Telegram Web Link
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;                                                                                
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun
undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun davomida.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: bir yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_huquqiy_aksiya

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Quvonchbek 9 yoshida guvohnomaga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Angor tumanining “Kattaqum” mahallasida yashovchi fuqaro Umida opaning 2015-yil tug‘ilgan 9 yoshli o‘g‘li Xolboyev Quvonchbekning tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomasi shaxsan adliya vaziri A.Toshqulov tomonidan topshirildi.

Quvonchbek tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bir oilaning ikki nafar farzandi hujjatga ega bo‘ldi

📣 Urganch tumanining “Yuqori jirmiz” mahallasida istiqomat qiluvchi Xajiyeva Zuxrajonning farzandlari 2014-yilda (10-yosh) tug'ilgan Orunboyeva Nigina va 2016-yilda (8-yosh) tug'ilgan Orunboyeva Zaxrolarning tug'ilganlik guvohnomalarini olmagan.

🔰 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ushbu oilaning 2 nafar farzandining tug'ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida topshirildi.

Respublika doirasida barcha hududlarga Adliya vazirligining tarkibiy bo'linma rahbarlari biriktirilib, maxsus shtablar faoliyat ko'rsatmoqda.

🔹 Murojaatlar "1148" qisqa raqamli ishonch telefoni yoki adliya bo'limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar orqali qabul qilinmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AKSIYADA 20 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI

Nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilgan muqaddas qonunlaridan biri bo‘lib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug‘chilik, mehr-oqibatni mukammal bo‘lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi.

Agar u qonuniy hujjatga ega bo‘lsa yana-da imkoniyatlari kengayadi. Oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘ladi.

Shahrisabz tumanida yashovchi Xasanovlar oilasi 20 yildan buyon baxtli  yashab kelishadi. Oilaviy muammolar sabab vaqtida olinmagan nikoh hujjati oilada ba‘zi muammolarni keltirib chiqaradi.

Oila boshi sarsongarchilkdan qochib olmagan hujjatini aksiya doirasida FHDY xodimlari aniqlab, sayyor tartibda uylariga yetkazishdi.

Shu kuni 18 yildan buyon nilkohdan o‘tmagan G‘aniyevlar oilasining nikohi ham sayyor tartibda qonuniy qayd etildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqon shahar Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish sektori tashkil etildi

Ushbu sektor aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Yaʼni, fuqaro davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan paytda xizmatlardan onlayn foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy tushuntirishlar oladi.

Maqsad - mustaqil ravishda ariza yuborish imkoniyatini taklif qilish, fuqarolarning ixtiyoriga koʻra, ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish hisoblanadi.

Yaqin kunlarda bu amaliyot Fargʻona viloyatining barcha tuman va shahar DXMlarida joriy qilish rejalashtirilgan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...👆🏻

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🖥Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

📎Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📌Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📝Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eksklav hudud - Soʻx tumani Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish sektori tashkil etildi.

Ushbu sektorning ahamiyati shundaki, unda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirish bilan birga, fuqaro davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan paytda xizmatlardan onlayn foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy tushuntirishlar oladi.

Bu esa mustaqil ravishda ariza yuborish imkoniyatini taklif qilish, fuqarolarning ixtiyoriga koʻra, ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiyadan oʻtkazishda koʻmaklashish hisoblanadi.

Bu amaliyot tez kunlarda Fargʻona viloyatining barcha tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 20:36:27
Back to Top
HTML Embed Code: