Telegram Web Link
#Adliya_xabari

NAVOIY ADLIYA: DAVLAT XIZMATLAR KO‘RSATISHDA DAVLAT TASHKILOTLARI FAOLIYATI TANQIDIY TAHLIL QILINDI

Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 28-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun:
2023-yil davomida Navoiy viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 225 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 1 190 ta muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, vakolatli tashkilotlar tomonidan arizalarini asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va buning natijasida markaz xodimlarining vaqti cheklanishiga va markazlarda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Shundan song, uy-joy qurilishi, kadastr, elektr ta’minoti yonalishlarida davlat xizmatlari korsatish sohalari alohida tahlil etilib, taklif va amaliy ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

✔️Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

📝Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

🔸Davriy bosma nashrlar — 4 125 000 so'm (BHMning 12,5 baravari);

🔸tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — 4 950 000 so'm (BHMning 15 baravari);

🔸mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi);

🔸 asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari —825 000 so'm (BHMning 2,5 baravari);

🔸reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari — 8 250 000 so'm (BHMning 25 baravari).

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalar ro'yxati.👈

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔅Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?

❗️Unda buni bilishingiz zarur!

📌Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT
(license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

💠Ariza.

📌Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

📕chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

📘ma’lumoti, mutaxassisligi;

🧾ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

💸taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

📋migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

💻chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

📃chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

👨‍💼 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

📚 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

📖viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 1️⃣5️⃣ ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

LATVIYALIK MUTAXASSILAR O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASHMOQDA

Joriy yilning 25-29 sentyabr kunlari, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vazirligining Davlat boshqaruvi xizmatlarini rivojlantirish va “Yagona darcha” departamentining bir guruh ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda davlat xizmatlari sifatini baholash va taqdim etishni takomillashtirish sohasida tajriba almashishga bag‘ishlangan tashrifi va tadbir tashkil etildi.

Ekspert guruhi aʼzolari Oʻzbekistonning shahar va tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari va davlat xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning bek ofislarida boʻlib, ularda davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha xodimlar va davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan suhbatlar oʻtkazdi. Shu bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sifatini baholash uchun o’rganishlar ham o’tkazishdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Adliya vazirligi va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlari uchun davlat xizmatlari sifatini baholash metodikasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Latviyaning ilg‘or tajribasi va amaliyoti, Latviyada davlat xizmatlari sifatini tahlil qilish metodologiyasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ommalashtirish, Call-markaz faoliyati, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va boshqa mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/27 01:28:26
Back to Top
HTML Embed Code: