Telegram Web Link
Haq-huquqlar ustida qurilgan oila tuzsiz taomga o'xshaydi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sog'inganlar uchun!..

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Mustahkam munosabatlar. Hamma narsa haqida ochiq ayting

Sizga nima azob berishi haqida, ayniqsa, gapirish kerak.

Agar sizga munosabatlarda nimadir yoqmasa, buni darhol aytish kerak. Biz ochiqchasiga gaplashib olganimizda bu narsa ishonch tuygʻusini shakllantiradi, bundan esa yaqinlik kelib chiqadi. Balki bu ogʻriqli boʻlishi mumkin, ammo baribir qilish kerak, chunki sizdan boshqa hech kim kelib munosabatlaringizni tartibga solib bermaydi.

Ishonch yoqimsiz tuygʻu boʻlgan rashk tuygʻusini boshqarish uchun ham kerakdir. Biz anglab yetishimiz kerakki, juftimizning qiziqishlari boshqacha boʻlishi mumkin, u boshqa odamlar bilan muloqot qilishi mumkin, u siz bilan emas, boshqa odam bilan gaplashganda gʻazab qilmaslik kerak.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men safarga ketyapman, xotin,
Ruxsatimsiz chiqma ko'chaga.
"Xo'p bo'ladi", – dedi ayol jim,
Xotirjamlik cho'kdi o'rtaga.

Ikki kuncha o'tib oradan,
Taqilladi darvoza sekin
"Kim u?", – ayol so'radi undan
"Men otangning do'stiman, qizim".

Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi titroq kuyda:
"Shifo bersin, yaxshiyam bildim.

Borolmayman lekin, ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan ko'chaga essiz
Kelsa borib kelamiz birga..."

Ikki soat o'tmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq.
"Kim u?" – ayol dedi baralla
"Ukangizman!" – gapirdi achiq

"Otam biroz og'ir ahvolda,
Sizni so'rab kutyapti halak.
Padaringiz axir har holda
Tosh emasdir sizdagi yurak".

"Ukajonim, hato o'ylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib,
Hech qayerga chiqma degan-da
Shifo bersin borib qo'y aytib".

Uka ketdi qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi yondi.
Alam qildi ketolmay birga
Sadoqati tufayli qoldi...

Ikki kundan keyin darvoza
Taqilladi yaqin ochishga.
Ayol ko'ngli o'rtanib rosa
Ulgurmadi "Kim u?" deyishga

"Opa, otam qildilar qazo,
Bosmadingiz bir bora qadam!"
Ayol yig'lab derdi: "Ey Xudo,
Jannatlarga kirsinlar dadam!"

Hech narsani o'ylamay ayol
Darvozadan chiqmoqchi bo'ldi.
Shu payt ketdi eriga xayol
Choram yo'q deb yerga yiqildi.

Uka jahl qildi-yu qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum.
Shunday bo'lgan zamona u payt
Telefonlar bo'lmagan udum...

Uch kun o'tib safardagi er
Qaytib keldi sog'-u salomat.
Voqeani tinglab eri der:
"Bormabsan-da attang o'sha payt".

"Gapingizni yerda qoldirsam,
Gunohidan qo'rqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiylanaman oxirat kuni..."

Yig'lagancha uxladi ayol
Tushga kirdi o'lgan otasi.
Unga kulib qo'ydi-da xiyol,
"Qizim, yaxshi", – dedi – hammasi.

Bir amaling yoqib Xudoga
Alloh menga mukofot berdi
Itoatgo'y bo'lganding erga
Jannatimiz hammamiz endi...

Qara, jannat ro'yxatlarida
Onang, ukang, ering va o'zing.
Qarindoshlar jamdir barida,
Oldimda ham yorug'dir yuzing.

Qay holatda bo'lsa ham bari,
Jannatlarga bo'lar musharraf.
Sevintirding, jon qizim, mani
Sening otang ekanim sharaf".

Muallifini bilmaymiz

#Шеър

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayoli undan minnatdor bo'lib duo qiladigan erkak haqiqatan yaxshi erkakdir.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dangasalik qilish yaxshi emas, uyqungiz keldimi – uxlang!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
U bilan uzoq-uzoq suhbatlarimizni yaxshi koʻraman. Qalb tinchlanadi, xotirjamlik ortadi. Inson insonga shifo boʻlishi shudir ehtimol...

#Соғинч

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Iqror

Biz butkul erkaklardek boʻlib qoldik. Mashina haydayapmiz, chet ellarga yolgʻiz safar qilyapmiz, shim kiyamiz, hatto boshqaruv mansablarigacha yetib keldik. Erkaklar bilan aralashib yuribmiz.

Biz ayollarga xos nazokat va goʻzallikni yoʻqotdik. Ayol kishiga oʻz kuch-quvvatini his ettiradigan, uni yolgʻiz safarga yubormaydigan, ayol kishidan uyda oʻtirib, bolalar tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlishni va uni oʻz mamlakati – oilasida kuchli bashqaruvchi boʻlib hurmat topishini talab qiladigan erkak bilan himoyalangan ayol boʻlish baxtidan judo boʻldik.

Ha, tajribadan kelib chiqib shuni aytamanki: "Men hayot va ish faoliyatimdagi joʻshqinlik asnosida yoʻqotganim – ayolligimga qaytishni istayapman".

Gʻonima Fahd,
«Mening oilam» jurnali bosh muharriri

Jasur Hasan tarjimasi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol ikki toifa erkakni aslo unutmaydi:

Unga oʻta muhtoj boʻlgan vaqtida eʼtiborsiz qoldirgan erkakni.
Undan evaziga biron narsa kutmay baxtli qilolgan erkakni.

(C)

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolingizning peshonasidan o'pib turing! 😊

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Ayol-qizlarga faqat "Ro'zg'orni eplasang yetadi!" deb ularni ilmdan uzoq tutish, yoki "O'qi!" deb ro'zg'or yumushlaridan uzoq tutish kerak emas! Chunki ikkisi ham ayol-qizlarga birdek kerak.

Kelajakdagi bir oilaning bekasi bo'lganligi uchun ham ro'zg'or yumushlarini o'rganishi kerak. Kelajakdagi bir oilaning tarbiyachisi bo'lganligi yana bir sababiyat bo'lib ilm olishi kerak!

Badriyya Begoyim

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
☀️ Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
- O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin.
- Bo‘ldi, ketdim.
- Shoshma, bolam. - Onam ko‘zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. - Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
- Nima edi?
Onam ko‘zimga hamon ma’yus termilib o‘tirardi.
- Suratga tushaylik, - dedi to‘satdan. Ajablandim.
- Nega?
- Yaqinda men o‘laman.
Onam bu gapni xuddi: «Qo‘shninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
- Qo‘ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.
🔹Oradan ikki hafta o‘tdi-yu... Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q . . .

📚 O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kitobidan #iqtibos

#ona

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:30:08
Back to Top
HTML Embed Code: