Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta’lim islohotidagi qaldirg‘och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o‘qib bilim olishi uchun rag‘bat hamdir.
Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O‘qituvchilar esa ingliz tilini o‘qitishning eng ilg‘or metodikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz.
Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!

Yakuniga yetib borayotgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” mamlakatimiz taʼlim tizimida unutilmas tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Bugun yana bir xushxabar bizni behad quvontirdi.
✅ Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova Oliy Majlis Senati tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” milliy-ko'rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Qariyb yarim asrlik umrini ustozlik kasbiga baxshida etayotgan ustozning bu g‘alabasi barcha taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarimiz mehnatining yana bir munosib eʼtirofi deyish mumkin. Bu eʼtiborning zamirida qanchadan-qancha mashaqqatli mehnat, sabr, sinovlar yotishini har birimiz yaxshi bilamiz.
➖ Bugungi kunda Ro‘zigul Orziqulova olti nafar farzandi qatorida millat bolalarining ziyoli bo‘lishi uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.
Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, taʼlim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi”. “Yil ayoli” tanlovida ham aynan o‘qituvchimizning mutlaq g‘olib sifatida eʼtirof etilishi aynan shu so‘zlarning hayotiy tasdig‘idir.
⚡️Fursatdan foydalanib, ushbu mukofot bilan ustozimiz Ro‘zigul Orziqulova hamda ular orqali barcha ustozlarimizni muborakbod etaman. Zero, taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir fidoyi ustoz bu sharafga loyiq.
Ustozlarimizning xalqimiz farzandlariga taʼlim-tarbiya berishda ko‘rsatayotgan mehnatlari mana shunday qadrlanishi bardavom bo‘lishini tilayman!
✅ Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova Oliy Majlis Senati tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” milliy-ko'rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Qariyb yarim asrlik umrini ustozlik kasbiga baxshida etayotgan ustozning bu g‘alabasi barcha taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarimiz mehnatining yana bir munosib eʼtirofi deyish mumkin. Bu eʼtiborning zamirida qanchadan-qancha mashaqqatli mehnat, sabr, sinovlar yotishini har birimiz yaxshi bilamiz.
Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, taʼlim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi”. “Yil ayoli” tanlovida ham aynan o‘qituvchimizning mutlaq g‘olib sifatida eʼtirof etilishi aynan shu so‘zlarning hayotiy tasdig‘idir.
⚡️Fursatdan foydalanib, ushbu mukofot bilan ustozimiz Ro‘zigul Orziqulova hamda ular orqali barcha ustozlarimizni muborakbod etaman. Zero, taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir fidoyi ustoz bu sharafga loyiq.
Ustozlarimizning xalqimiz farzandlariga taʼlim-tarbiya berishda ko‘rsatayotgan mehnatlari mana shunday qadrlanishi bardavom bo‘lishini tilayman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева
Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.
👉 https://kun.uz/53137783
Kun.uz расмий канали

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
➖ “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.
👨👧👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.
👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.
❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.
Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.
Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!
O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.
Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!
Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✅ Yurtimizning ilmli, izlanuvchan yoshlari tom ma’noda bizning kelajagimiz. Ular erishayotgan har bir yutuq, o’z oldiga qo’ygan ulkan maqsad va rejalari bizga faxr va iftixor baxsh etadi.
Zero, biz ularning yangi tajriba va bilimlarga ega bo’lishayotganiga guvoh bo’lib, mamlakatimiz ertasi ishonchli qo’llarda ekaniga ishonamiz.
Shu yilning 11-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “Tech4Good” musobaqasining global final bosqichida o’zbekistonlik yoshlarning ham ishtirok etayotgani meni juda quvontirdi.
Bu musobaqada O’zbekistonning “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan qatnashmoqda, ular orasida “Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova va Otabek Atabayev ham bor.
❗️Finalda shuningdek Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiya jamoalari ham ishtirok etishadi.
Mazkur bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar katta miqdordagi pul mukofotlari, esdalik sovrinlar hamda o‘z startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun 100 ming dollar grant bilan taqdirlanadi.
Talabalarimizga finalda omad va muvaffaqiyat yor bo’lishini tilayman!
Biz sizga ishonamiz, aziz yoshlar!

Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.
Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.
Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
✅ Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrlanadigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.
❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzarb mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.
⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.
Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.

#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.
Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.
Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.