Telegram Web Link
#bayram_muborak #8_mart

Бугун қай куйга солсангиз ҳам чидаймиз. Ҳар кунгидек... 🥳😀 Борлигингиз ўзи бахт бизга. Байрам муборак!

@hamzajumayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️‼️

#Тезкор

"Телеграм" орқали юққан
"вирус"дан қандай қутулиш мумкин.
————
Ички ишлар вазирлиги Киберхавфсизлик маркази огоҳлантиради.
"Илтимос менга овоз бериб юборинг" мазмунида тарқалаётган "ФЕЙК" хабарларга алданиб қолманг!

Батафсил бу ерда 👇👇👇
https://www.tg-me.com/cyber_102
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy adovat va taraqqiyot.

Taraqqiyotni sustlashtiradigan omillar orasida shaxsiy adovat yaxshigina ta'sirga ega. SHunday ishlar bor ki, ma'lum sohani yaxshigina rivojlantiradi. Lekin bunda ikki yoki undan ko‘p tashkilot/shaxslar hamkorligi zarur.

Biroq, shaxsiy adovat, amaldorlarning injiqligi, kompromisga borishga kibri yo‘l qo‘ymasligi sabab hamkorlik amalga oshmaydi. Oqibatda davlat va xalq rivojlanishdan mosuvo bo‘ladi.

Ya'ni butun boshli aholiga manfaat keltiradigan ish, 2 kishining shaxsiy adovati tufayli amalga oshmaydi.

Tayinlovlar xususida ham shunaqa holat uchraydi. Zo‘r mutaxassis shunchaki soha "katta"sining qitiq patiga tegib qo‘ygani uchun o‘smaydi. O‘rniga qulluq qiluvchi shotir qo‘yiladi.

SHaxsiy adovatdan, millat, davlat manfaatini ustun qo‘ya olish ko‘nikmasini shakllantirish juda muhim. Ayniqsa, rahbarlar uchun.

@hamzajumayev
Taassurot va tasavvur.

Shaxs haqida ilk taassurot uning axloqi, tafakkuri, xatti harakatlari orqali shakllanadi. U yo ijobiy yo salbiy bo‘ladi.

Biroq, u o‘lgach qilgan yomonliklari-yu zulmlari sekin asta unutilib, ijobiy jihatlari ko‘proq yodga olinadi. Bu insonga xos xususiyat.

Bora bora shaxs haqidagi tasavvur uning rasmlari asosidagina shakllana boradi. Uni eslaganda hatto tirikligida ko‘p ko‘rganlar ko‘z oldiga ham suratlari kela boshlaydi. Aynan suratlar ijobiy xotira shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Chunki aybu nuqsonlardan xoli suratlargina ommaga namoyish etiladi.

Bugun Gitler, CHingizxon kabi shaxslarning zulmi haqida qancha ko‘p gapirilmasin, u shunchaki ma'lumot sifatida qabul qilinadi. Lekin, nafrat uyg‘ota olmaydi.

Insoniyat shunaqa. Unutishga moyil. Lekin, tarix va amal daftari hech narsani unutmaydi. Har bir qadam uchun qandaydir shaklda hisob beriladi.

@hamzajumayev
⚡️⚡️⚡️

Республикада акцизсиз маҳсулотларга рейдлар ўтказилмоқда. Куни кеча Наманганда 11 450 дона қути тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди.

2022-йил якунлари бўйича Наманган вилоятида турли суд қарорларига мувофиқ жами 522,8 миллион сўмлик 80 442 дона қути контрафакт тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди.
Ноқонуний тамаки маҳсулотларини сотиш йилдан йилга ортиб бормоқда.

Қўшни Қирғизистонда ноқонуний тамаки маҳсулотлари савдоси умумий тамаки маҳсулотлари ҳажмининг 70%ни ташкил этади ва бу рақамлар ҳам бизни уйғотиши керак.
Тамаки маҳсулотларини сотишда зарур билимга эга бўлмасликдан жиноят содир этмаслик учун эҳтиёткор бўлмоқ керак, зеро тамаки маҳсулотларини ноқонуний ишлаб чиқарилгани ёки тарқатилгани учун қонунда кўпи билан 12 йил қамоқ жазоси назарда тутилган.

Манба
Ayolim bor
Shokir, Aboka, Sardor Salyamov
+18

Bolla she'riyat va san'atni janozasini o‘qishibdi... 🤮

@hamzajumayev
So‘z erkinligi haqida

So‘z erkinligiga "qisman", " nisbatan" "50/50" degan ta'riflarni qo‘llash mumkinmi? Menimcha, yo‘q!

So‘z erkinligi- yaxlit tushuncha. U - butun qadriyat. Uning chalasi, yarmi, katta yo kichiq qismi yo‘q. So‘z erkinligi yo to‘liq bor, yo umuman yoq. Nisbatan so‘z ekinligi ta'minlandi, deyish yarimta bo‘lsa ham nafas olyapmiz, deyishday gap.

So‘z erkinligi insoniyatga bugun har doimgidan ham zarur. Suv va havodek. Usiz hayot- hayot emas. 1 litr toza ichimlik suviga bir qoshiq oqova suv aralashtirsa, garchi asosiy qismi toza suv bo‘lsa da iste'molga yaroqsizdir.

Xuddi shu kabi, 10% cheklangan so‘z erkinligi, qolgan 90% ni ham yaroqsiz holga keltiradi.

O‘zidan ko‘ngli to‘q, noqonuniy yoki nojo‘ya ishi yo‘q odam so‘z erkinligidan cho‘chimaydi. Jinoyati fosh bo‘lishidan qo‘rqqani, yoki, uni amalga oshirishga xalaqit qilgani uchungina so‘z erkinligini cheklashni istaydiganlar bo‘ladi.

Bu nafaqat xato, balki eng ulug‘ qadriyatga xiyonat hamdir.

@hamzajumayev
Sizlarda ham shunaqami? 😁

@hamzajumayev
Navro‘zi olam va Ramazon oyi muborak! Alloh barchamizni o‘zi aziz qilsin!

@hamzajumayev
⚡️⚡️⚡️
Яхшигина сезилди Тошкентда. Ўзингизни эҳтиёт қилинг.. 🙏

@hamzajumayev
Bunaqa yer silkinishlari deyarli har bahorda bo‘lib turadi bizda.  Juda vahimaga tushmas edik.  Bugungi vahima ko‘proq psixologik xarakterga ega.

Yaqinda Turkiyada ro‘y bergan yer silkinishlari butun dunyo aholisi ruhiyatiga ta'sir qildi. Jumladan bizga ham. Shunga qo‘rqib qoldik...

Yuqoridagi postdagi xabar menga Google dan zilziladan 15 soniya avval keldi.  Ochdim,  hayron bo‘lib ulgurmasimdan yer qimirlay boshladi.  Olia boshlig‘i sifatida o‘zimni xotirjam tutdim,  mana o‘tdi,  bo‘ldi,  tugadi,  deb turdim.  Lekin miyada xavfsizlik rejasini tuzib ham olishga urindim.

Axborot texnologiyalari soniyalar avval bo‘lsa ham xabar jo‘natgani yaxshi.  Yaqin kelajakda zilzilani yanayam ertaroq ayta olish darajasiga ham yetamiz. 

Tuningiz osuda o‘tsin!  ☺️🙏

@hamzajumayev
Taksichilarni hangoma qilamiz, tanqid qilamiz, lekin ularning ishi ham oson emas.

Kimdir nonni butunligicha topadi. Taksichilar esa ushoqdan non yig‘adilar.

Men ham majburiyat yuzasidan taksichilik qilganman. 2012- yil. Kuniga 70-80 ming topardim. 4 ta "grill"ga yetardi shu pul. Nega "grill"? Buning tarixi bor...

Yangi yilga ro‘zg‘or qilish uchun bir hafta ishlab 250 ming yiqqanman. Bayramga 2 kun qolganda o‘sha pulni bir "kattakon"ning "chaq-chuq" iga sarflashga majbur bo‘lganman. Juda alam qilgan...

Bayram kuni kechgacha ish yurishmay zo‘rg‘a 25 ming so‘m ishladim. Bitta "grill", kola va buxanka olib uyga kirganman. Har yangi yilda shu voqeani oilaviy eslaymiz...

Omon bo‘ling taksichilar! Radardan, jarimadan, injiq mijozdan xudo sizni asrasin!

@hamzajumayev
Aql va balo.

Kimningdir intellektidan hayratga tushsak, "aqli baloga yetadi" deb maqtab qo‘yamiz. Lekin bu ta'rifning men tushungan ikkinchi ma'nosi ham bor.

"Baloga yetgan aql" - doim ham super intellekt degani emas. Juda ko‘p hollarda boshga balo keltiradigan aql hamdir.

Ruslarda bu ibora "Горе от ума" shaklida keladi. Aleksandr Griboyedovning shu nomdagi asari bor. 1952 yilda asar asosida kino ham ishlangan.

Aqlli odam boshqalar uchun foyda keltirsa da, o‘zi bu hayotda ko‘p qiynaladi. Fikrlar, ruhiy qarama-qarshiliklar, adolatsizlik, nodonlik kabi holatlar unga azob beradi, halovatini oladi.

Shuning uchun ham gohida "jinnini yoqvolish" - yashashni osonlashtiradi. Ayniqsa, aqling hech kimga kerak bo‘lmagan jamiyatda...

@hamzajumayev
O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidovni ko‘p o‘qiyman. Quyidagi satrlari esa yod bo‘lib ketgan.

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda
O‘ltiribmiz o‘zimiz.

Erkin Vohidov, 1991

👉@hamzajumayev
Men o‘zimni sevaman.

Islohot yoki kampaniyaning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari ko‘p. Shulardan biri - egosentrizm.

Bunda ma'lum ishning boshida turgan shaxs o‘zining qachonlardir ko‘rgan bilganlari asosida yo‘nalish belgilaydi. O‘zini shu ishning ustasi, yagona donishmandi, eng yomoni boshqalar ham shu fikrda, deb o‘ylaydi.

O‘ziga ishonilgan aksiya, harakat, kampaniya, chellenjni amalga oshirishda mutaxassislarning fikriga tayanmaydi. Men qanday aytsam shunday bo‘ladi, qabilida ish ko‘radi. Boshqalarni shunchaki ijrochi sifatida ko‘radi. Ularning fikri tugul, shaxsini ham mensimaydi, nazarga ilmaydi.

Yana bir tomondan atrofdagilarning unga xato qilayotganini ayta olmasligi, "bale", "lutf qildingiz" kabi izohlari shaxsda egosentrizmni kuchaytiradi. Endi uning ko‘zi ko‘r, qulog‘i karlasha boshlaydi.

Egosentrizm illatiga chalingan shaxsning qilgan ishi har qancha katta miqyosli bo‘lmasin, jamoatchilikka aks ta'sir qiladi. Hatto kalaka va dashnomlarga sabab bo‘ladi.

👉 @hamzajumayev
Bular hatto to‘g‘ri yozishniyam bilmas ekan-u, mashinasini aybiga xafa bo‘lib yuribmiz.

Ana u o‘rtadagi temir avtomobil bo‘larkan-u, biz uni "kuzov" deb yuribmiz.

Efirda "Tag‘o taym"

👉 @hamzajumayev
2024/09/23 02:20:34
Back to Top
HTML Embed Code: