Biz hayotga bir marta kelamiz. Bu hayotni xafagarchilikda, muammolar ichida yashab oʻtish ham, xursandchilikda, baxtli yashab oʻtish ham o'zimizning qoʻlimizda. Buning uchun taqdirga rozi bo'lib, ega bo'lganimizga shukr qilishni o'rganishimiz kerak.
Nolimang, Allohdan o'zgaga shikoyat qilmang. Hamisha nekbin (optimist) bo'lishga harakat qiling – yaxshilikni o'ylang.
#tavsiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

SOKINLIK VA SAKINAT 💔
Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.
Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.
🔥 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Xarid qilish
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola nega yig'laydi?
✅ Bizning jamiyatda yig’layotgan bolani ko’pincha erkalik qilyapti “xohlagan narsasini olish uchun ataylab yig’layapti” yoki "yig’lab-yig’lab to’xtaydi, bola degan yig'laydi-da" degan noto’g’ri fikrga boradilar. Bu xato!
Chunki har bir yig’lash ortida albatta sabab bo'ladi. Agar ona bolaga bee’tibor bo’lsa, bolaning yig’isi Jenisbek Piyazovning operasiday avjiga chiqadi.
❗️Aslida, bolaning yig’lashiga sabab nima?
1. Biologik ehtiyojlar va og'riq.
2. Psixologik ehtiyojlar.
Biologik ehtiyojlar – og’riq, qorin och qolganda, chanqaganda, uyqusi kelganda, tagi ho’l bo’lganda, qo’rqqanda yuzaga keladigan ehtiyojlar.
Psixologik ehtiyojlar – bu ko'proq ona mehri yoki e'tibor yetishmasligi natijasida yuzaga keladi. Onaning ruhiy holati ham bolaga katta ta'sir o'tkazadi.
📌 Bolalarning yig'lashiga onalarning, uydagilarning o'zi ham sababchi bo'lib qoladi. Yig'laganda e'tibor qaratiladi, yig'laganda aytganini qilishadi. Natijada, bolada "yig'lasam, hamma ishim besh bo'ladi" degan tushuncha paydo bo'lib qoladi.
📍Postni oxirigacha o'qigan bo'lsangiz, endi bolangiz yig'laganda sababini topib, shunga qarab ish tuting. Yana chorshanba kuni og'ziga kalish bilan urib yotmang! ))
#tarbiya

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin oʻzim tarbiyalab olaman
Uylanishdan oldin baʼzi yigitlarimiz oila qurishda sal shoshib qoʻyishadi.
Oʻzlarini isloh qilmasdan, oila ilmini oʻrganmasdan va toʻgʻri sabablarga suyanmasdan toʻyga harakatni boshlashadi.
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Qanchalik kech turmush qursang, uchrashuvlar shunchalik ishga olishdagi suhbatga o‘xshab boraveradi.
Mavlon Marasulov
#Tabassum #oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mavlon Marasulov
#Tabassum #oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayotiy tajribalarimdan xulosa qilgan yana bir achchiq haqiqatim
Yosh onalar biz qilgan xatolarga yo'l qo'ymasin degan maqsadda ulashyabman.
E'tibor berganmisiz, bolalar toza fitratda, asl tabiatida harakat qiladilar. Bor hissiyotlarini yashirmasdan oshkora ko'rsata oladi, xohish-istaklarini ifoda etishga harakat qiladi. Ularda tashqi muhitdan qo'rquv va yoki o'ziga ishonchsizlik bo'lmaydi. Fitrati va tabiati aslidan ancha uzoqlashib ketgan biz kattalardir. Fitrati asliga yaqin bo'lgan bolani o'z qolipimizga solishga harakat qilamiz. Bolani emas, egoimizni bir chetga surib o'z nafsimizni birinchi bo'lib isloh qilishga harakat etsak, tarbiya o'z-o'zidan amalga oshadigan jarayonga aylanadi.
Farzandlaringizdan nolimang, ular aynan siz uchun yaratilgan ne'matlar va har biri o'zingizni isloh qilish uchun berilgan bebaho imkoniyat.
Iroda Ahmed
#tarbiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida.

RAHMAT AYTING 🔥
Ayollar, juftingizning sizga qilayotgan yaxshiliklari uchun unga rahmat aytib turing. Buning uchun hech bir yaxshilikni kichik sanamang. “Rahmat” deng, duo qiling. Masalan, u uyga ikkita non ko‘tarib kelganda ham rahmat aytavering. To‘g‘ri, buni faqat siz uchun olib kelmadi, o‘zi va farzandlaringiz ham shu nondan yeydi. Qolaversa, ro‘zg‘or qilish erkakning vazifasi. Ammo oila faqat vazifalar, burchlar ustiga qurilmaydi. Faqat haq-huquqlarga ko‘ra harakat qilinadigan bo‘lsa, oilada halovat bo‘lmaydi.
Minnatdorchilig-u duolar kimga yoqmaydi deysiz. Shuning uchun har bir kichik sababni ham g‘animat biling.
😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
📍 Xarid qilish
📚 Barcha kitoblarim haqida
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar, juftingizning sizga qilayotgan yaxshiliklari uchun unga rahmat aytib turing. Buning uchun hech bir yaxshilikni kichik sanamang. “Rahmat” deng, duo qiling. Masalan, u uyga ikkita non ko‘tarib kelganda ham rahmat aytavering. To‘g‘ri, buni faqat siz uchun olib kelmadi, o‘zi va farzandlaringiz ham shu nondan yeydi. Qolaversa, ro‘zg‘or qilish erkakning vazifasi. Ammo oila faqat vazifalar, burchlar ustiga qurilmaydi. Faqat haq-huquqlarga ko‘ra harakat qilinadigan bo‘lsa, oilada halovat bo‘lmaydi.
Minnatdorchilig-u duolar kimga yoqmaydi deysiz. Shuning uchun har bir kichik sababni ham g‘animat biling.
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kelin olib gapini tashqariga chiqarmagan ayolga qiz bering.
Chunki uyda qaynona odil bo'lmasa, turmush mushtga aylanadi.
#oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Chunki uyda qaynona odil bo'lmasa, turmush mushtga aylanadi.
#oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uyalmaysizmi?
Ba'zida eri bilan orasida kelishmovchilik bo'lib qolgan ayollar darrov ijtimoiy tarmoqda kinoyali post, profiliga rasm, hikoya qo'yib oladi. Hatto shunday erkaklar ham uchraydi! 🤦♂️
Bu vaqtda ichingizda yig'ilib qolgan negativni chiqarib tashlagingiz keladi. Shuning uchun beixtiyor shunday qilasiz – bilaman. Lekin orangizda bo'lgan gap-so'zlarni yetti mahalla bilishi shart emas!
"Er-xotin bir-biriga libos", "Qo'l sinsa, yeng ichida" degan gaplar bor. Yana "Er-xotinning urishi – doka ro'molning qurishi" deydilar. Bu kelishmovchilik o'tadi ketadi. Keyin qilgan ishingizdan uyalib qolasiz.
Men bunday narsalarni yozishga uyalaman. Siz shunday qilishdan uyalmaysizmi?
Xulosa shuki, er-xotin orasida kelishmovchilik bo'lganda har qanday holatda ham yuzma-yuz samimiy suhbatlashib muammoga yechim izlash kerak ekan. Kinoya yoki arazlar aslo yechim emas ekan.
#Muammo

Kel...
Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)
Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)
Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)
Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)
Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)
#Tabassum #бўйдоқлар

❓“Men ota-onamga nima yaxshilik qila olaman?” deb hech oʻylab koʻrganmisiz? Unda men sizga beshta tavsiya beraman:
«Ota-onamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sevgi bu...
• Yeging kelgan dovuchchalarni qishda ham olib keladigan insoning bo'lishi (paloon pul bo'lsa ham).
• Qachonlardir tanimagan insoning, bugun nima yaxshi ko'rishing-u nimani yoqtirmasligingni yoddan bilishi.
• "Oyog'ingga kiy, ustingga qalin kiy, doringni ich, ovqatingni ye deb mehr aralash jahl bilan gapiradigan baqirog'ing bo'lishi.
• Bir tom ostidagi ikki xil insonning bir butunga aylanishi.
• Yaxshi ko'rishini sotib qo'yadigan mehrli nigohlar...
#Muhabbat

Ideal inson yo'q, ammo biz istagandek insonni doim topish mumkin.
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolangizga bolalik bering
Qachonki u katta bo'lib, yoshligini eslaganida siz bilan o'tkazgan vaqtini kulib, sog'inib eslasin. Hozirgi bolalar esa bolalik deganda ko'z oldiga bog'chadagi o'rtoqlari-yu bog'cha opalari, borgan to'garaklari, suzish ustozi, ingliz, rus tili ustozlari ko'z oldiga kelishi odamni qo'rqitadi.
Onalarga qolsa, bolasi yakshanba kuniyam bog'chada qolsa, ishlarini qilib olsa. O'zingizga bitta narsani odat qiling, haftaning bir kunini farzandingizga bag'ishlang, hech qanday bahonalarsiz, telefonsiz u bilan vaqt o'tkazing.
Toki ular farzandlariga yoshligi haqida zavqlanib gapirib berishsin. Ular onam telefondan boshini ko'tarmagan degan gapni aytishlari ham mumkin aslida.
#tarbiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qachonki u katta bo'lib, yoshligini eslaganida siz bilan o'tkazgan vaqtini kulib, sog'inib eslasin. Hozirgi bolalar esa bolalik deganda ko'z oldiga bog'chadagi o'rtoqlari-yu bog'cha opalari, borgan to'garaklari, suzish ustozi, ingliz, rus tili ustozlari ko'z oldiga kelishi odamni qo'rqitadi.
Onalarga qolsa, bolasi yakshanba kuniyam bog'chada qolsa, ishlarini qilib olsa. O'zingizga bitta narsani odat qiling, haftaning bir kunini farzandingizga bag'ishlang, hech qanday bahonalarsiz, telefonsiz u bilan vaqt o'tkazing.
Toki ular farzandlariga yoshligi haqida zavqlanib gapirib berishsin. Ular onam telefondan boshini ko'tarmagan degan gapni aytishlari ham mumkin aslida.
#tarbiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
TELEFON ODOBI ❤️
Ayollar, telefonda gaplashayotganingizda turmush o‘rtog‘ingiz qo‘ng‘iroq qilib qolsa, suhbatdoshingizdan izn olib, darhol unga javob qiling. Bu bilan unga mehr-muhabbatingiz, hurmatingizni bildirgan bo‘lasiz. Shu bilan birga, suhbatdoshingizga ham juftingizga ehtiromingiz ila go‘zal o‘rnak bo‘lasiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlashish ham xuddi shu kabidir.
Mening shaxsiy qoidam bor: boshqalarga qo‘ng‘iroq qilganda ikkinchi yo‘nalishga tushganda qo‘ng‘iroqni tugatish kerak, illo xotinga qilganda kutib turish kerak. Xotin erning haybatini his qilib, ehtirom ko‘rsatsin.
📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
💰 Xarid qilish
📚 Barcha kitoblarim haqida
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar, telefonda gaplashayotganingizda turmush o‘rtog‘ingiz qo‘ng‘iroq qilib qolsa, suhbatdoshingizdan izn olib, darhol unga javob qiling. Bu bilan unga mehr-muhabbatingiz, hurmatingizni bildirgan bo‘lasiz. Shu bilan birga, suhbatdoshingizga ham juftingizga ehtiromingiz ila go‘zal o‘rnak bo‘lasiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlashish ham xuddi shu kabidir.
Mening shaxsiy qoidam bor: boshqalarga qo‘ng‘iroq qilganda ikkinchi yo‘nalishga tushganda qo‘ng‘iroqni tugatish kerak, illo xotinga qilganda kutib turish kerak. Xotin erning haybatini his qilib, ehtirom ko‘rsatsin.
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolasi garshokka o'tirishni o'rganganda, o'zi uxlab qolganda, ovqatini yeb qo'yganda quvonadigan ayolga "Ona" deyiladi. Ular eridan gul olsa ham bunchalik quvonishmaydi. Hayotdagi eng katta orzusi to'yib uxlash va bemalol ovqatlanish, ishlarini xotirjam qilish.
#Ayollar