Telegram Web Link
Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta.
Sen bularning orasini aralashtirma, tagʻin nadomat qilib yurmagin!

Mark Tven

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yigitlarga gapim:

•Hayotingizda sizga yetti marta yoki undan koʻp marta davlat berilishi mumkin, ammo sizni tushunadigan va siz uchun borini beradigan ayol sizga faqat bir marta beriladi.

•U kambagʻal oilaning qizi boʻlishi mumkin, balki uni oʻzingizga teng koʻrmassiz... Lekin bilingki, kambagʻal oilalarda tarbiyalangan qizlarda boy oilalarda tugʻilganlarda uchramaydigan harakatchanlik bor. Ular erning birini ikki qilishni biladi. Bilmasa ham shu motivatsiya bilan ulgʻaytirilgan boʻladi.

• Yigirma besh yoshingizda eshitgan, lekin anglamagan hikmatingizni nasib boʻlsa qirq yoshda anglab yetasiz: umr bir marta beriladi va unda har kim suygan oshini ichib yashagani afzal. Oʻshanda harakat qilishingiz sizdan talab etilgan edi. Endi esa boriga koʻnishga majbursiz.

• Baxt uchun jurʼat kerak va bu erkakdan talab etiladigan fazilat. Qizlar boylikka uchadi degan gap qisman notoʻgʻri. Aqlli qizlar jurʼati borlarni qadrlashadi.

Azizaxon Ismoilova

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qarindoshlik aloqalari

Qarindoshlik aloqalari oilamiz bilan doim amal qiladigan ishlardan bo'lishi lozim. Afsuski, hozir aka-uka, opa-singillar, hatto ota-ona bilan hol so'rashish, ko'rishish juda cho'zilib ketmoqda. Bayramlarda tabriklab qo'yishimizni aytmasa, internet orqali xabarlashishga ham vaqt topmaymiz. Ikkita non ko'tarib ko'rgani boradigan ahil aka-ukalar, farzandlar noyob bo'lib bormoqda.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Ayrim ota-onalar boʻladiki, bolani ortiqcha nazorat qilib, ortiqcha odob berib yuborishadi. Sal narsaga urushib beraverishadi. Uni qilma, bunga tegma, unday oʻtirma, bunday oʻtir, nega mana bu narsaga tegding, nega koʻchaning narigi betida ketayotgan odamga salom bermading (vaholanki,u koʻchaning narigi betidan oʻtayotgandi), kabi dakki va dashnomlarning chek-chegarasi yoʻq.

Oxiri bola, boʻgʻilib qoladi, bolaligini yashay olmaydi, ichidagi shoʻxligi, energiyasi tashqariga chiqmay jurʼatsiz boʻlib qoladi. Yoki kattani bir urib kichkina qilib qoʻygandek, yoshiga yarashmaydigan tarzda oʻzini chollardek tuta boshlaydi. Keyin, umr boʻyi mazkur narsalarning salbiy taʼsiri ostida yashaydi.

Farzand misoli bir nihol. U meva berishi uchun erkin oʻsishiga yoʻl qoʻyib berish kerak. Farzandingiz Siz emas va Sizning nusxangiz ham emas, u alohida shaxs. Agar u yaxshi meva berishini istasangiz uni mudom kontrol ostida tutib, butun hayot dasturini chizib bermang. Chizgan chizigʻingizdan chiqmay yashasa, ehtimol kam boʻlmas, qiynalib qolmas, balki, uni va uning bolalarini ham umr boʻyi boqa olarsiz, ammo bunda u oʻz hayotini yashamayotgan boʻladi.

Shunday insonlarni koʻrdimki, oʻzining qirq yoshli aqli bilan topgan tajribasi, yetib kelgan xulosasini oʻn besh yoshli oʻgʻliga zoʻrlab tiqishtiradi. Masalan, ota-bola tamaddixonaga kelishdi. Yeydigan hamma narsani ota tanlab beradi. Oʻgʻil mana bu narsani yegim kelyapti, desa, nima qilasan uni fastfud, ximikat, undan koʻra mana bu ovqat yaxshi, deydi. Bola esa uni yegisi kelmayapti. Lekin, men uni yegim kelmayapti, dada, desa, oʻchir ovozingni, manga gap qaytarma, mani aytganimni qilasan, deb oʻshqiradi. Bolasini xursand qilgani kafega olib kelgani nimayu, arzimas narsa uchun urushib, dilini siyoh qilgani nima?!.. Holbuki, oʻn besh yoshida u ham bolasi yaxshi koʻrgan taomlarni yaxshi koʻrardi.

Bolangizni yaxshi koʻring, mehr bering, yaxshi koʻrishingizni bot-bot bildirib turing, oʻzi qiziqqan soha boʻyicha oʻqishida koʻmakchi boʻling, maʼnaviy maʼnoda. Qaysidir hunarga qiziqsa oʻsha hunar yoʻllarini osonlashtiring unga. Vaqti kelganda oila qurishida bosh-qosh boʻling. Ammo oʻz shaxsiy hayot yoʻlini oʻzi kashf qilishiga imkon bering, vaqt bering. Nega pul topmayapsan, bor ishla, kabi bosimlar qilmang, biroz muhlat va imkon bering. Ortidan xayrli duolar qiling, shunda inshoalloh farzandingiz oʻz yoʻlini topib ketadi.

Alisher Sultonxoʻjayev

#tarbiya #ustozlardan

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Ayol erkinligi" deya bong urayotganlar ayol erkini emas, ayolga erkin erisha olishni koʻzlaydilar.

Muqim Mahmud

#ustozlardan

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliha qizga sovchi qoʻydim, ammo rozi boʻlmayapti?

Yaxshi niyatda xayrli oila qurishni maqsad qilib, soliha qizga sovchi qoʻydingiz.

Ammo ikkinchi tomon rozi boʻlmayapti, qanday yoʻl tutishga ikkilanyapsiz.

Hechqisi yoʻq, videoda aytilgan tavsiyalarni amalda qoʻllab koʻring, xayrlisi boʻladi.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbatni ziyoda qiladigan kichik narsalar nimalardan iborat?

❤️ U sizni uyg‘otib yubormaslik uchun eshikni sekin yopishi yoki choyni sizga uzatishdan oldin ta’tib ko‘rishi.

❤️ Yoki mazali taomni siz bilan yeyayotganda idishdagi oxirgi qoldiqni sizga qoldirishi yoki ertalab turib, sizdan oldin nonushta tayyorlab qo'yishi.

❤️ Uxlab yotganingizda sekin ustingizni yopib qo'yishi va bir chetda jimgina sizni tomosha qilishi...

Shu kabi kichik e’tiborlar muhabbatni yanada ziyoda qilib boradi.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kelinoyim xiyonat qilmoqda!

Assalomu alaykum! Akam yaqinda chet davlatga ishlashga ketdi va biroz muddat oʻzi joylashib, sharoit qilib, keyin kelinoyimni olib ketmoqchi edi. Lekin men yaqinda kelinoyimning boshqa bir erkak bilan telda gaplashib yurishini sezib qoldim.

Dalillar ham bor: soat nechida, nechi daqiqa gaplashgan. Behuda gumon boʻlmasligi uchun u nomer bn oʻzim bogʻlanib bazi bir bahonalar bilan u odamni kelinoyimning na qarindoshi, na bizning tanishimiz emasligini bildim. Ya'ni xiyonat qilayotgani aniq.

Bu vaziyat haqida ota-onamga aytsam, ancha keksayib qolishdi — diqqat boʻlishmasin deyman. Shu vaziyatda nima qilay, oʻzim oʻzi bilan gaplashib aytaymi?

Orada farzand ham bor, janjal boʻlishini xoxlamayman, lekin akamga xiyonatiga ham qarab turolmayman. Itimos, maslahat bering!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Akangizga yotig'i bilan tushuntira olsangiz, shunday qiling. Dalillar bilan taqdim qiling.

Shunday holatlar bo'lmasligi uchun erkaklar ayolini yolg'iz tashlab ketmasligi kerak, ayollar ham faqatgina eri uchun emas, o'zi uchun iffatini saqlashi kerak!

Maqtalgan ayollarning sifatlaridan biri eri yo'g'ida uning molini, sha'nini himoya qiladigan ayoldir. Xiyonat qiladigan ayol erining sha'nini oyoqosti qiladi!

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
Arab tilini o‘rganish endi oson va qiziqarli

⁉️ Qanday qilib deysizmi?

🐝 Alifbee ilovasi orqali Arab tilini o‘zingizga qulay vaqtda qulay joyda o‘rganasiz.
Ilova imkoniyatlari: Arab tilini o‘qish, yozish, tinglash va gapirish mashqlari bilan o‘rganasiz

📌 Oyiga atigi 100ming so‘m
Bir yillik obuna 1,2mln so'm

🔗 Batafsil ma’lumot olish uchun: https://bit.ly/4hy1OfI

Kanalimiz: @alifbee_uz

Reklama
🌸Ayol erining sevgisidan gullaydi. Er ayolining itoatkorligidan ko`zlari quvonib, sevgisi ortadi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat bor joyda g'urur bo'lmaydi!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/05 22:59:34
Back to Top
HTML Embed Code: