Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sening lablaring go'zal – yolg'on gapirmaydigan, shirinsuxan lablaring!

Sening qoshlaring go'zal – begonaga qoqilmagan qoshlaring!

Qo'llaringga xina qo'ymoqqa ne hojat, nomahram tutmagan bu qo'llar shundoq ham go'zal!

#izhor

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolning suyagi bor har qanday a'zosi og'rishi mumkin, illo tili emas. Chunki unda suyak yo'q-da!

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvga chiqishda nimalarga e'tibor qilish kerak?

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erta tongda qahva ichib tetiklashmoqchi bo'lishadi, vaholanki, Robbimizning kalomi undan ko'ra tetiklashtiruvchi-ku!

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
UY ISHLARI 🏡

O‘zingizni oilaga, ro‘zg‘or ishlariga butunlay qurbon qildingizmi, endi minnat qilmang! Hech kim sizga 24 soat oila uchun qul bo‘l demaydi. Albatta, ayol kishi uchun birinchi navbatda oila. Lekin bu dam olmang, kitob o‘qimang, o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotlardan butunlay voz keching, sog‘lig‘ingizga e’tibor bermang, faqatgina uy ishlarini qiling degani emas. Bu qurbonlikdan bora-bora jazavaga tushishni boshlaysiz. Natijada o‘zingizni qafasda qolgan qushdek his qilasiz. So‘ng o‘zingizni ham tushuna olmay qolasiz.

Oilaviy sayrga, o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotga, ilm o‘rganishga ham vaqt ajrating. Kun tartibingizni rejalashtirib oling, shunda barchasiga ulgurasiz.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

👉 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkaklar, ayolingizga gul olib bormasangiz ham hech bo'lmasa, gulning rasmini yuborib qo'yib xursand qilish mumkin!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyin attang qilmang

Farzandingiz siz istagan yoʻl-yoʻriqda yurishi uchun avval unga yaxshi muomalada boʼling.

Doʻsti bo'ling, mehringizni ulashing, uni tinglang. Siz yaqinlashmas, tinglamas ekansiz, sizni o'rningizni bosuvchilarni topishga harakat qiladi. Bunga yoʻl qoʻymang.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda kitoblarning rasmini qo'yadigan, kitoblardan iqtibos qo'yadigan har bir qiz (ayol) kitobxon degani emas. Shuningdek, yigitlar ham, albatta.

Ko'zbo'yamachilik avj olgan bugungi kunimizda qiz-yigitlar o'zlarini yaxshi ko'rsatish uchun shu usuldan ham foydalanishyapti, afsuski. Bularning qaramog'iga tushgan qarshi taraf oila qurib qo'ygandan keyin qarasaki, umuman kitob o'qimaydi. Faqat kitoblarni rasmga olishga qiziqadigan, qayerdandir iqtiboslardan nusxa olib, sahifasiga joylaydigan kishi ekan...

Shuning uchun ko'ringan har narsaga ham ishonib ketavermang! Haqiqatda kitobxon, ilmli ekanini tekshirib ko'ring.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tartib 🏡

💡 Tartib – jazo emas. Jazo – tartib buzilganda qo‘l­laniluvchi chora, xolos. Tartib – xohish-istak­lar­ni nazorat qila olish va muayyan holatda ko‘ngilga kelganini emas, kerakli ishni qilishdir. Mehr bi­lan yo‘g‘rilgan tartib bolaga o‘z xulq-atvorini ja­miyat talablariga moslashtirishga yordam beradi.

📚«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda shunday insonlar bo'ladiki, seniki, meniki deb o'tirmay hamma narsasiga qo'l cho'zishga hadding sig'adi. Hatto "Meniki" deb qolsa, "O'sha narsang bilan menikisan!" deysan!

👉 Shunday kishingizga yuboring!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalarning baxtiga sababchi boʻling

Hayotingizda har doim ham siz kutgan ishlar boʻlmaydi.

Sizga kelayotgan qiyinchiliklar hozir sizga yoqmaydi, ammo vaqt oʻtib, tinmay shukr qilasiz.

#ibrat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Menga kitob o'qib berasan deb kitob yig'averib javonim to'ldi! Kelmasang, kelma, o'zim ham o'qishni bilaman! 😁

#Tabassum #бўйдоқлар

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Masofa saqlash arazlash emas, shunchaki bundan buyon ranjita oladigan hududingga kirmaysan degani!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HUSNI XULQ ❤️

Hurmatli ayollar, turmush o‘rtog‘ingizning e’tibori doim sizda bo‘lishi uchun chiroyli bo‘lishingiz muhim. Lekin ko‘ngil go‘zalligini ham unutmang. Go‘zal axloqli, xushmuomala bo‘ling. Juftingizning qiziqishlari haqida o‘ylang. U qiziqadigan mavzuda so‘zlashingiz unga bo‘lgan e’tiboringizni bildiradi. E’tibor esa muhabbatni jalb qiladi.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOʻNGIL UYI

Kirib chiqavermang, sovib ketdi uy,
Ochib, yopavermang eshik oʻlgurni.
Kiritishgan boʻlsa, bulgʻash kerakmi,
Ollohning dargohi boʻlgan koʻngilni.

Chiqing!
Boraqoling, bayram tugadi,
Muzlab qolmasidan yuragim butkul.
Mening qalb uyimda mehmonlar emas,
Uning egalari qolgani maʼqul.

Rizolik soʻrayman!
Sogʻ-omon boring,
Chiqiboq chalasiz yana bir kuyni.
Bilaman, bugunoq taqillatasiz
Eshigi koʻringan boshqa bir uyni.

Nachora, uyi yoʻq musofirsiz siz,
Karvonsaroylarda oʻtadi umr.
Eshiklar mayli-ku, siz hatlab oʻtgan
Ostonalarga ham tilayman sabr!

Tezroq ketaqoling, boʻling, shoshiling,
Vaqt kerak, supurib olishim uchun.
Bilib boʻlmaydi-da, bugun uyimning
Chinakam egasi kelishi mumkin!

Malika Salimova

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ishda niyatingizga boqing

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ona ota va bola o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishi uchun ular birga o'tkazadigan vaqtlarini tashkillashtirib turishi foydalidir. Masalan, birgalikda qayergadir borib kelish, birga dars qilish, birga yugurishga chiqish yoki uxlayotganida kichik bolalarga qarab turish kabi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KO‘ZLAR HAM SEVSIN ❤️

Hurmatli ayollar, uyga kiyishga kiyim olayotganingizda ham chiroylisidan oling. “Uyga bo‘laveradi” deb olib ketavermang. Uyda eringizning ko‘ziga chiroyli ko‘rinib yurishdan hech ham malollanmang. Erkakning ko‘ziga chiroyli manzara yoqadi, baribir. Shuning uchun eringizning ko‘ziga yoqadigan darajada chiroyli bo‘lib yuring!

📘 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

👉 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uning yonida xotirjamlik, halovatni sezib, dunyoni unutasizmi? Muhabbat mana shu!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/02 14:30:09
Back to Top
HTML Embed Code: