Telegram Web Link
Yangi tugʻilgan chaqaloqqa oʻz otasi azon chaqirsa boʻladimi?


#Savol: Assalomu alaykum! Yangi tugʻilgan chaqaloqqa oʻz otasi azon chaqirsa boʻladimi? Uning tartiblari qanday? Javob uchun avvaldan katta rahmat.

Odinaxon Muhammad Sodiq:

Va alaykum assalom. Albatta, ota yangi tugʻilgan goʻdagining qulogʻiga azon aytishi joiz. Qiblaga yuzlanib, bolaning oʻng qulogʻiga balandroq ovozda azon aytadi. Soʻngra chap qulogʻini oʻziga toʻgʻrilab, pastroq ovozda takbir aytadi.

Abu Rofeʼ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Fotima roziyallohu anhoning tuqqan bolasi Hasan ibn Ali roziyallohu anhumning qulogʻiga azon aytayotganlarini koʻrdim».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziy sahih degan.

Ushbu hadisi sharifga binoan, yangi tugʻilgan farzandning oʻng qulogʻiga azon, chap qulogʻiga iqoma aytish mandubdir. Yangi tugʻilgan bolaning qulogʻiga kirgan birinchi narsa Allohning zikri boʻlishi nihoyatda yaxshi ishdir. Albatta, bu ulugʻ narsaning oʻziga yarasha barakasi boʻladi.

Rivoyatlardan birida:
«Kimning bolasi tugʻilsa-yu, uning oʻng qulogʻiga azon, chap qulogʻiga iqoma aytsa, unga Ummu Sibyon zarar yetkaza olmas», deyilgan.
Ummu Sibyon – bolalarga ziyon yetkazadigan jin toifasidir.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ular bilan qiziqing 🟠

🔴Balog‘atga yetgan farzandlaringiz kimlar bilan muloqotda bo‘layotgani, qayerlarga borayotgani, ko‘proq nima bilan mashg‘ul ekani, internetda nimalar qilayotgani bilan qiziqing. Albatta, bu narsalar ularni siquvga olish uchun emas, adashib qolishining, xato qilishining oldini olish uchun.

🔴Ularga yaxshilar bilan do‘st bo‘lish kerakligi, vaqtni behuda o‘tkazmaslik haqida go‘zal nasihatlar qiling. Shuningdek, maktabdan yoki boshqa biror bir joydan qaytishda qiz-yigitlar birgalikda emas, alohida kelishlari kerak. Avvaliga birga yurishadi, keyin qalblari yaqinlashganlari xilvatda ko‘rishishni istab qoladi, qarabsizki, yoqimsiz ish sodir bo‘ladi.

🟢Yomonliklar darhol amalga oshmaydi, sekin-sekin, nafs va shayton iymonni aldab-avrashiga ko‘ra amalga oshadi. Agar farzandingizning iymoni yoshligidan mustahkam bo‘lsa, yomonlikning ilk chorlovidanoq undan yuz o‘giradi. Bolalarni shunga o‘rgatish kerak.

📕 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

🫳 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar, ayolingizga u siz uchun qadrli ekanini his qildiring: puldan, boshqa kishilardan, ishingizdan va hokazo. Bu ayolni juda baxtiyor qiladi, orangizdagi muhabbatni ziyoda qiladi!

#Muhabbat #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qaysi toifaga kirasiz?

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Maktabda bir o'qituvchimizga salom berish yodimizdan chiqib qolsa, "Sen men bilan birga uxlab turganmiding?!" deb tanbeh berar edilar. O'ylaymanki, birga uxlab turgan kishilarimizga ham har tong va har bir ayriliqdan keyingi diydor, so'zlashuvda salom berarverishimiz kerak. Chunki salomlashishni keng yoyish bilan o'zaro muhabbatlashishimiz aytilgan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak bilan birga rivojlanish 😽

Erkak kishi ish yoki boshqa sabablar bilan ko‘cha-ko‘yda ko‘p yuradi, turli dunyoqarashdagi kishilar bilan muomala qiladi, juma ma’ruzalari va boshqa vaqtlarda ilm majlislarida ishtirok etadi, bunga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham ilm o‘rganishga, shaxsiy rivojlanishga harakat qilishi mumkin. Ayol esa uyda uy ishlari va bolalar bilan bo‘lib qolib, rivojlanish haqida o‘ylamasa, jufti bilan ayro dunyoqarashda bo‘lib qoladi. Natijada gaplari qovushmaydi, bir-birini tushunmaydi, oilaviy muammolar yuzaga keladi.

Ayni shu bandga ayollar qattiq rioya qilishini so‘rardim. Juftingizning dunyoqarashi sizdan katta tafovut qilmasin. U o‘sib-rivojlanmoqdami – siz ham rivojlaning, harakat qiling.

Uy ishlari, bolalar tarbiyasi o‘z o‘rnida, ammo o‘zingizga ham vaqt topishingiz zarur. Aks holda, u bilan gaplashadigan gapingiz ham qolmaydi, gaplashganda ham gapingiz qovushmaydi, bir-birini tushunmaslik, muammolar yuzaga keladi. Keyin esa u o‘zini tushunadigan “suhbatdosh” istab qoladi…

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fotihasi buzildi degani hammasi tugadi degani emas!

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Dadajon, meni matematikadan olimpiadaga olishdi!
– Misollarni men yechib berar edim-ku, endi nima qilamiz?! 🤔

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bola qidirilmoqda!

5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni Hubbuna kids loyihasida birgalikda kitob o'qish uchun qidirmoqdamiz! Loyihada ishtirok etish bepul!

Bugundan yangi kitob mutolaasini boshladik, shoshiling!
Mutоlaa insоnni go‘zallashtiradi 📕

Yosh-u qari, erkag-u ayol – kim bo‘lishidan qat’iy nazar chirоyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishni, ko‘pchilikning e’tibоri markazida bo‘lishni istaydi.

Mutоlaa insоnning ichki dunyosini go‘zal qilib qоlmay, tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura оlish va o‘z bilimini namоyish etish suhbatdоshining mehrini qоzоnishga yordam beradi.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qanday do'stsiz?

🤝 Do'stlarga yuborib qo'yamiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
OʻZINING ERIGA QAYTA NIKOHLANISH UCHUN IDDA OʻTIRISH KERAKMI?

SAVOL: Bir taloq qilingan ayol oʻzining eriga nikoh qilinishi uchun ham idda muddatini oʻtkazadimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ayol kishi oʻzining eriga qayta nikohlanishi uchun idda oʻtirishi shart emas. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Men ertadan kutaman najot,
Men bugunning jabrdiydasi.
Ikkimizni qiynadi hayot,
Uzrning ham yoʻqdir foydasi.

Men ertadan umid qilaman,
Siz ertaga aniq kelasiz.
Siz hammadan yaxshi, bilaman,
Men hammadan yomon, bilasiz.

Oʻrtanaman, yuragim xira,
Nima qilay sogʻingan boʻlsam?
Ogʻrinmasmi koʻnglingiz sira
Ertagacha bexosdan oʻlsam.

Bilmam qancha asrlar kerak
Yana bir bor quyosh chiqquncha.
Koʻrguligin qoʻymaydi falak
Birimizni yerga tiqquncha.

Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir,
Har qadamim tahlika, urush.
Biroq mingta oʻlimdan ogʻir
Sizni boshqa birovga berish.


Joʻrabek Ramazon

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sening hayotimdagi o'rning yuragimning tanamdagi o'rni kabi muhimdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Parijning minoralari-yu Misrning obidalaridan ko'ra senga termulmoq maroqli menga!

#Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar farzandlarini tushunmaydimi?

— Nega mening fikrimni eshitmaysizlar?
— Nega qolganlarning ota-onasi bunga ruxsat beradi?
— Nega meni tergayverasizlar? kabi savollarni ota-onangizga berganmisiz?

O'zi ota-onalar va farzandlar o'rtasida nega tushunmovchiliklar kelib chiqadi?

Bugun "Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida yuqoridagi mavzularda spikerlarimizdan javob olishingiz mumkin.

Premyerani bugun 19:30 da quyidagi havola orqali tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/FbrbgEc3-pk

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar xato erkak kishidan o'tsa, uzr so'rashdan bosh tortmasligi kerak. Bu bilan ayolining oldida obro'si, qadri tushib qolmaydi, qaytaga ortadi.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E'tibor garchi kichik bo'lsa-da, qalbda katta joy egallaydi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/02 16:25:34
Back to Top
HTML Embed Code: