Telegram Web Link
Agar xotining "Hamma erkaklar ablah bo‘ladi!" degan bo‘lsa, u aynan seni nazarda tutgan, boshqa erkaklarni emas.

Ayman Yog‘iy

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biringiz olov boʻlsa, biringiz suv boʻling

Oilada baʼzan kelishmovchiliklar boʻlib turishi tabiiy holat. Shu vaziyatda bir-birining diliga ozor berishdan hayo qilganlar, asli haqiqiy muhabbatlilardir.

Maqsadingiz aynan kimda ayb ekanligini topish emas, vaziyatni yaxshilash uchun zaboningizni nomaqbul soʻzlardan saqlash boʻlsin.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Mubosharat
Ayolingiz bilan birgaligingizda unga yaqinroq o‘tiring. Hissiyotlaringizni undan yashirmang, xijolatchilikni yengish uchun o‘zingizda kuch toping. Suhbat asnosida qo‘llaridan tuting. Atrofga qarab emas, ko‘zlariga boqib so‘zlashing. Samimiyatingiz, muhabbatingiz, g‘amxo‘rligingiz, e’tiborsiz emasligingizni nigohingizdan o‘qib olsin.

#Erkaklar

@Mubosharat
Rivojlangan davlatlarda eng ko'p ishlatiladigan so'zlardan biri "Uzr" va "Rahmat" soʻzlari ekan. Bu so'zlar oilaviy munosabatlarda ham eng muhim so'zlardan hisoblanadi.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onaning dardi... ⬇️

❗️Ota-onaning dardi dunyo bo‘lsa, farzandlarning ham dardi dunyo bo‘ladi.

⭐️Bolani qandaydir o‘quv markazlariga berib, oilada yo‘q narsani boladan kutish aqlga sig‘maydi. Bu xuddi yerga urug‘ ekmay, mo‘jiza kutishday gap!

⭐️Tasavvur qiling, ota-ona kechayu kunduz tele­fon­dan boshini ko‘tarmasa, televizor orqali be­korchi narsalar ko‘rib, vaqtini behuda o‘tkazsa, o‘zi namuna bo‘lmay turib boladan olim yasab olmoqchi bo‘lsa, qattiq adashadi. Chunki bunday muhitda o‘sgan bola, ota-onasidan ortib boshqacha bo‘lolmaydi.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aytishlaricha, oldingi zamonlarda ona bolasini emizmoqchi boʻlsa "Bismilloh"ni aytgan, soʻng goʻdakni ulgʻayganda katta inson boʻlishini niyat qilib, unga koʻkrak tutgan.

Shijoatli jangchi, yo kuchli olim va yoki mahoratli yoʻlboshchi boʻlishini koʻnglidan oʻtkazgan. Shu tufayli ajdodlarimiz buyuk boʻlishgan.

Bugunda esa ayollarimiz bolalarini uxlatish niyatida emizmoqdalar. Shuning uchun ummatning katta qismi uyquda.

Xulosa oʻzingizdan.

Mubashshir Ahmad

#Ayollar #tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon uylansa boʻladi?

Erkaklar ahli ayollarini moddiy, ma'naviy va jismoniy tomondan taʼminlab qoʼyishi zarur. Albatta, har bir vaziyatda meʼyor va maqsaddan kelib chiqqan holatda.

Ayollar – erkaklarga berilgan omonat. Omonatdan esa bir kun so'ralamiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Ro'zg'or g'or ekan

U ichiga sizni shunday tortib ketadiki, bu yoqda romantika jamadonini sudrab onasinikiga ketib qoladi. Natijada er pul topib keladigan, ayol kishi esa bola-chaqa, qozon-tovoqqa qaraydigan, ovqat qil, kir yuv, xullas, uy ishlari bilan o'ralashib yuradigan insonga aylanadi.

Ikkovi urishmaydi, chunki unga vaqti ham yo'q. Erkak ham ayol ham birim ikki bo'lsin deb, bola, pampers, kasha, uy, mashina deb, uxlash uchun joyini bazo'r topib oladi.

Bularning hammasi o'z yo'liga, ammo oxirida qoladigani ham mana shu ikkovi, ya'ni er va xotin. Shuning uchun bir-biringizga vaqt ajratish uchun vaqt toping. Qimmat restoranlarga borishingiz shart emas. Ikkingiz borib somsa yeb keling, ko'chada qo'l ushlashib yarim soat aylanib keling. Juda bo'lmasa, bir piyola choy ichib, birga kino ko'ring, birga ovqat pishiring. Ammo bir-biringizni unutib qo'ymang.

Chunki aytganimday bari o'tib ketadi, qoladigan ikkingiz. Ikki vujuddagi bitta odamlar.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
FAROSATLI BEKA 🌷

Ayollar, kirlarni yuvganda sochiq, kiyim kabi narsalardan foydalanishga hech narsa qoldirmasligingiz to‘g‘ri emas. Bittadan bo‘lsa ham qoldirib, navbat bilan yuving.

Idish-tovoqlarni esa yuviqsiz holda ertangi kunga qoldirmasligingiz kerak. Uyni tartibga solish, tozalash ishlariga ham e’tiborli bo‘ling. Unutmang, bu kabi ishlar tozalik talabi va juftingizni xushnud qiluvchi bir vositadir. Erning muhabbatini jalb qilish faqat shu bilangina bo‘lib qolmaydi, ammo bularsiz ham qiyin.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida bir ayol turadi(mi?)

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Seni go'yo asrlardan beri sevadigandekman – ruhlarimiz "Al-Miysoq"da ko'rishgan bo'lsa kerak...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BOLANING PSIXOLOGIK EHTIYOJI 💪

➡️ Shaxsiy kuch
Ushbu psixologik ehtiyojni quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: «Men borligimni bilishlarini va muhim his qilishlarini xohlayman. Men fikrimni tinglashlarini xohlayman. Menga tanlash huquqi berilishini xohlayman».

Ota-onalar nima qilishlari kerak? Bolaga allaqachon o‘z fikri, istaklari va his-tuyg‘ulariga ega bo‘lgan kichkina odam sifatida munosabatda bo‘ling. Iloji bo‘lsa, bolangizga tanlov bering: kichik bolalar uchun ikkita variant yetarli. Bolaning fikrini biling, undan maslahat so‘rang. Bu uning uchun juda yoqimli va uning qadri, ahamiyatini oshiradi. Bola gapirayotganda uning gapini bo‘lmang. Uning qo‘lidan hech narsani tortib olmang, balki uni qaytarib berishini so‘rang (agar bu xavfli narsa bo‘lmasa).

➡️ Ruhiy quvvat
Psixologlarning aytishicha, shunchaki yashash uchun bolani kuniga 4 marta quchish kerak; uning sog‘lom bo‘lishi uchun 8, o‘sishi uchun 12 martagacha qattiq quchish kerak ekan.

Muvaffaqiyatli, baxtli va o‘ziga ishongan bolani tarbiyalash uchun HAR oqshom:

yotishdan oldin HAR BIR bolani o‘pishni va quchoqlashni unutmang;

bu ishni avtomatik (hissiz) harakatga aylantirmang, televizorni o‘chiring, telefonni va boshqa narsalarni olib qo‘ying;

farzandlaringizga yaqinlik lahzalarini bag‘ishlang, asosiysi miqdor emas, muloqot sifati;

hikoya o‘qib bering, suhbatlashing yoki shunchaki birga bo‘ling. Shunda bola kunduzgi mashg‘ulotdan tungi dam olishga juda oson o‘tadi. Bundan tashqari, yotishdan oldin tinch va osoyishta muhitdagi suhbat bolalar va ota-onalar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam beradi;

chiroqni o‘chirishdan oldin farzandingizni o‘ping. Har bir bola uchun, yoshidan qat’i nazar, ota va onaning o‘pishi ular uni yaxshi ko‘rishlarini, qadrlashlarini va doimo himoya qilishlarini anglatadi!

🖇 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rost javobni qabul qila olmaydigan savolingizni so'ramang, yo'qsa, sizning ko'nglingiz uchun juftingiz yolg'on gapirib qo'yishi mumkin.

#Ayollar #Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumot berasizmi yoki...?

Ayollar erkaklarning omonati hisoblanadi. Omonat uchun esa omonatdor kishi mas'uldir. Yana oilaning rahbari erkak kishi hisoblanadi. Mana shular e'tiboridan ayol kishi...

Videoni oxirigacha ko'ring va yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ba'zilar jufti haloliga "sevaman" deyishga tili bormaydi. Ammo bu sevmaydi degani emas...

Nozimjon Hoshimjon

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BAXTLI OILA O‘LCHOVI NIMADA? 🌷
Oilaning baxtlilik darajasini unda muammolar yuzaga kelishi yoki kelmasligi bilan emas, bu muammolarni qanday hal qilayotganlari bilan o‘lchash mumkin. Chunki muammosiz, urish-janjalsiz hech bir oila yo‘q. Lekin baxtli, farovon hayot kechirayotgan oilalar ko‘p.

OILAVIY TOTUVLIK UCHUN 🌷
Oilaviy totuvlik uchun bir yaxshi gap o‘qib qoldim: “Tinch bo‘laman, baxtli bo‘laman desangiz, pashshadan fil emas, fildan pashsha yasang”. Yaxshi gap ekan! Ya’ni oradagi muammo va kelishmovchiliklarni kattartirib yubormang, qaytaga, katta kelishmovchiliklarni kichraytiring.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni urishdan oldin o'ylab ko'ring

🥹 Sizdan o'zini himoya qilolmaydigan o’sha mitti murg'ak, urug’i qadalgan katta daraxt misolidir. Kun kelib urug’ yoyiladi va undan o’qitivchilar, advokatlar, shifokorlar chiqadi.

Qaydan bilasiz, sizga ko'zlarini pirpiratib qarayotgan bu mittivoy, balki bo’lajak prezidentdir. Magazinda o’zini yerga tashlab, dod solayotgan to’polonchi ertaga bedavo kasalliklarga davo topar.

🧑🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Shuning uchun hozir uning injiqliklari, tunda uyqu bermasligi va asabingizni yeb bitirishiga ozgina sabr qiling. Ularga to’g’ri tarbiya berishga mahkam bel bog’lang. Axir, ertaga siz Cambridge bitirivchusi Falonchiyev Falonchining onasi bo’lib old qatorlarda hozir sizga tinchlik bermayotgan yig'loqi bolakayning diplom olishini ko'rish uchun Angliyaga borishingiz kerak.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Allohga qaysidir amalim yoqqanki, seni menga ravo ko'rdi!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Audiokitob tinglash 🎧

🌷 Ma’lumki, suhbatdоshni tinglash оdоbi bоr: uning gapini bo‘lmaslik, u gapirganda bоshqa narsalarga chalg‘imaslik va shu kabilar. Lekin bizda bu оdоblar yo‘qоlib ketmоqda.

Birоvning gapini оxirigacha eshitishga sabrimiz yetmaydi, nima demоqchi ekanini tushunganimiz zahоti gapini bo‘lamiz. Balki uning gapining davоmida bоshqa ma’nо bоrdir deb o‘ylamaymiz.

Audiоkitоblar tinglash bizga suhbatdоshni tinglashni ham o‘rgatadi. Uzоq vaqt gapirmasdan ham tinglash mumkinligiga ko‘nikma hоsil qilsak, suhbatdоshimizni ham tinglay оlamiz.

🌷 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/20 05:23:55
Back to Top
HTML Embed Code: