Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi qizni qanday topsa boʻladi?

Koʻpchilik boʻydoqlarimiz uylanish arafasida munosib qizni qidirib qolishadi.

Qanday topaman axir, yaxshi narsaning xaridori ham koʻp boʻladi-ku deysizmi?

Video orqali siz uchun maslahat berishgan.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol FHDYOda nikoh guvohnomasini emas, balki ikkinchi mehnat daftarchasini olishini juda kech tushunadi!

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
U oddiygina “menikisiz” dedi va men hech qachon bundan yaxshi maqtov eshitmaganman.

#izhor

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bizni chetdan turib muhokama qiladigan, ayblaydigan kishilarga aytadigan gapimiz yo‘q. Zotan, chetda qolib ketgani ularga yetib ortadi...

Umida Aziz

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qaynona-qaynotam meni yoqtirmaydi

#Savol: Assalomu alaykum. Agar savolim noto‘g‘ri bo‘lsa uzr. Turmush o‘rtog‘im bilan bir-birimga ko‘ngil qo‘yib turmush qurganmiz. Alhamdulillah, bitta farzandimiz bor.Turmush qurganimizga nasib qilsa 3 yil bo‘ladi. Lekin qaynonam bilan qaynotam meni yoqtirmaydi. Xo‘jayinim ham 3 ta odamning o‘rtasida qiynalib ketdilar. Ya’ni, qaynotam, qaynonam va mening. Xo‘jaynimni ko‘rib qiynalib ketaman. Balki boshqaga uylansalar hayotlari yaxshi bo‘lib ketar deb o‘ylayman. Javob uchun rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu yechim emas. Qaynota-qaynonangizning muddaosini bilib, shunga ko'ra harakat qilish kerak. Juda kelisha olmasangizlar, alohida yashanglar. Bunga ota-onasi rozi bo'lmasa, ana unda siz aytgandek, turmush o'rtog'ingiz ularning ham oldida bitta oila qilib, sizlar bilan ham yashayverishi mumkin. Jonli majlisda tomonlarni eshitgan holda yechim taqdim qilgan afzal, yechimsiz holat emas.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayton uchun bayram qilib berishdan saqlaning

Oila degan qoʻrgʻon qachon mustahkam boʻladi? Qachonki, ikkala tomon bir qoʻrgʻon uchun harakat qilsa.

Ammo yuqoridagi video bugungi kun voqealariga juda mos keladi. Ibrat oling, yaqinlaringizga ulashib qoʻying.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Inson o'ziga ravo ko'raganini sevganiga ham ilinadi. Shuning uchun men o'qigan kitoblarimdagi eng zo'r ma'lumotlarni senga gapirib beraman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munosabatlarni buzadigan narsa faqat yolg'on va xiyonat emas, e'tiborsizlik, rag'batning yo'qligi va uning uchun biror narsa qilishni xohlamaslik ham muhabbatni o'ldiradi.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Bugun brilliant uzuk sotib olmoqchi bo'ldim. Pulimni sanadim va murabboli pirog xarid qildim.

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlar oila qurish oldidan o'tmishi haqida yigitga aytishi kerakmi?

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolning xatosi: "O'zgartirib olaman!"
Erkakning xatosi: "O'zgarmaydi!"

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muharrir xolis bo'lishi kerak 💡

“Muharrir” so‘zi tahrir qiluvchi ma’nоsini bildiradi. Tahrir esa tuzatishdir. Muharrir deganda оdatda so‘zlarning grammatik jihatdan xatо jоylashuvini, so‘z qo‘llash bilan bоg‘liq xatоlarni tuzatuvchi kishi tushuniladi. Bu turdagi muharrirlar aytilayotgan fikrni to‘g‘ri yetkazib bеrishga, uni tushunarli bo‘lishiga katta xizmat qiladi. Shu bilan birga, bоshqa turdagi muharrirlar ham bоr. Masalan, ilmiy muharrir, badiiy muharrir, tеxnik muharrir, mas’ul muharrir...

Zarurat bo‘lsa, kitоb ilmiy jihatdan ham tahrir qilinadi. Bunda kitоb yozilgan mavzuda mutaxassis bo‘lgan kishi kitоbni o‘qib, ilmiy jihatdan tuzatishlar qiladi. Birоr kitоbni ilmiy jihatdan tahrir qilayotgan kishi muallifga nisbatan xоlis bo‘lishi o‘ta muhimdir. Agar u muallifga muxlislik qilib, unga bo‘lgan hurmat-muhabbatida g‘arq bo‘lsa, uning har bir yozgan gapini to‘g‘ri deb biladi va ilmiy оmоnatga ham riоya qila оlmay qоladi. Agar aksincha bo‘lib, muallifga nisbatan g‘arazi bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan ma’lumоtdan ham nimadir qilib xatо tоpishga intiladi. Masalan, birоr ixtilоfli narsa yozilgan bo‘lsa, qarshi tоmоnning fikrini to‘g‘ri deb bilib, muallifni xatоda ayblashi mumkin. Bu esa xоlislikdan yirоqdir.

Badiiy muharrir kitоbning ichki dizayni, o‘lchami kabi masalalarni hal qiladi. U sahifalоvchi va dizayner bilan maslahatlashishi yoki ularga ko‘rsatma berishi mumkin.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Na ajrashadi, na yashaydi...

#Savol: Assalomu alaykum.
Mening turmush qurganimga 5 yil boʻldi. Erim chet elda ishlaydi. 5 yilda yil orasi 6 oy birga yashadik. Ikki nafar: 4 yoshli qiz va 9 oylik o‘g‘il farzandimiz bor. Turmush oʻrtogʻim bizga umuman e’tibor bermaydi. Oila xarajatlari — hamma narsa mening boʻynimda. Bizdan hatto telefon qilib holimizni soʻramaydi ham. Men boshqa oila qurmoqchiman. Oxirgi vaqtlarda sog‘ligimda muammolar bor. Yo ajrashishga yo‘l bermaydi. Yo yashashni xohlamaydi. Qanday yoʻl tutsam boʻladi? Javob uchun rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ajrashishga haqlisiz. Ammo avvalo ochiq gaplashib olish, tushuntirishga harakat qilish kerak. Odamga o'xshab yashamaydigan bo'lsa, javobingizni olasiz. Bunga ham ko'nmasa, kattalarni aralashtirish, diniy idoraga borish, mas'ul shaxslar: mahallakom, sud kabi kishilar yordamidan foydalanishingiz mumkin.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko'z yoshlari tabassumdan ko'proq narsani anglatadi. Chunki biz deyarli hammaga tabassum qilamiz, lekin faqat sevganlarimiz uchun yig'laymiz.

#Shunchaki #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayolingiz sizni hurmat qilishini istasangiz, siz bu ishni qilmang.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Inson sevmasa ham qizg'anishi mumkin, lekin qizg'anmay turib sevish sevgi emas!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mutоlaa xatоsiz yozishni o‘rgatadi 📝

Kitоblar imkоn qadar imlоviy xatоlarsiz nashr qilinadi. Yoshligimda kitоbdan xatо tоpaman deb bоlalarcha qiziqar edim, оnam shunda: “Kitоbda xatо bo‘lmaydi, bоlam”, – derdilar. Bir kuni bitta imlоviy xatо tоpganimda katta ish qilgandek o‘zimga qоyil qоlganman. Shundan buyon kitоbdan imlоviy xatо tоpishga qiziqishim saqlanib qоldi va bu meni musahhih bo‘lishga yetakladi.

Kitоblarni diqqat bilan o‘qish natijasida ushbu kasbga yo‘naldim. Bir do‘stimiz: “Kitоb o‘qib hech narsa o‘rganmagan taqdiringda ham so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rib оlishing mumkin”, – degan edi. Bu ham kitоb o‘qishning fоydalaridan biridir.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar er boʻlmang, erkak boʻling

Ayolingiz xizmatingizni qilaman deb yelib-yugursa-yu, siz ovqatning tuzi pastligidan nolisangiz.

Aslida siz ushbu narsani talab qilsangiz maʼqulroq edi. Tafakkur qiling, yuqoridagi lavhani tafakkur qilishini xohlaydigan yaqiningizga yuborib qoʻying.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatning qadriga yeting

Muhabbat — er-xotin munosabatlarining asosi. Har kuni bir-biringizga mehr ko'rsating, tushunishga harakat qiling va birgalikda vaqt o'tkazishni unutmang. Kichik e'tiborlar, samimiy so'zlar va qo'llab-quvvatlash munosabatlaringizni mustahkamlaydi va muhabbatingizni yanada ziyoda qiladi. Bir-biringizni qadrlang va muhabbatingizni asrang.

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 16:38:11
Back to Top
HTML Embed Code: