Telegram Web Link
Oilalar farzandga bo'lgan munosabatga qarab 7 guruhga bo'linar ekan... 🤔

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga ovqatlanish odoblarini qanday oʻrgatish kerak?

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​MASOFAGA BOGʻLIQ EMAS

Abu Hayyon Tavhidiyning "As-sadoqatu vas-sadiq" kitobida keladi:
"Asma’iy aytadi:
"Bir kuni Xalil ibn Ahmadning huzuriga kirdim. U kichkina bir bo‘yra ustida o‘tirgan edi. Meni ko‘rgach, ozgina surilib dedi:
- Kel, yonimga o‘tir!
Joy kichkinaligi uchun men xijolat bo‘lib dedim:
- Sizni mashaqqatga qo‘yamanmi deb qo‘rqaman!
Xalil ibn Ahmad dedi:
- Bir-birini yaxshi ko‘rganlarni ninaning teshigi ham ichiga sig‘diradi. Yomon ko‘rganlar esa dunyoga ham sig‘maydi!".

Qalblar ana shunaqa. Yaxshi ko‘rsa yaqinlashadi, yomon ko‘rsa uzoqlashadi.

Bir yaxshi ko‘rsak tog‘ni ham ko‘taramiz, u bizga yengil tuyuladi. Agar yomon ko‘rsak mayda toshni ham ko‘tara olmaymiz.

Yaxshi ko‘rganlarimizning qo‘li qo‘limizda turgan bo‘lsada, yanada yaqinlashishni istaymiz.

Yomon ko‘rganlarimiz shimoliy qutbda, biz esa janubiy qutbda bo‘lsak ham yanada uzoqlashishni xohlaymiz.

Masala hech qachon masofaga bog‘liq bo‘lmagan. Masala doimo qalbga bog‘liqdir!

Abdulqodir Polvonov

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Shuni yodda tutingki, xotiningiz siz bilan suhbatlashib o’tirishni, u bilan xayolingizdan o’tadigan ishlar borasida maslahatlashishni yaxshi ko’radi. Shuning uchun uyga mahzun, qovog’i soliq, tilsiz inson kabi kirmang. Bu narsa unda har xil gumon va bezovtalikni paydo qiladi".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan
#iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uxlash bilan bog’liq muammolar va ularning yechimlari

Bolajon nima sababdan uxlashni xohlamasligi mumkin?

1. Bola kunduz kuni me’yoridan ko’proq uxlagan.

2. O’yin u uchun qiziqarli, ya’ni yana o’ynashni xohlayapti.

3. Uxlashga nimadir xalaqt qilyapti: kuchli yorug’lik, shovqin...

4. Og’riq.

5. Noqulaylik (xona issiq, yostiq baland, ko’rpacha nam).

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaning qanday ekanligini bilish mumkinmi?

Birinchi uchrashuvga ikkala tomon ham ancha tayyorgarlik koʻrishadi.

Shunday savollar beraman, buni soʻrayman deya reja qilishadi.

Ammo bir umrga tatiydigan oilaning qoʻrgʻoni birinchi uchrashuvning oʻziga ishonib qurilmagani yaxshiroq.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Biz hayotga bir marta kelamiz. Bu hayotni xafagarchilikda, muammolar ichida yashab oʻtish ham, xursandchilikda, baxtli yashab oʻtish ham o'zimizning qoʻlimizda. Buning uchun taqdirga rozi bo'lib, ega bo'lganimizga shukr qilishni o'rganishimiz kerak.

Nolimang, Allohdan o'zgaga shikoyat qilmang. Hamisha nekbin (optimist) bo'lishga harakat qiling – yaxshilikni o'ylang.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SOKINLIK VA SAKINAT 💔

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.

🔥 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Bola nega yig'laydi?

Bizning jamiyatda yig’layotgan bolani ko’pincha erkalik qilyapti “xohlagan narsasini olish uchun ataylab yig’layapti” yoki "yig’lab-yig’lab to’xtaydi, bola degan yig'laydi-da" degan noto’g’ri fikrga boradilar. Bu xato!

Chunki har bir yig’lash ortida albatta sabab bo'ladi. Agar ona bolaga bee’tibor bo’lsa, bolaning yig’isi Jenisbek Piyazovning operasiday avjiga chiqadi.

❗️Aslida, bolaning yig’lashiga sabab nima?

1. Biologik ehtiyojlar va og'riq.
2. Psixologik ehtiyojlar.

Biologik ehtiyojlar – og’riq, qorin och qolganda, chanqaganda, uyqusi kelganda, tagi ho’l bo’lganda, qo’rqqanda yuzaga keladigan ehtiyojlar.

Psixologik ehtiyojlar – bu ko'proq ona mehri yoki e'tibor yetishmasligi natijasida yuzaga keladi. Onaning ruhiy holati ham bolaga katta ta'sir o'tkazadi.

📌 Bolalarning yig'lashiga onalarning, uydagilarning o'zi ham sababchi bo'lib qoladi. Yig'laganda e'tibor qaratiladi, yig'laganda aytganini qilishadi. Natijada, bolada "yig'lasam, hamma ishim besh bo'ladi" degan tushuncha paydo bo'lib qoladi.

📍Postni oxirigacha o'qigan bo'lsangiz, endi bolangiz yig'laganda sababini topib, shunga qarab ish tuting. Yana chorshanba kuni og'ziga kalish bilan urib yotmang! ))

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin oʻzim tarbiyalab olaman

Uylanishdan oldin baʼzi yigitlarimiz oila qurishda sal shoshib qoʻyishadi.

Oʻzlarini isloh qilmasdan, oila ilmini oʻrganmasdan va toʻgʻri sabablarga suyanmasdan toʻyga harakatni boshlashadi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Erkaklar, hamiyatli bo'ling! Ayolingiz, onangiz, qizingiz kabi mahram ayollarning ismini ham qizg'aning. Zaruratsiz ular haqida boshqalarga gapirmang!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar oilangizda 60-70% sokinlik va 30-40% muammolar boʻlsa, xavotir olmasangiz ham bo'ladi – sizning oilangizda hammasi joyida. Chunki 100% tinch, muammolardan xoli oilaning oʻzi yoʻq!

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qanchalik kech turmush qursang, uchrashuvlar shunchalik ishga olishdagi suhbatga o‘xshab boraveradi.

Mavlon Marasulov

#Tabassum #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotiy tajribalarimdan xulosa qilgan yana bir achchiq haqiqatim

Yosh onalar biz qilgan xatolarga yo'l qo'ymasin degan maqsadda ulashyabman.

E'tibor berganmisiz, bolalar toza fitratda, asl tabiatida harakat qiladilar. Bor hissiyotlarini yashirmasdan oshkora ko'rsata oladi, xohish-istaklarini ifoda etishga harakat qiladi. Ularda tashqi muhitdan qo'rquv va yoki o'ziga ishonchsizlik bo'lmaydi. Fitrati va tabiati aslidan ancha uzoqlashib ketgan biz kattalardir. Fitrati asliga yaqin bo'lgan bolani o'z qolipimizga solishga harakat qilamiz. Bolani emas, egoimizni bir chetga surib o'z nafsimizni birinchi bo'lib isloh qilishga harakat etsak, tarbiya o'z-o'zidan amalga oshadigan jarayonga aylanadi.

Farzandlaringizdan nolimang, ular aynan siz uchun yaratilgan ne'matlar va har biri o'zingizni isloh qilish uchun berilgan bebaho imkoniyat.

Iroda Ahmed

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida.
2024/11/20 03:44:37
Back to Top
HTML Embed Code: