Telegram Web Link
Na ajrashadi, na yashaydi...

#Savol: Assalomu alaykum.
Mening turmush qurganimga 5 yil boʻldi. Erim chet elda ishlaydi. 5 yilda yil orasi 6 oy birga yashadik. Ikki nafar: 4 yoshli qiz va 9 oylik o‘g‘il farzandimiz bor. Turmush oʻrtogʻim bizga umuman e’tibor bermaydi. Oila xarajatlari — hamma narsa mening boʻynimda. Bizdan hatto telefon qilib holimizni soʻramaydi ham. Men boshqa oila qurmoqchiman. Oxirgi vaqtlarda sog‘ligimda muammolar bor. Yo ajrashishga yo‘l bermaydi. Yo yashashni xohlamaydi. Qanday yoʻl tutsam boʻladi? Javob uchun rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ajrashishga haqlisiz. Ammo avvalo ochiq gaplashib olish, tushuntirishga harakat qilish kerak. Odamga o'xshab yashamaydigan bo'lsa, javobingizni olasiz. Bunga ham ko'nmasa, kattalarni aralashtirish, diniy idoraga borish, mas'ul shaxslar: mahallakom, sud kabi kishilar yordamidan foydalanishingiz mumkin.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko'z yoshlari tabassumdan ko'proq narsani anglatadi. Chunki biz deyarli hammaga tabassum qilamiz, lekin faqat sevganlarimiz uchun yig'laymiz.

#Shunchaki #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayolingiz sizni hurmat qilishini istasangiz, siz bu ishni qilmang.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Inson sevmasa ham qizg'anishi mumkin, lekin qizg'anmay turib sevish sevgi emas!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mutоlaa xatоsiz yozishni o‘rgatadi 📝

Kitоblar imkоn qadar imlоviy xatоlarsiz nashr qilinadi. Yoshligimda kitоbdan xatо tоpaman deb bоlalarcha qiziqar edim, оnam shunda: “Kitоbda xatо bo‘lmaydi, bоlam”, – derdilar. Bir kuni bitta imlоviy xatо tоpganimda katta ish qilgandek o‘zimga qоyil qоlganman. Shundan buyon kitоbdan imlоviy xatо tоpishga qiziqishim saqlanib qоldi va bu meni musahhih bo‘lishga yetakladi.

Kitоblarni diqqat bilan o‘qish natijasida ushbu kasbga yo‘naldim. Bir do‘stimiz: “Kitоb o‘qib hech narsa o‘rganmagan taqdiringda ham so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rib оlishing mumkin”, – degan edi. Bu ham kitоb o‘qishning fоydalaridan biridir.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar er boʻlmang, erkak boʻling

Ayolingiz xizmatingizni qilaman deb yelib-yugursa-yu, siz ovqatning tuzi pastligidan nolisangiz.

Aslida siz ushbu narsani talab qilsangiz maʼqulroq edi. Tafakkur qiling, yuqoridagi lavhani tafakkur qilishini xohlaydigan yaqiningizga yuborib qoʻying.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatning qadriga yeting

Muhabbat — er-xotin munosabatlarining asosi. Har kuni bir-biringizga mehr ko'rsating, tushunishga harakat qiling va birgalikda vaqt o'tkazishni unutmang. Kichik e'tiborlar, samimiy so'zlar va qo'llab-quvvatlash munosabatlaringizni mustahkamlaydi va muhabbatingizni yanada ziyoda qiladi. Bir-biringizni qadrlang va muhabbatingizni asrang.

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollarga qiziqishim yo‘q

#Savol: Assalomu alaykum. Yoshim ham uylanadigan vaqtga kelib qoldi. Lekin negadir ayol kishiga nisbatan qiziqishim yo‘q. Uchrashuvlarga chiqsam hech qanday qizlar yoqmaydi. Bu holdan qanday qutulsam bo‘ladi? Oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ayollarga nisbatan qiziqishning yo‘qligi turli sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin va buni hal qilish uchun bir qancha yo‘llar mavjud. Quyida ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:

1. O‘zingizni o'zingiz tushunishga harakat qiling: O‘z his-tuyg‘ularingizni chuqurroq nazar soling. Rag'batsizligingizning sababi nimada? Stress, xavotir, psixologik travma yoki boshqa omillar bo‘lishi mumkin.

2. Ishonchli kishilardan maslahat oling: Yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bilan bu mavzuda ochiqchasiga suhbatlashing. Ularning maslahatlari yoki qo‘llab-quvvatlashi sizga yordam berishi mumkin.

3. Mutaxassis bilan maslahatlashish: Psixolog yoki psixoterapevt bilan suhbatlashish sizga bu holatning sabablarini aniqlash va uni qanday hal qilish mumkinligini tushunishga yordam beradi.

4. Sabrsizlik qilmaslik: O‘zingizga vaqt bering va sabrli bo‘ling. Qiziqish paydo bo‘lishi vaqt talab qilishi mumkin.

5. O‘zni isloh qilish: Shaxsiy rivojlanish va o‘z-o‘zini anglash bilan shug‘ullanish. Kitob o‘qish, ruhiy poklanish, sport bilan shug‘ullanish va yangi hobbilar orttirish ruhiy va jismoniy holatingizni yaxshilashga yordam beradi.

6. Ijtimoiy muloqot: Turli ijtimoiy tadbirlarga qatnashish va yangi do‘stlar orttirish orqali odamlar bilan muloqot qilish ko'nikmangizni rivojlantiring. Bu bilan o‘zingizni erkin va qulay his qilishingiz mumkin.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turmush oʻrtogʻingiz uchun sevimli ayol boʻlishni istaysizmi?

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sen yoqtirgan narsalarni yoqtirish naqadar yoqimli!

#Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hamma inson ham togʻ kabi emas, suyanavermang!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onamning aytganiga ko‘naymi?

#Savol: Assalomu alaykum. Mening yoshim 24 da. Lekin haligacha uchrashuvga chiqib ko‘rgan yigitlar ko‘nglimga yoqmayapti. O‘zim o‘qimishli qiz bo‘lganim uchun o‘qigan yigitga turmushga chiqishni istayman. Yoshligimdan otam musofirchilikda ishlaydi. Shu sababli men kelajakda farzandlarim otasini sog‘inib yashashlarini umuman istamayman. Lekin oilam "Yoshing o‘tib ketadi. O‘qimagan bo‘lsa nima qilibdi?" degan gaplar bilan turmushga chiqishga majbur qilishyapti. Men esa xohlamayman. Iltimos, menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. O'qimaganlarning hammasi ham chet elga ishlamaydi-ku. Qo'lida kasb-hunari bor yigit bo'lsa ham turmushga chiqsangiz bo'ladi. O'qimagan bo'lsa ham ilmga muhabbatli, kitobxon yigitlar ham bor-ku. Shunday yigit bo'lsa, sizga ham ma'qul keladi deb o'ylayman. Alloh baxtingizni bersin!

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechirib yashash yaxshi

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatingizni juftingizga uch narsa bilan namoyon qiling:

Harakatlar: quchoqlash, sovg'alar...

So'z: dil izhori va shirin so'zlar.

E'tibor: unga e'tibor bering, suhbatlashing, u bilan qiziqing.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt boʻlmasa, butun vaqtini ularni buzishga bagʻishlagan kishilar bor.

Xolid Xulaybiy

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erim juda rashkchi

#Savol: Assalomu alaykum. Turmush o‘rtog‘im juda rashkchi. Keragidan ortiq bo‘g‘ilib ketyapman. Hatto 3-4 yoshli bolalardan ham rashk qiladilar. Nima qilsam bo‘ladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Eringiz bilan rashk borasida ochiq gaplashib oling. Buncha rashkiga sabab nima ekanini biling. Ba'zilar ayolining e'tiborini qizg'anadi. Shuning uchun yosh va jins tanlab o'tirmay, kimdan bo'lsa, rashk qilaveradi. Holat shunday bo'lsa, siz unga yanada ko'proq e'tibor qilib, uning ham biroz siz tomonga yon bosishini iltimos qilishingiz kerak bo'ladi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar mijozlarning ahmoqona gaplariga sabr qilgandek, juftimizning ham ba'zi kamchiliklariga sabr qilsak, baxtli bo'lib ketarmidik!

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erim boshqaga uylanaman deyapti

#Savol: Assalomu alaykum!
Turmushga chiqqanimga 2,5 yil boʻldi. Shu boʻyi hisoblaganda turmush oʻrtogʻim bilan 6 oy yashaganmiz. 19 yoshdaman. Turmush oʻrtogʻim chetda ishlaydi. Shaxsiy telefonim yoʻq. Bir haftada bir qachonki uydagilar telefonni bersa gaplashamiz. "Tugʻruqdan soʻng oʻzgargansan. Boshqa xotin olaman" deydilar. Men bilan umuman yaxshi gaplashmaymaydilar. Bunaqa eʼtiborsiz boʻlganlari uchun koʻp asabiylashaman. Ota uyimga ham qaytib bormay deb sabr qilyapman. Ammo sabrning ham chegarasi bor. Erim bilan yashashni xohlayman. Qanday yoʻl tutay?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmush o'rtog'ingiz tug'uruqdan keyingi qanday o'zgarishni nazarda tutganini aytmabsiz, shuning uchun yana uylanish qay darajada zarurligini bilmadim. Umumiy olib qaraganda, tug'uruqdan keyin tabiiy ravishda ayolda o'zgarish bo'ladi: jismoniy jihatdan, erga e'tibor jihatdan asosan. Lekin yana uylansa, u ayol ham bolali bo'ladi-ku. Har gal bitta bolali bo'lganda uylana olmaydi.

Hozirgi vaziyatda u yoningizda bo'lib, haqiqiy bir oila bo'lib yashashi, sizga ko'maklashishi, bolaga otalik qilishi kerak. Imkon qadar u yoningizga kelishiga harakat qiling. Yaxshi gap bilan "Siz oldin keling, birga yashaylik, hali yashamasimizdan uylanaman deyapsiz, kelsangiz, balki uylanishga hojat qolmas" deng.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol yo baraka bo'ladi, yoki barakangni ketkazadi. Bu nima degani?

Javobi videoda.

#Nikoh #oila_qurish #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erim bilan ajrashmoqchiman

#Savol: Assalomu alaykum. Nikohimga 3 yildan oshdi. Erim meni kaltaklab, harom ishlar qilib xulqi yomon ayollar bilan yurgani uchun birinchi homilam nobud bo‘ldi. Menga ham kasallik yuqtirdi. Davolanib tuzaldim. Kattalar aytishgani uchun uyga qaytganman. Ikkinchi homilam vaqtida meni mixli veshelka bilan yana kaltaklagani sababli yana ayollar bilan yozishib, nomaqbul ishlar qilganini bilib qolganman. Sababini so‘rasam "sen uy ishlarini vaqtida qilmagansan. O‘sha kuni mening jahlimni chiqargansan" deb bahona qilgan. Bunday holatlar juda ko‘p bo‘ldi.Har safar yalinib ota uyimdan olib ketadi. Farzandli ham bo‘ldik. Va’dalar berib uyimdan olib ketgandi. Yaqindagina yana boshqa ayol bilan aloqada ekanligini sezib qoldim. Ajrashmoqchiman. Shuncha imkoniyatdan so‘ng ham erim o‘zgarmadi. Sog‘ligim ham yomonlashdi. Farzandimning bunday muhitda o‘sishini istamayman. Nima qilishim lozim?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Istixora qiling, ish qaysi tomonga osonlashsa, shuni qilasiz.

#muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/16 12:54:59
Back to Top
HTML Embed Code: