Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi o'rganish Qiziltepa tumani adliya bo'limida bo'ldi.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani mahalliy xalq tilida "tadbirkorlar shaharchasi" deb yuritiladi. Bu yerda ishlab chiqarish va mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilish hajmi yuqori. Shu bois, fuqarolarga ko'rsatilayotga davlat xizmatlarining aksariyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish masalalari bilan bog'liq. Birgina joriy yilning shu davriga qadar tumanda aholiga 37 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa,shundan, 70 foizdan ko'prog'i YTT va boshqa tadbirkorlik sub'ektlariga litsenziya berish, davlat ro'yxatidan o'tkazish va davlat reestridan chiqarish xizmat turlaridan iborat.

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo markaz binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy- texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari,  markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar  belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

💠Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabar

NAVOIYDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI, TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O'RGANILDI

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rgangan holda huquqiy ko‘maklashish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Aytib o‘tish kerak, sanoat shahri deya e’tirof etiladigan Navoiy erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 100 dan ortiq ishtirokchi tadbirkorlar tomonidan 150ga yaqin ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. «IHLAS ELEKTRIK» MCHJ ana shunday tadbirkorlik sub’ektlaridan biri hisoblanadi.

Ishchi guruh vakillari dastlab zavodning ishlab chiqarish quvvati, mahsulotlar turi va sifati bilan yaqindan tanishdilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bugungi kunda “LED” yoritish lampalari,sanoatda keng qo‘llaniladigan elim quvurlar ishlab chiqaradi.Umumiy quvvati 55,3 milliard so‘m,eksport salohiyati esa 375 ming dollarga teng. Tashkilotda 104 ta ish o‘rinlari mavjud.

Muloqotlar davomida tadbirkorlik sub’ekti mas’ullari ishchi guruh vakillariga eksport salohiyatini oshirish va yirik ishlab chiqarish quvvatlari bilan shartnomaviy munosabatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, Ishchi guruh vakillari "HAYAT POWER CABLE SYSTEMS" MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbirkorlik sub'ekti bugungi kunda tikilgan polietilendan kuchlangan kabel ishlab chiqarishni tashkil etib kelmoqda.

O'rganish davomida, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil qanday hujjatlarga qo‘yilmaydi?

📝Apostil:

🔹chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

🔹tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati davlat arxivlari faoliyati bilan tanishmoqda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zarxiv agentligi Adliya vazirligi tarkibiga o'tkazildi. Bugungi kunda Agentlik tizimidagi arxivlarni adliya organlari bilan uyg‘unlashtirish jarayonlari faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini va qulayligini yanada oshirish maqsadida, arxiv organlarini zamonaviy binolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tuman xokimi va sektor mas’ullari bilan birgalikda Shofirkon tuman davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarni saqlanish holati, arxiv xodimlari tomonidan raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlarini elektron tizimga kiritish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolar ham o‘rganildi.

Shofirkon tuman davlat arxivi hujjatgohida asosan 1926 yildan boshlab, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlarining xujjatlari saqlanmoqda.

Arxivdagi xujjatlar asosan , o‘zbek va rus tillarida bo‘lib , arab , lotin va krill alifbolarida yozilgan asl nus’xa va nus’xalar hamda elektron nus’xalardan iborat. Bundan tashqari arxivimizda 14 mingdan ortiq saqlov birlikdagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.

Respublikadagi arxiv organlarini ham bosqichma-bosqich zamonaviy binolar bilan taʼminlash bir qatorda Shofirkon tuman davlat arxivi ham tez kunlarda yangi binoga oʻtishi rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida, davlat arxivi sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan soha xodimlari bilan muhokama qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/26 23:19:30
Back to Top
HTML Embed Code: