Telegram Web Link
BOLANING PSIXOLOGIK EHTIYOJI 💪

➡️ Shaxsiy kuch
Ushbu psixologik ehtiyojni quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: «Men borligimni bilishlarini va muhim his qilishlarini xohlayman. Men fikrimni tinglashlarini xohlayman. Menga tanlash huquqi berilishini xohlayman».

Ota-onalar nima qilishlari kerak? Bolaga allaqachon o‘z fikri, istaklari va his-tuyg‘ulariga ega bo‘lgan kichkina odam sifatida munosabatda bo‘ling. Iloji bo‘lsa, bolangizga tanlov bering: kichik bolalar uchun ikkita variant yetarli. Bolaning fikrini biling, undan maslahat so‘rang. Bu uning uchun juda yoqimli va uning qadri, ahamiyatini oshiradi. Bola gapirayotganda uning gapini bo‘lmang. Uning qo‘lidan hech narsani tortib olmang, balki uni qaytarib berishini so‘rang (agar bu xavfli narsa bo‘lmasa).

➡️ Ruhiy quvvat
Psixologlarning aytishicha, shunchaki yashash uchun bolani kuniga 4 marta quchish kerak; uning sog‘lom bo‘lishi uchun 8, o‘sishi uchun 12 martagacha qattiq quchish kerak ekan.

Muvaffaqiyatli, baxtli va o‘ziga ishongan bolani tarbiyalash uchun HAR oqshom:

yotishdan oldin HAR BIR bolani o‘pishni va quchoqlashni unutmang;

bu ishni avtomatik (hissiz) harakatga aylantirmang, televizorni o‘chiring, telefonni va boshqa narsalarni olib qo‘ying;

farzandlaringizga yaqinlik lahzalarini bag‘ishlang, asosiysi miqdor emas, muloqot sifati;

hikoya o‘qib bering, suhbatlashing yoki shunchaki birga bo‘ling. Shunda bola kunduzgi mashg‘ulotdan tungi dam olishga juda oson o‘tadi. Bundan tashqari, yotishdan oldin tinch va osoyishta muhitdagi suhbat bolalar va ota-onalar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam beradi;

chiroqni o‘chirishdan oldin farzandingizni o‘ping. Har bir bola uchun, yoshidan qat’i nazar, ota va onaning o‘pishi ular uni yaxshi ko‘rishlarini, qadrlashlarini va doimo himoya qilishlarini anglatadi!

🖇 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rost javobni qabul qila olmaydigan savolingizni so'ramang, yo'qsa, sizning ko'nglingiz uchun juftingiz yolg'on gapirib qo'yishi mumkin.

#Ayollar #Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumot berasizmi yoki...?

Ayollar erkaklarning omonati hisoblanadi. Omonat uchun esa omonatdor kishi mas'uldir. Yana oilaning rahbari erkak kishi hisoblanadi. Mana shular e'tiboridan ayol kishi...

Videoni oxirigacha ko'ring va yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ba'zilar jufti haloliga "sevaman" deyishga tili bormaydi. Ammo bu sevmaydi degani emas...

Nozimjon Hoshimjon

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BAXTLI OILA O‘LCHOVI NIMADA? 🌷
Oilaning baxtlilik darajasini unda muammolar yuzaga kelishi yoki kelmasligi bilan emas, bu muammolarni qanday hal qilayotganlari bilan o‘lchash mumkin. Chunki muammosiz, urish-janjalsiz hech bir oila yo‘q. Lekin baxtli, farovon hayot kechirayotgan oilalar ko‘p.

OILAVIY TOTUVLIK UCHUN 🌷
Oilaviy totuvlik uchun bir yaxshi gap o‘qib qoldim: “Tinch bo‘laman, baxtli bo‘laman desangiz, pashshadan fil emas, fildan pashsha yasang”. Yaxshi gap ekan! Ya’ni oradagi muammo va kelishmovchiliklarni kattartirib yubormang, qaytaga, katta kelishmovchiliklarni kichraytiring.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni urishdan oldin o'ylab ko'ring

🥹 Sizdan o'zini himoya qilolmaydigan o’sha mitti murg'ak, urug’i qadalgan katta daraxt misolidir. Kun kelib urug’ yoyiladi va undan o’qitivchilar, advokatlar, shifokorlar chiqadi.

Qaydan bilasiz, sizga ko'zlarini pirpiratib qarayotgan bu mittivoy, balki bo’lajak prezidentdir. Magazinda o’zini yerga tashlab, dod solayotgan to’polonchi ertaga bedavo kasalliklarga davo topar.

🧑🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Shuning uchun hozir uning injiqliklari, tunda uyqu bermasligi va asabingizni yeb bitirishiga ozgina sabr qiling. Ularga to’g’ri tarbiya berishga mahkam bel bog’lang. Axir, ertaga siz Cambridge bitirivchusi Falonchiyev Falonchining onasi bo’lib old qatorlarda hozir sizga tinchlik bermayotgan yig'loqi bolakayning diplom olishini ko'rish uchun Angliyaga borishingiz kerak.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Allohga qaysidir amalim yoqqanki, seni menga ravo ko'rdi!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Audiokitob tinglash 🎧

🌷 Ma’lumki, suhbatdоshni tinglash оdоbi bоr: uning gapini bo‘lmaslik, u gapirganda bоshqa narsalarga chalg‘imaslik va shu kabilar. Lekin bizda bu оdоblar yo‘qоlib ketmоqda.

Birоvning gapini оxirigacha eshitishga sabrimiz yetmaydi, nima demоqchi ekanini tushunganimiz zahоti gapini bo‘lamiz. Balki uning gapining davоmida bоshqa ma’nо bоrdir deb o‘ylamaymiz.

Audiоkitоblar tinglash bizga suhbatdоshni tinglashni ham o‘rgatadi. Uzоq vaqt gapirmasdan ham tinglash mumkinligiga ko‘nikma hоsil qilsak, suhbatdоshimizni ham tinglay оlamiz.

🌷 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oilalar farzandga bo'lgan munosabatga qarab 7 guruhga bo'linar ekan... 🤔

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga ovqatlanish odoblarini qanday oʻrgatish kerak?

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​MASOFAGA BOGʻLIQ EMAS

Abu Hayyon Tavhidiyning "As-sadoqatu vas-sadiq" kitobida keladi:
"Asma’iy aytadi:
"Bir kuni Xalil ibn Ahmadning huzuriga kirdim. U kichkina bir bo‘yra ustida o‘tirgan edi. Meni ko‘rgach, ozgina surilib dedi:
- Kel, yonimga o‘tir!
Joy kichkinaligi uchun men xijolat bo‘lib dedim:
- Sizni mashaqqatga qo‘yamanmi deb qo‘rqaman!
Xalil ibn Ahmad dedi:
- Bir-birini yaxshi ko‘rganlarni ninaning teshigi ham ichiga sig‘diradi. Yomon ko‘rganlar esa dunyoga ham sig‘maydi!".

Qalblar ana shunaqa. Yaxshi ko‘rsa yaqinlashadi, yomon ko‘rsa uzoqlashadi.

Bir yaxshi ko‘rsak tog‘ni ham ko‘taramiz, u bizga yengil tuyuladi. Agar yomon ko‘rsak mayda toshni ham ko‘tara olmaymiz.

Yaxshi ko‘rganlarimizning qo‘li qo‘limizda turgan bo‘lsada, yanada yaqinlashishni istaymiz.

Yomon ko‘rganlarimiz shimoliy qutbda, biz esa janubiy qutbda bo‘lsak ham yanada uzoqlashishni xohlaymiz.

Masala hech qachon masofaga bog‘liq bo‘lmagan. Masala doimo qalbga bog‘liqdir!

Abdulqodir Polvonov

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 09:19:36
Back to Top
HTML Embed Code: