Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UzAM bizga nima beradi o‘zi degan savolga shu video javob bo‘ldi man uchun.

Efirda "Tag‘o taym"

👉 @hamzajumayev
#openbudjet

"Openbudjet" mavzusi me'daga tekkan bo‘lsa ham bir gapni aytmasam bo‘lmaydi. Tizim- g‘oya sifatida mukammal. Ijroga kelganda esa makiyaji o‘chirilgan qizga o‘xshab qolyapti xolos.

Bu haqda ko‘pchilik yozmoqda. Lekin, ovoz yig‘ish uchun badal sifatida berilayotgan narsalar xarajati ham oxir oqibat ajratilgan yoki yutib olingan mablag‘dan chegiriladi. Vatan uchun cho‘ntagidan xarajat qilib ovoz yig‘ayotgan tadbirkor borligiga ishonmayman.

Xullas, kola, fanta va boshqa birnimalarga ketgan pullardan ortgani ishni bajarishga yo‘naltiriladi. Qog‘ozda to‘liq sarflangandek ko‘rsatilsa-da, xarajat bir nima qilib undirib olinadi baribir.

Bu esa ish sifatiga ta'sir qiladi. Natijada keyingi bahorda yana shu takror bo‘ladi. Yana o‘sha ish uchun ovoz beramiz...

👉 @hamzajumayev
Demak, bugundan:

Pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi.

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʼyxati kengaytiriladi.

Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi.

Parrandachilik bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi.

Аholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi.

Аvtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi.

Xoʼjalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qogʼozlarni chiqarish boʼyicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.

Аyrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʼurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Аyrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.

Koʼp kvartirali uylarning noturar qavatlarida bogʼchalar tashkil etishga ruxsat beriladi.

Professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi.

Halok boʼlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʼllab-quvvatlanadi.

Yangi qurilgan koʼp qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk soligʼi pasaytiruvchi koeffitsientda toʼlanadi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʼrnatgan shaxslar mol-mulk va yer soligʼidan ozod etiladi.

Аyrim qishloq xoʼjaligi texnikalari bojxona toʼlovlari va utilizatsiya yigʼimidan ozod qilinadi.

P. S. Yaxshi yangiliklar ekan-u, shu 1- apreldan deyilganiga hazilmasmikan, deb ikkilanyapman- da. 😊

Efirda "Tag‘o taym"

👉@hamzajumayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chorasizlik chorasi nima?

Oxirgi kunlarda bo‘layotgan voqealar "ispancha uyat" holatini uyg‘otyapti menda. Yetimlar xo‘rlanishi, ona bolalari va o‘z joniga qasd qilishi...

Bu muammolarga qayta sud qilish yoki derazalarga panjara o‘rnatib chiqish bilan yechim topib bo‘lmaydi. Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odam derazadan sakrolmasa, tomirini kesadi, o‘ziga o‘t qo‘yadi... Lekin bu bilan lezviya yoki gugurtni bozordan yo‘qotish ish bermaydi.

Piyodalar o‘tish yo‘lagida birovni mashina urib o‘ldirsa, ertasiga u yerda svetofor paydo bo‘ladi. Lekin, piyodalar o‘limi ortaveradi...

Biz oqibatlar bilan kurashaverib kuchsizlashib kettik nazarimda. Muammoga nisbatan "o‘zimga kelmayapman", "hamon shokdaman", "men falonchiman", "nafratlanaman" deyishdan nariga o‘tolmayapmiz.

Shaxsiy xulosamga ko‘ra bularning hammasiga sabab bitta - ilmsizlik! Mutaxassislik ilmi tugul elementar ilmni ham yo‘qotdik. Oqibatda chorasizlik ichidamiz.

Endi chorasizlikning chorasini qidiramiz...

👉 @hamzajumayev
#бўларкану

25- кадр ёхуд онг остига таъсир...

Кечанинг ўзидаёқ ёзмоқчи эдим. Бироқ, ҳиссиёт ва воқеанинг таъсири босилишини кутдим.

Шу кунларда кўпчилик янги таҳрирдаги конституцияни муҳокама қилиб ётибди. Ўқиб кўрган ҳам, ўқимаган ҳам таҳлилу танқидга киришган.

Очиғи, ўзим ҳам конституциядаги ўзгаришларни тўлиқ ўқимадим. Лекин, кечаги тадбирда битта модда ҳақида шунчалик чуқур хулосага келдим ки, энди унинг рақами ҳам, моҳияти ҳам умрбод ёдимдан чиқмаса керак.

Хуллас, жамоатчилик фаоллари, ОАВ вакиллари ва блогерларни "табиат қўйнига жамлаган" "Яшил Тошкент" лойиҳасига берилган таклифнома аввал бошидан тиккасига "референдум тарғиботи бу" дейилганида, балки иккиланган бўлардим. Чунки, бу борадаги "лобовой пропаганда" дан нимадир олишга кўзим етмаётганди.

"Яшил Тошкент" дан эса шуни олдим. Мотив- табиат. Мен унинг бир бўлагига айлан(тирил)дим. Мақсад эса, айнан табиатга муносабат акс этаётган моддани табиат қўйнида онг остимга жойлаш орқали, референдумга бефарқ бўлмасликни сингдириш. Ташкилотчилар буни уддалади.

Ҳеч ким бақир-чақир қилмади. Қийқирмади, байроқ кўтармади. Тадбирда иримига бўлса ҳам, меники, сеники, ҳаммамизники деган сўзлар янграмади. Лекин, ишончим комилки, ҳар бир меҳмон тилида бўлмаса ҳам, дилида дахлдорлик, эгалик ҳисси билан ботаника боғини тарк этди.

Тадбирнинг ҳаяжонли нуқталарини фейсбукимга жойладим.

Дарвоқе, илова қилинаётган QR кодни бир сканерлаб кўрсангиз шунча тараддут нима учун бўлганини кўрасиз. 😉

Эфирда"Тағо тайм"

@hamzajumayev
Hozir qanaqa bilmadim-u, yoshligimizda eng hashamatli uy prokurorniki bo‘lardi. O‘sha atrofdagi biror joy haqida gapirilsa, prokurorni uyi "orientir" bo‘lardi.

Zamonani zo‘rligini qarang ki, hozir tadbirkor, fermerlarning ham uylari hashamatli. Faqat o‘qituvchi va jurnalist oddiy uyda yashaydi xolos. 😉

Prokurorning uyi, deb ko‘rsatgandan ko‘ra, prokuror bog‘i, degan baribir yaxshi da. Prokuror tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lsa, nomini qo‘ysa qo‘yibdi da.

Menam zo‘r bo‘lib ketsam, "Tag‘omni bog‘i" ochaman.

Aytishlaricha, bu bog‘ Yunusobod tumanida ekan.

@hamzajumayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
F+A=S

Unaqamasde Farhod! Sen Asalni sevsang daraxtda nima ayb?

Tabiat tilga kirganda... 😔

👉 @hamzajumayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitta shoir yoningda maslahat soʻrab tursa, bittasi sahnadan turib 300 kishining ichidan faqat sen bilan soʻrashsa, bir “Tagʻo”ga bundan ortiq nima kerak? ☺️

Efirda "Tag‘o taym"

@hamzajumayev
Forwarded from Allaev Uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мурожаат ва илтимоснома.

Тарқатишга ёрдам беринг, илтимос.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek "Elon Mask"

Mana shunday yoshlar haqida eshitsam kelajakka umidim ortaveradi. Ayniqsa, ona zaminim Buxorodan chiqqan iqtidorlar bilan g‘ururlanaman.

Bu bolaning bilimi boshqa davlatlar emas, o‘zimizning yurtimizda ham munosib qadrlanishiga ishonaman.

👉 @hamzajumayev
#hayit_muborak

Ro‘zai Ramazon tugab hayitga yetkazgan Rabbimga shukur!

Barchangizga bayram muborak! Ibodatu duolarimizni o‘zi dargohida qabul aylasin!

Hayit namozini ona shahrim Buxoroda, Bahouddin Naqshband masjidida o‘qish nasib etdi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov bilan ham shu yerda bayramlashdik.

@hamzajumayev
uz.pdf
359.5 KB
Xullas, indinga referendum. Konstitutsiyaning biz tasdiqlashimiz yoki inkor etishimiz kutilayotgan yangi tahriri to‘liq e'lon qilindi.

Agar siz hali ham nimalar o‘zgarishi mumkinligi haqida bilmasangiz, ushbu faylni birrov ko‘zdan kechiring.

Men referendumda qatnashaman, befarq emasman degan chorlov orqali emas, o‘zingiz va kelajak avlodning yaxshiroq hayoti uchun, ongli ravishda ishtirok eting. Bu imkoniyat har kuni ham bo‘lavermaydi. Nimanidir o‘zgartirish kerakligini tushunganingizda keyingi referendumni kutishga to‘g‘ri kelmasin. Balki, hayotimizni o‘zgartirish uchun oxirgi imkoniyat shudir..?

Vatan undan kutayotganini bermagan farzand, ertaga undan nimadir kutishga haqqi yo‘q!

@hamzajumayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kokand

Qo‘qonda bir holatga duch keldim. Bir qarashda "majburiy" safarbarlikka o‘xshadi.

Surishtirsam gap boshqa yoqda ekan. Respect!

@hamzajumayev
Бугун жамиятдаги деярли барча соҳаларда аёллар фаол. Бугун хотин-қизлар раҳбарларлик лавозимларида фаолият олиб боришмоқда. Бир сўз билан айтганда, аёлларга эътибор қанча кўпайса жамиятда ҳам шунча яхши ўзгаришлар бўлаверади.

Давлат сиёсатининг асосий тамойилларидан бири бўлган "Аёллар дафтари"га киритилган хотин-қизларга ёрдамлар берилмоқда. Хусусан, 1 майгача дафтардаги 1 млн 680 нафар хотин-қизлардан 437 845 нафарининг муаммолари ҳал этилибди.

Бу ишларни амалга оширишда давлат тизимида турли ташкилотларнинг иштироки бор. Айтиш керакки, бу каби ишлар ортидан қанчадан-қанча опа-сингилларимизнинг ҳаёти ўзгармоқда. Давомли бўлаверсин.

@hamzajumayev
#madaniyatvaturizmvazirligi

Muhit juda ajib! #bakhshi_international_art_festival taqdirlash va tantanali yopilish marosimi boshlanish arafasida.

@hamzajumayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni paytda soʻng III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Youtube

🙂 Milliy Tanlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 04:20:48
Back to Top
HTML Embed Code: