Telegram Web Link
Eronlik investor Dehqonobod tumanida yangi loyihalarni boshlash maqsadida o'rganish ishlarini olib bormoqda

Biroz vaqt oldin eronlik tadbirkor Dehqonobod tumanida pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasini yaratish niyatida ekanligini, mas’ullar tomonidan investor tumanga taklif etilganligi haqida xabar berilgan edi.

Bugun Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour bilan uchrashib, investorning ta’kliflari bilan tanishishdi hamda tumanning salohiyati haqida xorijlik tadbirkorga ma’lumot berishdi.

Mas’ullar va investor tumandagi tadbirkor Vahob Norsafarov tomonidan tashkil etilgan pista va kovrak plantatsiyasida bo’lib, hududda tashkil etilgan loyiha bilan tanishishdi.

Sherzod Shokirov eronlik investor tomonidan tilga olingan takliflarni tinglab, xorijlik tadbirkorni qonun doirasida doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Investorni qiziqtirgan navbatdagi loyiha kaliy xlorid mineral oʻgʻitini qayta ishlash loyihasi boʻldi

Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar hamrohligida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlib, zavodda ishlab chiqarilayotgan kaliy xlorid mineral oʻgʻitini qayta ishlagan holda kaliy sulfat va kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi hamda zavod mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi.

Investor ushbu loyiha o’zini oqlashini va ushbu loyiha yuzasidan chuqurroq o’rganish ishlarini olib borgach zavod bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Oxirgi manzil “Bozortepa” mahallasidagi pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasiga mo’ljallangan yer maydoni boʻldi

Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour tuman hokimi o’rinbosarlari Sherzod Rahimov va Zafar Boʻtaev hamrohligida tumanning “Bozortepa” mahallasidagi pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasi yaratishga mo’ljallangan 500 gektar boʻsh yer maydoni bilan tanishdi.

Investor hududda loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud ekanligini, kompaniyasining mutaxassislari kelib maydondagi tuproq va suv na’munalarini labaratoriya tekshiruvlaridan o’tkazishini, barcha tekshiruvlar ijobiy chiqgach boshlanishiga 500 gektar yer maydonining 30 foiziga loyiha asosida ish boshlash niyatida ekanligini ta’kidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Tuman hokimi Sherzod Shokirov Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpourning tashrifidan mamnun bo’lganligini, xorijlik investorni qonun doirasida qoʻllab-quvvatlashga, barcha sharoitlarni yaratib berib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi hamda mehmonga o’zbekona do’ppi va zarto’n kiydirdi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/11/05 18:52:59
Back to Top
HTML Embed Code: