Telegram Web Link
#Bilasizmi

Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?

📄Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

👉Xizmatdan foydalanuvchilar:

📝Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar;

📎To‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹 Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 340 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

🔹YIDXP orqali taqdim etilganda — 306 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

❗️Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi

✔️Hukumat qarori (704-son, 21.08.2019 y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosan qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi.

📄DXM Tizim orqali tegishli maʼlumotlarni oladi.

📝Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.

📌Davriy bosma nashrda eʼlon berish talab etilmaydi.

👉Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soha_fidoyisi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev arxiv ishi tizimi faoliyatida uzoq yillar xizmat qilib kelayotgan Ustoz xodim Baynova Yamilya Salimyanova bilan uchrashdi.

Ustoz-shogird an’analari asosida Arxiv idoralarida 54 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Y.Baynova faoliyatini 1970-yilda Xorazm viloyat arxiv bo`limi katta inspektori lavozimidan boshlagan va bugungi kunda Xorazm viloyat davlat arxivi bosh arxivchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Y.Baynova bugungi kunda arxiv hujjatlarini to`plash, butlash, ularni doimiy saqlashga tayyorlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etishda o`z bilimi va tajribasini yoshlarga o`rgatib, tizim faoliyatining samaradorligiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniya xizmatlaridan foydalanishga ulanish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Urganch shahar adliya bo‘limi hamda “O`zArxiv” agentligining viloyat hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev adliya bo‘limi va viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasiga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, fdavlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida, sohada mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda duch kelinayotgan muammoli holatlar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish hamda tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.

💸 Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
 
Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi. 

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:


a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;

b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;

g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;

d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrif 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligida Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyatda davlat xizmatlari ko`rsatish vakolatli bo`lgan davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbirda, 2023-yil davomida viloyat va barcha tuman (shahar)larda davlat xizmatlari ko`rsatishda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar, davlat xizmatlari ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan tegishli ma’muriy reglament talablarini buzilishi, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, muddat buzilishi holatlari sohalar kesimida muhokama etildi.

Savol-javoblarga boy tarzda o`tkazilgan tadbirda, shtirokchilar, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolar va ularni yechimi yuzasidan hamda mavjud Reglament talablari bo`yicha o`zlarini takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 22:28:29
Back to Top
HTML Embed Code: