Telegram Web Link
Фарзандларим тез-тез уришади

Ассалому алайкум! Мени 3 нафар ўғлим бор. Улар мактабга ва боғчага боришади. Фақат кечки пайт уйда барчамиз уйда бўламиз, лекин шунга қарамай, фарзандларим тез-тез уришишади. Уларга бу иши нотўғри эканлигини қандай тушунтирай?

Жавоб:
– Ва алайкум ассалом! Бу савол билан кўпгина ота-оналар мурожаат этишади.
Ҳар бир масалага ечим унинг сабабида бўлади.
1) Бир-бири билан бўлишиш кўникмалари шаклланмаганлигидан.
Бўлишишни ўргатиш учун аввало "сеники меники" кўникмаларини шакллантириш. Сўнг унинг буюмларини сўраб олиш билан намуна бўлиш. Яъни, агар бола унинг чегарасига ҳурмат қилишаётганини кўрса, ўзи ҳам бошқаларнинг шахсий чегарасини ҳурмат қилади ва бўлишишни ўрганади.
2) Ота-она болаларни тенг кўрмасликлари ёки адолатсизлик.
Оилада фақат бир бола мақталиб, эътироф этилиши, фақат бир томон доим гап эшитиши, доим бир фарзанднинг ёни олиниши болалар бир-бирларига рақобатчидек қабул қилишларига сабаб бўлади. Шу сабабли ота-она ҳар ишда адолатли бўлишга ҳаракат қилиш керак.
3) Бола ота-онасининг эътиборини шу тарзда ўзига қаратиши. Ўзини шундай тутса ота-онаси унга эътибор бера бошлайди.
Ушбу сабаблардан ўзингизга керакли хулоса оласиз деган умиддамиз.

Мутахассис Нилуфар Раҳимова жавоб берди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni kayfiyati koʻtarilishi yoki tushishiga arzirlik sabab boʻlishi shart emas 😉

Ular begʻubor! Tabassum qilishlari uchun sabab qidirib oʻtirishmaydi...
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat.

1. Bolangizga nasihat qilishdan charchamang… — Nuh alayhissalom ham oʻgʻillariga 950 yil nasihat qildi.

2. Farzandlaringizning ba’zi xatolatini koʻrmaslikka oling… — Ya'qub alayhissalom oʻgʻillari yolgʻon gapirib turganini bilsa ham hеch narsa dеmadi.

3. Oʻgʻlingiz yoʻqligidan mahzun boʻlmang… — Nuh alayhissalomga oʻgʻil sinov boʻldi. Shu’ayb alayhissalomga qizlari rahmat boʻldi. Qizlari Muso kabi ul azm paygʻambarga ayol boʻlish sharafiga erishdi.

4. Taqvo barcha narsaning kaliti... — Ibrohim alayhissalom taqvosiga munosib tarzda Ismoil alayhissalom bilan taqdirlandi.

5. Ona tarbiyachidir… — Hazrati Maryam ham Iyso alayhissalomni bir oʻzi tarbiya qildi va bu vazifani juda goʻzal tarzda amalga oshirdi.

6. Doimo duo boʻling…
«Robbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi et» (Furqon surasi, 74-oyat).
BOLALARNI URISH QANCHALIK TOʻGʻRI?
14 мая 2022 от @bola_tarbiyasi

Mavzu koʻlamida bir qancha savollar va ularning tahlilini koʻrib chiqamiz:

Ona bolasini qachon uradi? Odatda oila aʼzolari(qaynona, qaynsingil, er va boshqalar) uning asablarini buzganda ona bor alamlarini boladan(onasiga kuchi yetmaydigan va qarshilik koʻrsatolmaydigan, kaltaklarni qabul qilishdan boshqa iloji boʻlmagan norasidadan) oladi. Bunga bolaning arzimagan xatti harakatlarini sabab qilib oladi. Bular har qanday holat boʻlishi mumkin: bola choyni bilmasdan(piyolani yaxshi ushlay olmagani yoki nimagadir qoqilib ketib) toʻkib qoʻygani, nimadir xohlayotgani uchun va sizni boshqalardan afzal bilgani holda, band boʻlgan paytingizda xohishlarini aytib sizni bezovta qilayotgani, (birdan qistab qolib yoki qistaganini hali aytishni bilmagani uchun) ishtonini hoʻllab qoʻygani, (hali oʻynashga toʻymagani va uyquga tayyor emasligi uchun) uxlamayman deb xarxasha qilishi va hokazolar.

Xoʻsh, endi oʻzimizga savol beraylik, bu holatlar bolani kaltaklashga arziydigan holatlarmi? ALBATTA YOʻQ!
Bunday holatda bola nimani his qiladi?
Bola oʻzini zaifligini, odamlar rahmsiz va vahshiy ekanliklarini his qiladi. Bola onasini eng yaqini, eng ishongani deb biladi. Lekin shu ishongani bolani ozorlab, tanasiga ogʻriq berayotgan boʻlsa, boshqalardan nimani kutish mumkin?! Bu holatda esa bola ikki narsani oʻylaydi: boshqalar bundanda yomon, odamlar yomon yoki onasi(ishongani) hammadan yomon, u bolasini yomon koʻradi.
Xoʻsh bu hayollar bola ruhiyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi mumkin?!

Ona bolani urayotganda bolamni tarbiyalayapman deb oʻylashi mumkin. Lekin onasi kaltaklayotgan bola onam meni tarbiyalayapti deb emas, onam meni uryapti deb oʻylaydi. Bunda, aqlini tanib qolgan bolaning ichida onaga nisbatan nafrat olovlanadi, goʻdaklar esa shunchaki, onasi uning tanasini ogʻritayotganini his qiladi.
HAR IKKI HOLAT HAM QANDAY YOMON!

Agar, ona bolani boshqalardan alamzadaligi uchun emas, haqiqatdan ham bolaning oʻz aybi uchun kaltaklasa-chi?!
Keling, bu holatni ham tahlil qilib chiqamiz. Bola injiqlik qilyapti. Ona esa uni kaltaklaydi.
Xoʻsh bu bilan nimaga erishish mumkin va erishilgan natijaning kuchi qayergacha boradi? Toʻgʻri, bunday holatda bolani kaltaklab, uning ovozini "oʻchirib" qoʻya olasiz. Chunki siz boladan kuchlisiz. Urib uning jismini ogʻritdingiz. Joni ogʻrishidan qoʻrqqan bola jim boʻladi. (Qanchalar rahmsizlik!) Lekin bu bilan injiqlikning sababi bartaraf qilinmaydi. Balki bola sizning eʼtiboringizni qaratishni, mehr berishingizni istab injiqlik qilgandir, balki bola shamollab qolgani va tanasi qaqshayotgani, ichidan issigʻi chiqayotgani uchun injiqlik qilayotgandir. Balki bolaning nerv tizimida buzilishlar bordir.
Endi, onaning bolani urganligi qanchalar vahshiylik boʻlganini bir tasavvur qilib koʻring-a!
Yoki bola oʻgʻrilik qildi. Ona bolani kaltaklab oʻsha oʻgʻrilik uchungina jazolaydi. Agar kaltaklash oʻrniga oʻgʻrilikning sababi, nima uchun bunday boʻlganligi haqida fikrlab, bolaga qilgan ishi qanchalar notoʻgʻriligi tushuntirilsa-chi? Bu yoʻl bilan kaltaklab erishilgan natijadan koʻra ancha koʻproq va mustahkamroq natijaga erishish mumkin. Va bunda bolaning jismi ham, ruhiyati ham ozor chekmaydi.
Bola buyruqlaringizni bajarmasa urmang! Unga siz uning yordamiga ehtiyoj sezayotganingizni, uning sizga kerakligini ayting. Bolangiz bilan sizga qanchalik yaxshi boʻlishini ayting. Qilgan ishlari uchun ragʻbatlantiring, faxrlanishingizni va xursandligingizni koʻrsating!

Bolani urib turish ham kerak deb hisoblaydiganlar! Bu fikringiz sizning bola tarbiyasi borasidagi bilimlarga muhtojligingiz borligini koʻrsatadi xolos.
Mehr bilan oʻstirilgan bola ham, kaltak bilan oʻstirilgan bola ham katta katta yutuqlarga erishadigan inson boʻlib yetishishi mumkin. Lekin ikkisining farqi ularning ruhiyatida, yorqin va ogʻriqli bolalik xotiralarida bilinadi.

Bolani ursangiz, bola sizdan kaltak yemaslik uchungina istaklaringizni bajaradi. Oʻzi istagani uchun emas. Natijada siz qachon yoʻq boʻlsangiz, fursatdan foydalangan holda bola oʻz bilganini qiladi. Agarda siz urmasdan, bolaga nima yaxshi nima yomonligini, nima mumkin, nima mumkinmasligini, nima foydali va nima zararliligini va bular nima uchunligi haqida bilimlarni berib borsangiz, bola oʻz xohishi bilan siz istaganingizdek boʻlishga harakat qiladi. Va bu yoʻl bilan siz bolaning shaxsiy chegaralarini ham buzmaysiz. Bola ongli ravishda yaxshi inson boʻlishiga erishasiz. Bu yoʻl bilan tarbiyalangan boladan siz uning yonida boʻlmagan vaqtingiz ham xavotirlanishingizga hojat boʻlmaydi. Chunki u har qayerda ham nima qilish kerakligini va nima qilish kerakmasligini sizning kaltaklaringizdan qoʻrqqani uchun emas, bularni ongli ravishda tushungani uchun bilib turadi. Va bola sizdan uzoqlashishni orzu qilib emas, har qayerda ham sizni sogʻinib, sizga talpinib yashaydi.
Oʻgʻil uylantirgan koʻpgina qaynonalar oʻgʻlining darrovda xotinini onasidan afzal koʻrib ketganligidan dilxira boʻlishadi. Xoʻsh, bunga kim sababchi deb oʻylaysiz? Albatta onaning oʻzi. Chunki ona farzandini toʻgʻri tarbiya qilmagan yoki tarbiya usulini tanlashda adashgan.
Bola yoshligidan onasidan kaltak yeb katta boʻlgan, katta boʻlgandan keyin esa onasining dakkilaridan, tanbehlaridan, urushishlaridan bezor boʻlib yashagan. Uylangach esa, tabiiyki yangi kelin uni urmaydi, tanbeh bermaydi, hisob soʻrayvermaydi, mehr koʻrsatadi, ha bola yoshligidan onasidan kutib yashagan mehrni! Kuyovning esa bunday mehrdan boshi aylanadi va xotini uning koʻzlariga dunyodagi eng yaxshi ayol boʻlib koʻrinadi.
Hurmatli onalar! Kelin olganingizdan keyin oʻgʻlingizni qizgʻanib jizgʻanak boʻlmasligingiz uchun ham bolangizni urmang! 😉

Muallif: Ozoda HABIBULLAYEVA
@bola_tarbiyasi uchun maxsus tayyorlandi!
🌿Inson hayotidagi eng arzigulik afsusi bu – oʻz qadrini bilmasligi.

🍃Inson hayotidagi eng taxsinli holati bu – yiqilganidan keyin oʻzini oʻnglay olishi.

🍃Inson hayotidagi eng katta yqotish bu – umidining soʻnishi.

🍃Inson hayotidagi eng ulkan yutugʻi bu – sogʻligi va aqli.

🍃 Inson hayotidagi eng ulkan qarzi bu – haqiqiy hissiyotlari.

🍃 Inson hayotidagi eng buyuk qobiliyati bu – uning ulkan qalbi.

🍃Inson hayotidagi eng ulkan yupanch bu – uning ezgu ishlari.
БУ ШУНЧАКИ ИМТИҲОН!
(Дунёдаги барча ота-оналар ўқиши шарт бўлган мактуб)

🌎Сингапурдаги ўрта мактаблардан бирининг ўқитувчилар жамоаси имтиҳондан олдин ота-оналарга ушбу мактубни юборишди:

Қадрли ота-оналар!
Ҳадемай болаларимизнинг имтиҳонлари бошланади.

Барчангиз фарзандларингизнинг имтиҳонни яхши топширишлари учун ташвишланаётганингизни биламиз.
Аммо, илтимос, унутманг:
улар орасида рассом бўлишни хоҳлаётганлар борки, уларга математикани тушунишнинг кераги йўқ;
бўлажак бошқарувчилар борки, улар тарих ёки инглиз адабиётига қизиқишмайди;
бўлажак мусиқачилар борки, кимё фанининг баҳоси улар учун ҳеч қандай аҳамиятга эга эмас;
атлетикачилар борки, жисмоний машғулотлар улар учун физика фанидан муҳимроқ...
Агар фарзандингиз юқори баҳо олса, бу ажойиб!

Бироқ, бундай бўлмаса, илтимос, уларнинг ўзига бўлган ишончи ва қадр-қийматини тортиб олманг!

Уларга ҳаммаси яхши эканлигини, бу шунчаки имтиҳон эканлигини айтинг! Улар ҳаётда бундан-да каттароқ ишларга қодирдир.

Илтимос, уларга баҳонинг аҳамияти йўқлигини айтинг! Уларни севинг ва айбламанг!

Агар шундай йўл тутсангиз, кўрасизки, фарзандингиз дунёни забт этади!

Биргина имтиҳон ёки паст баҳо уларнинг орзулари ва истеъдодларини тортиб ололмайди...
Ҳурмат билан, ўқитувчилар жамоаси.

Гўзал РЎЗИЕВА

bola_tarbiyasi
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИДА ЕТТИ ЗАҲАРДАН ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ:

1. Бир бирига солиштириш. Болани бир бирига солиштириб, ажратиш унинг ҳаётини барбод қилади;

2. Жисмоний қўполлик, уриш ёки қўпол, уят сўз ишлатиш. Булар боланинг ўзига бўлган ишончини барбод қилади;

3. Масхаралаш. Доим масхара қилинган бола ўзини ҳурмат қилмайдиган бўлиб қолади;

4. Ортиқча эркалатиш. Кўп эркалатилган, талтайиб кетган бола масъулиятсиз бўлиб қолади;

5. Ортиқча тергаш. Доимий назорат ва ортиқча изоҳ талаб қилиш бошқалар фикрини қабул қилиш хусусиятидан маҳрум қилади;

6. Бепарволик. Боланинг дардига қулоқ солмаслик, у билан мулоқотга вақт ажратмаслик ундаги хотиржамлик ҳис туйғусини барбод қилади;

7. Шижоатлантирмаслик. Рағбатлантирилмаган бола янгилик яратишдан, ижод қилишдан маҳрум бўлиб қолади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тўрт мучаси соғ бўла туриб, иш йўқ деб уйда ётаверадиганлар, буни кўриб бир оз уялишингиз аниқ...

20 йилдан бери оғзи, тили ва тишлари орқали кунига 30 тача телефонни тузатаётган уста.

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAADwRkZQ9I85rZoZq1g
Ўсмирлик даврининг ўзига хослиги

✍️Ўсмирлик даврига оид ёш хусусиятларида агрессиянинг тез-тез намоён бўлиши табиий ҳол ҳисобланади.

👉Шунингдек, бу даврда улардаги салбий жиҳатларга танқидий эмас балки, ижодий ёндашув вазиятни ижобий томонга ҳал қилиши мумкин. Яъни, ҳар қандай агрессив ёки салбий жиҳатдан битта ижобий хусусиятни топишнинг имкони бор.

✔️Масалан, агарда ўсмирда низолашувчанликка мойиллик, ўз фикрини ўтказишга интилиш тез-тез кузатилса, билинг-ки унинг лидерлик фазилатлари яхши ривожланган бўлади.

✔️Агарда ўсмирда ёлғон гапиришга мойиллик кузатилса, унинг сўз бойлиги яхши даражада ривожланган.

✔️Ана шу яширин ижобий жиҳатларига қараб болани йўналтирилса ва муомала қилинса, у билан дўстона мулоқотни ўрнатиш мумкин бўлади.

✔️Ўсмирларда ўзини намойиш этишга интилиш кучли бўлади ва ана шу эҳтиёжга ота-она, таълим муассасаси томонидан чеклов қўйилганлиги боис, кўчадаги безори болалар уларгw “Ёрдам қўлини” чўзишади.

✔️Агарда ўсмир билан тортишувда сиз ҳақ бўлсангиз ҳам, унга камчилигини тўғридан-тўғри эмас, балки “Сенда мана шундай ........ яхши жиҳатлар бор, фақат битта шу .... хусусиятингни озгина ўзгартирсанг яхши бўлар эди” қабилида мурожаат қилинса, танқидни яхшироқ қабул қила олади.

✔️Асосийси, ўзингизни ҳам шу даврдан ўтганлигингиз ва ўша вақтларда ота-она, яқинларингиздан нимани кутганингизни эслаб, уларни амалда қўллашни унутмасангиз бас.
Ёш бола йиғисининг фойдалари:

Ота она, фарзандининг йиғиси ва чириллашидан безовталанмаслиги керак. Хусусан қорни очиб, сут эмиш мақсадидаги йиғисидан хавотирланмаслиги лозим. Чунки чақалоқ бу йиғидан катта манфаат олади. Ушбу йиғи сабабли чақалоқнинг тана аъзолари ўсиб, ичаги кенгайиб, кўкси ҳам кенгайишни бошлайди. Ундан ташқари мияси исиб, мижозини ҳимоя қилади. Ва ғаризасидаги ҳароратини қўзғаб, ортиқча нарсаларни суриб чиқариш учун табиатини ҳаракатга келтиради. Миядаги шиллиқ ва шунга ўхшаш ортиқча нарсаларни чиқариб юборади.
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
👨‍👩‍👦‍👦 Биз бугун ҳаётимизга ҳиссиётларимизни таъсири ҳақида.

Нимага телевизор кӯриш қизикарлироқ китоб ӯқишдан кӯра🤔. Кӯп холатларда бу нарсалар аслида, биз бошимиздан кечираётган ҳис-туйғуларга боғлиқ.

Ижобий ҳис-тӯйғулар эса бизни фойдалироқ иш қилиш ундайди. Бунда бизга жуда оддий усул ёрдамга келади.

ТАБАССУМ🙃🙂🥰

Бошида сиз сохта кулинг, кейин ҳақиқийси келади. Шу орқали сиз ҳиссиётларингизни ӯзгартирасиз. 👉 Кейин эса қилаётган ишингиз сизга қизиқарли бӯлади. Ва зерикиш нари кетади🤪
Qalbdan berilgani qalbimizga nur bo'lib qaytadi.....
Yoxud qaytar dunyo


💯Siz nimani berganingizga qarab, hayotingiz yoki muvaffaqiyat va quvonchlarga to'ladi, yoki ko'ngilsizliklar va qayg'uga botadi. Ammo siz ijobiy yoki salbiy narsalarni qay tarzda berasiz?

O'z hissiyot va fikrlaringiz orqali!

Vaqtning har lahzasida siz ijobiy yoki salbiy fikrlarni tarqatasiz. Siz ifodalagan hissiyotlar yo salbiy, yo ijobiy bo'ladi. Sizga keyin qaytib kelganlar, sizning fikringizga va hissiyotlaringizga bog'liq bo'ladi.

Hayotingizning har lahzasini yaratgan har bir odam, vaziyat va voqealar siz olamga yuborgan fikr va hissiyotlar orqali qaytib keladi.  Hayotimizdagi hech bir narsa shunchaki yuz bermaydi, barcha olgan narsalaringiz berganlaringizga bog'lik.

💫Nima bersangiz, shuni olasiz Yaqinlaringizdan biri sizga pand bersa-yu, g'azablansangizg'azabingiz hayotingizdagi vaziyat sifatida qaytib keladi.
O'z fikr va hissiyotlaringiz yordamida siz o'z hayotingizni yaratasiz.
Фарзандингизни ўйиндан тўсманг!

Нима учун ўйнаётган болаларга огоҳлантириш бераверасиз ёки таҳдид қилаверасиз:

– Бақирмасдан ўйна, бошимни оғритиб юбординг!

– Нега ҳамма жойга ўйинчоқларингни сочиб ташладинг, йиғиштир!

– Қўлларинг бунча кир, тоза ўйна. Тўғри келган нарсани ушлайверма!

– Шунча ўйнаганинг етади, бўлди энди!

Болани ҳамма эркинликлардан чеклайвериш ҳиссий касалликларга олиб келади!

Ўйин – бу болаларни ўз муаммоларини ҳал қилишга, истакларини назорат қилишга, ҳис-туйғуларни бошқаришга, муаммоларга турли нуқтаи назардан қарашга ўргатишнинг табиий усули. Бу кўникмаларни эгаллашнинг бошқа йўли йўқ. Шунинг учун боланинг ўйинга кўп вақт сарфлаши жуда муҳимдир. Уни ўйинлардан чеклайверманг.

⚠️ Унутманг! Фарзанд сизнинг хоҳиш истакларингиз бўйича ҳаракат қиладиган робот эмас.
Farzand tarbiyasida doʻstlarni oʻrni!

Bir dona olmani olib, uni ikkiga boʻling! Yarmini suv va shakar (qiyom) ga soling! Qolgan qismini suv va tuz (namakob) ga soling! Bir necha kundan soʻng:
Biri murabbo, boshqasi esa sirkaga aylanadi.
Olmaning asli oʻsha olma. Lekin, uni muhit oʻzgartirdi.

☝🏻 Аgar oʻgʻlingiz yoki qizingizni solih(a) boʻlishi istasangiz — uni atrofida kimlar borligiga ahamiyat bering. Statistik ma’lumotlarga qaraganda bolalar uyida 40% va koʻchada 60% tarbiya olishadi.
Мўъжиза

Инсоннинг бош қисмидаги миясининг ҳақиқий оғирлиги 1700 гр чиқади ( сал кам 2 кг). Лекин шунга қарамасдан нега бу оғирликни сезмаймиз?!

Субҳаналлоҳ...


Чунки у орқа миянинг суюқлигига ботиб туради. Физик қоидада келадики: Ҳар қандай жисм сувга ботирилса, оғирлигидан тошиб чиққан сув миқдорича енгиллайди.

Шундай қилиб миянинг вазни 50гр бўлиб қолади ва биз унинг оғирлигини сезмаймиз.

Буларнинг барчаси буюк Аллоҳнинг ӯлчовларидир.

Бу суюқлик намоздаги руку ва сажда пайтида пастга ва юқорига ҳаракатланиб бош мияни массаж қилади, натижада инсон намозда роҳатланади.
Инсонларнинг кўнгилларини оғритманг...
Кўп ўйланг, оз сўзланг...

🕊Нодон ва хиёнатчиларга сирингизни айтманг, улар билан кенгашманг....

🌟Ташқи киёфангиз ва кўнглингизни пок тутинг.....

🔗Ўз билганларизга таянманг, яқинларингизни маслаҳатларига ҳам қулоқ тутиб иш қилинг....

🔆 Қариндош - уруғларингизни зиёрат қилиб, холларидан хабар олиб туринг....

💸 Бировдан қарздор бўлсангиз, ваъда қилган кунингизда қарзни беришга харакат қилинг....

📝Қўлингиздан келган хизматни ҳеч кимдан аяманг. Инсонларга ҳолис хизмат қилинг....

🗂 Ҳар куни бошингизни ёстиққа қўйган вақтингизда, кун бўйи қилган ишларингизни бирма - бир кўздан кечиринг. Яхши иш қилган бўлсангиз севининг, маъносиз ишларингиз бўлса, қайғуринг, тавба қилинг....

🍃Кунлар қилган ишларингизни кўрсатгувчи дафтардир, бу дафтарга ёмон ишлар ёзилмаслигига харакат қилинг....
Forwarded from Наргиз
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kim nechigacha topdi😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мияни ривожлантирмоқчи ва стрессдан чиқармоқчи бўлсангиз, қуйидаги машқ айнан сиз учун...

Агар диққатингизни жамлай ололмаётган бўлсангиз, асабингиз бузилиб, хаёлингиз тарқаб кетган бўлса — “Бармоқлар гимнастикаси"га бир неча дақиқа вақт ажратинг.

Бармоқлар гимнастикаси — бу, мияни тинчлантирувчи, мия фаолияти алмашганда фаолликни  оширувчи машқ.
Атиги 2 дақиқа давомида бажарилган ушбу машқ мияга 10 дақиқали ҳордиқ беради!

Ушбу машқ жой, вақт ёки ёш танламайди!
2024/09/30 12:12:52
Back to Top
HTML Embed Code: