Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollardan kamchiliklarini tuzatishni talab qilish emas, buning uchun sharoit qilib berish kerak. Xususan, yaxshi muhit, ustozlar – nima zarur bo'lsa, qilish kerak.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Meni yaxshi ko'rmaysiz

Shu gapni ko'p aytasan, men sevaman demasam, bu seni sevmaydi degani emas. Shunchaki buni aytishdan, isbotlash men uchun muhim.

Seni sevaman, sensiz o'laman, voy-dod demasam ham....

Ertalab uyg'onganimda yonimda bo'lmasang, seni izlab qolaman.

Ishdan qaytayotganimda senga talpinib uyga shoshaman.

Restoranda yeydigan steyklarim, sening men uchun tayyorlagan "Pentuza"ngga teng kelmaydi.

Sen bilan sirlashib, hangoma qilib, gaplashib o'tirish esa menga rosa yoqadi.

Sening hidingni esa milliontaning ichidan ham ajrata olaman.

Shundayam endi meni yaxshi ko'rmaysiz desang ayb bo'ladi!

#Muhabbat #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SABRLI BO‘LING 💔

Muhtarama ayollar, eringiz ishdan qaytyapman deb qo‘ng‘iroq qildimi, unga hadeb qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilavermang. “Kelyapsizmi, qachon kelasiz?” degan gaplar erkak kishiga umuman yoqmaydi. Sabrli bo‘ling, eringizni uyga eson-omon qaytib olishi uchun duo qilib turing. Yoki o‘zingiz bir marta qo‘ng‘iroq qilsangiz yetadi (agar ogohlantirmasa).

Hurmatli erkaklar, siz ham uyga qachon qaytishingizni aniqroq ayting. Malikangiz xavotirlanadi.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

💡Xarid qilish

💢Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bittasi gapirib chiqibdi: "Er xiyonat qilayotganining belgisi: telefonini qulflab yuradi!"

– Hoy baraka topkur! Telefonda oilaviy rasmlar, shaxsiy narsalar bor! Telefon yo'qolib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun qulflab yurish mumkin-ku. Unaqa kalta o'ylamaslik kerak-da!

Shunaqa "maslahatgo'ylar"ni eshitib yurmanglar-a. Yaqinlarga ham ulashib qo'yarsiz.

#ogohlik

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-ona bolalari kitob o'qishini istaydi, bolalar esa o'yin o'ynashni istaydi. Nima qilish kerak?

#tarbiya

@Hubbuna oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Erkaklar, uyda bo'lmaganingizda ayolingizdan hol so'rab turing: xabar yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Uyga ogohlantirib keling. Ishda juda kechgacha qolib ketmang, oila uchun ham vaqt ajratish kerak.

Kechgacha qolib ishlaydigan erkaklar oilasiga kunduzi vaqt ajratishga harakat qilsin. Masalan, ishga kechroq ketish, tushlikka uyga kelish bilan.

Ko'p vaqtingiz ko'chada o'tsa, oilangizni ham birga olib chiqishga harakat qiling. Ayniqsa, ko'p safarda yuradigan erkaklar bunga amal qilsin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HOMILADOR AYOL ERI BILAN AJRASHA OLADIMI?

#SAVOL: Agar ayol homilador boʻlsa, eri bilan ajrasha oladimi? Bu vaziyatda shariat nima deydi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ayol homiladorlik paytida eri taloq qilsa, xotinga taloq tushadi. Lekin uning idda muddati homilasini dunyoga kelturguniga qadar davom etadi. Iddasi tugamaguncha ayol erini uyidan chiqmasligi, er esa ayolning moddiy taʼminotini qilmogʻi lozim boʻladi. Agar er bilan ayol yana birga hayotini davom ettirib ketishni xohlasalar, masalaning boshqa tafsilotlari ham bor boʻlib, bu borada masjid imomiga bevosita murojaat qilish maqsadga muvofiq. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi


✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday juft tanlash kerak? Uchrashuvga chiqayotgan yigitlarga maslahat.

Bo'ydoqlarga yuborib qo'yamiz!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uylanish mustahab bo‘lgan ayollar:

1. Diyonatli. "O‘zingga diyonatlisini tanlagin" (hadis).

2. Tug‘adigan. "Yaxshi, tug‘adigan ayolga uylaning" (hadis).

3. Bokira. "Bokiraga uylanmadingmi?" (hadis).

4. Diyonat va qanoatli xonadon ayoli. Chunki bunday xonadonlar din va qanoat manbasi bo‘ladi.

5. Nasabi toza. Bola zotli bo‘ladi.

6. Chiroyli. Chunki bunday ayol nafsni tinchlantiradi, ko‘zni to‘sadi va muhabbatni tom qiladi.

7. Begona. Chunki begona ayol sog‘lom va zotdor farzand tug‘adi. Nikohda ajrimlar uchrab turgani uchun, qarindoshga uylanganda, bu qarindoshchilik uzilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. "Yaqin qarindoshga uylanmang. Chunki bola ozg‘in tug‘iladi" (hadis). Buning sababi shahvat zaifligidir.

8. Agar bir xotin bilan iffatini saqlay olsa, xotinni bittadan ko‘paytirmaslik. "Kimning ikki xotini bo‘lib, ulardan biriga moyil bo‘lsa, qiyomat kuni u yarmi moyil (yo‘q) holatda keladi" (hadis).

Doktor Vahba Zuhayliyning "Islom fiqhi va dalillari" kitobidan #iqtibos

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollarning yaxshisi kim?

Aʼrobiydan ayollarning yaxshisi qanday ekani soʻraldi. U: “Ayollarning yaxshisi: gapirsang tasdiqlaydigan, gʻazablansang, muloyimlik koʻrsatadigan, kulganingda tabassum qiladigan, biron ishni bajarsa, chiroyli qiladigan, uyini lozim tutadigan, eriga itoatsizlik qilmaydigan, qavmi ichida hurmat koʻrsatadigan, oʻzini xokisor tutadigan, yoqimli, koʻp farzand koʻradigan va barcha ishlari maqtovga loyiq boʻlganidir”, deb javob berdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ayollaringiz ichida ahli jannatlari kim, aytib beraymi? Istarasi issiq yoqimli, bola tugʻadigan, aziyat koʻrsa yoki aziyat berib qoʻysa, erining qoʻlini ushlab, “Allohga qasamki, toki mendan rozi boʻlib, kechirmasangiz, biron taʼmni totmayman” deydiganlaridir. U ayol jannatdadir, u ayol jannatdadir, u ayol jannatdadir”, dedilar.

Imom Nasoiy rivoyati

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​— Qayerda ishlaysiz?
— Uy bekasiman.

Ko'pchilik ayollarimiz, shu gaplarni aytishdan uyalishadi, xuddi bu ayb ishday. Aslida, bekalik eng oliy maqom. Uni bilgan biladi. Bir tanish ayol bor edi, bolalarining kiyimidan izlab ham dog' topa olmas edingiz. Xuddi "Colgate" reklamasiga tushib berayotgan qizday doim jilmayib yurar edi. Ba'zilar qovoq uyib, ba'zilar oddiy yuradi. U ayol doim kulib yurardi, ko'rgan odamning yuragi erirdi uni ko'rib.

Uyidan, bolalaridan, o'zidan ham doim shirin hid kelib turardi. Ostonasi esa doimo ozoda. Biz uni erinmagan bandaga chiqarar edik. Podyezni avval xlorda, keyin gellab, undan keyin toza suv bilan artib chiqardi.

Farishta ham, baraka ham toza uyga kelishiga o'shanda ming karra amin bo'lgan edim. Avval kvartirada turishar edi, ikki, uch keyin to'rt xonali uy olishdi. Hozir hovlida yashaydilar, uyiga borgan odam chiqqisi kelmaydi.

Ayollar uy bekasi bo'lish aslida baxt. Buni hamma ham anglolmaydi, afsuski.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolani tinglash yana shunisi bilan ahamiyatliki, bola nega g‘amgin yoki «ichimdagini top» bo‘lib qolgani, maktabda baholari pasayib ketganini uning har kungi gaplariga quloq tutibgina bilish mumkin.

Ota-onalik mas’uliyati avvalo o‘z farzandining hayoti va muammolariga yuzaki bo‘lmagan, chinakam qiziqish bilan qarashni nazarda tutadi.

🤎 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

🔺Kitobni xarid qilish

🎄 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muammolar gapirilaveradi, lekin hech kim yechimlar haqida gapirmaydi.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eng yaxshi do'st – bu mushuk. Chunki u hech qachon "Kechasi ovqatlanma!" demaydi, o'zi birga ovqatlanadi.

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizni qizg'anayotgan, sizga nimanidir man qilayotgan kishining qadriga yeting. Chunki u sizni sevadi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
YOQIMLI XOTIRALARNI ESLAB TURING 🤍

O‘tmishdagi ajoyib damlarni, jumladan, ilk tanishuvni, birinchi uchrashuvdagi suhbatni, sovg‘a va hadyalarni, albom hamda suratlarni, esda qolgan ajoyib voqealarni eslab turish hozirgi munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.

Bunday suhbatlar sizlarni nima birlashtirganini va hali ham birga ekaningizni yodga solib turadi. Bir-biringizga mehringizni oshiradi. Juftingiz bilan o‘tmishdagi shirin xotiralar haqida ham suhbatlashib turing.

❤️ «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

🎁 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng g'azablantiradigan narsa: o'zining ahmoqona xarakteri borligini biladigan va o'z ustida ishlash o'rniga "Meni borimcha qabul qiling" deydigan odamdir!

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Biz haqimizda

Kanal manzili: @Hubbuna
Ma'nosi: Muhabbatimiz
Asoschisi: G'iyosiddin Yusuf
Maqsadi: dastlab er-xotin orasida muhabbatni ziyoda qilish uchun ochilgan, keyin oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida so'z yuritila boshlandi.
Postlarni kimlar yozadi: G'iyosiddin Yusuf va boshqalar. Xususan, ba'zi postlar ayol kishi tomonidan yoziladi.
Iqtiboslar: G'iyosiddin Yusuf kitoblari va oila mavzusidagi boshqa kitoblardan iqtibos qo'yiladi.
Savol-javoblar: oila mavzusidagi savol-javoblar Yechim kanalida.
Videolar: G'iyosiddin Yusuf va oila mavzusidagi boshqalarning videolari qo'yiladi.
Eslatma: muhabbat va oilaviy munosabatlarga doir barcha yozganlarimiz halol muhabbat haqidadir. Uni noo'rin qo'llasangiz, o'zingiz javobgarsiz.
Dizayner va iqtiboschi: Dilshod Bahrom
Alloh bizning farzandimizga O’zi eng to’g’ri bahoni bergan. Uni asl fitratida yaratgan.
Ota-ona bo’lib, bolamizni tanqid qilib, uni kamsitayotganimizda nahotki Allohni unutsak, Uning farzandimizga bergan asl bahosini pasaytirmoqchi bo’lsak?!

Dr. Gavhar Darvish

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/05 18:40:48
Back to Top
HTML Embed Code: