Telegram Web Link
"Universal Mentorlik Kursi"miz chegirmasi tugashiga 3 kun qoldi

Magistratura bosqichi grantlari uchun tashkil qilingan "Universal Mentorlik Kursi"miz uchun Ramazon oyi chegirmasi tugashiga atigi 3 kun qoldi.

Kurs haqidagi eng asosiy ma'lumotlar
➡️ Kursdagi bilimlar qaysi grantlar uchun azqotishi
➡️ Kurs mentori
➡️ Kurs natijlari
➡️ Kimlar uchun tuzilgani
➡️ Kurs tarkibi
➡️ Kursdan nimalar kutish kerak va kerak emasligini yuqorida ko'rsatib o'tyapmiz.

Batafsil ma'lumot
😎 Universal Mentorlik Kursi bilan tanishuv

Kurs narxlari
10.03 gacha — 599,000 so'm
Ramazon oyida — 499,000 so'm
11.04 dan boshlab — 999,000 so'm

Kursga yozilish va savollar bo'yicha
💬 @grantgo_mentor

#mentorlik #magistratura

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Kanadada bo‘ladigan One Young World sammitida to‘liq moliyalashtirilgan holda qatnashish uchun Leading Asia Scholarship granti
👉 https://grantgo.uz/go/26966


10 kun qoldi:
1. TalpynUp: London Imperial Kolleji va Qozog’iston biznes-trenerlari uyushmasidan tadbirkor ayollar uchun 6 oylik biznes-mentorlik dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/61167

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavriat talabalari uchun Huawei xalqaro kompaniyasida 3 oylik amaliyot dasturi — Huawei Internship Program 2024

Talablar
— Nomzodlar bakalavriat bosqichining 4-kursida yoki undan yuqori bosqichda o'qiyotgan bo'lishlari lozim;
— Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak;
— Ingliz, rus va o'zbek tillarida erkin suhbatlasha olishlari lozim.

Foydali tomonlari
— Huawei hamjamiyati a'zosiga aylanish;
— Eng zamonaviy korxonalardan birida faoliyat yuritib, ma'lum bir sohalarda tajriba oshirish;
— Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan taqdirda, ushbu korxonaga ishga olinish imkoniyati.

Oxirgi muddat
15.04.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/68114

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
14-24 yosh oralig'idagi yetakchi yoshlar uchun xalqaro onlayn almashinuv dasturi — Leaders of Tomorrow Digital Exchange Program

Talablar
— Nomzodlar, ingliz tilida gapirish, yozish va tinglash bo'yicha yetarli ko'nikmaga ega bo'lishi kerak (sertifikat shart emas);
— Ikki yosh toifasidan biriga kirishi kerak: 14-17 yosh yoki 18-24 yosh;
— Barcha mamlakatlar yoshlari ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Turli millatlar va mamlakatlar madaniyati, tili va an'analari bilan tanishish;
— Boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish;
— Ochiq muloqotlar va seminarlar orqali muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyati.

Oxirgi muddat
10.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15548

#almashinuv_dasturlari #bepul #Iroq

Telegram | YouTube | Mentorlik
Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Global Peace sammiti

Talablar
— Dasturda 16 yoshdan katta boʻlgan barcha xodimlar/talabalar, yosh faollar va yetakchilar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzod keng fikrli, kuchli motivatsiya va qiziqishga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim. Sertifikat talab etilmaydi.

Foydali tomonlari

Toʻliq grant egalariga:

— Buyuk Britaniyaga sayohat uchun bepul aviachipta beriladi;
— Kembrij universitetidan turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
— Sammitda ishtirok etish uchun ruxsatnoma, sammit sumkasi, viza olishda amaliy yordam, sertifikat va yakuniy bayramda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Qisman grant sohiblari aviachiptadan tashqari yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega boʻladi!

Oxirgi muddat
15.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/96757

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Niderlandiyaning Twente Universitetida magistratura bosqichida o'qish uchun University Twente Scholarship dasturi. Yillik stipendiya miqdori — €22,000 gacha!

Talablar
— Twente universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinganlik bo'yicha qabul xatini olgan bo'lishi;
— Bakalavrni Twente universitetida tugatmagan bo'lishi va b.

Til bilish sertifikati IELTS 6.5 yoki TOEFL 90 ham talab etiladi!

Foydali tomonlari
— Yiliga €3,000 dan €22,000 gacha stipendiya (taxminan 50 ta talabaga taqdim qilinadi).

Oxirgi muddat
01.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/83370

#grantlar_va_stipendiyalar #stipendiya #Niderlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Italiyaning Kalabriya universitetida magistratura darajasini grant asosida oʻqish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/84955

2. Oʻz biznesini rivojlantirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun WeRISE Business Accelerator ijtimoiy tadbirkorlik dasturi. Umumiy mukofot qiymati — $34,000!
👉 https://grantgo.uz/go/94337

3. Yaponiya yozgi madaniyat oromgohi — 35 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat
👉 https://grantgo.uz/go/40682


5 kun qoldi:
1. Xitoyda bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan dastur — FuSEP Summer Research Program
👉 https://grantgo.uz/go/98440

Telegram | YouTube | Mentorlik
Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamg'armasi $8,700 bo'lgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Ijodiy ishlar iqlim muammosiga oid bo’lishi va ingliz tilida yozilishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Birinchi o'ringa $3,000 pul mukofoti va Amerikadagi 4 haftalik rezidentlik dasturida qatnashish imkoni ($3,000 gonorar), ikkinchi o'ringa $2,000, uchinchi o'ringa esa $1,000;
— Shuningdek, yana qo'shimcha 9 nomzodning har biriga $300 dan;
—Jami 12 o'rin sohiblarining hikoyalari Grist's internet sahifasida Imagine 2200 kolleksiyasining bir qismi sifatida chop etiladi.

Eslatma: dasturga ariza topshirish bepul!

Oxirgi muddat
24.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/26734

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar va yaqinda o'qishni tugatganlar uchun 6 oylik Mahorat & Management Internship amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda huquq, ta’lim, moliya, iqtisodiyot, media, jurnalistika va IT sohasida tahsil olayotgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin;
— Oxirgi kurs talabalari yoki yaqinda o’qishni tugatgan bo'lish lozim;
— Kamida bir yillik ish tajribasi kerak (amaliyotlar, mustaqil faoliyatlar ham tajriba sifatida hisoblanadi);
— Ingliz, o’zbek va/yoki rus tilini bilish kerak.

Foydali tomonlari
— Uzoq muddatli loyihaga hissa qo'shish imkoni paydo bo'ladi (CVni boyitishda muhim rol o'ynaydi);
— Ishtirokchilar tadqiqot, loyiha va rejalashtirish borasida muhim tajriba oshirishlari mumkin bo'ladi;
— Soha bo'yicha mutaxassislar bilan tanishish va yangi tanishlar orttirish imkoni paydo bo'ladi.
— Dastur yakunida sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
01.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/47650

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan haq to'lanadigan 6 oylik amaliyot dasturi

Talablar
— Bakalavrning oxirgi/oxirgidan bitta oldingi kursida yoki magistraturada o'qiyotgan bo'lish;
— Nemis tilini kamida B2 darajada bilish;
— Muloqot va yozishmalar uchun o'zbek va rus tillarini yetarli darajada bilish lozim.

Foydali tomonlari
— Amaliyot 6 oy davom etadi va ushbu muddatda qatnashchiga haq to'lanadi;
— Ish vaqti uzoq davom etmaydi (haftasiga 5 kun, 4 soatdan);
— Dastur sohada tajriba oshirish hamda CV ni boyitishga xizmat qiladi.

Oxirgi muddat
15.04.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/32754

#amaliyotlar #grant #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar uchun Geneva Challenge 2024 tanlovi. Shveysariyaga sayohat xarajatlari qoplanadi!

Talablar
— Magistratura talabasi bo'lishi kerak;
— 3 yoki 5 nafardan iborat jamoa tuzishi kerak. Kursdoshlar orasidan yoki xalqaro miqyosda turli universitet talabalaridan jamoa tuzish mumkin;
— Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish muammolariga oid innovatsion yechim/loyiha yarata olish kerak.

Foydali tomonlari
— Finalga chiqqan 5 ta jamoaning barcha a'zolari Jenevaga og'zaki taqdimot o'tkazish uchun taklif qilinadi. Safar, viza va turar joy bilan bog'liq xarajatlar tanlov tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi;
1-o'rin: 10,000 CHF, 2-o'rin: 5,000 CHF, 3-o'rin: 2,500 CHF miqdorida pul mukofotini oladi.

Oxirgi muddat
22.04.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/03226

#tanlovlar #mukofot #Shveysariya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Moskva aviatsiya institutidan maktab va kollej oʻquvchilari uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro onlayn olimpiada
👉 https://grantgo.uz/go/05207

2. Magistratura bosqichida oʻqiyotgan ayol-qizlar uchun Shveytasariyada 6 oy tadqiqot olish borish imkoniyatini taqdim etuvchi INSPIRE Potentials – MARVEL Masterʼs Fellowships dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/08809

3. Xanns Zaydel jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan haq toʻlanadigan 6 oylik amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/32754

4. Ayol-qizlar uchun Polshada bo‘lib o‘tadigan Perspektywy Women in Tech 2024 Sammiti. Onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin!
👉 https://grantgo.uz/go/52980

5. Bakalavriat talabalari uchun Huawei xalqaro kompaniyasida 3 oylik amaliyot dasturi — Huawei Internship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/68114

6. Magistratura va PhD bosqichini 100% grant va stipendiya bilan Janubiy Koreyaning GIST oliygohida o‘qish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/18518

7. Bakalavr, magistratura talabalari va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Institutidan toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/62011


10 kun qoldi:
1. Bakalavr talabalari uchun xalqaro JACAFA stipendiyasi
👉 https://grantgo.uz/go/70467

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 10 oy malaka oshirish imkonini beruvchi Humphrey fellowship dasturi

Talablar
— Bakalavr diplomiga ega bo'lishi kerak;
— Kamida 5 yillik to'liq ish tajribasiga ega bo'lishi lozim;
— Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Sertifikat (IELTS, TOEFL) talab etilmaydi.

Foydali tomonlari
— Aviachipta, AQShda yashash, tibbiy sug'urta va boshqa xarajatlar qoplanadi;
— Barcha ta'lim va amaliyotga doir to'lovlar to'lab beriladi;
— J-1 vizasini olishga yordam (Viza almashinuvi dasturi) va b.

Oxirgi muddat
07.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/94068

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Kоreyada to'liq moliyalashtiriladigan 5 kunlik sayohat dasturi — KOREA invites U

Talablar
— Yoshidan qat'i nazar Koreyadan tashqarida yashovchi koreys bo'lmagan barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin. (Koreya fuqarolari va rezidentlariga ruxsat berilmaydi);
— Nomzodning Koreya bilan bog'liqligi bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Koreyaga borish/qaytish safar xarajatlari qoplanadi;
— Bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— Sayohat sug'urtasi xarajatlari to'lab beriladi;
— Koreya boʻylab bir kunlik majburiy va uch kunlik shaxsiy sayohat qilish va koreys madaniyati bilan tanishish imkoniyati.

Oxirgi muddat
20.04.2024 01:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/56484

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabalari uchun kurs/diplom ishlari bo'yicha xalqaro tanlov. G'oliblar Irlandiyadagi sammitga bepul yo'llanma oladilar!

Talablar
— Nomzodlar 2023-yil bakalavr bosqichini tugatgan yoki 2024/2025-yillardan birida tugatadigan bo'lishi kerak;
Kunduzgi ta'lim sohasida o'qiyotganlar ham, sirtqi ta'limda o'quvchilar ham ariza bera oladilar;
— Tugallangan va baholangan yoki yakuniga yetgan, biroq bahollanmagan ishlarni ham yuborish mumkin.

Foydali tomonlari

Mintaqaviy e'tirof: sertifikat, xalqaro kutubxona saytida ishlari chop etiladi, xalqaro sammitda qatnashadilar.

Global miqyosdagi g'oliblar: oltin medal va sertifikat, xalqaro kutubxona saytida ishlari chop etiladi, Irlandiyadagi yakuniy xalqaro sammitda barcha xarajatlari qoplangan holda qatnashadilar.

Ishlari yuqori baholangan nomzodlarga ham sertifikat va sammit yo'llanmasi beriladi!

Oxirgi muddat
07.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/51671

#tanlovlar #mukofot #Irlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/28 13:19:45
Back to Top
HTML Embed Code: