Telegram Web Link
👦🏻 BOLALAR O‘G‘RILIGI 👦🏻

▶️ O‘g‘rilik - kleptomaniya va bolalar o‘g‘riligi bir-biriga uncha bog‘liq bo‘lmagan hodisalardir. O‘g‘rilik psixik og‘ish bo‘lib hisoblanadi va bolalikda kamdan-kam kuzatiladigan kasallikdir. Demak, bolalardagi o‘g‘rilik kleptomaniya kasalligiga bog‘liq emas ekan, u bola ruhiyatining buzulishiga bog‘liqdir.

🔵 BOLALARDAGI O‘G‘RILIKNING SABABLARI

Bolaning har bir yoshida o‘g‘rilikning o‘z sababi bor. Maktabgacha bo‘lgan boladagi o‘g‘rilik sabablari:

▶️ 1. Biror narsaga ega bo‘lish istak hoxishining kuchliligi. Masalan, o‘rtog‘idagi yangi o‘yinchoq orzusi, bu bolani o‘sha o‘yinchoqni o‘g‘irlab olishiga sabab bo‘ladi. Bunda bola “meniki”, “seniki”, “uniki” va “hammaniki” kabi tushunchalarni adashtirib yuborganligi. Ammo o‘yinchoqga bo‘lgan orzu tagida, ota-onaning farzand istaklari bilan qiziqmaganligi yotadi.

▶️ 2. Bolaning o‘z yaqinlariga sovg‘a qilish istagi sababli o‘g‘rilik qilishi. Demak, bolaga ota-ona tomonidan kamdan-kam sovg‘a berilmoqdaki, bu istakni boshqalarga ko‘rsatib o‘zidan qoniqish hosil qilish vaziyati paydo bo‘lmoqda. Ko‘pincha bolalar onasiga o‘g‘rilik maxsulini taqdim etadilarki, ona tomonidan mehr berilmayotganligini ta’kidlashimiz mumkun.

▶️ 3. Boshqalarni o‘ziga jalb qilish maqsadida o‘g‘rilik qilish. Birovning narsasini o‘ziniki qilib ko‘rsatish istagi tagida, o‘rtoqlari uni tan olmayotganligi yengilishi yotadi.

▶️ 4. Kimnidir jazolash yoki o‘ch olish maqsadida narsasini o‘zlashtirish.

▶️ 5. Farzandingiz 8-11 yosh bo‘lganida o‘g‘rilikning paydo bo‘lishi irodasizlik oqibatida bo‘lishi mumkun. “Istayman” degan hohishi o‘rniga “Mumkun emas” degan qarorni ayta olmaganligi sabab bo‘ladi.
▶️ 6. Farzandning 12-15 yoshidagi o‘g‘rilik bilib qo‘yilgan qadamdir.

🔵 O‘g‘rilik qilinganligini aniqlaganda rioya qilinadigan 10 ta qoida.

Har bir ota-ona uchun qoidalar:

▶️ Qoida 1: Farzandingizga o‘g‘rilik nima ekanligini tushuntiring. O‘g‘rilikni man eting! Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring.

▶️ Qoida 2: O‘z narsasini o‘g‘rilatib qo‘ygan inson hatti-xarakatlari va o‘g‘riga nisbatan paydo bo‘lgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.

▶️ Qoida 3: Farzandingizga “o‘g‘ri” degan yorliq qo‘yishdan, undan nafratlanishdan o‘zingizni tiying. Farzandingizni yaxshi ko‘rishingizni, bu qilgan ishini yomon ko‘rayotganligingizni tushuntiring. Hozircha harakati o‘g‘rilikga aylangan farzandingizning o‘zi ham o‘g‘riga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.

▶️ Qoida 4: O‘g‘riligi haqidagi hodisani o‘zi bilan holi qolgan holda tahlil qiling. Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda urushing, hammaning oldida yaxshi tomonlarini ayting

▶️ Qoida 5: “Qanday qilib buni qila olding!”, “Sen mening yuzimni o‘ylamadingmi?!” kabi kattalarga hos so‘zlarni ishlatib farzandingizni tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga kiritmang. Bu gapirgan ayblovlaringizning foydasidan ziyoni ko‘p bo‘ladi.

▶️ Qoida 6: Boshqa tengdoshlariga va o‘zingizning yoshligingizga solishtirmang. “Men sendek paytimda...” deb boshlanadigan ma’ruzangizni farzandingiz psixikasi tushuna olmaydi.

▶️ Qoida 7: Qilgan o‘g‘riligini tahlil qilganda o‘rtacha meyorda bo‘lingki, keyingi safar qilgan hatosini yashirmaslikka o‘rgansin.

▶️ Qoida 8: Tahlil qilib bo‘lganingizdan keyin boshqa bu narsa qaytarilmasligiga kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang va farzandingiz ham eslamasligi kerakligini tushuntiring. Har safar eslashingiz farzandingizni bu voqeani qilganligi sabablarini qidirishiga va o‘zini oqlash uchun sabablar topishiga undaydi.

▶️ Qoida 9: O‘g‘rilik sababini yo‘qotishg yo‘llarini qidiring.

▶️ Qoida 10: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi hatolik farzandingizning o‘g‘rilik qilishiga sabab bo‘lganini to‘g‘ri tushuning
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
FARZAND TARBIYASIDA QO'POL SO'ZLARNI ISHLATISHNING ZARARI

⚡️ Ba'zida ota-onalar farzandlarga judayam qattiq gaplarni gapirishadi. Masalan, "Seni yomon ko‘raman, yo‘qol, ket, sendan ko‘ra ukangni yaxshi ko‘raman" shunga o‘xshash bir qancha gaplar. Yana davom ettirishim mumkin edi...

✔️ Hurmatli ota-onalar, farzandingizga hech qachon bunday gaplarni ishlatmang.

✔️ Bolaligidan unga yaxshi so‘zlar ayting, yaxshi gapiring. U bunday gaplarni eshitsa, sizdan qattiq ranjiydi. Uning qalbi parchalanib ketadi.

✔️ Bola ko‘ngli juda nozik bo‘ladi. U hech qachon buni unutmaydi. Sizni keyinchalik hurmat ham qilmay qo‘yishi ham mumkin.

☝️ To‘g‘ri, ular gapga kirmasligi mumkin, lekin yaxshi gapirsangiz, albatta ko‘nishadi.

🤔 Ayniqsa, ular o‘smir yoshida bo‘lsa, ular bilan ehtiyotkorona muomala qilish kerak. Ularga xuddi yosh bolaga qaragandek emas, o‘smir yoshiga yetsa, ozgina kattalardek ham muomala qilish kerak.

😉 Til shunday narsaki, har qanday qalbni buza oladi ham, gullata oladi ham.

Intizomning eng yaxshi maktabi bu oiladir.
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg

bola_tarbiyasi
Nima uchun farzandingizni tez-tez quchoqlab turishingiz kerak?

‼️ O'qishingiz shart bo'lgan post.
Siz quchoqlashning qanday foydali ekanligini bilasizmi? Bilmasangiz, bildiramiz. Farzandini quchoqlash, tez-tez erkalash, ularni taltaytirib yuboradi deguvchilar, bekorlarning beshtasini aytibdi.

💡 Bolangizni tez-tez quchoqlab turishning foydalari:
√ Himoyachisi bor ekanligini his qiladi;
√ Immunitetni oshiradi ( to'g'ri o'qidingiz, bu ilmiy jihatdan tasdiqlangan);
√ aqliy salohiyat rivojlanishiga hissa qo'shadi;
√ "Baxt" gormonini ishlab chiqaradi, bu bolaga tetiklik, yuqori kayfiyat ba'g'ishlaydi.

‼️ Eng muhimi, bir-biringizga bo'lgan mehrni ziyoda qiladi.

Millionlab keladigan savol "Bir kunda ularni necha marta quchoqlash kerak?" Javob: Istaganingizcha, xohlasangiz 25 marta, xohlasangiz 55 marta. Gap sonda emas, sifatda.

bola_tarbiyasi
​​Ҳар тонг Африкада бир кийик уйғонади. Энг чопағон шердан ҳам тезроқ югуриши кераклигини билади, чунки шундай қилмаса, ўлиши аниқ.

Ҳар тонг Африкада бир шер уйғонади. Энг югурик кийикдан ҳам тезроқ чопиши кераклигини билади, йўқса, оч қолади.

Шермисиз ёки кийикми, муҳими бу эмас. Аҳамиятлиси, қуёш чиққанида ҳаракат бошлашингиздир.
Farzandingizga his-tuyg'ularini ochiq aytishga o'rgating: u o'z his-tuyg'ulari bilan kurashishni va uni to'g'ri ko'rsatishni o'rgansin.

Uning birinchi raqamli muxlisi bo‘ling: ba’zida xijolat bo‘lsa ham, uni doim kuzatib turadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odami borligini his qilsin.

Birgalikda kitob o'qing: bolalar kitobni sevishni ota-onalarining tizzalarida o'tirganlarida o'rganadilar. Farzandingizni kitob oʻqishini xohlasangiz, oʻzingiz ham u bilan birga kitob qahramoniga aylaning.

Undan oldingi ko‘p odamlar buyuk ishlarga erishganligini ayting: unga buyuk yozuvchilar, olimlar, sahobalar hayoti, ular qanday yashab, qanday muvaffaqiyatlarga erishganliklari haqida gapirib bering.

Unga o'rnak bo'ling: kichkina bolangizga har kuni qanday halol va aqlli inson ekanligingizni ko'rsating. Unga oʻrnak boʻla oladigan darajada ideal odam bo'ling.

Farzandingizga odobli bo'lishni o'rgating: unga "iltimos" va "rahmat" deyishni, odamlarga yordam berishni, xushmuomala bo'lishni o'rgating.

#tarjima
GiyosiddinYusuf
ФАРЗАНДИНГИЗ ГАПИНГИЗГА КИРМАСА...

Бундай ҳолатда табиийки жаҳлингиз чиқади. Лекин болангизга айтган озгина қўпол гапингиз ҳам унда травма бўлиб қолиб кетишидан, натижада дилбандингиз келажакда қийналишидан хабарингиз бор, тўғрими?

ХЎШ, НИМА ҚИЛИШ КЕРАК
0 ёшдан 16 ёшгача боланинг қайсарлиги табиий холат хисобланади. Чунки бу давр болада унинг “МЕН”и шаклланадиган давр. Сиз унинг энг яқин инсони сифатида уни тушунишингиз ва қўллаб - қувватлашингиз лозим. Демак, Болангизга буйруқ беришни бас қилинг!

💡 Аксинча, унга танлов беринг. Фарзандингизга бирор юмуш буюрмоқчимисиз, унга камида 2 хил танлов беринг.

Масалан: сут ичишини хоҳласангиз “Сутингни ичиб ол” эмас, “Сутни шоколад билан ичасанми ёки ўзиними?” ёки “Дарсларингни қил” эмас, “Дарс қилишни математикадан бошлайсанми ёки она тилидан?” тарзида. Шунда сиз болангизнинг миясига шу ишни қилиши кераклиги ҳақидаги ахборотни сигнал қилиб юборасиз, у эса буни “МЕН”ига тегмаганингиз учун бажонидил қилади. Синаб кўринг, ажойиб техника.
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
bola_tarbiyasi
​​Har bir muvaffaqiyatga erishayotgan bolaning ortida asab tolalari chars-churs uzilib, kulrang hujayralari nezashto‘ o‘lib ketgan ona turadi. 🤪

Zilola Nazarova
Амал қилинг...

Яхши кўрган кишиларингизнинг қўлидан қаттиқ УШЛАНГ...!
Уларга уларни яхши кўришингизни БИЛДИРИБ қўйинг...

Қилган хатоларини кечиринг... Чунки бир кун келиб ёки Сиз уларни "ТАШЛАБ" кетасиз, ёки улар Сизни тарк этишади... Қалбда эса уларнинг ЁДИ ва соғинчигина қолади...

Жароҳатнинг ичи тозаланмай туриб унинг устини ТИКИБ қўйманг...! Яқинларингиз билан (беҳудага эмас, ҳақни топиш) учун баҳслашинг, уларнинг гапларини қабул қилинг, (гапингиз уларга тушунарсиз бўлса) тушунтириб беринг, (улар ҳақ бўлсалар буни) эътироф қилинг, (керак бўлганда) уларга ЁН беринг...!

Ҳаёт жуда ҳам қисқадир...!
У одамларнинг ўзаро бир-бирларини ЁМОН кўриши, ҳасад қилиши, адоватлашиши, қариндошчилик алоқаларини узишига АРЗИМАЙДИ…!

Эртага… Биздан ХОТИРАГИНА қолади…
Ўлим ҳеч кимдан РУХСАТ сўраб келмайди…
Сизга ёмонлик қилганларга ҳам табассум қилинг, уларнинг қилган ишларини КЕЧИРИБ юборинг…!

Ибрат учун яқинларга юборинг!
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
⚠️ Boladagi qobiliyatni yoʻq qiluvchi narsalar:

❗️ Onani uning oʻgʻli (qizi) oldida haqorat qilish bolani qoʻrqoq, tortinchoq qilib qoʻyadi, sogʻlom fikrlashdan toʻxtatadi. Chunki soʻnggi tadqiqotlarga koʻra bola qobiliyatni onasidan oladi.

🗣 Otalar! Agar bolangiz psixologik jarohat olishini istamasangiz, onasiga yaxshi muomalada boʻling!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida: «Mo‘minlarning eng iymoni mukammali – go‘zal xulqlisidir. Sizlarning eng yaxshingiz – ahli ayoliga yaxshi munosabatda bo‘ladiganingizdir», deganlar.

bola_tarbiyasi
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
Sizni qobilyatsiz va uquvsizlikda ayblashmoqdami?
Unutmang, siz nodir qobilyatlar egasisiz. Boshqalar ularni ko'ra olmas ekan, bu sizning muammoyingiz emas.
Sizni tashqi ko'rinishingizni muhokama qilishmoqdami?
Yodda tuting, sizni Go'zal Zot, go'zallikni sevuvchi Zot yaratgan. Siz mukammal qilib yaratilgansiz. Bu borada gap- so'z bo'lishi mumkin emas. Sizni muhokama qilayotganlar insonning yuz tuzilishiga, tana a'zolarining joylashishiga diqqat bilan qarasin, tafakkur qilsin! Ularning birortasi o'z joyidan 1sm teparoqda yoki pastroqda joylashganda qanday bo'lar edi?!
Sizni xarakter xususiyatlaringizni, odatlaringizni "nazorat" qilishyaptimi?
Nega ular faqat meni ortimdan gapirishadi deb hayron bo'layotgandirsiz. Siz ularga o'zlaridanda qiziqroqsiz, o'zlaridan ko'ra e'tiborga loyiqsiz. Shuning uchun ham ular o'zlarini butunlay unutgan hollarida kuchini, diqqatini sizga sarflashadi.
​​Farzandingizni quchoqlang va yaxshi koʻrishingizni ayting

Farzandingizni quchoqlash, maqtash va yaxshi koʻrishingizni aytish uni yaxshi xulq-atvorga undaydi. Farzandingiz salbiy xulq-atvorni namoyon qilsa, bolangizni emas, balki faqat xatti-harakatini tanqid qiling.

Darhaqiqat, ko'plab ota-onalar bu vaziyatni yanada kuchaytiradigan va uzoq vaqt davomida farzandlariga zarar yetkazadigan so'zlarni ishlatishadi. Psixoterapevtlar o'z mijozlarining bolaligida duch kelgan qo'pol soʻzlardan xafa bo'lganini aytishadi. "Seni ko‘rishni istamayman", "Sendan xafaman", eng yomoni "Men seni endi yaxshi koʻrmayman" kabi iboralar bolalarni qattiq ranjitadi, kelajakdagi munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi.

Farzandingizni boshqa bolalar bilan solishtirish va kamsitish yana bir zararli xatti-harakatdir.

GiyosiddinYusuf
📝ТАРБИЯ

Бир ёш жувондан сўрадим: "Ўғлингиз ўн ёшдан ошибди, иккинчисига ҳаракат қилмаяпсизми?". У деди: "Э, опа, туққим келади, лекин... Болани кўпайтириб ким ҳузур кўрган ўзи? Биттаси менинг ота-онамми? Тўрт ўғил туққан онамни тўрт келин еб адо қилди. Онам ўтиб кетди, отам етимқўзидай бўзлаб қолди. Мен ҳар доим ҳам хабар ололмадим, имконим йўқ эди. Ака-укалар уй талашиб, бир-бирига пичоқ кўтаришгача борди. Оқибатда отам ҳам ажалидан беш кун олдин ўлиб, қутилди...".

Яна бир аёлдан сўрадим: "Ўзингиз ёшсиз, тўхтамай туғаяпсиз. Яна туғмоқчимисиз?". У кулиб шундай деди: "Албатта! Мен ҳам қариганимда онамга ўхшаб пиру бадавлат бўлиб юраман! Онам ўн битта туққан, ҳаммамиз ота-онамизнинг теварагида парвонамиз! Куни кечагина уларнинг олтин тўйларини нишонладик. Биласизми, бизнинг оиланинг ўзи битта маҳалла! Кўпчилик яхши-да!"

Фарзандларимни тарбиясига эътибор беришим керак деб куюнманг, аввалоси тарбияни ўзингиздан бошланг. Қуш инида кўрганини қилади!

@Ruhiybarkamollik
Ажойиботлар

1. Дунё болаларининг деярли барчаси ширинлик ва мультфилмларни яхши кўришади.
2. Болаларга энг кўп ҳуқуқ ва эркинликлар Канада давлатида жорий этилгандир.
3. Бельгияда болалар мактабга уч ёшдан қатнашни бошлашади.
4. Араб мамлакатларида ёш болалар иштирокидаги туя пойгалари жуда машҳурдир.
5. Европа мамлакатларида фарзандларини машҳур брендлар шарафига атаб исм қўйиш жуда оммалашган.
6. Янги туғилган чақалоқнинг ошқозони жуда кичик, атиги 30 мл бўлади.
7. Дунё тилларида бир-бирига жуда ўхшаш бўлган сўзлар бу ада ва ойи “мама” ва “папа” сўзларидир.
8. Ҳафтанинг сешанба куни болалар кўп туғилади.
9. Тўрт яшар болакай 12.000 тагача сўз талаффуз қила олади.
10. Швецияда 12 ёшдан кичик болаларни рекламада суратга олиш тақиқланади.
11. Дунёдаги энг кичик туғилган чақалоқнинг вазни 270 граммгина бўлган.
12. Германия дунёда энг кам туғилишлар қайд этилган давлат.
13. Японияда- болаларга умуман ёмон сўзлар ишлатишмайди, сўкишмайди.
14. Телевизорни берилиб кўришаётган вақтда болажонлар оғриқни деярли ҳис этишмайди.
15. Уч яшар битта боланинг шовқини 200 та катта киши соладиган шовқиндан кучлироқ чиқади.
16. Йилнинг январ ва март ойлари болалар энг кўп туғиладиган ойлардир.
17. Дунёдаги энг йирик фотокўргазма жилмаяётган болаларнинг суратларидан иборат кўргазма бўлган.
18. Болаларнинг кўзлари 15 ёшгача ривожланиб боради.
19. Янги туғилган чақалоқлар фақат оғзилари билан нафас олишади.
20. Чақалоқлар деярли киприк қоқишмайди.
21. Болалар сузишга мослашган рефлекслар билан дунёга келади.
22. Шуҳрат чўққиларига кўпинча оиладаги ёлғиз фарзандлар кўпроқ эришади.
23. Футбол ўйнашни ман этиш Бразилияда болалар учун энг оммалашган жазо туридир.
24. Япония мактабларида ота-оналар мажлиси деган тадбир умуман йўқ.
25. Европа давлатларида ота-оналарнинг ёши ўртача 29 ёшни ташкил этади.
26. Марокашлик Султон Исмоил дунёдаги энг кўп фарзандли ота ҳисобланади.
27. Янги туғилган чақалоқ кўк рангни кўрмайди.
28. Тўрт яшар болакай бир кунда ўртача 900 та савол беради.
29. Нигерия дунёда энг кўп эгизаклар туғиладиган давлат.
30. Мисрлик 11 яшар бола дунёдаги энг ақлли болалардан ҳисобланади.

https://www.tg-me.com/psixolog_kundaligi
Қизимга айтмоқчи бўлган гапларим...🌵

«Унинг эри бир дўсти билан Қатар давлатига хизмат сафарига кетадиган бўлиб қолди. У хотинига эртаси куни кечқурун соат еттида қайтишини айтди. Хотини эртани интизорлик билан кутди, эр эса айтилган вақтда келмади. Хотин кутди, кутди яна кутди, эр келмади. Хотин қўшни хотиннинг олдига чиқиб, эри қайтиб келганида уни қандай кутиб олишини ва уч соатдан кўпроқ кечиккани учун уни қай даражада қаттиқ койишини режалаётганини айтди. Ахир нега кеч қолади, негааа....?!

Ногаҳон, Қатардаги мудофаа вазирлиги ходимлари унга қўнғироқ қилиб, ўша кеча эри минган кема катта тўлқинлар туфайли ҳалокатга учраб чўкиб кетганини, оқибатда эри ва дўсти ҳам денгизга ғарқ бўлиб вафот этганини айтишди.

Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун.

Орадан бир неча кун ўтиб аёл дугоналарига оғир дард ва алам билан шундай деди:
—Қанийди, ўша кетганича бир ҳафта, икки ҳафта, уч ҳафта кечикса-да, лекин қайтиб эшик қоқиб кириб келса эди!..
Йўқотиш, айрилиш мунчалар оғир бўлмаса!

Баъзан эр ҳам, хотин ҳам яқинлик онларидаги ҳаловатни билмайди. Ёки билишни истамайди. Ҳатто улар оддий суҳбат гаштини, озгина бўлса ҳам вақтини шунчаки бир-бирига термулиб, чақчақлашиб ўтказиш қанчалик мароқли, қимматли эканини ҳис қилишмайди. Чунки улар ҳеч қачон айрилиқ ва йўқотишнинг асл маъносини бошдан кечиришмаган-да.

Баъзида оддий бир тортишув туфайли ҳаётимиз тинчлигини ёки кунимиз ҳаловатини бузишимиз мумкин. Ҳолбуки, бир оғиз сўз кўп яхшиликлар боғлаган эр-хотинлик риштасини узишга, бир-бирига қовоқ-тумшуқ қилишга сабаб бўламаслиги керак эди.

Бир лаҳзада қовоғингизни уйиб, пушаймон бўладиган ҳолатлар афсус бўлишидан олдин ҳаётингиздан роҳатланиб, бахт туйиб яшашни ўрганинг.

Бу мен таъмини тотган ҳақиқий воқеа эди.

© Муҳандис Ғойс Ҳоний Қузот
Таржима, Икром Шариф.
Baqirish yo tinglash: qay biri oson?

Bolaga baqirish yoki unga so'zingizni o‘tkazish – oson. To‘g‘ri tarbiya qilish: bolaning fikrini qadrlash va qarashlarini hurmat qilish esa ancha qiyin ish. Ayniqsa, boladan kutuvlarni oshirib yuborish natijasida orzuyingizdagi farzand obrazini undan qidiraverasiz va mos kelmagan har bir holat uchun tanbeh va bosim qilishni boshlaysiz. Bolaning tabiiy holda rivojlanishiga qo‘yib bering, yoshiga mos maqsadlarni oldiga qo‘ying.

Bolani tanqid qilish, u yoki bu ishi, bildirgan fikri uchun ustidan kulish – uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi shakllanayotgan bir davrda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda bola siz bilan o‘z qarashlarini baham ko‘rmay qo‘yadi, sirlarini ishonib aytishini-ku gapirmasa ham bo‘ladi. O‘rtangizdagi munosabat shu holatga kelib qolishini istamasangiz, u aytayotgan har bir gapni diqqat bilan eshitayotganingizni bildiring va o‘z fikringizni ayting.

GiyosiddinYusuf
⚡️Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, umumiy kasalliklarning qariyb 20-25% nevrozlar xisobiga to'g'ri keladi. Shiddatli rivojlanish, nevrozlar sonini, turini, salbiy oqibatlarini ham ko'paytirmoqda.

🔍Bilasizmi, siz baxtni va hayot zavqini tuya olmasligingiz, qo'rquvlarning mavjudligi, ishonchsizlik, asabiylik, doimiy tushkunlik, munosabatlaringizning buzilishi, nizo kabi ko'plab psixologik muammolaringiz, tushunarsiz ravishda yuzaga keladigan tanangizdagi og'riqlar, kasalliklarning sababi nevrozdir.

🥊Yuqoridagilardan kelib chiqib, insonlarni nevrozdan xalos qilish hamda baxtga erishishlarini oldimizga maqsad qilib qo'ydik hamda mazkur marafonimiz orqali nevrozlarga qarshi qattiq zarba berishni niyyat 🤲qilmoqdamiz!
ШЎХЛИКМИ ЁКИ ЭЪТИБОРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШ?

❗️ Муаммо:
Она уй ишлари билан банд, боласи эса унинг эътиборини тортиш учун шўхлик қилмоқда. Бу ҳолда она ўзини қандай тутиши керак?

Ечим:

🔅 Она тезда эътиборини фарзандига қаратиб, қилмоқчи бўлган ишининг оқибатидан огоҳлантиради ва қўлларидан тутади.

🔅 Она боласининг қилаётган ишидан нима учун уни хафа бўлишини тушунтиради. Муҳими, боласига у жалб қилишни истаган эътиборни беради.

🔅 Бола ўзи режалаштирган шўхлигидан воз кечиб, тезда бошқа нарсага чалғиб кетиши қийинлигини эсда тутиш лозим. Бу арзимас нарса туфайли тақиқлар қўйиб ташлаш шарт эмаслигини она тушунади, шунинг учун ҳам ҳаммасини ҳазилга буриб юборади.

🔅 Она боласини бир оз қувлайди, қитиқлайди ва кулдиради – натижада бола ўзига керакли бўлган барча эътиборни олади. Эҳтимол шундан кейин у онасига хотиржам ишларини якунлаб олишга имкон берар ва ўзи билан ўзи овора бўлар. Кейинги сафар, бола шўхлик қилишга шайланганида она боласига шунчаки эътибор eтишмаётганлигини фаҳмлайди ва чорасини кўради.

bola_tarbiyasi
Агар ўргатиш қўлингиздан келса, болаларга мана буларни ўргатинг!
1. Оддий нарсалардан хурсанд бўлишни.😉
2.Ўз ўзига раҳмат айтишни!🤗👏👏👏👌
3. Оддий бўлишни!😇
4. Меҳрибон бўлишни.😍
5. Ҳаётни севишни!🥰🥰🥰

Асосийси уларга бахтли бўлишни ўргатишимиз керак!http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
БОЛА НЕГА ТИРНОҒИНИ ТИШЛАЙДИ?

Тирноқни тишлаш тиббиётда онихофагия деб юритилади, Бу ҳолатлар қаттиқ тушкунлик, қўрқув ва стресс пайтида кузатилади. Маълумки, бола туғилмасдан аввал, она қорнидалигидаёқ бармоқларини сўра бошлайди. Бу уларга ёноқ мушакларини ривожланишига ёрдам беради.

Уни бу одатни ташлашга мажбурлаш ярамайди. Болага ўзини кўрсатишига, фикрини билдиришига имкон яратинг. Кўпроқ болалар орасида бўлишига, тортинмасдан мулоқот қилишига қўйиб беринг. Шундагина у ўзини ўраб турган қўрқув, тортинчоқлик ва жамоага қўшила олмаслик одатларини тарк қилади.
http://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFZoPKWpLsDskud_qg
#Долзарб

Эй муслима она, сиз тарихнинг ҳеч бир даврида кўрилмаган, медиа ва техника фитналари ҳар маконда урчиган бир замонда она бўлдингиз ва фарзанд ўстиряпсиз.

Асло унутманг, бу фитналар уйингизнинг ичигача кириб, сизни, жуфтингизни ва болаларингизни ўз домига олаёган улкан таҳликадир. Бу фитналардан фақатгина доимий сергаклик, исломий шуур ва Аллоҳнинг ёрдами билангина сақлана оласиз.

Замонамиз фитналари ва охирзамон мусибатларидан омонда бўлиш учун:

1. Болангизни Youtubeнинг офатидан қўринг, уларни телефон домига ташламанг.
Хархашасидан қутулиш, бемалол сериал кўриш, қўшнилар билан тинчгина лақиллашиш ва уй ишларида ҳалақит бермаслиги учун асло бола қўлига телефон ёки планшетни тутқазиб қўйманг.
Дунёдаги миллионларча оналар ноқобил фарзанд доғида қовурилар экан, сиз учун Аллоҳнинг омонати ва буюк неъмати бўлган болаларингизга Youtubeнинг “оналик” қилишига йўл қўйманг.

Фарзандларини Youtubeнинг ихтиёрига ташлаган ҳар бир она билсинки, боласини енгилтаклик, шармсизлик ва аҳлоқсизликнинг чангалида қолдирибди демак.

2. Болаларингизни компьютер ўйинларидан сақланг.

Бугун болаларимизга таҳдид солаётган энг асосий фитналардан бири компьютер ўйинлари ва “Playstation”лардир.
Болани реал ҳаёдан узоқлаширадиган, эртадан-кечгача компьютер ёки телефонга “ёпиштириб” қўядиган, уларни зомбига айлантирадиган (Аллоҳ сақласину, ўз жонига қасд қилишгача олиб келаётган) компьютер ўйинларига нисбатан эҳтиёт чораларини кўриш, тадбирли бўлиш ҳар бир онанинг бурчи.

3. Болаларингизни чексиз интернетнинг чексиз фитналаридан сақланг.

Қабул қилаётган маълумотининг меъёри ва вақтининг чегараси бўлмаган, оила текширувидан ўтмаган интернет – болангизни ўз балоси билан маҳв этадиган буюк бир офат.

Боладаги интернет эҳтиёжини аниқ муддат ва меъёрлар билан белгиланг. Болангизни ёпиқ эшиклар ортида интернет билан ҳоли қолдирманг. Уларнинг интернетда нималарни ўқиётгани ёки кўраётганини узлуксиз назорат қилинг.
Назорат қилинмайдиган, чегара-тўсиқ қўйилмаган интернетдан фойдаланувчи фарзандлар – ота-оналар ўз қўллари билан ҳалокатга ташлаган бир авлод демакдир.

4. Болаларингизни ҳар турли сериалларнинг фитнасидан сақланг.

Фазандингизни қўлига пультни тутқазиб, дунёнинг бутун аҳлоқсизликларини уйингизга олиб кираётган TV дунёсига ташламанг.

Нимани ва қайси пайтда кўришларига доир аниқ бир назорат механизми яратинг. Уларни енгил-елпи кўрсатувлар, аҳлоқсиз фильмлар ва беҳаё рекламаларнинг таҳликаларидан сақланг.

Бу борада маълумотлар ўқинг, билим олинг, тадқиқот қилинг, мутахассис билан маслаҳатлашинг.

Яхши фарзандларни вояга етказишимизда Аллоҳ ёрдамчи бўлсин. Амин!

♻️Бошқаларга ҳам юборинг!
Улашувчи ҳам амал қилганлик савобини олади, Ин Ша Аллоҳ!

bola_tarbiyasi
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
2024/11/06 01:25:03
Back to Top
HTML Embed Code: