Telegram Web Link
— Sizga bir ish bor.
— Ha, labbay?
— Foydali ish.
— Ha, maashaalloh.
— Bir umr meni sevish!
— Men shu bilan bandman.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er — oilaning rahbari. Lekin bu rahbarlik ishxonadagi rahbarlikdan farq qiladi. Ishxonada bir xodim xato qilsa, uni almashtirsangiz bo'ladi, ammo xotinni almashtirish uchun kichik xatolar sabab bo'lolmaydi. Shuning uchun oila rahbari kechirimli, marhamatli bo'lishi kerak. Bunday erni ayol ham sevadi, hurmat qiladi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechirishni biling. Bu avvalo o'zingiz uchun kerak, sizni xafa qilganlar uchun emas. Kechirish orqali siz ruhiy halovat, xotirjamlikni topasiz.

#Muammo
#psixologiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, ustoz!

Bir qizga sovchi qoʻymoqchi boʻlgandim. Qiz qoriya, yaxshi joyda oʻqiydi, lekin ota-onasi uydagilarga yoqmabdi. Qiz haqida hech kim birorta yomon gap aytmadi, shu holatda nima qilinadi, ustoz?

Javob:

— Va alaykum assalom. Ota-onasi nima sababdan yoqmaganiga bog'liq. Jiddiy sabab bo'lsa, boshqa qiz ko'ring, bo'lmasa, ya'ni qiziga uncha ta'sir qilmaydigan kamchiliklari bo'lsa, shu qizga uylansangiz bo'ladi. Buning uchun ota-onangizga yotig'i bilan tushuntirish kerak. Buni ularga gapirishga haddi sig'adigan kattalar yoki "erkatoylari" gapirishi mumkin. Saodat asrida ba'zi masalalarda Payg'ambarimiz alayhissalomning suyuklilari bo'lmish Usoma roziyallohu anhuni oraga qo'shar edilar.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Yigit uylanmoqchi bo'lgan, gaplashib yurgan, keyin aynib qolgan...

Azizlar, sizlardan juda ko'p savol kelyapti. Shuning uchun matn va video shaklda javob berib turmoqchiman.

Kanalda savol-javoblar ko'proq berib borilsa, sizga malol kelmaydimi?

Qarshi bo'lmasangiz, 🔥 bilan munosabatingizni bildirsangiz, iltimos.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.

Uchrashuvga chiqadigan yoki birinchi marta chiqayotgan qizlarga maslahat bering:
• Qanday savollar berish va qanday savollarni kutish kerak?
• Qanday insonni tanlashimiz lozim?
• Nimalarga eʼtibor berishimiz kerak?
• O'zimizni qanday holda tutishimiz kerak?
• Uchrashuv qancha vaqt davom etishi kerak?
• Uchrashuvga qanday holatda chiqishimiz kerak? Oʻzimizga qarab chiroyli boʻlib chiqish kerakmi yoki yoʻq?

Balogʻat yoshidagi qizlarga tushuntirib oʻtsangiz. Javob uchun oldindan rahmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh.

Bu ancha keng mavzu, batafsil ma'lumotni biror kurs yoki kitobda keltiraman, inshaalloh. Ammo ba'zi savollaringizga hozir javob yozaman:

• Dini va xulqidan rozi bo'ladiganizni tanlang.
• Har bir gap-so'ziga, harakatiga e'tiborli bo'ling.
• O'zingizni boringizcha tuting, nomahram erkak bilan muloqot qilayotganingizni unutmang.
• Uchrashuv vaqti bir piyola choy ichib bo'lguncha deb tavsiya qilingan ekan, ammo men buni kam deb o'ylayman. Ortiqcha gapga o'tmagan holda zarur savollarga javob olguncha bo'lgan muddatda suhbatlashishni tavsiya qilaman. Albatta, bunda yolg'iz qolinmaydi.
• Odatda ko'chaga qanday chiqsangiz, shunday chiqasiz. O'zingizga qarang, lekin e'tiborni tortadigan darajada chiroyli bo'lib chiqilmaydi. Xususan, oshiqcha bezanishlarsiz.

#Oila_qurish #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xonadonlarimizda amal qilinishi tavsiya qilinadigan 10 qoida:

1. Har bir xonaga kirishda ruxsat so'rang.
2. Ko'chaga chiqish uchun ayol eridan, bolalar ota-onasidan ruxsat so'rasin.
3. Har kun kamida ikki marta tishlarimizni yuvaylik.
4. Haftada kamida bir-ikki marta cho'milish lozim. Yoz kunlarida esa har kun.
5. Barcha yaxshi ishlarda ayol eriga, bolalar ota-onaga itoat qiladi.
6. Xonadon a'zolari o'z oralarida va qo'shnilar bilan salomni keng yoysin.
7. Qo'shnilarga kamida haftada bir marta ovqat uzatib turing.
8. Kamida haftada bir marta qarindosh-urug'lardan hol so'rang.
9. Xonadondagi uy ishlariga qizlar onaga, o'g'il bolalar erkak kishi qiladigan ishlar, xususan, axlat to'kishda yordam beradi.
10. Uy hayvonlari, uy atrofidagi hayvonlarga muruvvat ko'rsating. Shuningdek, hovli va ko'chadagi daraxtlar, ko'chatlar, o'simliklar parvarishiga e'tibor qiling.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tarbiya-chi?

📌 Qadimdan solih insonlar farzand tarbiyasiga katta e’tibor qaratishgan. Chunki xalqning, millatning taraqqiyoti yoki zavoli farzandlarning tarbiyasiga uzviy bogʻliqdir.

📚 Bugun e’tiboringizga ana shunday mas’uliyatli vazifada sizga koʻmakchi boʻla oladigan kitobni tavsiya qilmoqchimiz.

📚Kitob nomi — Tarbiya-chi?
📒Muqova — Yumshoq
📝Sahifa — 192 bet
💵Kitob narxi — 25 000


🧑‍💻 Buyurtma uchun: chakana | ulgurji

📞 Sotuv bo‘limi: 712164441
996922328

📍 Manzil: Google maps | Yandex
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
«Gapni gapga qo‘sh» 💬

🎈 Bolaning xayolidan bir daqiqada qancha narsa o‘tadi. U bular bilan bo‘lishgisi keladi va kimning yoniga yuguradi, albatta, onasining. Bunda onaning nima qilayotgani, kim bilandir gaplashayotgani umuman ahamiyatga ega emas.

🌟 «Dugonam bilan gaplashayotganimda 3 yoshli o‘g‘ilchasi yoniga kelib, nimanidir aytgisi keldi. Bizning suhbatimizni bo‘lish o‘rniga u onasining qo‘liga qo‘lini qo‘yib, kuta boshladi. Dugonam qo‘li bilan jim tur degandek ishora qildi va biz suhbatimizni davom ettirdik. Dugonam boshlagan gapini tugatgach, o‘g‘lini bag‘riga bosib, ikkalasi gaplashishni boshlashdi. Nahotki, shunchalar oson, baqir-chaqirlarsiz bolaning sabr bilan kutishiga erishish mumkin bo‘lsa».

⏩️ Buni men ham o‘rganib oldim va uyga kelib, farzandlarim bilan bir narsaga kelishib oldik: agar bolalarim menga nimanidir aytmoqchi bo‘lsa, qo‘limni ushlab oladi va kutib turadi, men esa gapimni qisqa qilib, keyin unga e’tibor qarataman. Bu biz tushunadigan ishora bo‘ladi.

Bir necha tajribadan keyin biz shunga o‘rgandik: bolam kelib, qo‘limni qattiqroq ushlab oladi va kutib turadi, men tushunib olamanki, uning menga gapi bor. «Kutib tur», «O‘ynab tur», «Ko‘rmayapsanmi, gaplashyapman-ku», «Gapni gapga qo‘sh» deyishga hojat yo‘q.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Oilada kelinimiz (aygʻoqchilik qilishi) uydagi gapni ota uyiga telefon orqali aytib turishini men bilib qoldim. Akamni hurmatini qilmas ekanlar, uyimizda nega yashayotganini bilmayapman. Akamni baxti uchun indamay yuribman, bizlarni onasiga yomonlar ekan, shubhalanib yurgandim, shubhalarim tasdiqlandi. Onamga ham aytdim. Lekin bu ishim toʻgʻrimi, endi men nima qilishim kerak?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avval o'zi bilan gaplashib ko'rsangiz bo'lardi, mayli, endi aytibsiz, oyingiz, akangiz gaplashib, tushuntirsin. Bu ishi noto'g'ri ekanini uqtirish kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iftor vaqti yaqinlashganda 😁

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Ayol nega xiyonat qiladi?

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Yoshim 23 da. Ota-onam uzoqroq qarindoshimizga turmushga berishmoqchi. Boshida yigit mendan 2 yosh kichkina boʻlgani sababli rozi boʻlmadim. Keyin yaxshi yigitdir deb guvohlar ishtirokida uchrashdim. U ham menga uylanish niyati yoʻqligini aytdi va qoʻrs gapirdi. Hozir umuman unga turmushga chiqishni xohlamayman, lekin ota-onam shu yigitga tegmasang sendan rozi emasmiz deyishyapti. Qanday yoʻl tutay? Javob uchun oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ota-onangizga yaxshilik bilan uzr aytgan holda u yigitga tegmang. Rozi emasman deyishi noo'rin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Erkak kishilarning boldir, son, hatto boshqa joylari bo‘rtib turadigan shimlar, yuqori qomatlari aniq bilinib turadigan ko‘ylak, futbolkalar kiyishi urf bo‘lib, oriyatli odam ayolini umuman ko‘chaga chiqara olmaydigan holat paydo bo‘ldi. Mabodo "Nima bo‘libdi kiysa?!" deyishlari mumkin. Masalan, bir ayolning oldida begona bir erkak tarang yopishgan kiyim kiyib, metroda yonma-yon turishi, yo‘lda oldida yurishi xunuk ko‘rinadi. Har kim ayolini qizg‘ongani kabi u yo‘lovchi ayolning ham qizg‘onadigan eri bor. Avvalgilarimizning ko‘ylaklari bejizga uzun etakli, keng belli tikilmagan. Kishining qomati boshqalarga bilinmagan.

Kiyim kiyishda faqat ayollarga emas, erkaklarga ham belgilangan odoblar bor. Jamoat joyida ana o‘shanday kiyim kiyib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan ayol oriyatli erkakka qanday xunuk ko‘rinsa, erkak ham iffatli ayolga shunday ko‘rinadi.

Tor kiyim kiyish erkaklarga ham yaxshi emas. Kengrog‘ini kiyaveraylik.

Salim Ayyubiy

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha,  ro'za, saharlik, iftorlik  ota-ona va farzandlarning bir-biri bilan yanada bog'lanishga ajoyib fursat deb o'ylayman. Bundan tashqari, bolada dinga bo'lgan muhabbatini uyg'otishda ajoyib imkoniyat.

Ona shundoq ham bolalar bilan doim birga. Lekin ota ko'pincha ishda, ko'chada bo'lgani uchun bola bilan masofa bo'lishi mumkin. Ramazonda ham ota hadeb do'stlari bilan iftorlik qilaversa,  baqirishlarini to'xtatmasa, ramazonni oddiy kundek o'tkazaversa, bunday ota tarbiyada ko'p narsa yutqizadi.

Ota bilan yaxshi boğlana olgan bolalar jamiyatda doim o'z o'rnini topgan, ishida muvaffaqiyatli, boshqalar bilan muomalada qiynalmaydigan bo'lib kamol topadi.

Ota bilan yoshligida  bog'lana olmaydiganlar, kelajakda uylanib, ayoli bilan ham katta muammolarga uchrashi tayin....

Ummu Fotih

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 04:24:05
Back to Top
HTML Embed Code: