Telegram Web Link
Bolalarning maktabgacha ta’limga qamrov ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha zarur choralar olib borilmoqda

Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joylarda maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim-tarbiya jarayonlariga qamrab olish darajasini oshirish, sohadagi amaliyotlarni to‘liq raqamlashtirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Vazirligimiz hamda tizimdagi Maktabgacha ta’lim agentligi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh a’zolari mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan joylarda qator o‘rganish ishlari olib borishmoqda.

Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni ham uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonlariga jalb qilish, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’lim bo‘yicha mobil guruhlar tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

❗️O‘tgan qisqa muddat davomida Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Izboskan, Oltinko‘l, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo hamda Toshkent shahridagi qator tumanlarida olib borilgan o‘rganishlar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishlarini sifatli tashkil etish, sog‘lom ovqatlantirish, o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlashga doir jarayonlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, joylarda DXSH va oilaviy shakldagi nodavlat MTTlarni ko‘paytirish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini yanada oshirish bo‘yicha hududdagi tadbirkorlar va fuqarolarning takliflari o‘rganib chiqildi.

Ta’lim maskanlarini milliy qadriyatlarimizga mos o‘quv materiallari bilan ta’minlash, ovqat ta’minoti, davomat, badal puli kabi jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, 2024-yilda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini — 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlariga qamrov darajasini — 96 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Buning uchun quvvati 65 ming o‘rindan ziyod bo‘lgan 1 400 ta oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlar tashkil etiladi.

Bugungi kunda rejadagi ishlarni amalga oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz azal-azaldan iste’dodlar yurti, iqtidorli yoshlarning zaminidir.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor natijasida bugun mamlakatimizning turli burchaklaridagi iste’dodlar kashf qilinmoqda, qo’llab-quvvatlanmoqda.

Biz esa ularning yutuqlarini ko’rib quvonamiz, izlanuvchan yoshlarimiz bilan dildan
faxrlanamiz.

⚡️ Kuni kecha yurtimizning kitobxon yoshlarini birlashtirgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi bo’lib o’tganidan xabaringiz bor.

Unda 10-14 yosh toifasida Jomboy tumanidagi 12-maktab o’quvchisi Nargiza Muhammadiyeva 1-o’ringa sazovor bo’ldi.

O’quvchimiz tanlovda 417,4 ball bilan g‘olib bo‘ldi va Prezident sovg’asi — “Cobalt” avtomobilini qo’lga kiritdi.

Biz Vatan kelajagini ko’zlari porlab turgan xuddi shunday bilimli yoshlarimizda ko’ramiz. Chunki, aynan ularning qo’li bilan bizning farovon ertamiz bunyod etiladi.

Parvozing bundan-da baland bo’lsin, Nargiza!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan munis opa-singillar,
Qadrli ustozlar!


Avvalo, sizlarni va siz orqali oilangizdagi barcha xotin-qizlarni bugungi bahor ayyomi — “8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman hamda o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.

Ayol borki, butun olam bor, ayol borki, hayot bor. Ayol borki, zaminimizda yasharish, yangilanish davom etaveradi. Aminmanki, jonajon yurtimizdagi har bir er yigit, avvalo, mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini istaydi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishni o‘zining sharafli burchi, deb biladi.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida ham bugungi kunda barcha sohalarda ayollarimizning faolligi kundan kun ortib bormoqda.

Xususan, ta’lim tizimida ham ana shunday yuz minglab zahmatkash va fidoyi xotin-qizlar farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍 Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn,
Raqamli dizayn,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn.

Onlayn yo'nalishlar:
Python,
Sun'iy intellekt (AI),
Frontend (React.js),
Web dizayn,
Back-end (.Net),
Back-end (Go),
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉Batafsil: https://www.tg-me.com/digitalgeneration_uz
Aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni olamga surur, dillarga huzur bag‘ishlab kirib kelgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!

Sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z murabbiy kabi borliqqa yangilanish, yasharish, gullab-yashnashni o‘rgatadi, ezgulikdan saboq beradi.

Uning tashrifi olamga nurafshonlik baxsh etgani kabi qadrdon ustozlarimiz ham navqiron shuurlarga ma’rifat ziyosini ulashadi.

Bu yilgi ko‘klam tashrifi har qachongidan qutlug‘ kelishini, osmonimiz hamisha bugungidek tinch va musaffo bo‘lishini, dehqonlarimiz xirmoniga baraka, ustozlarimiz faoliyatiga faqat muvaffaqiyatlar olib kelishini tilayman!

Yana bir bor Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
2024/11/15 14:32:16
Back to Top
HTML Embed Code: