz ikkita bo‘lgani bilan yuvinish va hojatxona, osh-ovqat bitta. Onasining uyiga boraman desam qaynonamlarning jahli chiqyabdi va xafa bo‘lganlar. Xo‘jayinimlar ham ulardan o‘tib ruxsat bermadi.
Qanday yo‘l tutishim kerak bunday vaziyatda?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bunday vaziyatda siz onangizning uyida yashab turganingiz yaxshiroq. Buni yotig'i bilan turmush o'rtog'ingizga tushuntiring, u ham onasiga shunday tushuntirsin. Bu murosa, yuzxotir qiladigan vaziyat emas.

#Muammo
Hubbuna
135-savol: Qanday yo‘l tutay? Assalomu alaykum. Xo‘jayinim chetda.  Qaynona oyijonimlar ham. Hozir ikkita yonma-yon uyda qaynota, qaynsinglim, qaynim yashaymiz. Uyimiz ikkita bo‘lgani bilan yuvinish va hojatxona, osh-ovqat bitta. Onasining uyiga boraman desam…
Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.

Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
👥Қомарун Академияси Телеграм саҳифасида онлайн ўқув курслар фаолиятини бошлади!

Курсларимиз
🔽

🚪Араб тили
🚪Турк тили
🚪 Рус тили

📌Устозларимиз кўп йиллик тажрибага ега. Эркаклар ва Аёллар учун алоҳида гуруҳлар мавжуд. Курсни аъло баҳоларга якунлаганларга Сертификат берилади.

Тўлиқ маълумот учун Админга мурожаат қилинг!
🔽

    
➡️@Arabtili_Qomarun

🔺Барчангизни Телеграм саҳифамизга таклиф қиламз ( каналда бепул дарслар ҳам мавжуд).🔽

❤️https://www.tg-me.com/Qomarun_Akademyasi

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onangizning ziyoratiga vaqt topmaysiz, hatto qo'ng'iroq qilishga yaramaysiz, lekin, Alloh asrasin, o'tib qolishsa, kunlab ta'ziyaxonada turishga vaqt topasiz!

Yaqinlaringizni borida qadrlang!

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qarindoshlik aloqalari

Qarindoshlik aloqalari oilamiz bilan doim amal qiladigan ishlardan bo'lishi lozim. Afsuski, hozir aka-uka, opa-singillar, hatto ota-ona bilan hol so'rashish, ko'rishish juda cho'zilib ketmoqda. Bayramlarda tabriklab qo'yishimizni aytmasa, internet orqali xabarlashishga ham vaqt topmaymiz. Ikkita non ko'tarib ko'rgani boradigan ahil aka-ukalar, farzandlar noyob bo'lib bormoqda.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Sakinat istaganlar uchun ♡

👉 Kanalga obuna boʻlish 🤍

Reklama
2024/11/17 02:53:34
Back to Top
HTML Embed Code: