Telegram Web Link
Dehqonobod tumani hokimi ishtirokidagi navbatdagi yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot "Bibiqorasoch" mahallasida bo'lib o'tdi

Tumanning "Bibiqorasoch" mahallasida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov ishtirokida bir guruh yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Sherzod Shokirov muloqotda yig'ilgan fuqarolar va yoshlarning murojaatlari va takliflarini tinglab, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va yoshlar hamda fuqarolarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Ochiq muloqot yakunida nuroniylar yurtimiz tinchligi, yurtboshimiz omonligi, tumanimiz rivojini soʻrab duolar qilishdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Tuman hokimi Sherzod Shokirov tomonidan “Bibiqorasoch” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar joyiga borib oʻrganildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan aytilgan murojaatlar soha mas’ullari tomonidan oʻrganib chiqilib, qonun doirasida ijobiy hal etilishi hamda murojaatlar ijrosi nazoratda boʻlishini ta’kidladi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
“Kiber oylik Qashqadaryo” kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida “Qashqadaryo hokimi Gran-prisi” tanloviga videorolikimizni taqdim etamiz.

Videorolik uchun komment yozishni unitmang 👉🏻 https://youtu.be/pJLXQcXS9eY?si=NbLnySp-wlg3JO5U
Dehqonobod suv ta’minoti filiali xodimlari tomonidan “Oqsuv – Dehqonobod” ichimlik suv quvurining galeriya qismida (suv olish inshootida) suvni ko’paytirish yuzasidan ishlar olib borilayabdi.

Dehqonobod suv ta’minoti filiali ma’muriyati tumandoshlarimizda ichimlik suvidan oqilonalik va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so’raydi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/10/01 13:42:55
Back to Top
HTML Embed Code: