Telegram Web Link
Sud-huquq tizimida nizolarni hal qilish bo'yicha AQShda tajribaga ega bo'lish uchun Weinstein JAMS International Fellowship dasturi. Stipendiya miqdori — $20,000

Talablar
— AQSh fuqarosi bo'lmasligi zarur;
— Dastur uchun til bilish sertifikati talab etilmaydi. Ammo qatnashchi ingliz tilini mukammal bilishi kerak;
— Sudya, advokat, huquq fani professorlari, sud ma'murlari, davlat amaldorlari yoki ADR amaliyotchisi sifatida tajribaga ega bo'lgan nomzodlarga qatnashish uchun ustunlik beriladi; ammo soha bo'yicha ta'lim olish bilan cheklanganlar ham ariza berishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dastur qatnashchilariga 20,000 AQSh dollarigacha bo'lgan stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
22.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/52613

#amaliyotlar #stipendiya #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun Germaniya Parlamenti (Bundestag) da 5 oy davomida to'liq moliyalashtirilgan holda amaliyot o'tish imkonini beruvchi grant dasturi

Talablar
— O'zbekiston fuqarosi bo'lishi (ikki fuqarolik bo'lishi mumkin);
— Istalgan yo'nalishda bakalavr, magistr yoki doktorlik darajasiga ega bo'lishi;
— Nemis tilini yaxshi bilishi (hech bo'lmaganda B2 darajada).

Foydali tomonlari
— Oyiga €700 miqdorida stipendiya;
— Germaniyaga borib kelish xarajatlari qoplanadi;
— Turar-joy va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/29595

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydiganlar uchun to'liq moliyalashtirilgan holda Marokashda malaka oshirish imkoni — Global Cultural Relations Programme

Talablar
— Nomzodlar 25-39 yosh orasida bo'lishi ma’qul ko’riladi (belgilangan yoshdan katta yoki kichik nomzodlarning arizasi ham ko’rib chiqilishi mumkin);
— Xalqaro hamkorlik sohasida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi (bu sohada ishlaydigan, ammo 3 yil tajribaga ega bo'lmagan nomzodlar ham topshira olishi mumkin);
— Davlat yoki xususiy fuqarolik jamiyati tashkilotlarida ishlashi yoki frilanser bo'lishi hamda ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.

Foydali tomonlari
— Borib-kelish xarajatlari;
— Viza xarajatlari;
— Turar-joy hamda dastur bilan bog'liq boshqa xarajatlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
14.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/78749

#Tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Marokash

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 16 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2024 tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/80125

2. Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/94871

3. Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/34174

4. Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/74653


3 kun qoldi:
1. Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda amaliyot qilish imkoniyati — Community Engagement Exchange Program
👉 https://grantgo.uz/go/46141

2. 18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000
👉 https://grantgo.uz/go/41908


5 kun qoldi:
1. Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/00288

2. Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/36483

Telegram | YouTube | Mentorlik
Oksford universitetida bakalavr bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi Ellison Scholars Programme dasturi

Talablar
— Butun dunyo bo'ylab dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (til bilishga qo'yilgan talab yo'nalishga qarab farqlanadi);
— Nomzod tanlagan bakalavr bosqichi talablariga javob berishi kerak.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlari to'liq moliyalashtiriladi;
— Turarjoy, oziq-ovqat xarajatlari, o'qish uchun qo'shimcha yashash xarajatlari va innovatsion loyihalar ustida ishlash uchun mablag' ajratiladi (oylik to'lanadi);
— O'qish uchun zarur yangi texnologiyani sotib olish va dasturga oid har qanday qo'shimcha sayohat xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
01.08.2024 20:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/56421

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Shveysariyada tadqiqotchilar uchun 30,000 dollar mablag' ajratiladigan Dr. Eduard Gübelin research scholarship dasturi

Talablar
— Dasturda magistratura, doktorantura bosqichi talabalari yoki doktorantura bosqichidan keyin tadqiqot olib borayotganlar ishtirok etishlari mumkin;
— Ishtirokchilar bakalavr darajalarini biologiya, yerga oid fanlar, kimyo, fizika, moddalar ilmi, geologiya, tuproqshunoslik va shu kabi sohalarda o'qigan bo'lishlari kerak;
— Dasturda tadqiqotchi muassasa yoki kompaniya ham ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dasturga jami $30,000 gacha mablag' ajratiladi;
— Umumiy mablag'ning boshlang'ich qismi tadqiqot boshlangan vaqtida taqdim etiladi;
— Dastur g'oliblari Gubelin qimmatbaho toshlar laboratoriyasi foydalanishlari mumkin.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/20250

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Shveysariya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha bo'lgan startaplar tanlovi

Talablar
— Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.

Startap yo'nalishlari:

— FinTech;
— E-commerce;
— EdTech;
— HealthTech;
— AgriTech;
— LogiTech.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'olibi bo'lgan startap/kompaniyalarga 50-500 ming AQSH dollarigacha bo'lgan miqdorda investitsiya kiritiladi.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/60296

#tanlovlar #grant #Qozogʻiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme granti
👉 https://grantgo.uz/go/78894

2. Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasidan futzal boʻyicha JCh-2024 uchun volontyorlik dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/47533

3. Polshadagi Vistula Universitetida bakalavr va magistratura bosqichini o‘qish uchun 100% lik Vistula Merit Scholarship grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/25948

4. Bakalavr yoki qoʻshma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan iqtidorli talabalar uchun maxsus grant dasturi. Stipendiya miqdori — €12,000!
👉 https://grantgo.uz/go/15187


3 kun qoldi:
1. 18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan dastur — Central Asia & Türkiye Youth Talks
👉 https://grantgo.uz/go/00152


5 kun qoldi:
1. Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalari institutining magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/67238


10 kun qoldi:
1. Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati — “English for Science” dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/84124

2. Xalqaro Shaxmat Federatsiyasidan barcha havaskor va professional rassomlar uchun ijodiy ishlar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/89901

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. 18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan dastur — Central Asia & Türkiye Youth Talks (1458)
👉 https://grantgo.uz/go/00152

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan 2024-yil uchun 500 oʻrinli 1-stipendiya tanlovi (972)
👉 https://grantgo.uz/go/49251

3. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp (887)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

4. 18 yoshdan kattalar uchun Maltada umumiy ingliz tilini yaxshilash hamda IELTSga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi (879)
👉 https://grantgo.uz/go/43514

5. Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi (724)
👉 https://grantgo.uz/go/00288

Telegram | YouTube | Mentorlik
DAAD mentorlik kursi 3.0

🔥 DAAD grantlari uchun mentorlik kursi 3-mavsumiga qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

🗒 Kurs asosiy rejasi va strukturasi o'tgan yilgi va sinalgan darslardan o'zgartirilmagan. Shu bilan birgalikda u qo'shimcha, kerakli darslar bilan boyitib boriladi.

🏆 Natijalar haqida esa ushbu postdan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda o'tgan yili 14 g'olibga kurs va suhbat jarayonida yordam berdik. G'olib bo'la olmaganlar orasidan esa Chevening, Hungaricum va boshqa nufuzli grantlar g'oliblari va alternativ g'oliblari chiqishdi.

🎯 Biz uchun bu eng asosiy natija emas. Bizdagi har bir mentorlik kursi eng asosiy maqsadi — ishtirokchilarga o'zlarining haqiqiy potensialini kashf qilishda va uzoq muddatli maqsad va rejalarini oydinlashtirshda yordam berish.

💶 Hammani qiziqtirgan mavzu — kurs narxiga kelsak, o'tgan yilgi natijalarni hisobga olgan holda bu mavsum kurs narxini oshirmaslikka qaror qildik. Aksincha, bu yil kursni turli xil paketlarda e'lon qilish orqali arzonroq variantlar ham taklif qilmoqchimiz

Kurs paketlari
➡️ Basic (videokurs va hujjat tekshirish) — 549,000 so'm 599,000 so'm
➡️ Essential (basic + haftalik onlayn darslar) — 699,000 so'm 799,000 so'm
ℹ️ Ikkiga bo'lib to'lash imkoni bor. Chegirmadagi narxlar 15-iyulgacha to'liq to'lov qilganda yoki bittada to'lov qilinganda amal qiladi

Qo'shimcha xizmatlar
➡️ Individual onlayn yordam (45 daqiqa) — 120,000 so'm
➡️ Hujjatlarni tekshirib berish (kurssiz) — 349,000 so'm

DAAD dasturlari haqida to'liq ma'lumot
ℹ️ DAAD dasturlari haqida ovozli chat

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#DAAD #mentorship #Germaniya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda amaliyot qilish imkoniyati — Community Engagement Exchange Program
👉 https://grantgo.uz/go/46141

2. 18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000
👉 https://grantgo.uz/go/41908


3 kun qoldi:
1. Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/00288

2. Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/36483


5 kun qoldi:
1. 18-30 yosh oraligʻidagi xalqaro savdoga qiziqqan barcha uchun Shveysariyada oʻtkaziladigan Young Trade Leaders Programme dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/16827

Telegram | YouTube | Mentorlik
11-17 yoshdagi shoirlar uchun The Foyle Young Poets of the Award sheʼrlar tanlovi

Talablar
Tanlovda 2024-yil 31-iyulgacha 11-17 yosh oralig'ida bo'lgan barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi. She'rlar ingliz tilida yozilishi kerak, ammo ishtirokchi o'z ona tiliyoki boshqa tildagi iboralarni ham she'rga kiritishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Ushbu she'riyat tanlovida TOP 100 nafari (Top 15 nafar g'olib va 85 nafar maqtovga sazovor) g'olib deb topiladi;
— She'riyat Jamiyatining (The Poetry Society) bir yillik Yoshlar a'zoligiga ega bo'ladilar;
— Kitoblar va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni oʻz ichiga olgan sovgʻa sumkasi beriladi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39348

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul ochildi!

Bakalavr bosqichini Kanadaning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Lester B.Pearson International Scholarship Program dasturi

Talablar
— Nomzod Kanada fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Tahsil olayotgan muassasasini bitirgan boʻlishi yoki 2024-yil iyun oyiga qadar tugatgan bo'lishi zarur;
— 2025-yil sentabrda Toronto universitetida boshlanadigan bakalavr yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi va unga qabul qilingan boʻlishi zarur.

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— Bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— Kitoblar, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun moliyaviy yordam ko'rsatiladi.

Oxirgi muddat
11.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/53298

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul ochiq!

Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohasi bo'yicha magistratura bosqichini o'qish uchun ERP Study Scholarships (DAAD) grant dasturi

Talablar
— Nomzod iqtisodiyot yoki biznes sohasida bakalavr darajasiga ega bo'lishi va diplomini olganiga 6 yildan oshmagan bo'lishi kerak;
— Germaniyada o'qish uchun 3 ta universitetga hujjat topshirishi va qabul xati DAADga dastur boshlanguncha taqdim etilishi kerak;
— 15 oy va undan ortiqroq muddatdan beri Germaniyada yashab kelayotgan nomzodlar dasturga qabul qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Oylik €934 stipendiya beriladi;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari qoplanadi;
— O'qish xarajatlari uchun yiliga €460 mablag' bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/01683

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2025) tugatishi kerak;
— Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik €934 stipendiya;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug'urta qoplanadi;
— O'qish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87989

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 18-25 yosh oraligʻidagilar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan dastur — Central Asia & Türkiye Youth Talks
👉 https://grantgo.uz/go/00152


3 kun qoldi:
1. Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalari institutining magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/67238


5 kun qoldi:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun mukofot jamgʻarmasi $3000 ni tashkil etuvchi xalqaro Monochrome Photography Awards tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/97745


10 kun qoldi:
1. Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha boʻyicha oʻqish uchun 100% gacha grantlar
👉 https://grantgo.uz/go/22388

Telegram | YouTube | Mentorlik
16-40 yosh oralig'idagilar uchun Kanadada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik forum — Cultural Diplomacy and Technology Forum

Talablar
— 16-40 yosh oralig'idagi madaniy diplomatiya va texnologiya sohasida o'qiyotgan talaba hamda ishlayotgan mutaxassis va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate darajada).

Foydali tomonlari
— Ikki tomonlama aviachipta, turarjoy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
— Niagara sharsharasi va shahar bo'ylab sayohat to'liq moliyalashtiriladi;
— Saralanganlarga sertifikat beriladi hamda ular turli dastur doirasidagi tadbirlarda bepul qatnashishlari mumkin.

Oxirgi muddat
20.07.2024 09:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/12592

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍👍👍👍 👍👍👍👍

"University of Business and Science" 2024-2025-o‘quv yili uchun 300 ta ta’lim granti e’lon qiladi!


UBS'da o‘qimoqchi bo‘lgan har bir ilmli va salohiyatli abituriyent 300 ta grantdan birini yutib olish imkoniyatiga ega!

Grant bakalavriatning barcha 20 ta yo‘nalishlari uchun amal qiladi:
ubsu.uz/educations/bachelordirections

UBS o‘z talabalari uchun stipendiya ham ajratadi.

Kontakt narxi 9 mln 180 ming so‘mdan boshlanadi.

UBS'ga hujjat topshirib, ta’lim granti va stipendiyaga ega bo‘ling.


🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📱 iPhone 15 Pro Max yutib olish

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Telegram:
@ubsuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Garvardda 9 oy tadqiqot qilish imkonini beruvchi Radcliffe Institute Fellowship Program dasturi. G'oliblarga $78,000 stipendiya beriladi!

Talablar
— Dasturga ushbu kategoriyalarda hujjat topshirish mumkin: Gumanistlar va ijtimoiy fan olimlari; Ijodkorlar (jurnalist va badiiy boʻlmagan yozuvchilar); Olimlar, injenerlar va matematiklar;
— Doktorlik darajasini olganligiga kamida 2 yil bo'lgan bo'lishi kerak (Ijodkor kategoriyasi bo'yicha shart emas).

Foydali tomonlari
— Yillik $78,000 miqdoridagi stipendiya;
— Loyiha xarajatlari uchun qo'shimcha $5,000
— Byerly Halldan ofis yoki studiya uchun joy;
— Oilasi bilan ko'chib keladiganlarga $5000 dan $7000 gacha qo'shimcha pul + enaga yollashi uchun mablag' ham beriladi!

Oxirgi muddat
13.09.2024 08:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/27571

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/10/02 00:33:41
Back to Top
HTML Embed Code: