Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Menga oʻzingni boshlab kel, bolam

Ortiqcha izohlar va soʻzlarsiz yuqoridagi lavhani tomosha qiling.

Ulashishingizga va yana ulashishingizga arziydi.

#oila

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Janjallashmaslik va munosabatlarni buzmaslik uchun bir oddiy, ammo juda ta'sirli ibora bor: "Siz aybdor emassiz!"

#Muammo #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KIYIM 🧕

Ayolning ko‘chada kiyadigan kiyimidan uyida kiyadigan kiyimi ko‘proq bo‘lsin. Chunki ayollar odatda ko‘chadan ko‘ra ko‘proq uyda bo‘ladilar. Uyda turmush o‘rtoqlariga go‘zal ko‘rinishlari kerak. Doim bir xil libosda ko‘rinaverib, e’tiborni ham tortmaydigan holatga tushib qolmaslik kerak. Ayniqsa, yolg‘iz qolganda kiyadigan kiyimlarga e’tiborli bo‘ling.

Uyning ichi-ku deya eskirib ketgan, birov ko‘rganda xijolat chekiladigan kiyimlarni kiyib olmang. Ulardan voz keching.

Xonadonda nomahramlar bo‘lsa, satrlanib yuriladi. Qaynota mahram bo‘lsa-da, uning yonida tor-tarang, ochiq-sochiq kiyinish ham yaxshi emas.

«Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Baxtli hayot, farovon oila haqidagi tavsiyalarimiz hamisha amal qilsa bo'ladigan (amal qilingan) va inson tabiati, aqliga to'g'ri keladigan bo'lishiga harakat qilamiz.

Ularning hammasiga amal qila olmasangiz, imkoningiz yetguncha amal qiling. Ishoning, oilangiz juda baxtli, halovatli bo'ladi, inshaalloh.

Avval xatolar qilgan, ko'p yillik oila bo'lsangiz, endi hammasi iziga tushishiga ancha vaqt kerak bo'ladi. Yaqinda oila qurgan (quradigan) bo'lsangiz, boshidanoq bu ko'rsatmalarga amal qilsangiz, inshaalloh, asal oyi emas, asal hayot kechirasiz!

Darvoqe, "Asal oyi emas, asal hayot" kitobimiz har bir oilada bo'lishi kerak, kelinlar sepiga qo'yiladigan kitobdir, alhamdulillah!

Yana oila mavzusidagi boshqa muhim kitoblarimiz ham bor. Aytmoqchimanki, men shunchaki bloger, reklama qo'yib pul topish uchun obunachi yig'adigan kishi emasman! Siz aynan mutaxassis kishining kanalidasiz! Oilaviy masalalarda oflayn va onlayn dars beradigan, konsultatsiya beradigan, kitoblar yozadigan kishining!

Kanal manfaatli bo'layotgan bo'lsa, yaqinlaringizga ham tavsiya qiling!

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak to'qchilikda, ayol yo'qchilikda sinaladi!

Juftingiz ikkala holatda ham o'zini bir xil tutmoqdami, demak, u sizga sodiq, sizni sevar ekan! Unga siz keraksiz!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
MUHIMI PUL EMAS, AMMO… 😉

Erkaklar, iqtisodiy erkinlik sari harakat qiling.

🖇️ musulmon kishi boy bo‘lsa, oilasiga, yaqinlariga, jamiyatiga foyda keltiradi;

🖇️ oilaviy baxt faqat pul bilan bo‘lmasa-da, oila farovonligi, totuvligi uchun pulning ham ahamiyati bor;

🖇️ oylikka qarab qolmang, ko‘ngil tusaganda oilani olib, safarga chiqib ketish imkoni bo‘lsin;

🖇️ o‘zingiz, ahlingiz va farzandlaringiz ta’lim-tarbiyasi uchun ham pul kerak;

🖇️ gohida restoranda ovqatlanib turishning ham o‘zgacha gashti bor;

🖇️ boy bo‘lish istagan ovqatini yeya olish emas, istagan kitobini sotib olishdir. Aslida, kitoblar ovqatdan arzon, bu ham sizning foydangizga;

🖇️ ishlab pul topishdan bir kun charchaysiz, pulingiz pul topishiga harakat qiling;

🖇️ “hayotda muhimi pul emas, ammo buni bilish uchun ko‘p pul kerak” deyilgan hazilda albatta, eng muhimi pul emas, ammo pul ham o‘z ahamiyatiga ega. Xususan, oilaviy baxt, farovonlik uchun.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldan yoshlar uchrashganda bir-biriga ma'qul bo'lsa-yu, ammo kattalar norozi bo'lsa, nima qilish kerak?

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bugungi kunda aksar erkaklar oilasini haloldan ta'minlash, yaxshi sharoit qilib berish uchun o'zini o'tga, cho'g'ga urib bo'lsa-da vazifasini ado qilish harakatidalar. Chunki tirikchilik tashvishi, ayniqsa, uni harom aralashtirmay topish masalasi kun sayin ortib bormoqda.

Oylik 10 % ga oshsa, narxlar 50 % ga oshadi. Keyin erkak bunga bas kelish uchun uyda ham, ko'chada ham ishlashiga to'g'ri kelishi mumkin yoki kimlardir 2-3 ta ishda ishlaydi.

Albatta, erkak kishi oilasiga ham vaqt ajratishi kerak. Bu gaplarimiz ularning mashaqqatlarini biroz eslatish uchun, xolos. Turmush o'rtog'ingiz yoki sizning ta'minotingizni qiluvchi aka-uka, o'g'il kabi yaqinlaringizni qadrlang, #ayollar!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Oltinchisi: ochlik, ya’ni ro‘za tutish.
Bu eng zo‘r usullardan biri bo‘lib, bola nafsini tiyishni, judayam qorni ochgan, chanqagan paytda ham sabr bilan kutishni, kambag‘allarga past nazar bilan qaramaslikni o‘rganadi.

Miskinlar hayotini oz bo‘lsa-da his etadi. Boshlanishiga yarim kun, keyin esa 1 kun... Shunday qilib bolani ochlikka ko‘niktirib boriladi.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jins tanlamay seni rashk qilaman — e'tiboringni qizg'anaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishiga turmush oʻrtogʻining qaysi sifati koʻproq yoqadi?

Har bir insonning alohida eʼtirofga loyiq sifatlari talaygina.

Ziqna, qoʻpol deydigan oʻsha turmush oʻrtogʻingizning ham albatta bir yaxshi sifati bor.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, baxtli hayot sirlariga doir ma’lumotlar kun sayin ko‘payib bormoqda. Bu haqida kitoblar yozilyapti, TVda ko‘rsatuvlar qilinyapti. Chunki bunga ehtiyojimiz bor. Agar oilalarni baxtli bo‘lishiga erishsak, jamiyat gullab-yashnaydi.

TVdagi bir ko‘rsatuvda "baxt formulasi" haqida so‘z ketadi. Unda har kim baxtga erishish omillarini o‘zicha bayon qiladi. Kamina hurmatli ayollarga qarata baxtiyor oila qurish "formula"sini bitta gapda ifoda qilmoqchiman – bu gap izohlansa, balki bitta kitob bo‘lishi ham mumkin: Har qanday xayrli ishda turmush o‘rtog‘ingizning roziligini o‘ylab harakat qiling, zero, erning roziligi jannatga vositadir.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
U SIZNI SEVADI!.. ❤️

Uyga kelganingizda ko‘zlari sizni izlaydigan juftingiz bormi? Demak, u sizni sevadi!

Birozga ko‘rinmay qolsangiz, izlab qolib, xavotir olib qo‘ng‘iroq qiladimi? Demak, u sizni sevadi!

Og‘ir damlarda yelkangizga bosh qo‘yib yig‘lashga jur’at qila oladimi? Demak, u sizni sevadi!

Siz uxlamasangiz, uyqusi kelmay, uyda bo‘lmasangiz, halovati yo‘qoladimi? Demak, u sizni sevadi!

❤️ U sizni sevadi!..

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhtaram erkak, ayolingiz qoriya, farzandlaringiz qori-qoriya bo'lsa ham ularga sharoit qilib beryapman deb o'zingizni aldamang. Baribir o'zingiz uchun o'zingiz javob berasiz!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollardan savol bo'ladi: erim menga bee'tibor, telefon chuqalab o'tiradi, mehr bermaydi va hokazo.

Nima qilish kerak?


#Muammo #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilaga vaqt ajratish uchun yakshanba bo'lishini kutish shart emas!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘ZGARISHIGA SABAB BO‘LUVCHI OMILLAR 💡

Quyidagilarga amal qilishingiz, ayolingizning ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi:

🤎 Doimiy yaxshi gap bilan yaxshilikka chorlov;

🤎 Go‘zal o‘rnak;

🤎 Haqqiga juda ko‘p duo qilish: o‘ziga va ortidan;

🤎 Yaxshi ayollar bilan aloqada bo‘lishini ta’minlash;

🤎 Yaxshi ustoz topish, yaxshi kitoblar o‘qishga undash;

🤎 Va, albatta, ko‘nglini oluvchi shirin so‘z hamda hadyalar.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 20:16:46
Back to Top
HTML Embed Code: