Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Shofirkon tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi


Mustaqilligimizning 32 yilligida Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Shofirkonliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yangi Davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili asosida, yaʼni yashash joyidan qatʼiy nazar foydalanish imkonini beradi.

Shu oʻrinda takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega Markaz Shofirkon tumanining 184 000 dan ortiq aholisiga xizmat koʻrsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega.

Yangi binoda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY boʻlimi va davlat xizmatlari markazining bir joyda boʻlishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.

Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va Shofirkon tuman hokimi A.Fayzulloyev, adliya boʻlimi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida fuqarolarimizga yaxshi qulayliklar yaratilganligini taʼkidlab oʻtishdi.

Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi deb nimaga aytiladi?

📝Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu – bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

🔸Murojaatlar:

– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni.

🗓 Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_faktlar

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun nima asos bo'ladi?

✔️Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:

📎davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;

💼Nizomda nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;

📄Hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;

📝qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;

📌qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar bajarilmaganligi;

🏠yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirishda yuridik shaxsning BHMning uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki soliq hisobotlarini topshirmaganligi;

🧐ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;

⚡️firma nomining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq emasligi;

📝ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganligi;

🔔ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganligi;

🖥tadbirkorning manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud emasligi;

🤔tadbirkor tanlagan tashkiliy-huquqiy shakli qonunchilik hujjatlarida mavjud emasligi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrish 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar kelib chiqqan joy nomi qanday e’tirof etiladi?

📝Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa geografik obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali Advokatlik faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir talabgor tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

🔰Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:

▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

📲 Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

☑️ Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.

💰Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (165 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.

📝Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.

📌Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 330 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

🔅FHDY organlari xodimlari o'zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas

🔰 FHDY organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.

⚠️ Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq:

💠Xorijga chiqish biometrik pasporti tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha bolalarga — ikki yil muddatga beriladi.

📌Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti-xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

💳Firma nomida qanday prinsiplarga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak?

📄O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

✔️ davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

✔️tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

✔️firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

✔️jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/26 21:52:14
Back to Top
HTML Embed Code: