Telegram Web Link
Naqadar go'zal demishlar:
"Qo'llaringni ayoling va qizingning boshini silashdan tiyma, inson. Bilki... Ayollar ochlikdan o'lmaydilar, sevgisizlikdan, mehrsizlikdan, e'tiborsizlikdan o'ladilar!".

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nikoh nima?

🟠Nikoh karomatdir – insonning obroʻ va eʼtiborini koʻtaradi.
🟠Nikoh barakotdir – uyning fayz va barakasini ziyoda qiladi.
🟠Nikoh sokinlikdir – ruhga huzur va halovat beradi.
🟠Nikoh muhabbatdir – qalbga sevgi va muhabbatni jo qiladi.
🟠Nikoh quvvatdir – oilaga kuch va quvvat beradi.

«Oila qurish axloqi» kitobidan #iqtibos

#Nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOLIMDAN QURʼONNI OʻRGANSAM BOʻLADIMI?

#SAVOL: Ayolim Qurʼonni yaxshi biladi. Undan Qurʼon oʻqishni oʻrgansam boʻladimi?

JAVOB: Bismillahir rohmanir rohim.
Zaruriy bilimlarni oʻrganishda katta-kichik, aka-uka, er-xotin kabilar ahamiyatli emas. Balki, Qurʼoni karimni oʻrganishga oʻxshash ibodatda zarur boʻluvchi ilmlarni imkon qadar tezroq oʻrganish lozim. Hatto oʻz ayolidan, farzandidan, nabirasidan ham kishi oʻrganishi joiz. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi


✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlaringiz qanday inson boʻlishini xohlaysiz?

Dunyoni oʻzgartirishni boshqalardan emas, avval oʻzingizdan boshlang deyishadi.

Farzand tarbiyasida ham barchasi oʻzingizni isloh qilishingizga bogʻliq.

Qachonki, siz oʻzingizni isloh qilar ekansiz, farzandlaringiz ham albatta sizdan oʻrnak oladi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘yin orqali bolani kitob o‘qishga odatlantirish mumkin. 🌺

🔹Bolaning miyasi o‘yin paytida juda faol ishlaydi. Shuning uchun o‘yinlar orqali uni kitob o‘qishga osonlikcha va yoqimli tarzda o‘rgatishingiz mumkin.

🔸Masalan, dialoglari bor biror hikoya yoki ertak topib, farzandlaringizni chaqiring: «Keling lar, bir o‘yin o‘ynaymiz!» Bolalaringiz kelganda ertakdagi muallif so‘zlarini o‘zingiz o‘qing, dialoglarni ularga o‘qiting. Ularga obrazlarni bo‘lib bering: «Sen ayiq bo‘lasan, sen bo‘ri bo‘lasan, sen quyon bo‘lasan», – kabi.

⭐️Ular rollarga qiziqib kitobni o‘qib qo‘yganlarini bilmay qoladilar. Shu tarzda o‘zlari ham o‘yin o‘ynab kitob o‘qishga odatlanib olishlariga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

«Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'lajak turmush o'rtog'ingizni boricha qabul qilishga majburmisiz? Sevsangiz, boricha sevishingiz kerakmi?

#muhabbat #oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Otangizning ulugʻ yoshi sizni aldab qoʻymasin. Chunki ularning ichlarida sizning tabassum va sovgʻalaringizga muhtoj goʻdak yashaydi.

Ayman Yogʻiy

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalikdan singdirilgan noto‘g‘ri qarashlar 🧩

«Yaxshi yashamoqchimisan – ko‘p ishla», «Ishlagan tishlaydi», «Mehnat mehnatning tagi rohat» – mehnatkashlikka targ‘ib qiluvchi xalq maqollarining ayrim namunalari. Bular haq gap, nimasi noto‘g‘ri deysizmi? Hozir shu haqda gaplashamiz.

💯 Arzimas oylikka kunu tun ishlaydigan yoki mehnat ta’tilida ham dam olish nimaligini bilmay, o‘ziga ish topib oladigan odamlarni uchratganmisiz? Aslida, oramizda bunday mehnatsevarlar juda ko‘p. Buning salbiy tomoni shundaki, inson o‘z mehnatini munosib baholay olmaydi, turli sharoitlarda tinimsiz mehnat salomatligini yemiradi. Buning ildizi bolalikda ota-ona tomonidan berilgan noto‘g‘ri «tushuncha»larga borib taqaladi.

✔️ Farzandlarimizga ko‘p ishlash emas, oz bo‘lsa-da mukammal qilish va buning qiymati yuqoriroq ekanini tushuntirishimiz kerak. Bolaga ko‘p ishlashni emas, o‘zi va boshqalarga manfaati tegadigan ishni qilish afzalroq ekanini anglatishimiz kerak.

📕 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moddiy tomonlama erkin boʻlsam, uylansam boʻlaveradimi?

Oila qurishda birgina moddiy tomonning toʻkisligi kifoya qilmaydi.

Toʻrt jabhada tayyor boʻlganingizdan keyin uylanish tavsiya qilinadi.

Batafsil video orqali aynan qaysi jabhalarda va qanday boʻlishini bilib olishingiz mumkin.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Hammasi joyida!

Baʼzan azob chekish bu odatiy hol. Aslida, ogʻriqlar bizga undan biror nima oʻrganishimiz uchun beriladi.

Oʻzingizni yomon his qilayotgan boʻlsangiz, hammasi yaxshi. Bunday holatda oʻzingizni yaxshi his qilayotgandek tutishga majbur emassiz.

Oʻzligingizni aldamang, qaygʻu cheksangiz ham, yurak tilka-pora boʻlsa ham hammasi joyida. Har bir hissiyotingizning oʻz sababi mavjud. Har bir hissiyotingiz muhim va ahamiyatlidir.

Shuni bilingki, ayni paytda nimani his qilayotganingizdan qatʼiy nazar unga yuzlanishingiz va qabul qilishingiz lozim.

Baʼzan odamlar oʻz maqsadlari yoʻlida yengilishadi, bu oddiy holat.

Bilaman, baʼzan hayotdan shunchalar charchaysizki, taslim boʻlishni xohlab qolasiz. Bu kabi hissiyotlarga berilish ham odatiy holat, lekin hech qachon bu kabi ogʻriqli oʻy-fikrlar sizni boshqarishiga yoʻl qoʻya koʻrmang. Miyangiz ichidagi maxluqlar yengilishingizga undashiga quloq tutmang.

Tinch yashay olishingiz uchun oʻzingizga oʻzingiz imkon bering.

Oʻzingizni nimaga loyiq deb bilsangiz, oʻsha narsaga erishing.

Koʻkragingizdagi ogʻriq va qaygʻuga qaramasdan, hozir oʻzingizni qanday his qilayotgan boʻlsangiz, bilingki, oʻsha narsaga loyiqsiz.

Bir kun kelib hammasi iziga tushishini bilishingizni judayam xohlardim. Shuning uchun hozir nimani his qilayotgan boʻlsangiz, unga quchoq oching va yashashda davom eting. Hammasi yaxshi boʻladi.

Bilishingiz kerak boʻlgan eng muhim narsa shuki, Alloh doim siz bilan!

Biz bilan sodir boʻlayotgan barcha hodisalar, boʻlishi kerak boʻlgan eng yaxshi va toʻgʻri hodisalardir. Sababi Alloh bizni ulardan oʻrganishimizni va ularni faqat yaxshi taraflarinigina koʻrishimizni istaydi.

Bu sinovlar sizga berilibdimi, demak, Alloh sizni ularni yengib oʻta olishingizni
bilgan.

Axir Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Hamma qizlarning ham dadasi mening dadam kabi bo‘lishini xohlardim...

Maktab davrida ko‘pchilik qizlar sevgi-muhabbat dardiga mubtalo bo‘lishadi. Achinarlisi, bu “dard” yigit-qizlarni ilm olishdan chalg‘itib qo‘yadi. Undan ham yomoni ko‘p holatlarda bu “muhabbat qissalari”ning oxiri xayrli bo‘lmaydi.
Biz ham maktabda yuqori sinflarda, undan keyin kollejda o‘qigan paytimiz, sinfimizdagi qizlarni so‘rab keladigan yigitlar ko‘p bo‘lardi.

Lekin dugonalarim ichida hamma meni so‘rab keladigan insonga havas qilishardi. Chunki ularni oxiri baribir tashlab ketadigan, yolg‘onchi yigitlar so‘rab kelishsa, meni so‘rab keladiganim otam edilar. Birorta dugonamning dadasi maktabga mening dadamchalik ko‘p kelmasdi. Dadam tanaffus paytlari kelib, meni maktabimiz tashqarisiga olib chiqar, jazirama kunlarda menga muzdek sharbatlar olib berardilar. Keyin qo‘ng‘iroq chalinishi bilan xarajatlarimga yetarli pul berib, maktabga kirgazib yuborardilar. Sinfga qo‘limda pul va shirinliklar bilan kirib borarkanman, ko‘pchilik dugonalarim menga havas ko‘zlari bilan qarashardi.

Dugonalarim gohida o‘zlari uchrashadigan yigitlarining sifatlarini, minadigan mashinalarini aytib maqtanib qolishardi. Shunday paytlarda men dadam haqlarida gapirib maqtanardim. Ular yigitlari haqida uydagilari bilib qolishidan doim qo‘rquvda, ular haqida gapirishdan doim xavotirda yurishardi. Men esa, dadam haqida gapirishdan doim xotirjam edim. Qolaversa ular yigitlari tashlab ketishidan qo‘rqishardi. Men esa, doim yonimda bo‘ladigan sadoqatli va vafodor dadam borligidan faxrlanardim. Men ulardan ko‘ra o‘zimni ancha baxtiyor his qilar edim.

Otam rahmatlikning yelib-yugurishlari, menga bo‘lgan e’tiborlari, g‘amxo‘rliklari sabab o‘smirlik paytimdan, to turmushga chiqib ketgunimcha biror yigitga qaramadim. Biror yigit bilan gaplashish haqida o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q. Yillar o‘tib bildimki, otam hamma harakatlarini mening iffatimni, or-nomusimni saqlash uchun, meni chiroyli holatda turmushga berish uchun qilgan ekanlar. Hamma qizlarning ham dadasi mening padarim kabi bo‘lishini xohlardim...

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining «Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq» kitobidan #iqtibos

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uylanganlar ko‘p, ammo umr yo‘ldoshiga hamma ham ega emas!

Abdulqodir Samarqandiy

#Nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarindoshlar oʻrtasida nikoh qurish toʻgʻrimi?

Qarindoshlar oʻrtasida nikoh qurishdan oldin siz bilishingiz kerak boʻlgan 3 ta minus tomoni bor.

Videoni foydali boʻladi deb insonlaringizga joʻnatib qoʻying.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Ayollar farzandlari turmush o'rtog'iga o'zidan ko'ra ko'proq suyumli bo'lishiga rozi bo'ladi, ammo erkak kishi ayoli uchun farzandlaridan keyingi darajada bo'lishga ko'na olmaydi.

Shuningdek, erkak kishi ayoliga muhabbatli bo'lsa, ayolini bolalaridan ko'ra ko'proq suyadi.

Bu bolalarga mehrsizlikdan emas. Avvalo erkak oila rahbari – u oilada eng qadrli shaxs bo'lishi kerak. Ikkinchidan, erkaklar hissiyot bilan emas, aql bilan ish qiladi va hammasi o'z o'rnida bo'lishini istaydi.

Shundan kelib chiqib ayollar turmush o'rtog'i bilan muomalada oraga bolalarni qo'ymasin. Eriga ayol sifatida go'zal munosabatda bo'lsin. Uni faqat bolalarining otasi qiyofasida ko'rmasin.

Umuman olganda, aqlli ayol munosabatlarida bolalardan qurol sifatida foydalanmaydi. Eri bilan orasida bolalarni qo'yib, bolalarni ham yomon ko'rsatib qo'ymaydi. Masalan, o'zingiz istamaganingiz uchun "Bolalar uxlasin" deb uni nari qilmoqchi bo'lasiz yoki o'z istagingiz yo'lida bolalarni ro'kach qilib "Bolalar shuni istadi" deysiz, o'zingiz uchun bo'lgan narsani "Bolangiz uchun..." deb oldirasiz va hokazo. Bular noto'g'ri, albatta.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizdagi vahima bolaga yuqadi 😩

⚫️Yosh ota-onalar, ba’zan katta yoshdagilar ham u yoki bu vaziyatda, ayniqsa, bolaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalarda qanday yo‘l tutishni bilmay qoladilar. Bu holat ko‘pincha bola parvarishida tajribaning yetishmasligi sabab yuzaga keladi. Bolasi shamollaganda yoki ko‘proq aksirib yuborganda xavotirga tushib, vahima qilishni boshlagan otalar yoki onalarga ko‘zingiz tushgandir.

🔴Bu o‘rinda nima qilish kerak? Birinchi o‘rinda o‘zingizni qo‘lga oling, keyin bolalar shifokoriga qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘rang. Doim yodda tutingki, bolajonlar ota-onalarining ruhiy, hissiy holatini juda nozik his qiladilar, ota-onaning emotsional holati bolaga yuqadi.

⚪️Har safar farzandingiz siz bilan barobar qiynalmasligi uchun vahimaga tushmaslikka harakat qiling. Axir har qanday muammo xotirjam va diqqat jamlanganda samaraliroq hal qilinadi.

📎 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Sevgi – bir odamning oʻzini ikki marta sevishdir.
Birinchisi, uni tasavvur qilib.
Ikkinchisi, asl haqiqatini bilib".

Mubashshir Ahmad

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hal qilib boʻlmaydigan muammoning oʻzi yoʻq

Er va xotin oʻrtasida baʼzan muammo yuzaga kelganda uchinchi tomonning qoʻshilishi tufayli muammo kattalashib ketishi mumkin.

Vaqtida kelishib olingan va murosa qilingan oilada qanday muammo boʻlsin-a?!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​​​❇️ Joze Mauro de Vaskonselosning "Azizim, po‘rtaxol" asaridagi bir voqea e'tiborimni tortdi:

❇️ 9 yoshli Zeze ismli bolakay opasi mehr bilan yasagan varraklarini yirtib tashlagani uchun uni "suyuqoyoq" deb haqorat qiladi. Va... opasidan, akasidan, otasidan "o'z nasibasini oladi". Ular bolakayni shunchalik do‘pposlashganidan murg‘akkina bolakay bir hafta maktabga bora olmaydi.

❇️ "Gapiga yarashasini olibdi-da", – deya ularni oqlashingiz mumkin. Lekin Zezeda ayb yo‘q. Ayb no‘to‘g‘ri muhitda, ya'ni u qo‘shnilari kimnidir "suyuqoyoq" deb qarg'anida bolakay uni darrov ilib oladi. Ma'nosini tushunmay, "Odamlar jahl qilganda shunday deyishar ekan-da" — deya opasiga shu so'zlarni ravo ko'radi. Aslida, undan so'rashganda bu so'z nima ma'no anglatishini ham bilmaydi.

❇️ Ko‘rdingizmi, ota-onalar! Farzandingiz tarbiyasida juda ehtiyot bo'ling. Ular ayni damda telefon o'yinidagi mushukcha: qanaqa so'z eshitsa, qaytarishadi. Ularning oldida yosh bola-ku deb har neni so'ylayvermang. Keyin men guvohi bo‘lgan qo‘shni uch yashar bolakayga o‘xshab, "Hali oyligimiz tushmagan, tushsa, kredit olamiz" deb gapirib yurishmasin tag'in... Dilbandingizning ayni damda loy, uning mohir kuloli bo'ling!

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Xotiningizga chiroyli muomala qiling, shunda u sizga chiroyli muomala qiladi. Uni o’zingizdan ham afzal ko’rishingizni, uni baxtli qilishga ahamiyat berishingiz, uning sog’ligi uchun qayg’urishingiz, u kasal bo’lib qolsa, qo’lingizdan keladigan barcha ishni bajarishga tayyor ekaningizni bildirib qo’ying".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sen yoqtirgan narsalarni yoqtirish naqadar yoqimli!

#Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 15:28:47
Back to Top
HTML Embed Code: