Telegram Web Link
Munosabatlarni buzadigan narsa faqat yolg'on va xiyonat emas, e'tiborsizlik, rag'batning yo'qligi va uning uchun biror narsa qilishni xohlamaslik ham muhabbatni o'ldiradi.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzingizni oʻzgartirmas ekansiz, hammadan yordam kutib yashaysiz

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu aleykum.
Men yaqinda bir yigitga unashtirildim. U bilan tanishganimizga bir yildan oshdi. Uydagilar qistovi bilan uchrashuvga chiqqanda tanishganmiz. Lekin o'tgan bir yil ichida sevishib gaplashib yurmadik. Uni yaxshi yigit, hurmatimni joyiga qo'yadi deb o'ylardim. Unashtirilgandan keyin u yigit menga o'z hukmini o'tkazib ho'jayinchilik qila boshladi. O'qimishli bo'lganim uchunmi, yoki shu paytgacha hech kim menga bunaqa munosabatda bo'lmagani uchunmi bu menga erish tuyilyapti. To'ygacha gaplashmay yuraylik desam u ko'nmayapti. Shu holatda qanday yo'l tutganim afzal?
Javob uchun oldindan raxmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. To'ygacha gaplashmaslik kerak. Nega gaplashmaslik kerakligini unga tushuntiring. Rozi bo'lsa ham, bo'lmasa ham gaplashilmaydi. Kerak bo'lsa, kattalar buni taqiqlashga haqli.

#Oila_qurish
Xatoni tan olmoq uni tuzatish yo'lidagi ilk qadamdir.

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandli bo'lish bilan ayolning eriga bo'lgan e'tibori kamida 50 % ga kamayadi. Bu albatta erkak kishiga malol kelishi mumkin — garchi ayoli o'zining bolasiga qarayotgan bo'lsa ham. Bola sababli ayoli bilan bemalol suhbatlashib o'tira olmaydi, bir joyga xotirjam chiqa olmaydi, hatto tungi rejalarga ham bola ta'sir o'tkazadi. Buni biroz oldini olish uchun erkak ham bolasiga qarashda yordamlashishi kerak, ayoli dam olib olsin bu vaqtda. Imkon bo'lsa, ishonchli enaga yordamidan ham foydalanish mumkin. 1-2 oyda bir marta bo'lsa ham bolani buvisi yoki boshqa yaqinlarga qoldirishni imkoni bo'lsa, er-xotin yolg'iz sayrga chiqib kelsin. Toki bolali bo'lish bilan oralari uzoqlashib ketmasin, o'zaro yaqinlik, muhabbatni saqlab qoling!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er mashinada ishga ketgan xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:

— Xotin, yo‘lda hushyor bo‘l, hozir radiodan eshitdim, shaharda bitta tentak mashinani faqat qarama-qarshi yo‘ldan haydayotgan emish. Yana ro‘parangdan chiqib qolmasin!

Xotin:
— Bitta mashina deysizmi, dadasi?! Mendan boshqa hamma mashina teskari yuribdi, hammasi...

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yangi qo'shilgan obunachilarga xush kelibsiz deymiz va siz uchun foydali bo'lgan boshqa telegram kanallarimizni ham tavsiya qilamiz:

Kitoblarim haqida

Kitoblarimga taqrizlar

Savol-javoblar

Shaxsiy blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Yosh oilalarda ajrashib ketishga sabab nima?

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Janjal vaqtida bunday qilmang

Orangizda kelishmovchilik, janjal yuzaga kelsa, gapni juftingizning shaxsiyatiga yo'naltirmang. Siz bu haqida gaplashish uchun imkon topasiz, hozir yuzaga kelgan muammoni hal qilib oling.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, mening fotiham buzildi ayrim oilaviy sabablarga köra... Biz bir birimizga yoqgan edik. Lekin u yigit meni namoz öqiyman, (öqiyapman) deb aldagan ekan, buni keyinroq yigitning onasidan bildik. Agar u tarafdan yana uylanish taklifini beriladigan boʻlsa shu yigitga turmushga chiqishim töğri böladimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Dindor yigitga turmushga chiqish tavsiya qilingan.

#Oila_qurish
Baxtli er-xotin bo'lish uchun amal qilish kerak bo'lgan qoidalar:

• Agar sherigingiz sizdan telefoningizni olib qo'yishingizni so'rasa, darhol buni bajaring. Bu iltimosni iltifot sifatida qabul qiling: u siz bilan vaqt o'tkazishni xohlaydi.

• Hissiyotga berilganingizda noxush gap aytishdan oldin oʻylab koʻring: bu gapni hamkasbingiz yoki tanishingizga ayta olasizmi?

• Yotoqxonada bahslashmang. Yotoqxona bu hamma o'zini xavfsiz his qiladigan joy. Aks holda, sizning xonangiz janjal bilan bog'lana boshlaydi, bu esa yanada ko'proq nizolarga olib keladi.

Shu fikrga qo'shilasizmi?

🔥 - Ha
🌚 - Men boshqacha fikrdaman.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birga yashash bir-birimizni qabul qilish demakdir

Biz har birimiz o'zgacha bir dunyomiz. Jumladan, juftimiz bilan farqli jihatlarimiz ham talaygina bo'lishi mumkin va bu farqlarni qabul qilish muhimdir.

Agar siz yotishdan oldin yurishni yoqtirsangiz, lekin u buni qilmasa, uni majburlamasligingiz kerak. Agar u muzeyga borishni yaxshi ko'rsa va siz buni yoqtirmasangiz, unda siz bormaslikka haqlisiz.

Ammo, shu bilan birga, agar bir-biringizga yon bossangiz, birgalikda ajoyib vaqt o'tkazishingiz mumkinligini unutmang.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum salomatmisiz,  oldindan rahmat javob uchun.
Savolim shundayki, avgustda turmush quradiganman bir yigit bilan. Ularni yoshi 28 da, meni yesa 19. Qanaqa  menga maslahat berasiz kelasi yangi oilamda chiroyli va yaxshi hayot kechirishim uchun, nimalar qilishim kerak.  Oilada katta farzandman, hamma narsani o'zim mustaqil  qilishga hamda rus gruppalarda tahsil olganim  uchun sharta- sharta, qog'ozga o'ramay boricha  gapiraman. Ularni oilalari milliy qadriyatlarga juda qattik hamda sof o'zbek oila.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shartakilik qilmang, ularning oilasiga moslashing.

#Oila_qurish
Yolg'iz kishi hayot mashaqqatlarida bir yelkadosh izlab oila quradi, keyin u unga usiz qanchalar mashaqqati oz ekanini ko'rsatib qo'yadi!

#Tabassum #oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizga dunyoni berishingiz shart emas

Balki unga birgina shirin soʻzingiz va mehringiz kifoyadir.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar siz juftingizning ortidan borib, uzoq quchib tursangiz, u bilan halovatli hayot kechirar ekansiz.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/25 19:23:04
Back to Top
HTML Embed Code: