Telegram Web Link
#Bilasizmi #Sudlanmaganlik #Sudlanganlik

📃Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)

Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida elektrotexnika va avtomobilsozlik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatida adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev ishtirok etdi va tadbirkorlarning qonunchilikdagi masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilib olindi.

Davra suhbatida elektrotexnika va avtomobilsozlik sohasida tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar va ular bo‘yicha takliflar tinglandi.

Sohada mavjud bo‘lgan muammolarning huquqiy yechimlari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Maʼlumot uchun, tadbirkorlik subyektlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, majburiy talablar va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish yo‘nalishida Adliya vazirligiga kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shundan, 7 ta murojaat qanoatlantirildi va 7 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan muammolar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan 10 ga yaqin takliflar respublika komissiyasiga kiritildi.


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Fuqaro_nomida #Turar_joy

📃Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
obyekt joylashgan manzil;
ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Topilma

📃Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
1 ish kuni

❗️Eslatma:
pasport qoidalari jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
yo‘qolgan ashyo egasi yoki uning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz murojaat qilishi mumkin.
yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun avval yo‘qotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Mavzuli_sorovlar

📃Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
so‘ralayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil ko‘rsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).

📃Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma, vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda vorislik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat, so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

🔹Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish (bir shaxs uchun)
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari

🔹Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

🔹Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilganda mazkur bandlarda belgilangan miqdorda 50 % qo‘shimcha haq undiriladi.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
20 ish kuni
Davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish — 2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Rahmatovning otalari  Iskandar Rahmatovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Avtotransport sug’urtasi amal qilish muddatini tekshirish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi #OTM

📃Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
ariza beruvchining o‘qiganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘qishga qabul qilingan sana, o‘qish tugatilgan sana, ta’lim muassasasining o‘qigan davrdagi nomi, ta’lim muassasaning hozirgi nomi (agar mavjud bo‘lsa).

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Buzilish

📃Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs va yuridik shaxs

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
kadastr raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Pensiya #Nafaqa

📃Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Neft #Gaz

📃Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish

🛢Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) hamda telefon raqami;
obyekt joylashgan manzil;
ishlarni bexatar amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kun

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi;
b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
v) Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Neft #Gaz

📃Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga mo‘ljallangan moddiy-texnik bazaning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

🛢Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga mo‘ljallangan moddiy-texnik baza

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), telefon raqami;
ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi;
b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
v) Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
1 yil

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Davlat xizmatlari orqali umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnomaning dublikatini berish tartibidan xabardormisiz?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Xulosa

📃Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli moddiy-texnik baza hamda xodimlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli moddiy-texnik baza hamda xodimlar

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) hamda telefon raqami;
xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanishda ishlatiladigan moddiy-texnik baza ma’lumotlari;
b) yuk ko‘tarish kranlarining sozligiga va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha biriktirilgan javobgar shaxslarning buyruqlari va ularning bilim sinovlari tekshirilganligi to‘g‘risida bayonnomalar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi;
b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
1 yil

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Mehnat

📃Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik to‘g‘risida xulosa berish

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Mehnat sharoitlari

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
yakka tartibdagi tadbirkor uchun — FIO, JShShIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
faoliyatni amalga oshirish manzili.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Mehnat sharoitlarining Mehnat kodeksida, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Bino #Xavfsizlik

📃Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Bino (inshoot) va xonalar

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili; xulosani olish maqsadi (aniq ko‘rsatiladi);
jismoniy shaxslar uchun:
FIO, JShShIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili;
xulosani olish maqsadi (aniq ko‘rsatiladi).

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Bino (inshoot) va xonalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yong‘in xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 20:02:50
Back to Top
HTML Embed Code: