Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ

๐Ÿง  Andijon Zakovat klubida Yozgi mavsum Birinchi liga o'yinlarida universitetimiz jamoasi faxrli o'rinni egalladi

Joriy yilning 25-avgust kuni Andijon Zakovat klubida o'tkazilgan Birinchi liga so'nggi 12-tur o'yinlari ham o'z yakuniga yetdi.

Ushbu turnirda eng yuqori natija bilan Andijon davlat universitetining "Bilimdonlar" jamoasi yuqori pog'onaga ko'tarilib, professional ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

๐Ÿ‘ Professional ligada universitetimiz jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ˜ญ๐Ÿ˜ค๐Ÿ˜ ๐Ÿ˜ก

Yangi oสปquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 27-avgust kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar ishtirokida yangi 2024/2025-oสปquv yiliga tayyorgarlik koสปrish, ishlarini samarali tashkil etish boโ€˜yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

๐Ÿ“ฑBatafsil:https://adu.uz/uz/news/article/3001

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ

๐Ÿ“ข "Harakatlar sehri" nomli I Xalqaro sahna plastikasi ko'rik-tanlovida o'z iste'dodingizni namoyish qiling!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali teatr san'atini yosh avlodga keng targ'ib qilish, ta'lim muassasalarida milliy sahna plastikasini o'rgatish sifatini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish va ular ijodini keng targ'ib qilish maqsadida "Harakatlar sehri" nomli I Xalqaro sahna plastikasi ko'rik-tanlovini e'lon qiladi.

Ko'rik-tanlov joriy yilning 24-oktyabr kuni ishtirokchilarning videoyozuvlari asosida bir bosqichda o'tkazilib, tanlovga topshirilayotgan har bir ish uchun 100 ming so'm miqdorida tashkiliy to'lov olinadi.

โœ… Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
โ€” to'ldirilgan ariza;
โ€” yakka ishtirokchining rasmi yoki jamoaviy rasmi;
โ€” videoyozuv;
โ€” to'lov kvitansiyasi.

๐Ÿ“ Barcha ma'lumotlar joriy yilning 18-oktyabr kuniga qadar [email protected] elektron pochtasiga yuborilishi so'raladi. Eslatma, belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

๐Ÿ“ž Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998903445018

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ—ฃ๐Ÿ—ฃ๐Ÿ—ฃ๐Ÿ—ฃ

๐Ÿ“ขTalabalarni turar joy bilan ta'minlashga bag'ishlangan ovozli suhbat o'tkaziladi

Joriy yilning 28-avgust kuni soat 18:00 da Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev ishtirokida universitetning rasmiy telegram kanali @adu_uz orqali talabalarni turar joy bilan taโ€™minlash masalalariga bagโ€™ishlangan ovozli chat oโ€˜tkaziladi.

๐Ÿ”— Ko'riladigan asosiy masalalar:

โœ… Talabalar turar joyi qay tartibda beriladi;
โœ… Talabalar turar joyining yillik to'lov summasi qancha;
โœ… Ijarada istiqomat qilmoqchi bo'lgan talabalarni Ijara xonadonlariga joylashtirish tartibi.

โ—๏ธSuhbat davomida ishtirokchilarda savol va takliflar bor bo'lsa, mazkur post izohiga xabar qoldirishlari mumkin boโ€˜ladi.

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ

Toshpo'latova Sobira Yuldashevna Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimiga saylandi


Bugun, 27-avgust kuni Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida Xotin-qizlar maslahat kengashi lavozimiga nomzod saylash uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi.

Saylovda eng ko'p ovoz bilan Umumiy fizika kafedrasi katta o'qituvchisi Toshpo'latova Sobira Yuldashevna Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi lavozimiga loyiq deb topildi.

๐Ÿ’Universitet jamoasi Sobira Yuldashevnani mas'uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaydi!

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ๐ŸŸฆ

๐Ÿ“† Bugun 28-avgust, chorshanba.

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ณButunjahon orzular kuni. 
๐ŸŒ Xalqaro komikslarni ommaviy
o'qish kuni.

๐Ÿ‡ฑ๐Ÿ‡นLitva - Temiryo'lchilar kuni.
๐Ÿ‡ฒ๐Ÿ‡ฝMeksika - Bobo va buvilar kuni.

โณTarixiy voqealar:

๐Ÿ›ป1937-yil
- โ€œToyotaโ€ avtomobil kompaniyasi tashkil topdi.
๐Ÿ…1998-yil -  "El-yurt hurmati" ordeni va "Oโ€˜zbekiston iftixori" faxriy unvoni taโ€™sis etildi.
๐Ÿข2009-yil - Toshkent shahri markazida ยซOสปzbekistonยป xalqaro anjumanlar saroyi ochildi.
๐Ÿ•Œ2010-yil -
Buxoroda balandligi 18 metr boโ€˜lgan โ€œKoโ€˜hna va boqiy Buxoroโ€ monumenti qad rostladi.

๐ŸŽŠTavallud ayyomlar:

๐Ÿง‘๐Ÿปโ€๐Ÿ’ผ1909-yil 28-avgust -
energetik olim, texnika fanlari doktori, professor Xosil Fozilovich Fozilov.
๐ŸŽจ1931-yil 28-avgust - rangtasvir ustasi, Oสปzbekiston xalq rassomi Ro'zi Choriyev.
๐ŸŽฌ1936-yil 28-avgust - Oสปzbekiston xalq artisti, Muqimiy teatri aktyori Fayzulla Ahmedov.
๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ผ1990-yil 28-avgust - ukrainalik qo'shiqchi, model Luna (Kristina Viktorovna Gerasimova.

โœด๏ธ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari๐Ÿ‘‡
Veb-sayt ๐ŸŒ Telegram ๐ŸŒ Facebook ๐ŸŒ Instagram ๐ŸŒYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 07:22:42
Back to Top
HTML Embed Code: