Telegram Web Link
Ayol-qizlar uchun Avstriyaning Vena texnologiya universiteti magistratura bosqichi uchun to'liq qoplanuvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini Computer science yoki matematika/texnologiya sohasi bo'yicha yakunlagan ayol va qizlar bo'lishi;
— Kuchli matematik va texnik salohiyat;
— Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL sertifikati).

Foydali tomonlari
— Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida o'qish uchun kontrakt to'lovidan ozod qilinadi;
— 2 yil davomida yiliga €7,000 stipendiya bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
30.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/01029

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Avstriya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi

Talablar
— Butun dunyo bo'ylab talabalar va o'qishni bitirganiga 3 yildan oshmaganlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar 18 yoshdan 29 yoshgacha bo'lishi hamda magistratura darajasini hali olmagan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate level).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
— Global miqyosdagi guruhlar o'rtasi jonli muloqotlar o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
04.07.2024 09:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/36483

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dunyoning Top 100 talik universitetlaridan biri Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi

Talablar
— Tanlayotgan magistratura yo'nalishiga mos bakalavr bosqichini tugatgan yoki tugatayotgan YI va YEIZga kirmaydigan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin (O'zbekistonliklar topshira oladi);
— Til talabi tanlagan dasturiga qarab farq qiladi.

Foydali tomonlari
— O'quv kontrakt to'lovi uchun €10,000 yoki €15,000 miqdorida grant ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62003

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Niderlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Chetga "suraman" deysiz-u, moliyaviy qiyinchiliklar to'siq bo'lyaptimi?

Ushbu maqolamizda chet elda o'qish uchun bir qancha nufuzli davlat grantlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

📎 Maqolani o'qish

#blog

Foydali – 🔥
GrantGO'dan ko'proq ma'lumotlar olishni istasangiz –
👍

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchilar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/28033


3 kun qoldi:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

3. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024
👉 https://grantgo.uz/go/55060


10 kun qoldi:
1. Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda amaliyot qilish imkoniyati — Community Engagement Exchange Program
👉 https://grantgo.uz/go/46141

2. 18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000
👉 https://grantgo.uz/go/41908

Telegram | YouTube | Mentorlik
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20% dan 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Knight-Hennessy Scholars granti

Talablar
— Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlariariza berishi mumkin;
— TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball.

Foydali tomonlari
— 3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchunmablag' ajratiladi(ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
10.10.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/72050

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: www.tg-me.com/uenteruz
———
Подписывайтесь на канал Инновационного центра UEnter и используйте возможности для саморазвития и реализации ваших бизнес идей: www.tg-me.com/uenteruz
Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi

Talablar
— Ushbu tanlovda avval birorta ishi nashrdan chiqmagan yosh havaskor yozuvchilar qatnashishi mumkin;
— Ilmiy fantastik, badiiy to'qima va fantastik yo'nalishdagi va avval nashr ettirilmagan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun $1,000;
— 2-o'rin uchun $750;
— 3-o'rin uchun $500.

Bosh sovrin — $5000!

Oxirgi muddat
30.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/34174

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734


3 kun qoldi:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675


5 kun qoldi:
1. Meksika hukumatidan barcha bosqichlarda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi — Merit Scholarships grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/34947

Telegram | YouTube | Mentorlik
Xorijda magistratura bosqichida o'qimoqchimiz? Arizangizda quyidagilarni namoyish qilish ustunlik beradi

🛡 Kasbiy malaka:

Tegishli ish tajribasi: Hujjat topshirayotgan sohangizda professional tajriba.
Loyiha boshqaruvi: loyihalarni samarali boshqarish, belgilangan muddatlarga rioya qilish va natijaga erishish salohiyati.
Jamoada ishlash va hamkorlik.

➡️Shaxsiy sifatlar:

Motivatsiya va ishtiyoq.
Muloqot ko'nikmalari: Kuchli yozma va og'zaki muloqot ko'nikmalari.
Yetakchilik: darsdan tashqari ishlarda yetakchilik tajribasi.
Moslashuvchanlik va bosimga chidamlilik.

📌 Qo'shimcha ko'nikmalar:

Taym-menejment: vaqtni samarali boshqarish va mas'uliyatni bo'yniga olish.
Netvorking: professional munosabatlarni o'rnatish va undan foydalana olish.

Bu va yana boshqa ko'nikmalar professional maydonda kuchli kadr bo'lib yetishishingizga yordam beradi.

🔥 – Maqola shaklida o'qishni istasangiz
👍 – Post yoqqan bo'lsa


Do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang 😉

#foydali

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp (1543)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024 (486)
👉 https://grantgo.uz/go/55060

3. Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi (368)
👉 https://grantgo.uz/go/43285

4. Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda barcha bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi — Kingdom Saudi Arabia grant dasturi (336)
👉 https://grantgo.uz/go/59959

5. Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro (330)
👉 https://grantgo.uz/go/20119

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

3. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024
👉 https://grantgo.uz/go/55060


5 kun qoldi:
1. Talabalar va malakali mutaxassislar uchun Yaponiyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — METI Japan Internship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/84864


10 kun qoldi:
1. Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/36483

Telegram | YouTube | Mentorlik
25-iyundan qabul ochiq!

"El-yurt umidi" jamg'armasidan bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichlarini top universitetlarda o'qish uchun 500 o'rinli grant

Talablar
— Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha ta'lim olishni istaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
— Bakalavriat uchun: 25 yoshgacha bo'lgan; Magistratura uchun: 20-45 yosh oralig'idagi; doktorantura uchun: 22-45 yosh oralig'idagi, tanlagan mutaxassisligi bo'yicha kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega bo'lganlar (oliy talim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno) ariza topshira oladi.

Foydali tomonlari
— Kontrakt to'liq qoplanadi;
— Viza olish, transport xarajatlari (ikkala tomonga);
— Yashash, ovqatlanish, tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
25.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/49251

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi

Talablar
Dasturda 30 yoshdan oshmagan va demokratik faollikka chuqur qiziqish bildiruvchi barcha qatnashishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— Yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya;
— Vashingtongga borish-kelish xarajatlari;
— Tibbiy sug'urta va b. qoplanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08742

#hamdoʻstlik_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675


3 kun qoldi:
1. Meksika hukumatidan barcha bosqichlarda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi — Merit Scholarships grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/34947


5 kun qoldi:
1. 16 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2024 tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/80125

2. Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/94871

3. Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/34174

4. Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/74653


10 kun qoldi:
1. Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalari institutining magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/67238

Telegram | YouTube | Mentorlik
Ayol-qizlar uchun Qozog'istonda magistraturani to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme

Talablar
— Dasturda muhandislik, texnologiya va shunga yaqin sohalar bo'yicha bakalavr yoki magistrlik darajasiga ega yosh ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
— Iqtisod va boshqaruv sohasi vakillari ham ishtirok etishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (til bilish sertifikati majburiy emas).

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Yo'l xarajatlari, turarjoy va boshqa tegishli xarajatlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
01.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/78894

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qozogʻiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Havaskor va professional fotograflar uchun mukofot jamg'armasi $3000 ni tashkil etuvchi xalqaro Monochrome Photography Awards tanlovi

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan yuqori bo'lgan barcha havaskor va professional fotograflar ishtirok etishi mumkin;
— Ishtirokchilar tanlov uchun berilgan yo'nalishlar bo'yicha istalgancha surat yuborishlari mumkin;
— Avvalgi tanlovlarda g'olib deb topilgan suratlar bilan ham ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Foydali tomonlari
— Professional fotograf yo'nalishi bo'yicha g'olib uchun $2000 pul mukofoti;
— Havaskor fotograf yo'nalishi bo'yicha g'olib uchun $1000 pul mukofoti;
— Ikkala yo'nalish bo'yicha yuqori o'rinlarni qo'lgakiritganlar "Monochrome Photographer of the Year" nominatsiyasi va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Oxirgi muddat
07.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/97745

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Avstraliyaning Sidney universitetida magistratura yoki doktorantura bosqichini o'qish va tadqiqot olib borish uchun xarajatlari to'liq qoplanadigan Avstraliya hukumati granti

Talablar
— Bakalavr darajasini tamomlagan bo'lishi kerak;
— Ayni damda tadqiqot olib borayotgan yoki tadqiqot olib borishni boshlagan xalqaro talaba bo'lishi lozim;
— Saralash jarayonida nomzodlarning akademik ko'rsatkichlari, tadqiqot bo'yicha tajribasi hamda nashr etilgan ishlari inobatga olinadi.

Foydali tomonlari
— Har bir nomzodga $40,109 miqdorida grant ajratiladi (2024-yil hisobi bo'yicha);
— Kontrakt puli to'lab beriladi;
— Yashash xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
13.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08006

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Avstraliya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/06/26 00:10:31
Back to Top
HTML Embed Code: