Telegram Web Link
“Beliboyli” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumani hokimligi, “Nuroniylar” jamgʻarmasi tuman boʻlimi hamkorligida “Qo’sha qarish saodati — 50, 60, 70 yil”  shiori ostida tumanning “Beliboyli” mahallasida ushbu mahalla hamda qo’shni mahallalar nuroniylari, o’rta yosh vakillari va yoshlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov soʻzga chiqib, nuroniylarimizning boy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining mehnati, yosh avlodning shijoati birgalikda katta kuch bo‘lishi, uch avlodning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni alohida ekanligini e’tirof etishdi.

Shundan soʻng, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish, ularga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat koʻrsatish, turmush farovonligimiz va tinchlik-osoyishta hayotimiz garovi hisoblangan oʻgitlarini yosh avlodga yetkazish va ular oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir boshlanib, uch avlod vakillarining muloqoti bilan davom etdi.

Uch avlod vakillari bir dasturxon atrofida o‘tirib, fikr almashishdi. Tadbirga tuman madaniyat boʻlimi xodimlarining musiqali chiqishi va mehmonlarning o’yinlari o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir yakunida nuroniy otaxon va onajonlarga tuman hokimligining esdalik sovgʻalar ulashildi.

✔️ Kanalimiz:Dehqonobod 24
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuman hokimi va tuman prokurori Tuman tibbiyot birlashmasining “Beliboyli” filiali binosining ta’mirlash ishlari bilan tanishdi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov hamda tuman prokurori Otabek Usanov Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasining “Beliboyli” mahallasi filiali binosida olib borilayotgan rekansturuksiya ishlari hamda qurilgan qo’shimcha binoning so’ngi pardozlash ishlari bilan tanishishdi.

Tuman hokimi qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi firma mas’ullari bilan suhbatlashib, qilinishi lozim boʻlgan ishlarga mas’uliyat bilan yondashish hamda boshqa bir qator masalalar yuzasidan taklif va topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu filial 3 ta mahallaga xizmat ko’rsatadi. Mazkur bino davlat dasturi asosida rekonsturuksiya qilinib, qo’shimcha bino qurib bitkazildi. Tez orada so’ngi pardozlash ishlari hamda jihozlash ishlari o’z nihoyasiga yetgach yangi bino aholi ixtiyoriga topshiriladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: “Beliboyli” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumani hokimligi, “Nuroniylar” jamgʻarmasi tuman boʻlimi hamkorligida “Qo’sha qarish saodati — 50, 60, 70 yil”  shiori ostida tumanning “Beliboyli” mahallasida ushbu mahalla hamda qo’shni mahallalar nuroniylari, o’rta yosh vakillari va yoshlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov soʻzga chiqib, nuroniylarimizning boy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining mehnati, yosh avlodning shijoati birgalikda katta kuch bo‘lishi, uch avlodning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni alohida ekanligini e’tirof etishdi.

Uch avlod vakillari bir dasturxon atrofida o‘tirib, fikr almashishdi. Tadbirga tuman madaniyat boʻlimi xodimlarining musiqali chiqishi va mehmonlarning o’yinlari o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir yakunida nuroniy otaxon va onajonlarga tuman hokimligining esdalik sovgʻalar ulashildi.

Batafsil videoda: 👆🏻

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/10/01 07:34:24
Back to Top
HTML Embed Code: