Telegram Web Link
Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kurashish kerak. Boladagi injiqlik, agressiya, jizzakilik, yigʻloqlik bu - oqibat. Sizning bolaga notoʻgʻri munosabatingiz, tarbiyangiz natijasi. Avvalo, ona sokin boʻlishi kerak. Oʻlimni koʻp eslash va har kuni Qurʼon tilovat qilish bunga yordam beradi.

Oqibatlar koʻpayib, boshi berk koʻchaga kirib qolmasdan avval, toʻxtang! Oʻzingizga nazar soling. Bolangiz uchun bisotingizdagi eng chiroyli jumlalarni qoʻllang, unga ishonch bering, mehringizni, xurmatingizni koʻrsating. Ona oʻz farzandining his-tuygʻularini tushunishi kerak.

Kasallikning belgilari bilan emas, ildizi bilan kurashilsa, natijaga tezroq erishiladi.

Gulzoda Hurmuhammedova

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Asal hayot istaganlar kutgan yangilik 🥳

📚 Oilaviy masalalarda koʻplab asarlar yozilmoqda, tarjima qilinmoqda. Ularning har biri oʻz oʻrni, oʻz uslubiga ega.

Lekin, bir muhim jihat borki, nozik masalalarni qamragan, oilaviy munosabatlarga qaratilgan kitoblar oʻsha millat vakili tilidan yozilganda, oʻquvchiga yaqinroq boʻladi.

☀️ Yashab turgan hayot tarzi, odatlari, qadriyatlaridan kelib chiqib eng maʼqul tavsiyalar beriladi. Ana shunday namunalardan biri Gʻiyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" risolasi bilan bugundan kitob javoningizni boyitishingiz mumkin.

• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifasi — 130 bet;
• Narxi – 22.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Dada.
— Ha, nima deysan?
— Erkak kishiga xotin kerakmi?
— Yo‘q, bolam! Bosh og‘riq...
— Endi shu savolni mendan so‘rang... 😆

Muhammadakbar

#tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turmush oʻrtogʻingizni shunday tanlang, chunki...

Yuqoridagi lavha orqali toʻliq javobni bilib oling.

Oila qurmoqchi boʻlgan yaqinlaringizga ulashib qoʻying.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Kursdoshimga unashtirilganman, to'y kuni yaqin. Sovchi qo'ygan edi, tanigan bilganim uchun rozilik bergan edim. Lekin kuyovni men bilan umuman ishi yo'q, e'tiborsiz. Umuman xabar olmaydi. Nikohgacha bo'lgan munosabatlar joiz emasligini bilaman va buni yigitni o'zi ham aytgan menga. Shuning uchun u to'g'ri ish qilyapti deb o'ylab yurardim. Biroq, boshqa qizlar bilan kulishib, ularga sovg'a-salomlar beradi. Bunga o'zim ham, atrofimdagilar ham guvoh bo'lishgan bir necha marotaba. O'zi bilan shu haqida ochiqchasiga gaplashmoqchi bo'lsam, sen sabr qil, senda ko nglim bo'lmaganida sovchi q'ymas edim, dedi. Bu vaziyatda nima qilishim kerak? Nega menga kelganda hamma narsa gunoh-u, boshqalarga kelganda esa gunoh emas, shu narsa jahlimni chiqaryapti. To'yni qaytarsammikan?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Boshqa qizlar bilan ham munosabatda bo'lishi to'g'ri emas. To'yni tezlashtiringlar, sabr qiling. Hozir unga bu haqida biror narsa deyishingiz qiyin, avval mahrami bo'lib oling, keyin rashk qilsangiz yarashadi.

#Oila_qurish
Ey oila boshliqlari! Ayolingiz sizdan istaydigan narsa nima?

Buning sirlarini qisqacha aytib o‘taman:
Ayol kishi uni hurmat qiladigan, qo‘pol munosabatda bo‘lmaydigan, unga mehr-u muhabbat beradigan, bitta so‘z bilan bo‘lsa ham uning hayotini bulg‘amaydigan erni xohlaydi.

Ayolingizni boshqa ayollar bilan solishtirmang, u qilgan har bir xatoni titkilayvermang, begonalarga qarash, ular bilan gap sotish, yoki boshqa yo‘llar bilan ayolingizga xiyonat qila ko‘rmang. Ayol kishi eri rostgo‘y bo‘lsa, xotirjam bo‘ladi, tinch yashaydi. Ayolingizga rost gapiring. Shuningdek, infoq masalasida baxillik qilmang.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning «Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baland poshnali tufli bo'yingizni baland ko'rsatadi, ammo aqlingizni faqat ilm o'rganish bilan o'stira olasiz!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz tarbiyasi uchun aynan shu soʻz bilan eng katta ishni qilgan boʻlasiz

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Quloqqa aytiladigan gaplar» kitobi haqida

Menga turmush oʻrtogʻim hadya sifatida "Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobini sovgʻa qildilar. Va bu kitob sabab oʻzimda bor boʻlgan koʻplab kamchiliklarni bartaraf etdim. Munosabatlarimiz ham yanada yaxshilandi. Ularga sevimli rafiqa boʻlishimda yana qanday vazifalar mavjudligini angladim. Kitobda biz eʼtibor bermaydigan, mayda narsalar deya koʻzdan chetda qoldiradigan narsalarimiz qanchalik ahamiyatli ekani yorqin ifodalangan hamda chiroyli maslahatlar berilgan. Ularga amal qilgan har qanday ayol juftining koʻngliga yoʻl topa olishi shubhasiz.

Ayol erini qanday kutib olishi, qanday kuzatib qoʻyishidan tortib kiyimlariga qay darajada eʼtiborli boʻlishiga qadar yoritib berilgan. Bu kitobni bir necha bor oʻqib chiqdim. Va har gal oʻqishda oʻzimga nimadir olaman. Kunlarimizga bir yangilik kiritaman. Kitobni oʻqishni hamma ayollarga tavsiya qilaman. Zero, bu kitobdan faqat foyda olasiz!

Ibrohimova Durdona

#kitob #taqriz #ayollar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar
ERKAK AYOLDAN NIMA ISTAYDI?

Avvalo har bir oilada er-xotin bir-biridan nima istashini birgalikda yashash, ochiq suhbat orqali bilib olishi mumkin. Har kimning xohish-istaklari har xil bo‘lsa-da, umumiy olib qaraganda ko‘pchilik erkaklar ayolidan istaydigan bir nechta narsalar bor. Quyida shular haqida to‘xtalamiz:

1. Hurmat.
«Hurmatni talab qilib bo‘lmaydi, unga munosib bo‘lish kerak», – deydilar. Shunday bo‘lsa-da, erkakning erkak ekani, er ekanining o‘zi ham hurmat qilishni talab qiladigan holatdir. Buning ustiga uning bir qancha fazilatlari ham bo‘lsa, albatta, hurmat qilish lozim bo‘ladi. Erkak ayolidan ayol kabi munosabat kutadi. Unga ayoli ovozini ko‘tarmasligini, qo‘pollik qilmasligini istaydi.

Haqorat, so‘kinish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, albatta. Hatto hazillashganda ham ayol haddida turishini istaydi. Ya’ni hazil ekan deb mazaxga o‘tib ketish, shaxsiyatga tegish erkak kishini ranjitadi. 

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ovqat qilishni bilmaydigan xotindan yomoni yo‘q... lekin undan ham yomoni ovqat qilishni bilmaydigan o‘sha xotinning yo‘qligidir…

Janob Kamina

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammasi nikohdan keyin boshlanadi

Bir qizga unashtirilish sizga erlik maqomini toʻla bermaydi.

Yaxshisi oʻzingizni isloh qilib, niyatingizni toʻgʻri qiling, hurmatli boʻydoqlar.

#oila #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar hayotingizda o'tmishingizni unuttiradigan inson paydo bo'lsa, bu sizning kelajagingizdir!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum ustoz, men ancha vaqtdan beri o'zimdan bir yosh katta qizni yaxshi ko'rib kelaman. Qiz Islom universitetida o'qigan, taqvoli, ilmli. Yosh muammosini o'ylab uni unutishga harakat qilyapman, lekin unutaolmayapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bir yosh katta bo'lishi muammo emas, tegsa, uylanavering.

#Oila_qurish
Abdulloh ibn Jaʼfar ibn Abu Tolib oʻz qizlariga shunday nasihat qilganlar:
«Zinhor rashkchi boʻlmagin, u taloqning kalitidir. Zinhor koʻp itob qilguvchi boʻlmagin, u koʻngilsizlikni keltirib chiqaradi. Surma qoʻyib yurgin, ziynatlarning eng afzali shudir».

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/26 06:48:08
Back to Top
HTML Embed Code: