Telegram Web Link
Baxmal tumanida Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari o‘rganildi

Baxmal tumanining "Fayziobod" MFYsi aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘ rganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga qabul qilindi. Fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, "Oqtosh o‘ray" qishlog‘ida uyma-uy yurgan xolda honadonlarda bo‘lishib, o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotgan va halol mehnat qilib tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan oilalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar haqida ham tushunchalar berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Baxmal tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlarga farmon yazasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida aniq tavsiyalar berdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri oʻrinbosarining Jizzax viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini o'rganish maqsadida Jizzax shahridagi “Band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi monomarkaz” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda ushbu markazda 22 ta kasb-hunar va 5 ta til kurslari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu yerda kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan yoshlar va xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Vazir oʻrinbosarining navbatgi manzili Jizzax viloyat yuridik texnikumi boʻldi. Dastlab, texnikumdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan taniwdi. Oʻqituvchi-pedagoglar bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, yangidan rekonstruksiya qilinayotgan adliya boshqarmasi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ish sifati va samarasini oshishiga yordam berishi taʼkidlandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Turar_joy #Maydon

📃Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;                                                                                
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 17:24:24
Back to Top
HTML Embed Code: